OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 23-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2200]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 24-yanvardagi 2017-4, 7-sonli “Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2200-7, 03.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 2-fevral,
2011-5-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 2-fevral,
6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2011-yil 2-fevraldagi 2011-5, 6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) muvofiq xodimlar soni va Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. 2011-yilning 1-yanvaridan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar uchun Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining belgilangan eng kam meʼyorlarini hisobga olingan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi joriy etiladi.
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2173, 2010-yil 28-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 527-modda) belgilangan tartibda aniqlanadi.
Chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish tashkilotlariga Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2095, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 120-modda) bilan belgilangan ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etilmaydi.
2. Yagona ijtimoiy toʻlovni, fuqarolarning sugʻurta badallarini va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xodimlar soni va Mehnatga haq toʻlash fondining belgilangan eng kam meʼyorlariga rioya qilinmagan taqdirda mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar tasdiqlangan meʼyorlardan kelib chiqqan holda mazkur Nizomda belgilangan tartibda yagona ijtimoiy toʻlovni, fuqarolarning sugʻurta badallarini va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini (keyingi oʻrinlarda toʻlovlar deb yuritiladi) qoʻshimcha hisoblashlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
chakana savdo tashkilotlari — hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi chakana savdo boʻlgan yuridik shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
umumiy ovqatlanish tashkilotlari — hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi umumiy ovqatlanish boʻlgan yuridik shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
qurilish tashkilotlari — hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi quyidagi turdagi qurilish ishlarini bajarish boʻlgan yuridik shaxslar:
Keyingi tahrirga qarang.
barcha turdagi binolar, sport inshootlarini qurish, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek qurilish maydonlaridagi yigʻma qurilish konstruksiyalarini montaj qilish;
bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishda qurilish maydonini tayyorlash;
har xil turdagi bino va inshootlar uchun umumiy boʻlgan bir yoʻnalishga ixtisoslashtirilgan hamda maxsus malaka va asbob-uskunalarni talab qiluvchi qurilish faoliyati (fundament qurish, shu jumladan qoziq qoqish; oʻzi ishlab chiqarmagan poʻlat konstruksiyalarni montaj qilish; armatura karkaslari elementlarini bukish; gʻisht va boshqa toshlarni terish; havozalar va taxtasupalarni, shu jumladan ijaraga olinganlarini oʻrnatish va demontaj qilish, oʻzi ishlab chiqarmagan fasad karkaslarini montaj qilish va oʻrnatish);
bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishda muhandislik asbob-uskunalarini oʻrnatish;
bino va inshootlarni qurishda ishlov berish va boshqa yakuniy ishlar;
aholi buyurtmalari boʻyicha uy-joylarni (kvartiralarni), shuningdek ishlab chiqarish uchun moʻljallanmagan bino (xona)larni taʼmirlash;
haqiqatdagi mehnatga haq toʻlash fondi — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 172-moddasida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi va yagona ijtimoiy toʻlovning soliq solish obyekti boʻlgan daromadlar, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslarga toʻgʻri keladigan mehnatga haq toʻlash fondi bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlovlarning umumiy stavkasi — tegishli toifadagi toʻlovchilar uchun belgilanadigan yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning sugʻurta badallari stavkalarini va jismoniy shaxslarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan 1 foizga kamaytirmagan holdagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining stavkasini oʻz ichiga oluvchi umumiy stavka. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining stavkasi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining eng kam stavkasi boʻyicha soliq solinadigan jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladigan stavka miqdori qabul qilinadi.
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2015-yil 2-martdagi 2015-9, 16-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-5, 12.03.2015-y.)tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 124-modda)
II. Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash
4. Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash uchun baza boʻlib butun tashkilot boʻyicha umumiy Mehnatga haq toʻlash fondi eng kam meʼyori bilan haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi oʻrtasidagi farq hisoblanadi va quyidagi formula asosida aniqlanadi:
QB = MHTFeng kam – MHTFhaqiqat, bu yerda:
QB — toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash amalga oshiriladigan baza;
MHTFeng kam — Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq hisobot choragi uchun aniqlangan soliq toʻlovchining Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori;
Keyingi tahrirga qarang.
