16.02.2011 yildagi 35-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.03.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish yuzasidan hamda xavfli yuklarni avtomobil transportida tashishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni belgilash, tashish jarayoni qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga solish, harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida tashishga ruxsat berilgan xavfli yuklar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin hamda ular 2011-yil 1-apreldan amalga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari talablariga idoraviy qarashli tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya qilinishiga doir zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3-son, 23-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalar shaharlar va aholi punktlari koʻchalari, umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari, shuningdek umumiy foydalanish uchun yopiq boʻlmagan xoʻjalik avtomobil yoʻllari boʻylab xavfli yuklar va xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalari kimga tegishliligidan qatʼi nazar, xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini belgilaydi va yukni joʻnatuvchilar (yukni oluvchilar)ga xizmat koʻrsatuvchi barcha tashkilotlar uchun majburiydir hamda tashish jarayoni qatnashchilarining oʻzaro munosabatlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga soladi, shuningdek xavfli yuklarni tashishga qoʻyiladigan talablarni, harakat xavfsizligini, yuklarning saqlanishini taʼminlash shartlarini va xavfli yuklarni sifatli tashishning boshqa meʼyorlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish shartlari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, xalqaro shartnomalar va ushbu Qoidalar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalarda “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan terminlar va tushunchalar, shuningdek quyidagi qoʻshimcha terminlar va tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzov-sisternali avtotransport vositasi — suyuq va sochiluvchi yuklarning ayrim turlarini tashish uchun avtotransport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konteyner-sisterna (tank-konteyner) — transportning har xil turlarida (dengiz (daryo), temir yoʻl va avtomobil yoʻli) suyuq kimyoviy va oziq-ovqat mahsulotlarini, neft va neft mahsulotlarini, shuningdek suyultirilgan gazlarni saqlash va tashish uchun moʻljallangan hamda bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga mexanizatsiyalashtirilgan qayta yuklash uchun moslashtirilgan standartlashtirilgan, koʻp aylanmali, multimodal transport birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi — tashuvchining vakili hisoblangan va avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukni joʻnatuvchi — yukning mulkdori nomidan ish koʻradigan yoki tashish shartnomasi boʻyicha mulkning mulkdori hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukni oluvchi — yukni va yukka ilova hujjatlarida koʻrsatilganlarni olish vakolatiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk — yukni oluvchiga berish uchun yukni joʻnatuvchidan tashish uchun qabul qilib olingan moddiy boyliklar. Yuk tovar va idishdan iborat boʻladi. Yukning sof ogʻirligi “netto”, idishning ogʻirligi — “idish”, idish bilan tovarning umumiy ogʻirligi esa “brutto” deb ataladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar tusidagi yuk — yuk, u boʻyicha yukni joʻnatuvchilar (yukni oluvchilar) tomonidan tovar-moddiy boyliklarning omborxona hisobi yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar tusiga ega boʻlmagan yuk — ular boʻyicha omborxona hisobi yuritilmaydigan, biroq oʻlchash, tortib koʻrish, geodezik oʻlchash yoʻli bilan tashish jarayonida hisobga olish tashkil etilgan idishsiz tashiladigan yuklarning turi (grunt, glina, shagʻal, axlat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk oʻrni — avtotransport vositasiga ortishda yoki undan tushirishda yukni tashish yoki yukni oluvchiga topshirish uchun qabul qilish uchun yukning shartli birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk olib boriladigan punkt — yuklar jamlanadigan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi, mijoz — yukni joʻnatuvchi, yukni oluvchi, ekspeditor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar — xavfli yuklarni tashishga ruxsatnoma berish boʻyicha asosli xulosalar beradigan organlar (Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda tashiladigan xavfli yukning turi va xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa tashkilotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHCHK (shoshilinch choralar kodi) — xavfli yuklarni tashishda avariyalar yoki noxush hodisalar oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan koʻriladigan chora-tadbirlarning harfli-raqamli kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli yuklar — oʻziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud boʻlgani taqdirda tashish, yuk ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida xavfli yuklar — tashishda ehtiyotkorlikning alohida choralarini talab etadigan xavflilikning yuqori darajasidagi fizik-kimyoviy xossalarga ega boʻlgan moddalar va materiallar (ushbu Qoidalarga 1-ilova*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalish — yuk punktlari oʻrtasidagi avtotransport vositasi harakatining oldindan ishlab chiqilgan, eng maqbul yoʻli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirkama — avtotransport vositasi tomonidan tortiladigan va oʻzining energiya manbaiga ega boʻlmagan yuklarni tashish uchun xizmat qiladigan avtotransport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarim tirkama — tirkama turi, uning toʻliq massasining bir qismi tirkash yostiqchasi — tirkama qurilma orqali egar shatakchiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi — avtotransport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asoslar boʻyicha egalik qiladigan, tijorat asosida yuklarni tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan va buning uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl varaqasi — avtotransport vositasi ishini aniqlash va hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf toʻgʻrisidagi axborot tizimi (XTAT) — avtotransport vositasining xavfli yuklar bilan harakatlanishida xavfdan xabar beruvchi hamda yoʻl-transport hodisalari (YTH) va boshqa noxush hodisalar oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini belgilaydigan tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paketlashtirish vositasi — yuklarni oqilona tashish hamda ortish-tushirish ishlarini yaxshilash va arzonlashtirish, shuningdek transportning barcha turlarida tashishda yuklarning yaxshi saqlanishi uchun moslama hisoblanadigan va idish hisoblanmaydigan vosita;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idish — tashish, saqlash va ortish-tushirish operatsiyalarida mahsulotlar va tovarlarni joylashtirishga va ularning saqlanishini taʼminlashga moʻljallangan buyumdan iborat oʻrab-joylashtirishning asosiy elementi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrab-joylashtirish — ichiga joylashtirilgan mahsulotlar va tovarlardan ajratilmaydigan buyum, mahsulotlar va tovarlar buyumning zarur anjomi hisoblanadi hamda