Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2004 29.04.1996 yildagi PF-1427-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2004
Hujjat 29.04.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKKINO” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 16-martdagi PF-3407-sonli “Kinematografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanimiz kinematografiyasini tashkil etish darajasi hamda uning Oʻzbekiston xalqining maʼnaviy-axloqiy kamolotida tutgan oʻrnini oshirish, koʻp asrlik maʼnaviy, madaniy qadriyatlar va milliy anʼanalarini qayta tiklash hamda boyitish, shuningdek, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda milliy kinematografiya taraqqiyotini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi va Oʻzbekiston kinematografiyachilar uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda “Oʻzbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kinovideomahsulot ishlab chiqarish va uni isteʼmolchilarga yetkazishda, shuningdek, kino tarmogʻini shakllantirishda yagona siyosat yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek milliy kino sanʼatining eng yaxshi yutuqlarini saqlab qolish va koʻpaytirish, zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishda, ayniqsa, yosh avlodda shunday dunyoqarashni shakllantirishda kino sanʼatining ahamiyatini oshirish, badiiy jihatdan yuksak kino va videofilmlar ishlab chiqarish, ularda milliy va umumbashariy qadriyatlarni uygʻunlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon kino sanʼatining eng yaxshi yutuqlarini targʻib etish, xalq ongida umumbashariy qadriyatlarga, milliy maʼnaviyatning buyuk merosiga hurmat-ehtiromni, kelajakka ishonch tuygʻusini tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy-ishlab chiqarish, kino koʻrsatish va video birlashmalari, korxonalari, tashkilotlari hamda punktlari qaysi idoraga mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqning maʼnaviy-axloqiy va madaniy mulkining bir qismi sifatida milliy kino va videofond barpo etish, muvofiqlashtirish va saqlashda umumiy umummilliy siyosat yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kino sanʼati sohasida tashqi aloqalar va faol xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro va mintaqa kinofestivallarini tashkil etish, birgalikda filmlar yaratishni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kino tarmogʻini boshqarish, aholiga kino-video xizmati koʻrsatish obyektlarini hududlarga joylashtirishni takomillashtirish masalalarida respublika va mahalliy idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan xarid qilinadigan kino va video mahsulotiga ekspert bahosi berilishini amalga oshirish, respublika hududida kino va video filmlar koʻrsatish hamda ulardan texnik jihatdan foydalanishning yagona qoidasini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasi huquqiy shaxs huquqlariga ega boʻlgan, ixtiyoriylik asosida mulkchilikning barcha shaklidagi kinostudiyalarni, kino koʻrsatish hamda video birlashmalari va punktlarini, shuningdek, boshqa kinematografiya ijodiy va ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarini birlashtiradigan ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi mustaqil, ijodiy-ishlab chiqarish va xoʻjalik birlashmasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasi zimmasiga kino va video mahsulotlari ishlab chiqarish, ulardan nusxa koʻchirish, dublyaj qilish, koʻrsatish, import va eksport qilish uchun maxsus ijozatnomalar (litsenziyalar) berish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zarur oʻzgartishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi “Oʻzbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasi ishtirokida davlat kinematografiya ijodiy-ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarini, kinolashtirish va kino koʻrsatish hududiy boshqarmalarini, davlat mulkining boshqa turlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirib qaytadan tuzish choralarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qaytadan tuziladigan korxona va tashkilotlarning davlatga qarashli aksiyalarining bir qismini “Oʻzbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasining dastlabki nizom jamgʻarmasini shakllantirishga yoʻnaltirish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasi, uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar uch yil davomida foyda, mol-mulk va yerdan olinadigan soliqlarni toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur soliq imtiyozlarining joriy etilishi munosabati bilan kompaniya ixtiyorida qoladigan mablagʻdan milliy kino sanʼatini yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida foydalanilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasiga, uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarga davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablagʻdan moddiy-texnik bazani rivojlantirish va mustahkamlash uchun foydalanish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki haftalik muddatda “Oʻzbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 9-martdagi PF–360 Farmonining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasiga taalluqli bandlariga aloqador qismlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1427-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 4-son, 44-modda)