MHTFhaqiqat — hisobot choragi uchun haqiqatdagi mehnatga haq toʻlash fondi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Soliq toʻlovchining haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyoriga teng yoki undan ortiq boʻlsa toʻlovlar qoʻshimcha hisoblanmaydi.
6. Xodimlar sonining eng kam meʼyoriga rioya qilinmaganda soliq toʻlovchining haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi Mehnatga haq toʻlash fondi eng kam meʼyoridan ortiq boʻlgan holda ham qoʻshimcha toʻlovlar hisoblanmaydi.
Masalan, Toshkent shahrida joylashgan savdo zali maydoni 60 kvadrat metr boʻlgan mini-marketda asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori 4 kishini tashkil qiladi.
Butun tashkilot boʻyicha Mehnatga haq toʻlash fondi eng kam meʼyorini hisoblash uchun xodimlarning umumiy soni, direktor (ekspeditor vazifasini ham oʻzi bajaruvchi) va buxgalterni qoʻshib hisoblaganda 6 kishini tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chakana savdo tashkilotlari uchun yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning oʻrtacha razryadi 2 ni tashkil qiladi. Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning 2-razryadiga muvofiq keluvchi tarif koeffitsiyenti 2,725 ga teng.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 soʻmni tashkil etadi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq mazkur mini-market boʻyicha Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori (MHTFmin= KXS x Tk x IHEKM) chorak uchun hisoblanganda 4 713 950 soʻmni tashkil qiladi ((6 x 2,725 x 96 105) + (6 x 2,725 x 96 105) + (6 x 2,725 x 96 105)).
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Amalda tashkilotda 5 kishi ishlaydi. Bunda ushbu xodimlarning haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi hisobot choragi uchun 5 364 000 soʻmni tashkil qilgan.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Tashkilotdagi xodimlarning haqiqatdagi soni xodimlar sonining belgilangan meʼyoridan kam boʻlishiga qaramasdan toʻlovlar qoʻshimcha hisoblanmaydi, chunki haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyoridan ortib ketgan.
7. Agar hisobot choragi yakunlari boʻyicha tashkilotning asosiy faoliyat turi chakana savdo, umumiy ovqatlanish yoki qurilish boʻlmasa, u holda tashkilot hisobot choragi uchun yagona ijtimoiy toʻlovni Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2095, 2010-yil 13-aprel) belgilangan tartibda hisoblab chiqaradi va toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Agar chakana savdo, umumiy ovqatlanish yoki qurilish tashkilotlari asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan ham shugʻullansa, u holda mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori butun tashkilot boʻyicha xodimlar sonining eng kam meʼyoridan kelib chiqib, asosiy xodimlar, maʼmuriy, texnik, yordamchi xodimlar, shuningdek asosiy boʻlmagan faoliyat turi bilan band boʻlgan xodimlar sonini qoʻshish yoʻli bilan Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5 va 9-ilovalarida belgilangan ishlarning oʻrtacha razryadi tarif koeffitsiyentini qoʻllagan holda aniqlanadi.
Misol uchun, asosiy faoliyat turi chakana savdo boʻlgan tashkilot sartaroshlik xizmatlarini koʻrsatadi. Butun tashkilot boʻyicha xodimlar sonining eng kam meʼyorini hisoblashda chakana savdo boʻyicha asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori — 5 kishi, maʼmuriy xodimlar — 2 kishi va sartaroshxonada faoliyat yurituvchi xodimlar — 3 kishi qoʻshiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shunday qilib, mazkur tashkilot boʻyicha Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori butun tashkilot boʻyicha xodimlar sonining eng kam meʼyoridan (10 kishidan) kelib chiqilib, chakana savdo tashkilotlari uchun belgilangan ishlarning oʻrtacha razryadi tarif koeffitsiyenti (2,725) qoʻllanilgan holda aniqlanadi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
9. Agar chakana savdo tashkilotlari bir nechta turgʻun savdo shoxobchalariga, umumiy ovqatlanish tashkilotlari esa bir nechta umumiy ovqatlanishni tashkil qilish joylariga ega boʻlsa, xodimlar sonining eng kam meʼyori chakana savdo tashkilotlari uchun har bir turgʻun savdo shoxobchasi boʻyicha, umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun umumiy ovqatlanishni tashkil qilish joylari boʻyicha alohida aniqlanadi.
10. Agar qurilish tashkiloti bir vaqtning oʻzida bir nechta obyektda qurilish ishlarini amalga oshirsa, toʻlovlar qoʻshimcha hisoblanadigan bazani hisob-kitob qilish uchun hisobot davrida amalga oshirilgan qurilish ishlarining umumiy hajmi olinadi. Bunda faqat oʻz kuchi bilan amalga oshirilgan ishlar hajmi hisobga olinadi (qurilish subpudrat shartnomasiga koʻra shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq subpudrat tashkiloti tomonidan bajarilgan ishlar hajmi chegirilgan holdagi umumiy ishlar hajmi).
11. Hisobot choragi uchun qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
QH = QB x US / 100, bu yerda:
QH — qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasi;
QB — mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq aniqlangan toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash amalga oshiriladigan baza;
US — toʻlovlarning umumiy stavkasi.
12. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari har yili 1-fevralga qadar (2011-yilda — 1-aprelgacha), yangi tashkil qilinganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab 30 kun ichida soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga tegishincha mazkur Nizomning 1a va 1b-ilovalariga muvofiq shaklda Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini hisoblash uchun asos boʻladigan koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi axborotni (keyingi oʻrinlarda axborot deb yuritiladi) taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Kalendar yil davomida xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining belgilangan eng kam meʼyorlarini hisobga olgan holda toʻlovlarni hisoblash va toʻlashga oʻtilganda xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini hisoblash uchun asos boʻladigan koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12 (1)-son) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobiga asosiy faoliyat turiga bogʻliq holda tasdiqlangan shaklda ilova qilinadigan Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma-hisob-kitob (keyingi oʻrinlarda Maʼlumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) boʻyicha qabul qilinadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 26-iyundagi 2013-32, 61-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-3, 22.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 396-modda)
Kalendar yili davomida avval taqdim etilgan axborotning oʻzgarishi kutilganda, chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aniqlashtirilgan koʻrsatkichlar qoʻllanilishi kutilayotgan muddatlar koʻrsatilgan holda aniqlashtirilgan axborotni taqdim etadilar. Bunda xodimlar soni eng kam meʼyorlari aniqlashtirilgan axborot kiritilgan oydan keyingi oydan boshlab qoʻllaniladi.
Koʻrsatkichlarni (stollar soni, savdo zali maydoni, tashkilotning ish rejimi, umumiy ovqatlanish turini) kamaytirib koʻrsatish hollari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari joriy yilning boshidan boshlab (ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa — Axborotni yoki Maʼlumotnoma-hisob-kitobni taqdim etish sanasidan boshlab) kamaytirib koʻrsatish aniqlangan sanagacha Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini, qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasini tegishincha qayta hisoblagan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻshimcha hisoblaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mazkur Nizom tatbiq etiladigan soliq toʻlovchilar asosiy faoliyat turiga bogʻliq holda tasdiqlangan shakl boʻyicha ortib boruvchi yakunsiz Maʼlumotnoma-hisob-kitobni Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobiga ilova qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 26-iyundagi 2013-32, 61-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-3, 22.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 396-modda)
14. Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasini toʻlash Maʼlumotnoma-hisob-kitobni taqdim etish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasi yagona hisob raqamga oʻtkazilib, ushbu mablagʻlar Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi oʻrtasida mazkur Nizomning 5-ilovasida belgilangan normativlar boʻyicha taqsimlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2015-yil 2-martdagi 2015-9, 16-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-5, 12.03.2015-y.)tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 124-modda)
16. Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining soliq solinadigan foydasini aniqlashda chegiriladi, mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash uchun bazani hisob-kitob qilishga va qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasini aniqlashga doir shartli misollar mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan.