unda tovarlar va mahsulotlar saqlanishi va ularning sifatli va miqdoriy saqlanishini taʼminlash uchun xizmat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-transport hujjatlari — hujjatlar komplekti, shu jumladan schyot-faktura, ular asosida yukni hisobga olish, qabul qilish, berish, tashish, topshirish hamda transport jarayonining qatnashchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-transport yuk xati — tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishga, ularning yoʻldagi joyi oʻzgarishini hisobga olish, kirim qilish, omborxona, tezkor va buxgalteriya hisobi uchun, shuningdek yukni tashish uchun hisob-kitob qilish va bajarilgan ishni hisobga olish uchun moʻljallangan transport jarayonining barcha qatnashchilari uchun yagona boʻlgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT roʻyxati boʻyicha moddaning tartib raqami — Birlashgan Millatlar Tashkilotining xavfli yuklarni tashish boʻyicha Ekspertlar qoʻmitasi tomonidan eng koʻp tashiladigan xavfli moddalarga berilgan tartib raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xavfli yuklar xalqaro meʼyorlar talablari boʻyicha xavfli yuklar tasnifi boʻyicha taqsimlanadi (ushbu Qoidalarga 2-ilova*):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-daraja — portlovchi moddalar (PM);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-daraja — siqilgan, suyultirilgan va bosim ostida eritilgan gazlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-daraja — yengil alangalanadigan suyuqliklar (YEAS);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-daraja — yengil alangalanadigan qattiq moddalar (YEAQM), oʻzidan-oʻzi yonadigan moddalar (OʻOʻYOM), suv bilan oʻzaro aloqada alangalanuvchi gazlarni ajratib chiqaradigan moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-daraja — oksidlovchi moddalar (OM) va organik peroksidlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-daraja — zaharli moddalar (ZM) va infitsirlangan moddalar (IM);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-daraja — radioaktiv materiallar (RM);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-daraja — oʻyuvchi va (yoki) korrozion moddalar (OʻK);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-daraja — boshqa xavfli moddalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xavfli yuklarni tashishning alohida shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xavfli yuklarni avtotransport vositalarida tashish tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga muvofiq tashuvchi unga yukni joʻnatuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni olib borish punktiga yetkazish va uni yukni oluvchiga berish majburiyatini oladi, yukni joʻnatuvchi esa yuk tashilganligi uchun belgilangan haqni toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yukni tashuvchi yukni tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda yetkazib berishi kerak. Yukni yetkazib berish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlarining amal qilish vaqtiga yoki taraflarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha uzaytirilishi mumkin. Yuk yetkazib berilishi kechiktirilishi toʻgʻrisida sabablari va kechikish vaqti koʻrsatilgan holda yoʻl varaqasida belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashuvchi, agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan avtotransport vositalarining tiplari va sonini mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yukni joʻnatuvchini tashuvchi tomonidan muhayyo qilingan avtotransport vositasi qoniqtirmasa, u holda tegishli dalolatnoma tuzib va uni tashuvchiga berib avtotransport vositasini rad etishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xavfli yuklarni tashish uchun qoʻllaniladigan idish (upakovka) tiplari va parametrlari belgilangan texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq boʻlishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yukni joʻnatuvchi tomonidan tashish uchun yaroqli boʻlmagan holatda taqdim etilgan va u tomonidan yukning oʻz vaqtida joʻnatilishini taʼminlaydigan muddatda zarur holatga keltirilmagan yuk taqdim etilmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashuvchi, agar quyidagi holatlar boʻyicha tashishda yukning saqlanishini taʼminlay olmasa, yukni tashishga qabul qilishni rad etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk zarur tarzda boʻlmagan idishda yoki upakovkada taqdim etilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk bajarish uchun qabul qilingan buyurtmaga muvofiq emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukning taqdim etilgan partiyasi massasi avtotransport vositasining yuk koʻtarish quvvatidan ortiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk tashish yoʻnalishining avtomobil yoʻli boʻyicha harakat vaqtincha toʻxtatilganligi yoki cheklanganligi tufayli yetkazib berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday tashish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlangan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar xususiyatiga ega boʻlgan yuklar tovar-transport yuk xati bilan rasmiylashtirilmagan boʻlsa yoki belgilangan tartibda tegishli sertifikatlarga ega boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish uchun taqdim etilgan yuklar xossalariga koʻra bitta avtotransport vositasida birgalikda tashish uchun qoʻyilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk yoʻl harakati xavfsizligiga xavf tugʻdirsa va Yoʻl harakati qoidalari talablariga javob bermasa yukni joʻnatuvchi (ekspeditor) yukni taqdim etmasligi, tashuvchi esa uni tashish uchun qabul qilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yukni kuzatib borish shartnoma shartlariga muvofiq tashuvchi yoki buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-transport yuk xatida yukni kuzatib boruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yukni joʻnatuvchi yukni tashishga taqdim etishda uning narxini eʼlon qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yukning eʼlon qilingan qiymati boʻyicha tashuvchida shubha tugʻilgan taqdirda u oʻz hisobidan ekspertlarni jalb qilishi va yukning real qiymati toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Buyurtmachi tomonidan yukni joʻnatuvchilar tomonidan tamgʻalanib idishsiz, uyum, toʻkilgan holda tashiladigan yuklar, shuningdek tez buziladigan yuklar narxi eʼlon qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bahosi eʼlon qilingan yukni tashishga taqdim qilishda yukni joʻnatuvchi uch nusxada yuk oʻrinlari roʻyxatini tuzishi shart. Roʻyxatning bir nusxasi yukni joʻnatuvchida qoladi, ikkinchi nusxasi — tashuvchida boʻladi. Uchinchi nusxasi yukni joʻnatuvchi tomonidan yuk oʻrnining ichiga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Idishsiz, uyum, toʻkilgan holda, shuningdek konteynerlarda, konteyner-sisternalarda tashiladigan yuklarni qabul qilib olish-topshirishda tovar-transport yuk xatida ushbu yuklar massasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Idishga solingan va donali yuklar yukni tashuvchi tomonidan tovar-transport yuk xatida yukning massasi va yuk oʻrinlari soni koʻrsatilishi sharti bilan tashish uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Idishli va donali yuklar massasi yukni joʻnatuvchi tomonidan ular tashishga taqdim etilishigacha