01.03.2011 yildagi 51-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

BOGʻDORCHILIK-UZUMCHILIK SHIRKATLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatini tartibga solish, shuningdek ularning aʼzolari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari uch oy muddatda bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlarining ushbu qarorga muvofiq qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shirkatlarning jamoaviy bogʻdorchilik va uzumchilikni yuritish uchun boshqacha huquqlarda yer uchastkalarini belgilangan tartibda olgan aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq yer uchastkasiga merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlaridan foydalanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari respublika kengashining “Bogʻdorchilik shirkatlarining namunaviy ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1986-yil 26-avgustdagi 422-son qarori (OʻzSSR QT, 1986-y., 8-son, 33-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-martdagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 4-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 14-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-son

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 51-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari maqomini va faoliyatining tashkiliy asoslarini, shuningdek jamoaviy bogʻdorchilik va uzumchilikni yuritish uchun yer uchastkalaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkati (keyingi oʻrinlarda shirkat deb ataladi) shirkat aʼzolariga umumiy ijtimoiy-xoʻjalik vazifalarini hal etishda hamda bogʻdorchilik va uzumchilikni yuritishda koʻmaklashish uchun jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy asoslarda taʼsis etilgan notijorat tashkilot hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shirkatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan tartibda davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shirkat yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan shtampga, muhrga va blankalarga, shuningdek bankda hisob raqamlariga ega boʻladi hamda oʻz faoliyatini shirkat ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shirkat alohida mol-mulkka ega boʻladi va oʻz majburiyatlari boʻyicha ushbu mol-mulk bilan javob beradi, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradi, majburiyatlar qabul qiladi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirkat oʻz aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Shirkat aʼzolari shirkatning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari orqali shirkatlar va ularning aʼzolari huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi, ularni rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashadi, ularga zarur tashkiliy yordam koʻrsatadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shirkatning tashkil etilishi va faoliyati bilan bogʻliq holda paydo boʻladigan yer munosabatlari yer qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirkatni tashkil etish uchun unga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkasi umumiy foydalaniladigan yerlardan va shirkat aʼzolari yerlaridan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-avgustga qadar berilgan umumiy foydalaniladigan yerlar shirkatga doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli boʻladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirkat aʼzolariga 2021-yil 1-avgustga qadar berilgan yer uchastkalari jamoaviy bogʻdorchilik va uzumchilikni yuritish uchun merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan tegishli boʻladi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Shirkatlar faoliyatining maqsadi va predmeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamoaviy bogʻdorchilik va uzumchilikni yuritish uchun umumiy foydalaniladigan obyektlarni birgalikda boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida tashkil etilgan jismoniy shaxslarning birlashmasi shirkat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar shirkat faoliyatining predmeti hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat hududini obodonlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva, rezavorlar va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻstirish uchun yer uchastkalarini oʻzlashtirish va ulardan foydalanishda shirkat aʼzolariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, sudlarda, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda shirkat aʼzolarining umumiy manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat hududida yongʻinga qarshi xavfsizlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunikatsiyalar, muhandislik infratuzilmasi obyektlari, umumiy foydalaniladigan boshqa imoratlar va inshootlar qurish hamda ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Shirkat hududida yerlardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida shirkat boshqaruvi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik va sanitar holatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf etish va shirkat aʼzolari mablagʻlari hisobidan zamonaviy chiqindixonalar qurilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlari yuzasidan tegishli choralar koʻrish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga xabar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlarda yuzaga kelgan kasalliklar turli xil epidemiyalarga olib kelishining oldini olish va tegishli choralar koʻrish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy organlariga xabar berish;