III. Yakuniy qoidalar
18. Davlat soliq xizmati organlari Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda toʻlovlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish va toʻlash ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
19. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda toʻlovlarni hisoblab chiqarish tartibi buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblanishini hisobga olgan holda Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlaridan kelib chiqib toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblashni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
Izoh: yirik oʻlchamli tovarlarni sotuvchi va ushbu tovarlarni namuna sifatida koʻrgazmaga qoʻyuvchi (mebel va avtomototransport vositalarini sotish doʻkonlari, yirik oʻlchamli maishiy va boshqa texnikalarni namoyish qilish uchun koʻrgazma maydonlari, savdo zallari, qurilish mollari doʻkonlari) savdo zali maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan chakana savdo tashkilotlari savdo zali maydonini 200 kvadrat metr deb koʻrsatadilar.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2011-yil 7-dekabrdagi 2011-38, 77-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-1, 12.01.2012-y.)tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 2-son, 24-modda)
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1b-ILOVA
1b-ILOVA
| Hujjat turi | |
/ |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |||
Hujjat turi: 1 — axborot, 2 — aniqlashtirilgan axborot (kasr orqali aniqlashtirish raqami) | ||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||
|
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini hiso�lash uchun asos boʻladigan koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi | ||||||||||||||||||||||
|
AXBOROT | ||||||||||||||||||||||
| ________________________________________________________ga taqdim etiladi | ||||||||||||||||||||||
|
(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi) | ||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||
| 1. Yuridik shaxsning toʻliq nomi ___________________________________________ | ||||||||||||||||||||||
| 2. Manzil ______________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||
| 3. STIR | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| 4. Telefon: kod | | | | | |
raqam |
| | | | | | | | | |||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Taqdim etilgan aniqlashtirishlar | | | | | | | | | | sanadan qoʻllaniladi | ||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
|
Koʻrsatkich nomi |
Satr |
Koʻrsatkich qiymati | ||||||||||||||||||||
|
Umumiy ovqatlanish tashkilotlari boʻyicha | ||||||||||||||||||||||
| Nomi koʻrsatilgan holda umumiy ovqatlanish turi |
010 |
“_________________________” | ||||||||||||||||||||
| 4 ta oʻringa moʻljallangan xizmat koʻrsatadigan stollarning eʼlon qilingan soni, don� |
020 |
| ||||||||||||||||||||
| Haftalik ish rejimi (Haftasiga jami soatlarda ) |
030 |
| ||||||||||||||||||||
| Nomi koʻrsatilgan holda umumiy ovqatlanish turi |
040 |
“_________________________” | ||||||||||||||||||||
| … |
050 |
|||||||||||||||||||||
Oldingi tahrirga qarang.
Eslatma:
1. Agar umumiy ovqatlanish tashkiloti 4 ta oʻrindan ortiq oʻtirish joyiga moʻljallangan stollarga ega boʻlsa, “020” — satr koʻrsatkichi barcha oʻrinlar sonini qoʻshish va olingan summani 4 ga boʻlish yoʻli bilan hisoblab toʻldiriladi. Masalan, tashkilot 10 oʻringa moʻljallangan 6 ta stolga ega boʻlsa, “020” satrda 15 (6*10/4) koʻrsatiladi.
2. 50 dan ortiq xizmat koʻrsatiladigan stoli boʻlgan banket zallariga ega restoran va kafelar 50 ta xizmat koʻrsatiladigan stolni koʻrsatadilar.
(1b-ilovaning eslatmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2011-yil 7-dekabrdagi 2011-38, 77-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-1, 12.01.2012-y.)tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 2-son, 24-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 26-iyundagi 2013-32, 61-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2200-3, 22.07.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 26-iyundagi 2013-32, 61-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2200-3, 22.07.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 26-iyundagi 2013-32, 61-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2200-3, 22.07.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasini Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi oʻrtasida taqsimlash
NORMATIVLARI
|
T/r |
Toʻlovchilar |
Umumiy tushumlarga nisbatan foizlarda | |
|
Davlat budjeti |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi | ||
|
1. |
Mikrofirma va kichik korxonalar |
27,9 |
72,1 |
|
2. |
1-bandda nazarda tutilmagan boshqa toʻlovchilar |
21,0 |
79,0 |
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2015-yil 2-martdagi 2015-9, 16-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-5, 12.03.2015-y.)tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 124-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
6-ILOVA
Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash uchun bazani hisob-kitob qilishga va qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasini aniqlashga doir
shartli misollar
Oldingi tahrirga qarang.
