Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.04.2016 30.03.2011 yildagi PQ-1514-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.04.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ZULGURJISAVDOINVEST” UYuShMASI TUZILMASINI ISLOH QILISh VA FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-sonli “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi — “O‘zbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki iste’mol bozorini to‘ldirish va aholini, birinchi navbatda qish-bahor davrida meva-sabzavot mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash hamda uni eksportga yetkazib berishni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mulk va aktivlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi “Mulk-Invest” DUK balansida bo‘lgan ulgurji tashkilotlar 1-ilovaga* muvofiq “O‘zulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari Uyushmasi tarkibiga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zulgurjisavdoinvest” Uyushmasi mazkur ulgurji tashkilotlarni tegishli moddiy-texnika bazasi, birinchi navbatda meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish hamda saqlash uchun zarur bo‘lgan muzlatish kameralari va omborxonalari bilan birga topshirilishini belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari Uyushmasi qatnashchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2-ilovaga* muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralar ularning hududiy bazalari tarmog‘i bilan birga uyushma tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish, keyinchalik ular mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida faoliyat olib borishi to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari Uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ro‘yxati 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3 va 3a-ilovalari rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 25 nafar bo‘lgan “O‘zulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari Uyushmasi ijro etuvchi apparatining yangi tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar “O‘zulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari Uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari deb belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtirilgan mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini, ayniqsa yangi meva-sabzavot mahsuloti, uzum va poliz mahsulotini jamlash hamda ularni eksportga yetkazib berishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot va kartoshka mahsulotlarini fermer hamda dehqon xo‘jaliklaridan xarid qilish, uni puxta saqlash va qish-bahor davrida aholini ushbu mahsulotlar bilan barqaror ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki iste’mol bozori konyunkturasini marketing jihatdan o‘rganish, xususan qishloq joylardagi, olis hamda yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlaridagi chakana savdo tarmog‘ini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlab turish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish, tayyor oziq-ovqat tovarlari va yangi meva-sabzavot mahsulotlari uchun ixtisoslashtirilgan omborxonalar qurishni, rekonstruksiyalash va modernizatsiya qilishni ta’minlash, ularni zamonaviy ombor, savdo va muzlatish uskunalari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushma tarkibiga kiruvchi ulgurji bazalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashda ularga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zulgurjisavdoinvest” Uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda mazkur qarorning qoidalaridan kelib chiqqan holda uyushmaning Ustaviga va ta’sis shartnomasiga o‘zgartishlar kiritsin, ularni tasdiqlasin va belgilangan tartibda ro‘yxatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 6-martdagi PQ-300-son qarorining 1 va 2-bandlari hamda uning 1 va 2-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiq holga keltirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1514-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 12-13-son, 115-modda)