belgilanadi va yuk oʻrinlarini markalashda koʻrsatiladi. Ushbu yuklarni tashishda bitta avtotransport vositasida tashiladigan yuk butun partiyasining umumiy massasi tarozida tortish yoki yuk oʻrinlari barcha massasini hisoblab chiqish yoʻli bilan aniqlanadi. Yuklarning ayrim turlari uchun massa hisob-kitob yoʻli, oʻlchash yoki hajm massasi boʻyicha aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yukni joʻnatuvchi tovar-transport yuk xatiga yuk massasini yozishi va, agar massa toʻgʻridan-toʻgʻri tortilmasdan aniqlangan boʻlsa, uni aniqlash usulini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuklar yukni joʻnatuvchi tomonidan tamgʻalangan yopiq avtotransport vositasida yoki alohida seksiyalar, konteynerlar yoki sisternalarda yoki konteyner-sisternalarda tashilsa, yuk massasi yukni joʻnatuvchi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Notovar xususiyatga ega boʻlgan yuk massasini aniqlashda yukni joʻnatuvchi tortish yoʻli bilan 5—10 avtotransport vositasini nazorat tartibida tortishni bajarishi, shundan keyin tegishli markadagi bitta avtotransport vositasidagi yukning oʻrtacha massasini aniqlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar tashish uchun taqdim qilingan yukning idishi yoki oʻramini sirtdan koʻzdan kechirishda tashuvchi tomonidan yukning yoʻqotilishi, buzilishi yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan nuqsonlar aniqlansa, yukni joʻnatuvchi nuqsonlarni bartaraf etishi yoki tashishda yukning saqlanishini taʼminlaydigan boshqa ishlarni bajarishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yukning massasi yoki sonini aniqlash yukni joʻnatuvchida va yukni oluvchida bir xil usulda amalga oshiriladi. Tashish uchun yukni qabul qilib olishda massani aniqlash uchun butun yukning ogʻirligini tarozida tortish zarur. Yukning alohida qismlarini tortish yoʻli bilan uning umumiy massasini aniqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Avtotransport vositalari taroziga soatiga 5 kilometrdan ortiq boʻlmagan tezlikda yaqinlashadi. Avtotransport vositalari toʻxtamagan holda (yurgan holda) va dvigatel ishlab turgan vaqtda avtomobil tarozilarida tortish taqiqlanadi. Avtotransport vositasini taroziga qoʻyishda uning orqa oʻqi platforma chekkasidan 300 mm yaqinlikda boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Avtopoyezdlarni taroziga tortishda butun avtopoyezdni taroziga qoʻyish zarur. Agar platformaning oʻlchami butun avtopoyezdni qoʻyish imkonini bermasa, u holda avtotransport vositasi va tirkama alohida tortiladi. Bunda avtotirkamaning yakka shoti yerga tegmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yuklarni idishda, oʻramda yoki mayda partiyalar bilan tashishga tayyorlashda yukni joʻnatuvchi har bir yuk oʻrnini markalash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yukka tovar-transport yuk xatlari maʼlumotlari markalashga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yukning xossasini koʻrsatish va yukni ortish (tushirish), tashish yoki saqlashning maxsus shartlariga rioya etish zarur boʻlganda yukni joʻnatuvchi maxsus markirovkani (manipulyatsiya belgilarini) bosishi zarur. Ogohlantiruvchi yozuvlar, agar yuk bilan munosabatda boʻlish usulini manipulyatsion belgilar bilan ifodalash mumkin boʻlmagan taqdirda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Markalash yorliqlari idishga eng qulay, yaxshi koʻrinadigan joylarga ishonchli mahkamlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni idishsiz, uyum yoki toʻkilgan holda tashishda markirovka amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yukni joʻnatuvchi bir yukni oluvchiga yuboriladigan furgon, konteynerlar, konteyner-sisternalar va sisterna tipidagi kuzovli avtotransport vositasini tamgʻalash, yashiklar, qutilar va boshqa idishdagi mayda donali tovarni esa, tamgʻalash yoki banderol qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yukni tamgʻalash yoki banderol qilish holati tovar-transport yuk xatida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bir necha manzillar boʻyicha tashiladigan yukning saqlanishini taʼminlash uchun yukni tashuvchi kuzovni alohida tamgʻalangan seksiyalarga ajratish imkonini beradigan toʻsiqlar oʻrnatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yukni joʻnatuvchi tomonidan tamgʻalangan yuk yukni tashuvchi tomonidan yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk oʻrinlari soni tekshirilmasdan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kuzovni tamgʻalash yukka yaqinlashish va avtotransport vositasi kuzovi, konteyner, konteyner-sisterna, seksiya yoki alohida yuk oʻrnidan tamgʻaning butunligini buzmasdan tamgʻani olish imkoniyatini berishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni banderol qilish oʻramning butunligini buzmasdan yukka yaqinlashishni istisno qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk tushirish punktiga kelgandan keyin yukni oluvchi va haydovchi kelishuv boʻyicha yukni tarozida takroran tortadi va qayta hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yukni avtotransport vositasiga ortish, shuningdek uni mahkamlash, uning ustini yopish, bogʻlash, tushirish, mahkamlagichlar, qoplamalarni olib qoʻyish, bortlar (sisterna yuklari)ni yopish va ochish, shlanglarni qoʻyib yuborish yoki shlangalarni olish, shlanglarning vintlarini oldinga burash yoki orqaga burash, agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yukni tashuvchi buyurtmachi bilan kelishgan holda ortish-tushirish ishlarini bajarishni oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortish ishlari faqat mexanizatsiyalashtirilgan usulda bajarilishi mumkin boʻlgan ogʻir vaznli yuklar maxsus moslamalarga (halqa, teshik va boshqalarga) ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi), agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ortish, tashish va tushirish uchun zarur boʻlgan moslamalar va yordamchi materiallarni taqdim etishi, oʻrnatishi va olib tashlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Xavfli yuklarni tashish zaruriyati munosabati bilan avtotransport vositasini qayta jihozlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yukni avtotransport vositasiga joylashtirish yoki mahkamlash yoʻl harakati xavfsizligi yoki yukning (avtotransport vositasining) saqlanishini taʼminlash talablariga muvofiq emasligi tashuvchi tomonidan aniqlangan taqdirda, yukni tashuvchi bu haqda buyurtmachini xabardor qilishi va, agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, qayd etilgan kamchiliklar buyurtmachi tomonidan bartaraf etilguniga qadar tashishni bajarishni toʻxtatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tashuvchining avtotransport vositasi yukni ortish uchun kelish vaqti ortish punktida yukni joʻnatuvchiga yoʻl varaqasi taqdim etilgan paytdan boshlab hisoblanadi, tashuvchining avtomobil transporti yukni tushirish uchun kelgan vaqt esa — tushirish punktida yukni oluvchiga tovar-transport yuk xati taqdim etilgan paytdan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Agar haydovchi tovar-transport yuk xatini olgan boʻlsa va yuk avtotransport vositasi kuzovida boʻlsa, yuk tashuvchining avtotransport vositasini yuklashi tugallangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Agar yuk avtotransport vositasi kuzovidan