1-misol. Shaharda joylashgan mini-market boʻyicha quyidagi maʼlumotlar mavjud:
(1-misolning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
savdo zalining maydoni — 120 kv. m;
ish vaqti rejimi — haftasiga 84 soat;
maʼmuriy xodimlar soni — 1.
Mini-marketda ish vaqti rejimi (haftasiga 84 soat) haftasiga 72 soatdan ortib ketganini hisobga olib, asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyoriga koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi = 84/72 = 1,17.
Oldingi tahrirga qarang.
Shunday qilib, mazkur mini-market boʻyicha asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori = 6 x 1,17 = 7 xodimni tashkil etadi.
(1-misolning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorini hisoblash uchun mini-market boʻyicha barcha xodimlarning umumiy soni, 1 ta direktorni (ekspeditor va buxgalter vazifalarini ham oʻzi bajaruvchi) ham qoʻshib hisoblaganda = 7 + 1 =8 xodimni tashkil qiladi.
(1-misolning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mini-market uchun yagona tarif setkasi boʻyicha ishlarning oʻrtacha razryadi 2 ni tashkil qiladi. Yagona tarif setkasi boʻyicha ishlarning 2-razryadiga muvofiq keluvchi hisob uchun olinadigan tarif koeffitsiyenti 2,725 ga teng.
(1-misolning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 soʻmni tashkil etadi.
(1-misolning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlovlarning umumiy stavkasi 39% tashkil etadi.
(1-misol Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XS x Tk x IHEKM) mini-market boʻyicha mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori = 8 x 2,725 x 96 105 = oyiga 2 095 089 soʻmni tashkil qiladi. Chorak uchun mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori summasi 6 285 267 soʻmni tashkil qiladi.
(1-misolning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Chorak uchun haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi 5 625 105 soʻmni tashkil qiladi.
(1-misolning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash uchun bazani quyidagi formula boʻyicha aniqlaymiz:
Oldingi tahrirga qarang.
QB = 6 285 267 — 5 625 105 = 660 162 soʻm.
(1-misolning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasi quyidagiga teng:
Oldingi tahrirga qarang.
QH = 660 162 x 39% = 257 463 soʻm.
(1-misolning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2-misol. Toshkent shahrida joylashgan kafe (bar mavjud emas) boʻyicha quyidagi maʼlumotlar mavjud:
(2-misolning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
xizmat koʻrsatiladigan stollar soni — 15;
ish vaqti rejimi — haftasiga 84 soat;
maʼmuriy xodimlar soni — 1;
texnik xodimlar soni — 1.
Xizmat koʻrsatiladigan stollar soni 15 ta boʻlgan kafe boʻyicha asosiy xodimlar sonining quyidagi eng kam meʼyorlari belgilangan:
Oldingi tahrirga qarang.
| 1 stolga (4 oʻringa moʻljallangan standart stol) xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan xizmat koʻrsatuvchi xodimlar (ofitsiantlarni oʻz ichiga olgan holda) soni |
Oshpazlar | Tarqatishda xizmat qiladigan xodimlar |
Oshxona xodimlari |
| 0,25 | 2 | — | 1 |
(2-misolning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Mazkur kafening ish vaqti rejimi haftasiga 84 soatdan ortib ketmaganini hisobga olib, xodimlar sonining eng kam meʼyoriga koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shunday qilib, mazkur kafe boʻyicha asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori = 0,25 x 15 + 2 + 1 = 7 xodimni tashkil qiladi.