(101-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolari tomonidan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati, xususan chorvachilik bilan shugʻullanib, uch va undan ortiq choʻchqa va qoramollarni boqilishi, chiqindilar yon atrofda oqib oʻtuvchi daryolarga yoki dalalarga oqizilishi, oqib oʻtgan suv, shuningdek, yer osti suv resurslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi, hayvonlarda yuzaga kelgan kasalliklar turli xil epidemiyalarga olib kelishining oldini olish yuzasidan keskin choralar koʻrish boʻyicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga va vakolatli organlarga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan oʻz hududiga tutash va tutash boʻlmagan yer maydonlarida qurilish ishlarining amalga oshirilishi, loyiha hujjatlarisiz, ruxsatnomasiz qurish holatlari yuzasidan Qurilish vazirligining hududiy organlariga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi chegaralarining (chegara nuqtalarining) oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilishi, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan egallab olinganlik holati yuzasidan Kadastr agentligi hududiy organlariga xabar berish.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Shirkatning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shirkat quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolarining umumiy mol-mulkini, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulkini saqlash usullarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolarining shirkat aʼzoligiga kirish va umumiy xarajatlar uchun har oylik majburiy badallari miqdorlarini, shu jumladan shirkat aʼzolarining umumiy mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha zarur xarajatlarni, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulkini saqlash xarajatlarini, shirkat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa umumiy xarajatlarni belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolarining umumiy mol-mulkini, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash, shuningdek kommunal va boshqa xizmatlar koʻrsatish yuzasidan qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolarining umumiy mol-mulkidan, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulkidan qonunchilikda va shirkat ustavida belgilangan tartibda foydalanish qoidalarini belgilash;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kreditlaridan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda foydalanish;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xoʻjalik imoratlari va boshqa imoratlar qurish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga belgilangan tartibda olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni loyihalash va qurish uchun ishlab chiqilgan, belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq shirkat faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xoʻjalik imoratlari va boshqa imoratlar qurish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq shirkat aʼzolarining umumiy mol-mulkini rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy mol-mulk obyektini taʼmirlash, tiklash zarur boʻlgan taqdirda yoki shirkat aʼzolarining koʻchmas mol-mulkiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oldini olish uchun bogʻdorchilik-uzumchilik yer uchastkasidan foydalana olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmaydigan holatlarda umumiy mol-mulkning bir qismini boshqa shaxslarga foydalanishga yoki cheklangan holda foydalanishga shirkat ustavida belgilangan tartibda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolari uchun ishlarni bajarish va ularga xizmatlar koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq, ustav maqsadlari doirasida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
(11-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda va shirkat ustavida nazarda tutilgan maqsadlar uchun uning mablagʻlaridan foydalangan holda maxsus jamgʻarmalar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda shirkat aʼzosiga shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishida belgilangan badallarni toʻlash, shirkatga yetkazilgan zararlarni toʻliq qoplash toʻgʻrisida talab qoʻyish;
(11-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning umumiy masalalarini hal etish uchun tashkil etiladigan bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari birlashmalariga (uyushmalariga, ittifoqlariga) kirish va ular tarkibidan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolaridan ular yoki ularning vakillari bilan aloqa bogʻlash uchun bogʻlanish maʼlumotlarini (pochta va/yoki elektron manzilini, telefon raqamlarini) soʻrab olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzoligidan chiqqan fuqarolarning mol-mulkiga shirkat tomonidan xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash, shuningdek, kommunal va boshqa xizmatlar koʻrsatishni toʻxtatish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qaroriga asosan oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirkat qonunchiligiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(11-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shirkat quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan qoidalar, normalar va standartlarga, shuningdek shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarorlariga muvofiq shirkat aʼzolarining umumiy mol-mulki, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulki ehtiyot qilinishi va saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning hamda shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarorlari bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili shirkat aʼzolarining umumiy mol-mulkini, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulkini saqlash boʻyicha ishlar rejasini belgilash, shuningdek shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida tasdiqlash uchun uning bajarilishi toʻgʻrisida hisobot tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili shirkatning daromadlari va xarajatlari smetasini hamda shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida tasdiqlash uchun uning bajarilishi boʻyicha hisobot tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida belgilangan badallarning oʻz vaqtida tushishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushgan badallardan kommunikatsiyalar, muhandislik infratuzilmasi obyektlari va yoʻllarni qurish va taʼmirlash ishlarini tashkil etish;