toʻliq olingan, kuzovni yigʻishtirish boʻyicha barcha zarur ishlar bajarilgan va haydovchiga uzil-kesil rasmiylashtirilgan tovar-transport yuk xatlari topshirilgan boʻlsa, yukni avtotransport vositasiga ortish tugallangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tovar va notovar xususiyatga ega boʻlgan yuklarni tashish tovar-transport yuk xati bilan rasmiylashtirilishi kerak. Yukni joʻnatuvchida tovar-transport yuk xatlari blankalari mavjud boʻlmasa, ular unga yuk tashuvchi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ishiga vaqtbay tariflar boʻyicha haq toʻlanadigan avtotransport vositalaridan foydalanish yoʻl varaqalari va tovar-transport yuk xatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk avtotransport vositasining tovar-transport yuk xatlari va yoʻl varaqalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, bosmaxona usulida tayyorlanadi, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Avtotransport vositasi bilan yuklarni tashishga tovar-transport yuk xati yukni joʻnatuvchi tomonidan har bir borishga har bir yukni oluvchining nomiga toʻrt nusxada tuziladi, ulardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi nusxasi yukni joʻnatuvchida qoladi va tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish yoki hisobdan chiqarish (chiqib ketishi) uchun moʻljallanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi nusxasi yukni oluvchida qoladi va moddiy boyliklarni kirim qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi nusxalari yukni tashuvchida qoladi hamda yuk tashuvchining yukning joʻnatuvchi bilan hisob-kitob qilishi va avtotransport ishini hisobga olish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Haydovchi (yoki yukni kuzatib boradigan shaxs) tovar-transport yuk xatining barcha nusxalariga imzo chekishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tovar-moddiy boyliklar nomlarining katta miqdori bir yoʻla tashishga taqdim etilganda qistirma varaqlar — barcha qistirma varaqlarda tovar boʻlimida koʻrsatilgan tovar-transport yuk xatining seriyasi va bosh varaqning tartib raqami takrorlangan holda 4 nusxada toʻldiriladigan tovar-transport yuk xatining davomi qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Bir turdagi yuklarni bir yukni joʻnatuvchidan ayni bir masofaga bir yukni oluvchining nomiga tashishda smena mobaynida avtotransport vositasi tomonidan bajarilgan ishga jamlangan bitta tovar-transport yuk xati rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda oraliq yurishlarni rasmiylashtirish yukni joʻnatuvchi tomonidan haydovchiga har bir alohida yurishga talon berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talon faqat berilgan kun uchun amal qiladi va uch nusxada toʻldiriladi, ulardan biri yukni joʻnatuvchida, ikkinchisi — haydovchida va uchinchisi yukni oluvchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Yukni tashuvchi yukni tovar-transport yuk xatida koʻrsatilgan yukni oluvchiga topshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Yukni massasi va oʻrinlar soni boʻyicha yukni oluvchiga topshirish yukni joʻnatuvchidan olingandagiga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi (tarozida tortish, oʻlchash, yuk oʻrinlarini sanash va hokazo).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Avtotransport vositalarining shikastlanmagan kuzovlarida (konteynerlar, konteyner-sisternalar va sisternalarda) kelgan va yukni kuzatuvchining shikastlanmagan tamgʻalariga ega boʻlgan yuklar yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk oʻrinlari soni tekshirilmasdan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standart ogʻirlik va yukni joʻnatuvchi tomonidan har bir yuk oʻrnida koʻrsatilgan ogʻirlik boʻyicha tashishga qabul qilingan idishli va donali yuklar yukni oluvchiga borish punktida faqat shikastlangan (agar shundaylar boʻlsa) oʻrinlardagi yukning ogʻirligi va holati tekshirilgan holda oʻrinlar sanogʻi boʻyicha ogʻirligi tortilmasdan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idishsiz yoki toʻkilgan holda tashiladigan, kamomad belgilarisiz kelgan yuklar yukni oluvchiga ogʻirligi tekshirilmasdan topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Yukni yukni oluvchiga topshirishda, agar yuk yukni oluvchiga shikastlangan idish, avtotransport vositasining shikastlangan kuzovi yoki yukni joʻnatuvchining shikastlangan tamgʻalari bilan kelsa, yukni tashuvchi tovar-transport yuk xatiga muvofiq yuk massasini, yuk oʻrinlari sonini yoki yukning holatini tekshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Yuk tashuvchiga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha yukni oluvchi yukni olishni rad etgan taqdirda yuk yukni tashuvchi tomonidan yukni joʻnatuvchiga qaytarilishi (agar shartnomada oʻzgacha xol nazarda tutilmagan boʻlsa) yoki uning yozma koʻrsatmasi boʻyicha boshqa yukni oluvchiga berilishi mumkin. Yukni oluvchi tovar-transport yuk xatida, agar u yuridik shaxs hisoblansa imzo shuningdek muhr bilan tasdiqlangan yukni qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni qayd etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yukni joʻnatuvchi yukni qayta yoʻllash yoki uni yukni joʻnatuvchiga qaytarish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni toʻlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Xavfli yuklarni tashishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Alohida xavfli yuklarni avtotransport vositalarida tashish Ichki ishlar vazirligining hududiy organlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida xavfli yuklarni tashishda ruxsatnoma tashiladigan yuklarning tipi va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yukni joʻnatuvchi va oluvchi, qatnov yoʻnalishi, jalb etilgan avtotransport vositalari, tashish uchun masʼul shaxs va yukni kuzatib boradigan shaxslar (haydovchilar, yuk ortuvchilar, qoʻriqlovchi shaxslar va boshqalar), qurolli soqchilar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda yuk tashuvchining arizasi asosida beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xavfli yukni tashish uchun masʼul shaxs va haydovchilarga yoʻriqnoma berilishi va avtotransport vositalari koʻzdan kechirilishi uchun masʼul shaxs tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq (boshqa farmoyish beruvchi hujjat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtotransport vositasi haydovchisining xavfli yukni tashishga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari (YHXB) tomonidan beriladigan avtotransport vositasining xavfli yuklarni tashishga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi guvohnoma (ushbu Qoidalarga 3-ilova*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yukni tashuvchi tomonidan ishlab chiqilgan va xavfli yuk tashiladigan yoʻl boʻyicha YHXB bilan kelishilgan xavfli yuklarni tashish yoʻnalishi (ushbu Qoidalarga 4-ilova*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xavf toʻgʻrisidagi axborot tizimi (XTAT)ning avariya kartochkasi (ushbu Qoidalarga 5-ilova*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xavfli yuklarni tashishda odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga va Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararni taʼminlash uchun sugʻurta tashkiloti tomonidan berilgan hujjat (polis).