Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.02.2017 23.02.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2200
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 23.02.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2200
Кучга кириш санаси
05.03.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.02.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 23-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2200]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 24-yanvardagi 2017-4, 7-sonli “Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2200-7, 03.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 2-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 2-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2011-yil 2-fevraldagi 2011-5, 6-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) muvofiq xodimlar soni va Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2011-yilning 1-yanvaridan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar uchun Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining belgilangan eng kam meʼyorlarini hisobga olingan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2173, 2010-yil 28-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 527-modda) belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish tashkilotlariga Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2095, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 120-modda) bilan belgilangan ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yagona ijtimoiy toʻlovni, fuqarolarning sugʻurta badallarini va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar soni va Mehnatga haq toʻlash fondining belgilangan eng kam meʼyorlariga rioya qilinmagan taqdirda mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar tasdiqlangan meʼyorlardan kelib chiqqan holda mazkur Nizomda belgilangan tartibda yagona ijtimoiy toʻlovni, fuqarolarning sugʻurta badallarini va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini (keyingi oʻrinlarda toʻlovlar deb yuritiladi) qoʻshimcha hisoblashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo tashkilotlari — hisobot oyi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi chakana savdo boʻlgan yuridik shaxslar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-martdagi 2016-15, 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-6, 11.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish tashkilotlari — hisobot oyi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi umumiy ovqatlanish boʻlgan yuridik shaxslar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-martdagi 2016-15, 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-6, 11.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish tashkilotlari — hisobot oyi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi quyidagi turdagi qurilish ishlarini bajarish boʻlgan yuridik shaxslar:
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-martdagi 2016-15, 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-6, 11.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi binolar, sport inshootlarini qurish, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek qurilish maydonlaridagi yigʻma qurilish konstruksiyalarini montaj qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishda qurilish maydonini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har xil turdagi bino va inshootlar uchun umumiy boʻlgan bir yoʻnalishga ixtisoslashtirilgan hamda maxsus malaka va asbob-uskunalarni talab qiluvchi qurilish faoliyati (fundament qurish, shu jumladan qoziq qoqish; oʻzi ishlab chiqarmagan poʻlat konstruksiyalarni montaj qilish; armatura karkaslari elementlarini bukish; gʻisht va boshqa toshlarni terish; havozalar va taxtasupalarni, shu jumladan ijaraga olinganlarini oʻrnatish va demontaj qilish, oʻzi ishlab chiqarmagan fasad karkaslarini montaj qilish va oʻrnatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishda muhandislik asbob-uskunalarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarni qurishda ishlov berish va boshqa yakuniy ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi buyurtmalari boʻyicha uy-joylarni (kvartiralarni), shuningdek ishlab chiqarish uchun moʻljallanmagan bino (xona)larni taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqatdagi mehnatga haq toʻlash fondi — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 172-moddasida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi va yagona ijtimoiy toʻlovning soliq solish obyekti boʻlgan daromadlar, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslarga toʻgʻri keladigan mehnatga haq toʻlash fondi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovlarning umumiy stavkasi — tegishli toifadagi toʻlovchilar uchun belgilanadigan yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning sugʻurta badallari stavkalarini va jismoniy shaxslarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan 1 foizga kamaytirmagan holdagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining stavkasini oʻz ichiga oluvchi umumiy stavka. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining stavkasi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining eng kam stavkasi boʻyicha soliq solinadigan jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladigan stavka miqdori qabul qilinadi.
