03.05.2010 yildagi PQ-1331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.05.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy avtomagistralini yanada rekonstruksiya qilish hamda qurish va buning negizida mamlakatimizning barcha mintaqalari oʻrtasidagi ishonchli transport aloqasini va avtomobil transportida xalqaro tranzit yuk tashish samaradorligini taʼminlaydigan va xalqaro talablar hamda standartlarga javob beradigan respublika avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlari Kengashi 2010-yilning 20-aprelida umumiy miqdori 600,0 mln. AQSH dollari, shu jumladan, sakkiz yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, toʻlash muddati 32 yil boʻlgan Osiyo taraqqiyot fondi (OTF)ning imtiyozli mablagʻlaridan Dasturning birinchi transh summasi 74,81 mln. maxsus qarz olish huquqlari (ekvivalenti 115,0 mln. AQSH dollari) miqdoridagi “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish Dasturini maʼqulladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida mazkur loyihani moliyalashtirish uch transh — qarzlar orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur transhlarining ikkinchi va uchinchi qarzlari OTBning oddiy kapital resurslaridan 240,0 mln. AQSH dollari va OTFning imtiyozli mablagʻlaridan ekvivalenti 245,0 mln. AQSH dollari miqdorida, Dasturning ikkinchi va uchinchi transhlari boʻyicha davriy moliyalashga talabnomalarning tayyorlanishi va OTBga taqdim etilishiga hamda ularning OTB rahbariyati tomonidan maʼqullanishiga qarab berilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi ekvivalenti 139,0 mln. AQSH dollari, shu jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari berish orqali 108,4 mln. AQSH dollari miqdorini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish davri 5 yil muddatga (2010 — 2015-yillar) belgilangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish doirasida 2009-yil 30-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi qoshida Dasturni boshqarish guruhi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga Dastur transhlari boʻyicha qarzlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasidagi qarz bitimlari asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda loyihaning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining loyihani bajarishga qoʻshadigan ulushini moliyalashtirish Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur loyihani amalga oshirish doirasida tender savdolarini oʻtkazish chogʻida sifat jihatidan xorijiy analoglardan qolishmaydigan mahalliy tovarlar va xizmatlardan mumkin qadar koʻproq foydalanishni nazarda tutuvchi kompaniyalar (korxonalar, tashkilotlar)ga afzallik beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ikkinchi transhining qarzi boʻyicha foizlar va komissiyalarni investitsiya davrida toʻlash ikkinchi transh qarzi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan 1, 1a, 1b va 1v ilovalariga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan OTB qarzlarini qoplash, ular boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash jadvallari 2, 2a va 2b-ilovalariga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasi boʻyicha OTB qarzlarini taqsimlash va qoplash sxemasi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi nomidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OTB bilan qarz bitimlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi bilan Dastur doirasida qarzlarni qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Transyoʻlqurilish” kompaniyasi davlat unitar korxonasi bilan Dastur ikkinchi transhi qarzining bir qismini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasidagi qarz bitimlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Transyoʻlqurilish” kompaniyasi davlat unitar korxonasi oʻrtasida Dastur ikkinchi transhi qarzining bir qismini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengash (R.S. Azimov) mazkur loyihaning bajarilishini muntazam koʻrib chiqib, zarur hollarda uning samarali amalga oshirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari zimmasiga A-380 avtomobil yoʻlining tegishli uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish qismida loyihani amalga oshirish masʼuliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zimmasiga qurilish ishlarini oʻtkazish davomida A-380 avtomobil yoʻli uchastkalarida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash masʼuliyati yuklansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi zimmasiga loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi belgilangan tartibda oʻtkazilishini va qurilish ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatilishini belgilangan tartibda taʼminlash vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilda loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan ulushi joriy yilga tasdiqlangan limitlar doirasida Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yildan boshlab har yili, Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozlarini shakllantirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan ulushini moliyalashtirishga, birinchi transh qarzini hamda ikkinchi va uchinchi transhlar qarzlarining tegishli qismlarini qoplashga, shuningdek ular boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlashga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur loyihani amalga oshirishga jalb etiladigan qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank va Respublika yoʻl jamgʻarmasi bilan birgalikda “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasini amalga oshirish doirasida taqdim etilayotgan valyuta mablagʻlaridan oqilona foydalanish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin va bunda bajarilayotgan ishlar va xizmatlarning hajmlari kengaytirilishini, tovarlar milliy valyutaga xarid qilinishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Dastur doirasida OTB qarzi mablagʻlari hisobidan xarid qilinayotgan tovarlar, ishlar, xizmatlar va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno), qoʻshilgan qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu imtiyozlar berilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan ulushi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu imtiyozlar mazkur loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarga, shuningdek transport vositalariga nisbatan joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Respublika yoʻl jamgʻarmasining buyurtmanomalariga koʻra ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Respublika yoʻl jamgʻarmasining buyurtmanomalariga koʻra ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi hamda muddati uzaytirilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin va ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1331-son