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsatnomasi asosida xavfli yuklar tranzitida ichki ishlar organlarining maxsus ruxsatnomasini olish talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Alohida xavfli yuklarni tashish maxsus masʼuliyatli shaxs — yukni joʻnatuvchining (yukning oluvchining) xavfli yuklarning xossalarini biladigan va ular bilan muomala qila oladigan vakilining majburiy kuzatuvida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli yuklarni avtotransport vositalarida tashish shartnomasi boʻyicha xavfli yukni kuzatib borish avtotransport vositasining haydovchisiga yuklangan hollarda haydovchiga xavfli yuk joʻnatilishidan oldin xavfli yukning fizik-kimyoviy va zararlantiruvchi xossalari, u bilan muomala qilish va uni tashish qoidalari toʻgʻrisida yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi) tomonidan yoʻriqnoma berilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida xavfli yuklarni faqat ichki ishlar organlarining qurolli soqchilari hamrohligida (yuridik shaxslarning qurolli soqchilari hamrohligida) va xavfli yuklar Yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining YHXB, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari)ning avtotransport vositalari hamrohligida tashishga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Xavfli yukka hamrohlik qilish uchun masʼul shaxsning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xavfli yuklar joʻnatish joyidan borish joyigacha kuzatilishini va qoʻriqlanishini taʼminlash, tashish yoʻnalishiga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻriqlash xodimlariga va avtotransport vositalari haydovchilariga yoʻriqnoma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xavfli yuk olinadigan joylarda xavfli yuklarni tashqi tomondan koʻzdan kechirish (xavfli yuk oʻralishi va markalanishining toʻgʻriligini tekshirish) va ularni qabul qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xavfli yuk ortilishi va mahkamlanilishini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avtotransport vositalari harakatlangan va toʻxtab turgan vaqtda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tashishni amalga oshiruvchi xodimlarning shaxsiy xavfsizligi chora-tadbirlarini, jamoat va ekologik xavfsizlikni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) belgilangan joyga kelgandan keyin xavfli yuklarni topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Xavfli yuklarni transportda tashish yoʻnalishini taʼminlash ushbu tashishni bajaradigan tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Xavfli yuklarni tashishda tashish yoʻnalishi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Toshkent shahri boʻyicha — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududi va viloyatlar ichidagi yoʻnalishlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shaharlararo — viloyatlararo yoʻnalishlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha — Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, yoʻl harakati xavfsizligi sohasida vakolatli organlar va paritet tomonning avtomobil transporti sohasida vakolatli organlari bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Transportda tashish yoʻnalishini ishlab chiqishda yukni tashuvchi quyidagi asosiy talablarga amal qilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) transportda tashish yoʻnalishi yaqinida muhim, yirik sanoat obyektlari boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) transportda tashish yoʻnalishi dam olish zonalari, arxitektura, tabiiy qoʻriqxonalar, alohida qoʻriqlanadigan hududlar va boshqalar orqali oʻtmasligi kerak, aholi punktlari orqali oʻtishdan maksimal qochish zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) transportda tashish yoʻnalishida avtotransport vositasi toʻxtash joylari va yonilgʻi quyish shoxobchalari nazarda tutilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) transportda tashish yoʻnalishi yirik aholi punktlari orqali oʻtmasligi kerak. Istisno hollarda xavfli yuklarni yirik aholi punktlari ichi orqali tashish zarur boʻlganda harakat yoʻnalishlari tomosha, madaniy-maʼrifiy, oʻquv, maktabgacha va davolash muassasalari yaqinidan oʻtmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Xavfli yuklarni transportda tashish yoʻnalishlarini kelishish uchun yukni tashuvchi tashish boshlanishidan kamida oʻn kun oldin hududi boʻylab xavfli yukni tashish moʻljallanayotgan hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) belgilangan shakl boʻyicha tashishning ishlab chiqilgan yoʻnalishi uch nusxada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) alohida xavfli yuklar uchun qoʻshimcha ravishda yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi) tomonidan taqdim etilgan xavfli yukni tashishga maxsus yoʻriqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining xavfli yuklarni tashish uchun sigʻim (konteynerlar, sisternalar, konteyner-sisternalar va hokazolar)ning yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avtotransport haydovchisi xavfli yuklarni tashishga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) boshqa tegishli vakolatlar bilan kelishilgan hujjatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan kelishilgan transportda tashish yoʻnalishi ruxsatnomada koʻrsatilgan muddatga haqiqiydir. Bunday muddat koʻrsatilmagan hollarda xavfli yuk kelishilgan kundan boshlab olti oy mobaynida kelishilgan yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarida xavfli yuklarni tashishga faqat kunduz kuni avtotransport vositalari harakati minimal intensivlikda boʻlgan avtomobil yoʻllari boʻylab yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Kelishilgan yoʻnalishni oʻzgartirishni talab qiladigan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, yukni tashuvchi xavfli yuklarni tashishga yangi yoʻnalishni dastlabki yoʻnalish kelishilgan hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan kelishishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Kelishilgan yoʻnalishning bir nusxasi tegishli hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasida, ikkinchisi — yukni tashuvchida saqlanadi, uchinchi nusxasi — xavfli yuklarni tashish vaqtida masʼul shaxsda, u boʻlmaganda esa — haydovchida turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Xavfli yuklarni tashishga qabul qilish va ularni yukni joʻnatuvchiga topshirish ogʻirligi boʻyicha, idishga solingan xavfli yuklar esa — yuk oʻrinlari soni boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Xavfli yuk yuk tashuvchi tomonidan tashishga yukni joʻnatuvchi tomonidan DS R50587-93. “Modda (material) xavfsizligi pasporti. Asosiy qoidalar. Ishlab chiqarish, qoʻllash, saqlash, transportda tashish, utillashtirishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha axborot” boʻyicha moddaning xavfsizligi pasporti taqdim etilgach qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Xavfli yuklarni tashishga qabul qilishda xavfli yuklar tashilishi uchun masʼul shaxs idishda yuk birligiga transport xavfsizligini tavsiflaydigan maxsus markalash mavjudligini tekshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Xavf toʻgʻrisidagi axborot tizimi quyidagi asosiy elementlardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashiladigan xavfli yukning darajasini belgilash uchun