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2015-yil 2-martdagi 2015-9, 16-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-5, 12.03.2015-y.)tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 124-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash uchun baza boʻlib butun tashkilot boʻyicha umumiy Mehnatga haq toʻlash fondi eng kam meʼyori bilan haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi oʻrtasidagi farq hisoblanadi va quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QB = MHTFeng kam – MHTFhaqiqat, bu yerda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QB — toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash amalga oshiriladigan baza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MHTFeng kam — Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq hisobot oyi uchun aniqlangan soliq toʻlovchining Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-martdagi 2016-15, 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-6, 11.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MHTFhaqiqat — hisobot oyi uchun haqiqatdagi mehnatga haq toʻlash fondi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-martdagi 2016-15, 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-6, 11.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq toʻlovchining haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyoriga teng yoki undan ortiq boʻlsa toʻlovlar qoʻshimcha hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xodimlar sonining eng kam meʼyoriga rioya qilinmaganda soliq toʻlovchining haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi Mehnatga haq toʻlash fondi eng kam meʼyoridan ortiq boʻlgan holda ham qoʻshimcha toʻlovlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Toshkent shahrida joylashgan savdo zali maydoni 60 kvadrat metr boʻlgan mini-marketda asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori 4 kishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butun tashkilot boʻyicha Mehnatga haq toʻlash fondi eng kam meʼyorini hisoblash uchun xodimlarning umumiy soni, direktor (ekspeditor vazifasini ham oʻzi bajaruvchi) va buxgalterni qoʻshib hisoblaganda 6 kishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana savdo tashkilotlari uchun yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning oʻrtacha razryadi 2 ni tashkil qiladi. Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning 2-razryadiga muvofiq keluvchi tarif koeffitsiyenti 2,725 ga teng.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 soʻmni tashkil etadi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2173, 2010-yil 28-dekabr) muvofiq mazkur mini-market boʻyicha mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori (MHTFmin = KXS x Tk x IHEKM) oy uchun hisoblanganda 1 571 317 soʻmni (6 x 2,725 x 96 105) tashkil etadi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-martdagi 2016-15, 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-6, 11.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalda tashkilotda 5 kishi ishlaydi. Bunda ushbu xodimlarning haqiqatdagi mehnatga haq toʻlash fondi hisobot oyi uchun 1 780 000 soʻmni tashkil qilgan.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-martdagi 2016-15, 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-6, 11.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotdagi xodimlarning haqiqatdagi soni xodimlar sonining belgilangan meʼyoridan kam boʻlishiga qaramasdan toʻlovlar qoʻshimcha hisoblanmaydi, chunki haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyoridan ortib ketgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar hisobot oyi yakunlari boʻyicha tashkilotning asosiy faoliyat turi chakana savdo, umumiy ovqatlanish yoki qurilish boʻlmasa, u holda tashkilot hisobot oyi uchun yagona ijtimoiy toʻlovni Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2095, 2010-yil 13-aprel) belgilangan tartibda hisoblab chiqaradi va toʻlaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-martdagi 2016-15, 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-6, 11.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar chakana savdo, umumiy ovqatlanish yoki qurilish tashkilotlari asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan ham shugʻullansa, u holda mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori butun tashkilot boʻyicha xodimlar sonining eng kam meʼyoridan kelib chiqib, asosiy xodimlar, maʼmuriy, texnik, yordamchi xodimlar, shuningdek asosiy boʻlmagan faoliyat turi bilan band boʻlgan xodimlar sonini qoʻshish yoʻli bilan Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5 va 9-ilovalarida belgilangan ishlarning oʻrtacha razryadi tarif koeffitsiyentini qoʻllagan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol uchun, asosiy faoliyat turi chakana savdo boʻlgan tashkilot sartaroshlik xizmatlarini koʻrsatadi. Butun tashkilot boʻyicha xodimlar sonining eng kam meʼyorini hisoblashda chakana savdo boʻyicha asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori — 5 kishi, maʼmuriy xodimlar — 2 kishi va sartaroshxonada faoliyat yurituvchi xodimlar — 3 kishi qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, mazkur tashkilot boʻyicha Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori butun tashkilot boʻyicha xodimlar sonining eng kam meʼyoridan (10 kishidan) kelib chiqilib, chakana savdo tashkilotlari uchun belgilangan ishlarning oʻrtacha razryadi tarif koeffitsiyenti (2,725) qoʻllanilgan holda aniqlanadi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 3-apreldagi 2014-13, 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-4, 23.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 17-son, 198-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agar chakana savdo tashkilotlari bir nechta turgʻun savdo shoxobchalariga, umumiy ovqatlanish tashkilotlari esa bir nechta umumiy ovqatlanishni tashkil qilish joylariga ega boʻlsa, xodimlar sonining eng kam meʼyori chakana savdo tashkilotlari uchun har bir turgʻun savdo shoxobchasi boʻyicha, umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun umumiy ovqatlanishni tashkil qilish joylari boʻyicha alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar qurilish tashkiloti bir vaqtning oʻzida bir nechta obyektda qurilish ishlarini amalga oshirsa, toʻlovlar qoʻshimcha hisoblanadigan bazani hisob-kitob qilish uchun hisobot davrida amalga oshirilgan qurilish ishlarining umumiy hajmi olinadi. Bunda faqat oʻz kuchi bilan amalga oshirilgan ishlar hajmi hisobga olinadi (qurilish subpudrat shartnomasiga koʻra shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq subpudrat tashkiloti tomonidan bajarilgan ishlar hajmi chegirilgan holdagi umumiy ishlar hajmi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hisobot oyi uchun qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-martdagi 2016-15, 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-6, 11.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QH = QB x US / 100, bu yerda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QH — qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QB — mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq aniqlangan toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash amalga oshiriladigan baza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
US — toʻlovlarning umumiy stavkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari har yili 1-fevralga qadar (2011-yilda — 1-aprelgacha), yangi tashkil qilinganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab 30 kun ichida soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga tegishincha mazkur Nizomning 1a va 1b-ilovalariga muvofiq shaklda Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini hisoblash uchun asos boʻladigan koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi axborotni (keyingi oʻrinlarda axborot deb yuritiladi) taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar yil davomida xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining belgilangan eng kam meʼyorlarini hisobga olgan holda toʻlovlarni hisoblash va toʻlashga oʻtilganda xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini hisoblash uchun asos boʻladigan koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12 (1)-son) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobiga asosiy faoliyat turiga bogʻliq holda tasdiqlangan shaklda ilova qilinadigan Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma-hisob-kitob (keyingi oʻrinlarda Maʼlumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) boʻyicha qabul qilinadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 26-iyundagi 2013-32, 61-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-3, 22.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 396-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar yili davomida avval taqdim etilgan axborotning oʻzgarishi kutilganda, chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aniqlashtirilgan koʻrsatkichlar qoʻllanilishi kutilayotgan muddatlar koʻrsatilgan holda aniqlashtirilgan axborotni taqdim etadilar. Bunda xodimlar soni eng kam meʼyorlari aniqlashtirilgan axborot kiritilgan oydan keyingi oydan boshlab qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatkichlarni (stollar soni, savdo zali maydoni, tashkilotning ish rejimi, umumiy ovqatlanish turini) kamaytirib koʻrsatish hollari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari joriy yilning boshidan boshlab (ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa — Axborotni yoki Maʼlumotnoma-hisob-kitobni taqdim etish sanasidan boshlab) kamaytirib koʻrsatish aniqlangan sanagacha Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini, qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasini tegishincha qayta hisoblagan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻshimcha hisoblaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizom tatbiq etiladigan soliq toʻlovchilar asosiy faoliyat turiga bogʻliq holda tasdiqlangan shakl boʻyicha ortib boruvchi yakunsiz Maʼlumotnoma-hisob-kitobni Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobiga ilova qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 26-iyundagi 2013-32, 61-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-3, 22.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 396-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasini toʻlash Maʼlumotnoma-hisob-kitobni taqdim etish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasi yagona hisob raqamga oʻtkazilib, ushbu mablagʻlar Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi oʻrtasida mazkur Nizomning 5-ilovasida belgilangan normativlar boʻyicha taqsimlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2015-yil 2-martdagi 2015-9, 16-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-5, 12.03.2015-y.)tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 124-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining soliq solinadigan foydasini aniqlashda chegiriladi, mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona ijtimoiy toʻlov stavkasini hisobot yilida qoʻllagan, biroq hisobot yili yakunlari boʻyicha mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga kiritish uchun belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka (bundan buyon matnda umumbelgilangan stavka deb yuritiladi) boʻyicha hisoblab chiqarilgan yagona ijtimoiy toʻlov summasini qoʻshimcha hisoblaydi, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlovning umumbelgilangan stavkasini hisobga olgan holda toʻlovlarning umumiy stavkasi boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasini qayta hisob-kitobi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumbelgilangan stavka boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovning qoʻshimcha summasi hisobot yili yakuni boʻyicha taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Agar hisobot yilida yagona ijtimoiy toʻlovning umumbelgilangan stavkasini qoʻllagan mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar hisobot yili yakunlari boʻyicha ularni mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga kiritish uchun belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelsa, soliq toʻlovchilarning mazkur toifasi mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona ijtimoiy toʻlovning stavkasini hisobot yilidan keyingi yildan boshlab qoʻllaydi va shunga koʻra hisobot yili uchun qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasining qayta hisob-kitobi amalga oshirilmaydi.
(161 va 162-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-martdagi 2016-15, 18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2200-6, 11.04.2016-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash uchun bazani hisob-kitob qilishga va qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasini aniqlashga doir shartli misollar mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat soliq xizmati organlari Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda toʻlovlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish va toʻlash ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda toʻlovlarni hisoblab chiqarish tartibi buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblanishini hisobga olgan holda Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlaridan kelib chiqib toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblashni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA

Izoh: yirik oʻlchamli tovarlarni sotuvchi va ushbu tovarlarni namuna sifatida koʻrgazmaga qoʻyuvchi (mebel va avtomototransport vositalarini sotish doʻkonlari, yirik oʻlchamli maishiy va boshqa texnikalarni namoyish qilish uchun koʻrgazma maydonlari, savdo zallari, qurilish mollari doʻkonlari) savdo zali maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan chakana savdo tashkilotlari savdo zali maydonini 200 kvadrat metr deb koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2011-yil 7-dekabrdagi 2011-38, 77-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-1, 12.01.2012-y.)tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 2-son, 24-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎Hujjat turi‎

/‎

‎‎Hujjat turi: 1 — axborot, 2 — aniqlashtirilgan axborot (kasr orqali aniqlashtirish raqami)
‎‎

‎___________ yil uchun

Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini hiso�lash uchun asos boʻladigan koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi

AXBOROT
‎(chakana savdo tashkilotlari uchun)

________________________________________________________‎ga taqdim etiladi‎

(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

‎Soliq toʻlovchi haqida maʼlumotlar

1. Yuridik shaxsning toʻliq nomi ___________________________________________
‎2. Manzil ______________________________________________________________
‎‎
‎‎3. STIR‎
‎4. Telefon: kod‎‎‎

‎raqam

Taqdim etilgan aniqlashtirishlar sanadan qoʻllaniladi

‎Koʻrsatkich nomi

‎Satr

Koʻrsatkich qiymati

Umumiy ovqatlanish tashkilotlari boʻyicha

Nomi koʻrsatilgan holda umumiy ovqatlanish turi

010

“_________________________”

4 ta oʻringa moʻljallangan xizmat koʻrsatadigan stollarning eʼlon qilingan soni, don�

020‎‎

Haftalik ish rejimi (Haftasiga jami soatlarda )

030‎‎

Nomi koʻrsatilgan holda umumiy ovqatlanish turi

040‎‎

“_________________________”
…‎‎

050‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar umumiy ovqatlanish tashkiloti 4 ta oʻrindan ortiq oʻtirish joyiga moʻljallangan stollarga ega boʻlsa, “020” — satr koʻrsatkichi barcha oʻrinlar sonini qoʻshish va olingan summani 4 ga boʻlish yoʻli bilan hisoblab toʻldiriladi. Masalan, tashkilot 10 oʻringa moʻljallangan 6 ta stolga ega boʻlsa, “020” satrda 15 (6*10/4) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 50 dan ortiq xizmat koʻrsatiladigan stoli boʻlgan banket zallariga ega restoran va kafelar 50 ta xizmat koʻrsatiladigan stolni koʻrsatadilar.
(1b-ilovaning eslatmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2011-yil 7-dekabrdagi 2011-38, 77-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-1, 12.01.2012-y.)tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 2-son, 24-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 26-iyundagi 2013-32, 61-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2200-3, 22.07.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 26-iyundagi 2013-32, 61-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2200-3, 22.07.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 26-iyundagi 2013-32, 61-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2200-3, 22.07.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 396-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasini Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi oʻrtasida taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Toʻlovchilar

Umumiy tushumlarga nisbatan foizlarda

Davlat budjeti

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

11.

Mikrofirma va kichik korxonalar

25,0

75,0

22.

1-bandda nazarda tutilmagan boshqa toʻlovchilar

18,75

81,25

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-martdagi 2016-15, 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-6, 11.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash uchun bazani hisob-kitob qilishga va qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasini aniqlashga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARTLI MISOLLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-misol. Shaharda joylashgan mini-market boʻyicha quyidagi maʼlumotlar mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo zalining maydoni — 120 kv. m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish vaqti rejimi — haftasiga 84 soat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy xodimlar soni — 1.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mini-marketda ish vaqti rejimi (haftasiga 84 soat) haftasiga 72 soatdan ortib ketganini hisobga olib, asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyoriga koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi = 84/72 = 1,17.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, mazkur mini-market boʻyicha asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori = 6 x 1,17 = 7 xodimni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorini hisoblash uchun mini-market boʻyicha barcha xodimlarning umumiy soni, 1 ta direktorni (ekspeditor va buxgalter vazifalarini ham oʻzi bajaruvchi) ham qoʻshib hisoblaganda = 7 + 1 = 8 xodimni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mini-market uchun yagona tarif setkasi boʻyicha ishlarning oʻrtacha razryadi 2 ni tashkil qiladi. Yagona tarif setkasi boʻyicha ishlarning 2-razryadiga muvofiq keluvchi hisob uchun olinadigan tarif koeffitsiyenti 2,725 ga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarning umumiy stavkasi 39% tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XS x Tk x IHEKM) mini-market boʻyicha mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori = 8 x 2,725 x 96 105 = oyiga 2 095 089 soʻmni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oy uchun haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi 1 875 035 soʻmni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash uchun bazani quyidagi formula boʻyicha aniqlaymiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QB = 2 095 089 – 1 875 035 = 220 054 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasi quyidagiga teng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QH = 220 054 x 39% = 85 821 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-misol. Toshkent shahrida joylashgan kafe (bar mavjud emas) boʻyicha quyidagi maʼlumotlar mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatiladigan stollar soni — 15;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish vaqti rejimi — haftasiga 84 soat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy xodimlar soni — 1;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xodimlar soni — 1.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatiladigan stollar soni 15 ta boʻlgan kafe boʻyicha asosiy xodimlar sonining quyidagi eng kam meʼyorlari belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1 stolga (4 oʻringa moʻljallangan standart stol) xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan xizmat koʻrsatuvchi xodimlar
(ofitsiantlarni oʻz ichiga olgan holda) soni