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolarining umumiy mol-mulki va yer uchastkalaridan shirkatning barcha aʼzolari tomonidan foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarning barcha mulkdorlari, ijarachilari tomonidan shirkat aʼzolarining umumiy mol-mulkidan, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulkidan foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolarining uchinchi shaxslar bilan shirkat aʼzolari umumiy mol-mulkini saqlash, ularga egalik qilish va ulardan foydalanish, kommunal xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq munosabatlarida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda shirkat aʼzolarining manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolariga shirkat aʼzolari umumiy mol-mulkining holati, amalga oshirilgan va oshiriladigan xarajatlar toʻgʻrisida axborot berish, shirkat aʼzolarining umumiy majlisida hisobot berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirkat qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(12-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Shirkatga aʼzolik. Shirkat aʼzolarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasining bogʻdorchilik-uzumchilik yer uchastkalariga merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini olgan fuqarolari shirkat aʼzolari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shirkatga aʼzolik bogʻdorchilik-uzumchilik yer uchastkalari egalarida shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida shirkat tarkibiga qabul qilish toʻgʻrisida qaror chiqqan kundan boshlab paydo boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shirkatga aʼzolik quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer haqidagi qonunlarga muvofiq yer uchastkasiga boʻlgan huquqning toʻxtatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imorat va inshootga mulk huquqining toʻxtatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatning tugatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aʼzoning yozma ariza boʻyicha shirkatdan ixtiyoriy chiqishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan yoki boshqa davlat fuqaroligini qabul qilgan fuqarolarning shirkatga aʼzoligini toʻxtatilishi;
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirkatga aʼzolik qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham toʻxtatilishi mumkin.
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bekor qilinishi qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini olib qoʻyish hollari yer uchastkasiga boʻlgan huquq bekor qilinganda shirkat aʼzolarining koʻrgan zararlari qonunda belgilangan tartibda toʻlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha shirkatdan aʼzolarni chiqarish shirkat boshqaruvining qarori bilan amalga oshiriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻshab qolgan yer uchastkasi davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqarolar yoki ular bilan birga yashaydigan va u bilan umumiy xoʻjalik yuritadigan ularning oila aʼzolari dehqon xoʻjaligini yuritish uchun tomorqa yer uchastkalaridan foydalansalar yoki boshqa shirkatning aʼzolari hisoblansalar bunday fuqarolar shirkat aʼzolari boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shirkat tashkil etilgan hududdagi imoratni sotib oluvchi shaxslar ularda imorat va inshootga mulk huquqi paydo boʻlgan va ular shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori bilan shirkat aʼzoligiga qabul qilingan paytdan boshlab shirkat aʼzolariga aylanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirkat aʼzosining bogʻdorchilik-uzumchilik yer uchastkasidagi koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni berish bilan bogʻliq bitimlar notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shirkat aʼzolari quyidagi badallarni toʻlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish badallari — tashkiliy sarf-xarajatlarga va hujjatlarni rasmiylashtirishga shirkat aʼzolari tomonidan toʻlangan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aʼzolik badallari — shirkat bilan mehnat shartnomalari tuzgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash va shirkatning boshqa joriy xarajatlari uchun har oyda toʻlanadigan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli badallar — umumiy foydalaniladigan obyektlarni sotib olish (tashkil etish) uchun toʻlangan pul mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Har bir badal turining miqdori shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Shirkat aʼzosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatning boshqa aʼzolari roziligisiz oʻz mol-mulkini mustaqil tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻdorchilik-uzumchilik yer uchastkasining maqsadli vazifasiga muvofiq unda mustaqil xoʻjalik yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik, ekologik, sanitariya-gigiyena, yongʻinga qarshi va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq bogʻdorchilik-uzumchilik yer uchastkasida mavjud imoratlar va inshootlarni rekonstruksiya qilish va qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ham shaxsan oʻzi, ham oʻz vakili orqali shirkat faoliyatida qatnashish, shuningdek shirkatning boshqaruv organlariga saylash va saylanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat faoliyati boshqaruvini takomillashtirish, uning organlari ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatning faoliyati, mol-mulkining holati va qilingan sarf-xarajatlari toʻgʻrisida maʼlumot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi va shirkat boshqaruvining uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarorlarini haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