avtotransport vositasiga oʻrnatiladigan axborot jadvali (ushbu Qoidalarga 6-ilova*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avariyalarni yoki noxush hodisalarni va ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha tadbirlarni belgilash uchun avariya kartochkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) axborot jadvalida koʻrsatilgan shoshilinch choralar kodini yoyib koʻrsatish uchun XTATning axborot kartochkasi (ushbu Qoidalarga 7-ilova*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) avtotransport vositalaridagi maxsus boʻyoq va yozuvlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. XTATni tashkil etish xavfli yuklarni tashiydigan tashuvchilar va buyurtmachilarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Axborot beruvchi XTAT xavfli yuklarni tayyorlaydigan tashkilotlar tomonidan tayyorlanadi hamda avtotransport vositasining oldiga va orqasiga maxsus moslamalarda oʻrnatish uchun yukni tashuvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Avtotransport vositalarini belgilash uchun axborot jadvallari quyidagi talablarga rioya qilgan holda tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jadvalning umumiy foni — oq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “SHCHK” va “BMT №” — grafalari foni — toʻq sariq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jadvallar oʻlchami 690x300 mm, oʻng qismi 400x300 mm, soʻl qismi 290x300mm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jadval ramkasi, ustunlarni ajratish chiziqlari, raqamlar va matnning harflari qora rangda bajariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ustunlarning nomi (SHCHK, BMT №) va “Oʻyuvchi modda” xavf belgisidagi yozuv oq rangda bajariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xavf belgisi ramkasi belgi chetidan 5 mm masofada qalinligi kamida 5 mm boʻlgan qora rangdagi chiziq bilan tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “SHCHK” va “BMT №” ustunlaridagi harflarning qalinligi 15 millimetrga, xavf belgisidagi qalinligi kamida 3 millimetrga teng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) jadvalning ramkasi va ajratish chiziqlari 15 millimetrga teng qalinlikda tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) shoshilinch choralarning harf-raqam kodi harflar va raqamlarning istalgan tartibida yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. XTAT avariya kartochkasi xavfli yukni tayyorlovchi tashkilot tomonidan toʻldiriladi va yoʻl varaqasiga qoʻshimcha sifatida ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya kartochkasi xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalari haydovchisida turishi kerak. Xavfli yukka masʼul shaxs — mijozning vakili hamrohlik qilgan taqdirda avariya kartochkasi unda turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTATning axborot kartochkasi 130 millimetrga 60 mm oʻlchamli qalin qogʻozda tayyorlanadi. Kartochkaning yuza tomonida axborot jadvallari yoyilib beriladi, orqa tomonida esa xavf belgilari namunalari keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin chiqqanda va oqqan taqdirda shoshilinch choralar kodi (SHCHK), shuningdek moddaning oqova suvlarga tushishi oqibatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham raqamlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlarni himoya qilishda shoshilinch choralar kodi (SHCHK) harflar bilan belgilanadi. Harflarni tanlash qoʻllaniladigan kodning eng xarakterli soʻzlari boshlangʻich harflari boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N — nafas olish apparati va himoya qoʻlqoplari zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YO — faqat yongʻin chiqqanda nafas olish apparati va himoya qoʻlqoplari zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K — himoyalovchi kiyim-boshlarning toʻliq toʻplami va nafas olish apparati zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E — odamlarni evakuatsiya qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Xavfli yuklarni tashishda noxush hodisa yuzaga kelgan taqdirda noxush hodisani va uning oqibatlarini tugatish tadbirlari avariya kartochkasida keltirilgan koʻrsatmalarga yoki XTAT axborot jadvali boʻyicha shoshilinch choralar kodiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Tashiladigan xavfli yukni toʻliq identifikatsiya qilish axborot jadvalidagi va XTAT axborot kartochkasidagi, shuningdek ushbu xavfli yukni tashishga buyurtmanomada (bir martalik buyurtmanomada) mavjud BMT roʻyxati boʻyicha raqamlashga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Xavfli yuklarni tashishda doimiy band boʻlgan avtotransport vositalari kuzovi, avtotsisternalar, tirkamalar va yarim tirkama-sisternalar ushbu xavfli yuklar uchun belgilangan tanituvchi rangga boʻyalishi va quyidagi tegishli yozuvlar yozilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) metanolni tashishda avtotransport vositasi (sisterna) “Metanol — zahar!” qoplama boʻyicha toʻq sariq yozuvli va qora polosali toʻq sariq rangga boʻyaladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ammiakni tashishda — avtotransport vositasining rangi har qanday rangda boʻladi va “Ammiakli suv — Yongʻin jihatidan xavfli” yozuvi yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) suvga tekkanida tez alangalanadigan gazlar chiqaradigan moddalarni tashishda avtotransport vositasi koʻk rangga boʻyaladi va “Yongʻin jihatidan xavfli” yozuvi yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻzi yonadigan moddalarni tashishda avtotransport vositasi (sisterna)ning quyi qismi qizil rangga boʻyaladi, yuqori qismi oq rangga boʻyaladi va qora rangda “Yongʻin jihatidan xavfli” yozuvi yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tez alangalanadigan moddalarni tashishda avtotransport vositasi (sisterna) toʻq sariq rangga boʻyaladi va “Yongʻin jihatidan xavfli” yozuvchi yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yonishni kuchaytiradigan moddalarni tashishda avtotransport vositasi (sisterna) sariq rangga boʻyaladi va ikki marta “Yongʻin jihatidan xavfli” yozuvi yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oʻyuvchi moddalarni tashishda avtotransport vositasi (sisterna) qoplama boʻylab qora polosali sariq rangga boʻyaladi, unga sariq rangli “Oʻyuvchi modda” degan yozuv yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalariga yoziladigan harflarning boʻyi, ushbu Qoidalarning 67 — 69-bandlarida qayd etilgan hollaridan tashqari kamida 150 mm, qora rangda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Avtotransport vositalarida xavfli yuklar ortilishi, tushirilishi operatsiyalarini xavfli yukni kuzatib borayotgan masʼul shaxs (mijozning vakili) nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Avtotransport vositasiga yuk ortishga uning toʻliq yuk koʻtarishigacha foydalanishga yoki xavfli yuklarning ayrim turlarini transportda tashish uchun tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladigan maxsus yoʻriqnomalarda qayd etilgan hajmda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Xavfli yuklarni avtotransport vositasiga ortish-tushirish va mahkamlash ishlatishda uchqun chiqarmaydigan mexanizmlar va asboblar qoʻllanilgan holda idishga turtki, zarba, ortiqcha bosim bosilishiga yoʻl qoʻyilmay ehtiyotkorlikning barcha choralariga rioya