Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2019 26.03.1996 yildagi PF-1414-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2019
Hujjat 26.03.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDA QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI IShLAShINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-sonli “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozorining ishlash samaradorligini oshirish va uni davlat yoʻli bilan tartibga solish, uning qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, sarmoyadorlarning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha Davlat komissiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi hamda uning joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tuzilmalari tarkibida hududiy boʻlinmalari tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi faoliyatining asosiy vazifalari hamda yoʻnalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar chiqarilishi va bozor qatnashchilarining yagona reyestrlarini yuritish, qimmatli qogʻozlar bozorining strukturasi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini tashkil etish, qimmatli qogʻozlar muomalasini tartibga solish, hisob-kitob va hisobotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonunlar qanday bajarilayotganini nazorat qilish va ularning ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek va xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlar chiqarishlari hamda ularning milliy va xalqaro qimmatli qogʻozlar bozorida samarali muomalada boʻlishi uchun zarur huquqiy shart-sharoitlarni taʼminlovchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar — sarmoyadorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorining holati hamda uning qatnashchilari toʻgʻrisida sarmoyadorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va mahalliy boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional va noprofessional qatnashchilari, ularning birlashmalari (uyushmalari), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida operatsiyalarni amalga oshiruvchi fuqarolari ijro etishlari uchun majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining rahbari Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi va ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi huzurida shikoyat arizalarini koʻrib chiqish boʻyicha Kengashi tuziladi, uning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, Respublika “Toshkent” fond birjasining qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va axborot xizmatlarini koʻrsatuvchi nohukumat Agentligini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va axborot xizmatlarini koʻrsatuvchi Agentlikka xususiylashtirishdan tushayotgan mablagʻlar hisobidan 20 million soʻm miqdorida qaytarib olinmaydigan bir yoʻla moliyaviy yordam bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida mazkur Agentlikni tuzish toʻgʻrisidagi zarur takliflarni kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida bir hafta muddat ichida qaror qabul qilib, Markazning strukturasini va uning toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 7-sentabrdagi Farmonining 1 — 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1414-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 30-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 44-45-son, 440-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda)