Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 04.04.2011 yildagi PF-4296-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda davlat va nazorat organlarining korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini tubdan qisqartirish, tekshirishlarni tashkil qilish tizimini yanada takomillashtirish va mansabdor shaxslarning ular faoliyatiga asossiz aralashuvi uchun javobgarligini kuchaytirish, shu asosda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yilning 1-aprelidan to 2017-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrda soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan, shuningdek, ishlab chiqarish sur’atlarining barqaror o‘sishi va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini soliq sohasida tekshirish taqiqlanadi (yuridik shaxslarni tugatish chog‘ida, qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar doirasida, shuningdek, budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar hamda resurslardan foydalanish bilan bog‘liq rejadan tashqari tekshirishlar bundan mustasno);
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 15-son, 163-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini soliq sohasida tekshirish muddatlarini qonun hujjatlarida ularni o‘tkazish ko‘zda tutilgan maksimal muddatdan, ya’ni 30 kalendar kunidan ortiq muddatga uzaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nazorat qiluvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi (Sh. M. Mirziyoyev) nazorat qiluvchi idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tartib-qoidalarini takomillashtirish va soddalashtirish borasidagi aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini (soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladigan moliya va soliq hisobotini tahlil etish asosida) kameral nazorat qilish hamda dastlabki tarzda o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari bo‘yicha soliq qonunchiligi buzilishi aniqlangan hollarda tekshirishlar (taftishlar)ni tashkil qilishni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qonunchiligi buzilishlarining tizimli sabablarini aniqlash, keyinchalik ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun tekshirishlardan keyingi tahlil mexanizmini tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tekshirishlarni o‘tkazishda unifikatsiyalashtirilgan nazorat savolnomasini ishlab chiqish va majburiy qo‘llashni tatbiq etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tekshirishlarni boshlash va o‘tkazish, xo‘jalik subyektlarining faoliyatini, shuningdek bank hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish va boshqa xuddi shunday xatti-harakatlar to‘g‘risidagi qarorlar buning uchun O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-sonli hamda “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-sonli farmonlarida belgilangan vakolatlarga ega bo‘lmagan mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinayotganiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida o‘rnatilgan tartibga so‘zsiz rioya etishga yo‘naltirilgan nazorat va huquqni muhofaza qilish idoralarining faoliyati ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda quyidagilarni ta’minlasin:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmon qoidalarining maqsadi, mazmuni va amaliy ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish hollarini ochib beradigan, shuningdek aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan ko‘rilgan javobgarlik choralari to‘g‘risida radioeshittirish va teleko‘rsatuvlarni, respublika hamda mahalliy matbuotda maqolalarni chop etishni muntazam ravishda tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nazorat qiluvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi (Sh. M. Mirziyoyev) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa nazorat idoralari bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu Farmonning qoidalari taalluqli bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni qayta ko‘rib chiqsin va 2011-yilgi tekshirishlar rejasidan chiqarib tashlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiq holga keltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4296-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-apreldagi PF-4296-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-sonli Farmonining 3-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“nazorat organlari tomonidan kichik biznes subyektlarini tekshirish muddati 30 kalendar kunidan oshirib yuborilishi mumkin emas;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi xatboshi tegishli ravishda to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-sonli Farmonining 1-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkinchi xatboshi quyidagi yangi tahrirda berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati har to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlari esa har uch yilda ko‘pi bilan bir marta reja asosida soliq tekshirishlaridan o‘tkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yangi tashkil qilingan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshirishlaridan o‘tkazilmaydi (aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish, shuningdek budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq tekshirishlar bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil qilingan kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq kichik biznes subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshirishlaridan o‘tkazilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 14-son, 133-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)