etgan holda mijozning kuch va vositalari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Xavfli yuklar bilan ortish-tushirish ishlari avtotransport vositasi dvigateli oʻchirilgan holda amalga oshiriladi va haydovchi, agar bu yukni joʻnatuvchining yoʻriqnomasida qayd etilgan boʻlsa, ortish-tushirishning belgilangan zonasidan tashqarida turishi kerak. Avtomobilga oʻrnatilgan yuk koʻtarish yoki toʻkish mexanizmlarining harakatga keltirilishi ishlab turgan dvigatelda taʼminlangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Xavfli yuklar bilan ortish-tushirish operatsiyalari maxsus jihozlangan ortish-tushirish joylarida (postlar, maydonlarda) amalga oshirilishi kerak. Bunda bittadan ortiq boʻlgan avtotransport vositasida bir vaqtning oʻzida ortish-tushirish ishlari amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli yuklar bilan ortish-tushirish ishlarini bajarish davrida ortish-tushirish joylari (postlar, maydonlar) maxsus tayyorlangan soqchilar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Begona shaxslarning xavfli yuklarni ortish-tushirish uchun ajratilgan ortish-tushirish joylarida (postlar, maydonlarda) hozir boʻlishi, shuningdek xavfli yuklar ortilgan avtomobillar yaqinida odamlar va yuklarning toʻplanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Momoqaldiroq paytida yongʻin jihatidan xavfli yuklar bilan ortish-tushirish ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Qoʻlda bajariladigan xavfli yuklar bilan ortish-tushirish operatsiyalari ushbu ishlarni bajarishga jalb etilgan xodimlarning shaxsiy xavfsizligi choralariga rioya etilgan holda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Idishning shikastlanishi va xavfli yukning oʻz-oʻzidan agʻdarilishi xavfini yaratadigan yukni ortish-tushirish mexanizmlarining yuk koʻtarish qurilmalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Ortish-tushirish operatsiyalari jarayonida xavfli yuklar solingan bochkalarning joyini oʻzgartirish va omborxona ishlarini bajarish faqat maxsus oʻrnatilgan tagliklar, traplar va narvonlarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Yashiklar, korzinalar, barabanlar yoki panjaralarga joylashtirilgan xavfli yuklar solingan shishalar ortish-tushirish operatsiyalarini bajarishda oraliqlar inert taglik material bilan toʻldirilishi sharti bilan maxsus telejkalarda joyi oʻzgartirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butillarni orqada, yelkada yoki oʻzining oldida koʻtarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Xavfli yuklarni ortish, tushirish va qayta yuklash joylari (postlar), shuningdek avtomobillar toʻxtash joylari ular turar joy va ishlab chiqarish imoratlari, yuk omborlaridan 125 m yaqin boʻlmagan va magistral yoʻllardan kamida 50 m uzoqlikda boʻlgan tarzda tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortish-tushirishni kutayotgan avtotransport vositalari ortish-tushirish joylaridan (postlar, maydonlardan) kamida 25 m masofada boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Taygʻoqchilikda xavfli yuklarni ortish va tushirish ortish-tushirish joylari (postlar, maydonlar) hududiga qum sepilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Yoqilgʻilar yoki portlash xavfi boʻlgan yuklar ortilgan avtotransport vositalariga umumiy foydalaniladigan turgʻun avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida yoki koʻchma avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida yoqilgʻi quyish avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasidan kamida 25 m masofada joylashgan maxsus jihozlangan maydonda avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasidan olingan neft mahsulotlarini quyish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Xavfli yuklarni ortish-tushirish boshlanishidan oldin hamrohlik qiluvchi shaxslar va ortish-tushirishning rahbari yongʻin kelib chiqqanda yoki portlash xavfida avtotransport vositalarini xavfsiz masofaga olib oʻtish imkoniyatini nazarda tutishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Xavfli yuklarni tashishda avtotransport vositalari harakati tezligini cheklash tashish yoʻnalishini kelishgan holda aniq yoʻl sharoitlari hisobga olingan holda hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan belgilanadi. Harakat tezligini cheklash belgilangan taqdirda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan tezlik koʻrsatilgan belgi avtotransport vositasida yoʻl harakati qoidalariga muvofiq oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlda boʻlish vaqti 8 soatdan ortiqni tashkil etgan taqdirda har bir avtotransport vositasiga ikki nafar haydovchi ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Xavfli yuklar avtotransport vositalari kolonnasida tashilganda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekis yoʻlda harakatlanishda avtotransport vositalari oʻrtasidagi masofa kamida 50 m boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
togʻ sharoitlarida — koʻtarilish va pastga tushishlarida kamida 300 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrish 300 metrdan kam boʻlganda (tuman, yomgʻir, qor va hokazolar) ayrim xavfli yuklarni tashish taqiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi)ning vakillaridan boʻlgan tashish uchun masʼul shaxs, kolonna boʻyicha katta — birinchi avtotransport vositasi kabinasida boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli yuklar kolonna boʻlib tashilganda hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarining maxsus avtomobillari hamrohlik qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Xavfli yuklarni tashishda haydovchilarning dam olish uchun aholi punktlarida toʻxtash taqiqlanadi. Toʻxtash joylarida toʻxtashga buning uchun maxsus ajratilgan, turar joy imoratlari va odamlar toʻplanadigan joylardan kamida 200 m masofada joylashgan maxsus ajratilgan joylarda ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasi toʻxtaganda yoki toʻxtash joyida toʻxtash tormozi ishga tushirilishi, qiyalikda qoʻshimcha ravishda jilishga qarshi tirgak oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Yoʻlda yonilgʻi quymasdan xavfli yukni tashiydigan avtotransport vositalarining yurish zaxirasi kamida 500 km boʻlishi kerak. Xavfli yuklar 500 km ga va undan ortiq masofaga tashilganda avtotransport vositasi hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan kelishgan holda zaxira yonilgʻi baki bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yoʻnalishning uzunligi 400 kilometrdan ortiq boʻlsa yoki tashish kechasi amalga oshirilsa, xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalarining bir haydovchi bilan harakatlanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qish vaqtida togʻ sharoitlarida xavfli yuklarni tashishda yukni tashuvchilar avtotransport vositalarini protektorning qishgi shinalari bilan butlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Ikkitadan ortiq avtotransport vositasida kolonna boʻlib alohida xavfli yuklarni tashish hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarining oldinda va orqada ikkita patrul avtomobili kuzatuvida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldindagi kuzatuvchi avtomobil xavfli yuklar ortilgan avtotransport vositalaridan oldinda harakatlanishi kerak. Bunda uning ortida harakatlanadigan