Oshpazlar

Tarqatishda xizmat
qiladigan xodimlar

Oshxona xodimlari

0,25

2

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur kafening ish vaqti rejimi haftasiga 84 soatdan ortib ketmaganini hisobga olib, xodimlar sonining eng kam meʼyoriga koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, mazkur kafe boʻyicha asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori = 0,25 x 15 + 2 + 1 = 7 xodimni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorini hisoblash uchun kafe boʻyicha barcha xodimlarning umumiy soni, jumladan 9 ta asosiy xodim, 1 ta direktor va 1 ta farroshni ham qoʻshib hisoblaganda = 7 + 1 + 1 = 9 xodimni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafe uchun yagona tarif setkasi boʻyicha ishlarning oʻrtacha razryadi 3 ni tashkil qiladi. Yagona tarif setkasi boʻyicha ishlarning 3-razryadiga muvofiq keluvchi hisob uchun olinadigan tarif koeffitsiyenti 2,998 ga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarning umumiy stavkasi 39% tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XS x Tk x IHEKM) mazkur kafe boʻyicha mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori = 9 x 2,998 x 96 105 = oyiga 2 593 105 soʻmni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oy uchun haqiqatdagi mehnatga haq toʻlash fondi 2 265 004 soʻmni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash uchun bazani quyidagi formula boʻyicha aniqlaymiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QB = 2 593 105 – 2 265 004 = 328 101 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasi quyidagiga teng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QH = 328 101 x 39% = 127 959 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-misol. Bir qavatli uch xonali turar-joy binosini qoʻshimcha imoratlar bilan birga namunaviy qurish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq mazkur turar-joyning qurilishi uchun quruvchi ishchilarning mehnat sarfi 4 799,6 kishi/soatni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning meʼyoriy muddati — 3 oy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olti kunlik ish haftasida bir xodimga hisoblangan oʻrtacha oylik ish vaqti fondi — 163,1 soatni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan formulaga muvofiq (XSnorm = SIK/ BM / IVF) quruvchi ishchilarning oylik oʻrtacha sonining eng kam meʼyori (XSnorm) = 4 799,6 / 3 / 163,1 =10 xodimni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish ishlarining oʻrtacha razryadi tarif koeffitsiyenti yagona tarif setkasi boʻyicha ishlarining 4-razryadi tarif koeffitsiyentiga toʻgʻri keladi. Yagona tarif setkasi boʻyicha ishlarning 4-razryadiga muvofiq keluvchi tarif koeffitsiyenti 3,297 ga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarning umumiy stavkasi 39% tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XSnorm (BPXSnorm) x Tk x Kt x IHEKM) quruvchi ishchilarning mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori (MHTFmin) = 10 x 3,297 x 1,15 x 96 105 = 3 643 869 soʻmni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oy uchun haqiqatdagi Mehnatga haq toʻlash fondi 3 325 270 soʻmni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarni qoʻshimcha hisoblash uchun bazani quyidagi formula boʻyicha aniqlaymiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QB = 3 643 869 – 3 325 270= 318 599 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hisoblangan toʻlovlar summasi quyidagiga teng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QH = 318 599 × 39% = 124 254 soʻm.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-martdagi 2016-15, 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2200-6, 11.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 149-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 79-modda; 2012-y., 2-son, 24-modda, 7-son, 71-modda; 2013-y., 30-son, 396-modda; 2014-y., 17-son, 198-modda; 2015-y., 10-son, 124-modda; 2016-y., 15-son, 149-modda)