(21-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Shirkat aʼzosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi va shirkat boshqaruvining qarorlarini bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻdorchilik-uzumchilik yer uchastkasidan uning maqsadli vazifalariga muvofiq foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik, ekologiya, texnik, yongʻinga qarshi hamda sanitariya qoidalariga va bogʻdorchilik-uzumchilik yer uchastkasini saqlash meʼyorlariga rioya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy mulkni saqlash va taʼmirlash boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun zarur boʻlgan kirish, aʼzolik va maqsadli badallarni oʻziga tegishli yer uchastkasi maydoni ulushiga mutanosib ravishda oʻz vaqtida toʻlashga va xarajatlarda qatnashishga, kommunal xizmatlarni oʻz vaqtida toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy mulk obyektlaridan boshqa mulkdorlarning huquqlari va manfaatlarini buzmasdan faqat ularning toʻgʻridan-toʻgʻri vazifasiga koʻra foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy mulk obyektlarini tiklash zarur boʻlganda yoki shirkatning boshqa aʼzolari mol-mulkiga yetkazilishi ehtimoli boʻlgan zararning oldini olish uchun bogʻdorchilik-uzumchilik yer uchastkasiga kirishni taʼminlashga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirkat aʼzolari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(22-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Shirkatning mol-mulki va mablagʻlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Umumiy foydalaniladigan mol-mulk shirkat tomonidan kirish badallari va maqsadli badallar hisobiga sotib olinadi yoki tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Umumiy foydalaniladigan mol-mulk shirkatning yakka tartibda bogʻdorchilik va uzumchilik bilan shugʻullanadigan aʼzolarining umumiy ulushli mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha tashkil etilgan maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobiga sotib olingan yoki tashkil etilgan umumiy foydalaniladigan mol-mulk shirkatning mol-mulki hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Shirkatning xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq shirkatga berilgan mablagʻlar maxsus jamgʻarmani tashkil etadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari shirkat faoliyatining maqsadlari va predmetini amalga oshirish uchun sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, doimiy yashash uchun foydalanishga yaroqli boʻlgan imoratlar shirkat aʼzosining arizasiga koʻra hamda qurilish organlarining xulosasi boʻyicha turar joy toifasiga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, shirkat aʼzosining mavjud yer uchastkasi va yer uchastkasida joylashgan imoratlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasida joylashgan imoratlarni turar joy toifasiga oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti asosida amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Shirkatning boshqaruv organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Quyidagilar shirkatning boshqaruv organlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat boshqaruvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish komissiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi shirkatni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi. Umumiy yigʻilish bir yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Shirkat aʼzolarining yillik umumiy yigʻilishi moliyaviy yil tamom boʻlgandan keyin 60 kundan kechikmay oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirkat aʼzolarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boshqaruvning, shirkat aʼzolari umumiy sonining kamida 10 foizini tashkil etadigan shirkat aʼzolarining tashabbusi bilan, shuningdek taftish komissiyasi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining talabi boʻyicha chaqirilishi mumkin.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishini chaqirish tartibi shirkatning taʼsis hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Quyidagi masalalarni hal etish shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatiga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat ustavini tasdiqlash, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki shirkatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvni va taftish komissiyasini saylash hamda ularning vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlar va xarajatlarning yillik smetasini, shuningdek uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlash, shirkatning kirish, aʼzolik va maqsadli badallari miqdorlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatning maxsus jamgʻarmasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolarining boshqaruv raisining faoliyatiga va shirkatning taftish komissiyasiga tegishli arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatning shtatdagi xodimlari ichki mehnat tartibi qoidalarini qabul qilish va oʻzgartirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda asbob-uskunalar, anjomlar va boshqa moddiy boyliklarni sotib olish, sotish, berish, almashtirish, ijaraga berish toʻgʻrisida, shuningdek ularni balansdan chiqarish haqida qarorlar qabul qilish;
(33-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatning hududida imoratlar solish va inshootlarni tiklash, ustavda qayd etilgan maqsadlarni bajarish uchun koʻchmas mulkni sotib olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz mablagʻlari, shu jumladan bank kreditlari olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatning xoʻjalik faoliyatidan olingan daromaddan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatga yangi aʼzolarni qabul qilish va aʼzolarni shirkatdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatni qayta tashkil etish va tugatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda va shirkatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.