(2-misolning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorini hisoblash uchun kafe boʻyicha barcha xodimlarning umumiy soni, jumladan 9 ta asosiy xodim, 1 ta direktor va 1 ta farroshni ham qoʻshib hisoblaganda = 7 + 1 + 1 = 9 xodimni tashkil qiladi.
(2-misolning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kafe uchun yagona tarif setkasi boʻyicha ishlarning oʻrtacha razryadi 3 ni tashkil qiladi. Yagona tarif setkasi boʻyicha ishlarning 4-razryadiga muvofiq keluvchi hisob uchun olinadigan tarif koeffitsiyenti 2,998 ga teng.
(2-misolning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 soʻmni tashkil etadi.
(2-misolning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlovlarning umumiy stavkasi 39% tashkil etadi.
(2-misol Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XS x Tk x IHEKM) mazkur kafe boʻyicha mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori = 9 x 2,998 x 96 105 = oyiga 2 593 105 soʻmni tashkil qiladi. Chorak uchun mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori summasi 7 779 315 soʻmni tashkil qiladi.
(2-misolning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Chorak uchun haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi 6 795 010 soʻmni tashkil qiladi.
(2-misolning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash uchun bazani quyidagi formula boʻyicha aniqlaymiz:
Oldingi tahrirga qarang.
QB = 7 779 315 — 6 795 010 = 984 305 sum.
(2-misolning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasi quyidagiga teng:
Oldingi tahrirga qarang.
QH = 984 305 x 39% = 383 879 soʻm.
(2-misolning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
3-misol. Bir qavatli uch xonali turarjoy binosini qoʻshimcha imoratlar bilan birga namunaviy qurish:
shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq mazkur turarjoyning qurilishi uchun quruvchi ishchilarning mehnat sarfi 4 799,6 kishi/soatni tashkil qiladi;
qurilishning meʼyoriy muddati — 3 oy;
olti kunlik ish haftasida bir xodimga hisoblangan oʻrtacha oylik ish vaqti fondi — 163,1 soatni tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan formulaga muvofiq (XSnorm = SIK/ BM / IVF) quruvchi ishchilarning oylik oʻrtacha sonining eng kam meʼyori (XSnorm) = 4 799,6 / 3 / 163,1 =10 xodimni tashkil qiladi.
(3-misolning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Qurilish ishlarining oʻrtacha razryadi tarif koeffitsiyenti yagona tarif setkasi boʻyicha ishlarining 4-razryadi tarif koeffitsiyentiga toʻgʻri keladi. Yagona tarif setkasi boʻyicha ishlarning 4-razryadiga muvofiq keluvchi tarif koeffitsiyenti 3,297 ga teng.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 soʻmni tashkil etadi.
(3-misolning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlovlarning umumiy stavkasi 39% tashkil etadi.
(3-misol Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XSnorm (BPXSnorm) x Tk x Kt x IHEKM) quruvchi ishchilarning mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori (MHTFmin) = 10 x 3,297 x 1,15 x 96 105 = 3 643 869 soʻmni tashkil qiladi.
(3-misolning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Shunday qilib, qurilish ishlarini amalga oshirish meʼyoriy muddatini hisobga olgan holda (3 oy) mazkur turar joyni qurishda quruvchi ishchilarning Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori chorak uchun = 3 643 869 x 3 = 10 931 607 soʻmni tashkil qiladi.
(3-misolning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Chorak uchun haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi 9 975 809 soʻmni tashkil qiladi.
(3-misolning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash uchun bazani quyidagi formula boʻyicha aniqlaymiz:
Oldingi tahrirga qarang.
QB = 10 931 607 — 9 975 809= 955 798 soʻm.
(3-misolning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasi quyidagiga teng:
Oldingi tahrirga qarang.
QH = 955 798 × 39% = 372 761 soʻm.
(3-misolning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 79-modda; 2012-y., 2-son, 24-modda, 7-son, 71-modda; 2013-y., 30-son, 396-modda; 2014-y., 17-son, 198-modda; 2015-y., 10-son, 124-modda; 2016-y., 15-son, 149-modda)