(33-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar ham shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi vakolatiga tegishli boʻlishi mumkin.
(33-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirkat aʼzolarining kamida 2/3 qismi hozir boʻlganda, shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilinadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qaroriga xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Shirkatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Shirkat boshqaruvi umumiy yigʻilish tomonidan shirkat aʼzolari orasidan yetti kishidan kam boʻlmagan, shu jumladan, Boshqaruv raisidan iborat tarkibda saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv aʼzolarining nomzodlari shirkatning istalgan aʼzosi tomonidan tavsiya etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv aʼzolarini saylash ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. Boshqaruvda boʻsh qolgan oʻrinni navbatdan tashqari yigʻilish qaroriga koʻra toʻldirish mumkin, bunda yigʻilish Boshqaruv tarkibidan biron-bir aʼzo chiqib ketgandan soʻng koʻpi bilan uch oydan kechikmay chaqiriladi.
(351-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Boshqaruv aʼzolarini saylash, shuningdek shirkatning Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish tartibi mazkur Nizomda belgilangan qoidalardan kelib chiqqan holda, shirkat ustavida belgilanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Quyidagi masalalarni hal etish boshqaruv vakolatiga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilishni chaqirish va oʻtkazishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlar va xarajatlarning yillik smetasi loyihasini, shuningdek uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan obyektlarga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash, shuningdek saqlash yuzasidan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilish tomonidan tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq shirkat mablagʻlarini tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolari tomonidan shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishida belgilanadigan badallarning oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatini yuritish uchun ijro etuvchi direktorni yollash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatning mol-mulkiga xizmat koʻrsatish va xoʻjalik faoliyatini yuritish, shu jumladan ish yuritish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish uchun xodimlar yollash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlar.
(37-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Shirkat moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish uchun uning aʼzolarining umumiy yigʻilishi shirkat aʼzolaridan kamida uch kishidan iborat tarkibda taftish komissiyasi saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Taftish komissiyasi ikki yildan ortiq boʻlmagan muddatga saylanadi. Shirkat boshqaruvi aʼzolari taftish komissiyasi tarkibiga kirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Shirkatning moliya-xoʻjalik faoliyatini va uning boshqaruvini tekshirish uchun shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi auditorlik tashkilotini jalb etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Taftish komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatning moliya-xoʻjalik faoliyatini bir yilda kamida bir marta rejali taftishdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishiga yillik hisobot hamda majburiy toʻlovlar va badallar miqdorlari boʻyicha xulosani taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati toʻgʻrisida umumiy yigʻilishda hisobot beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatning moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan qonunchilik talablariga, shirkatning taʼsis hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
(41-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Shirkatni qayta tashkil etish va tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Shirkatni qayta tashkil etish va tugatish shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori yoxud qonunchilikda belgilangan asos boʻyicha va tartibda sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Shirkatni tugatishda kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qoladigan mol-mulk shirkat aʼzolari oʻrtasida shirkat aʼzolarining shirkat mol-mulkini shakllantirishdagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 90-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)