avtotransport vositasiga nisbatan kuzatuvchi avtomobil uning orqasida harakatlanayotgan avtomobilning gabariti kengligi boʻyicha kuzatilayotgan avtotransport gabariti turtilib chiqayotgan etib yon berib harakatlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatib boradigan avtomobil toʻq sariq yoki sariq rangdagi yorqin mayoq bilan jihozlanishi kerak. Uning yoqilishi yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini ogohlantirish uchun qoʻshimcha axborot vositasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi avtomobillarda va xavfli yuklarni tashiyotgan avtotransport vositalariga istalgan vaqtda (shu jumladan kunduz kuni) yaqin chiroq farasi yoqilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Kuzatuvchi avtomobillar harakati tartibi va xavfli yuklar tashilayotganligi toʻgʻrisida yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini xabardor qilish usullari yoʻnalishni kelishish blankasining “Harakatning alohida shartlari” boʻlimida hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Xavfli yuklarni ikki va undan ortiq avtomobilda kolonnada tashishda uning tarkibida yuklarning mazkur turini tashishga moslashtirilgan, Xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirilgan zaxira boʻsh avtotransport vositasi mavjud boʻlishi shart. Zaxira avtotransport vositasi kolonnaning oxirida borishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tonneldan oʻtishda xavfli yuklarni tashiyotgan avtotransport vositalari harakati bitta transport vositasi boʻyicha ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Bir avtotransport vositasida (bir konteynerda) xavfli yuklarning turli darajalarini birgalikda tashishga faqat turli darajadagi xavfli yuklarni tashishda moslik jadvalida ifodalangan yoʻl qoʻyiladigan muvofiqlik qoidalari doirasida ruxsat beriladi (ushbu Qoidalarga 8-ilova*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Umumiy vazifali yuklar bilan birga xavfli yuklarni bitta avtotransport vositasida (bitta konteynerda) birgalikda tashish xavfli yuklarni va umumiy maqsadli yuklarni tashishda moslik jadvalida ifodalangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi (ushbu Qoidalarga 9-ilova*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 9-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Xavfli yuk transportda tashilgandan keyin tozalanmagan boʻsh idishni tashish ushbu Qoidalar talablariga muvofiq ushbu xavfli yukni tashishdagiga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh idishni tashishga tovar-transport yuk xatida qizil rangda bungacha tashilayotgan idishda qanday xavfli yuk boʻlganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Boʻsh idishni tozalash ekologik xavfsizlik va yakka tartibdagi himoya choralariga rioya qilingan holda mijozning kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Idish toʻliq tozalangandan keyin uni tashish umumiy vazifali yuklar singari umumiy asoslarda amalga oshiriladi, bunda mijozning tovar-transport yuk xatiga qizil rangda “Idish tozalandi” degan belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Tashkilot-mijozlar har bir tashishga avariyali vaziyatda xatti-harakatlar rejasini ishlab chiqadilar va uni haydovchiga (kuzatib boruvchiga) topshiradilar, avariyalar yoki noxush hodisalar oqibatlarini tugatish boʻyicha amalda ishlash uchun avariya brigadalarini ajratadilar va ular bilan tegishli tayyorgarlikni tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Xavfli yuklar solingan idishning nosozligini tuzatish boʻyicha taʼmirlash ishlari olib borish zarurligi holatida bu ishlar avariya brigadasi tomonidan ushbu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan maydonda (binoda) amalga oshiriladi. Uning joylashishi avariyalar yoki noxush hodisalar oqibatlarini tugatish tadbirlari rejasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Yoʻl-transport hodisasi yuz bergan taqdirda xavfli yukni tashish uchun masʼul boʻlgan shaxs haydovchilar yoki qoʻriqchilar xatti-harakatiga rahbarlik qiladi, hududiy ichki ishlar organlari, yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligini xabardor qiladi hamda hodisa yuz bergan joyni oʻrashni (belgilashni) va xavfli yuk qoʻriqlanishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli yuk ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kuzatib borilgan taqdirda hodisa yuz bergan joyni oʻrash (belgilash) va perimetr boʻylab postlar qoʻyish ichki ishlar organlari kuzatuvchilar guruhining boshligʻi bilan kelishgan holda masʼul shaxs tomonidan tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Avariya yoki noxush hodisa joyiga kelgan avariya brigadasi uning oqibatlarini tugatish davomida ehtiyotkorlikning va XTATning avariya kartochkasida sanab oʻtilgan yakka tartibdagi himoyaning barcha choralarini koʻrishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Avariya yoki noxush hodisa yuz bergan holda avariya brigadasining xatti-harakatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shikastlangan idishni yoki sochilib ketgan (quyilib ketgan) xavfli yukni aniqlash va uzoqlashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) zaruriyat boʻlganda haydovchilarni va ushbu tashishga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni evakuatsiya qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xavfli zona oʻlchami va chegaralarini aniqlashni, uning perimetri boʻylab postlar qoʻyilishi tashkil etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) dezaktivatsiya, dezinfeksiya yoki degazizatsiya oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) maxsus kiyim-bosh va individual himoya vositalari zararsizlantirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararli taʼsir bartaraf etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yuz bergan avariyalar yoki noxush hodisalar toʻgʻrisida yukni joʻnatuvchi va yukni oluvchini xabardor qilishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Tashish jarayonida avariyalar yoki noxush hodisalar yuz bergan taqdirda avariya brigadasi va maxsus xizmatlar kelguniga qadar ularning oqibatlarini dastlabki bartaraf etish maxsus tayyorgarlik yoki yoʻriqnoma talablariga muvofiq haydovchi va kuzatib boruvchi masʼul shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tashish jarayoni qatnashchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Yukni tashuvchi yukni joʻnatuvchiga tashish uchun buyurtmanoma berganda tovar-transport yuk xatini (toʻrt nusxada) va XTAT avariya kartochkasini taqdim etishi kerak, ular xavfli moddalarni tayyorlovchining maʼlumotlari boʻyicha toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Xavfli yukni tashishga tayyorlashda yukni joʻnatuvchi idishning (upakovkaning) butunligi va sozligini, markalash va tamgʻalar borligini, shuningdek asbob-uskunalar va ortish-tushirish maydonlarining texnik yoritilganligi ushbu Qoidalar talablariga muvofiqligini tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Yukni oluvchi xavfli yuklarni tushirish tamom boʻlgandan keyin avtotransport vositasi kuzovi (konteynerlar, konteyner-sisternalar, tank-konteynerlar) ushbu xavfli yuk qoldiqlaridan tozalashi va, zaruriyat boʻlganda, xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda avtotransport vositasi (konteynerlar, konteyner-sisternalar)ni degazatsiya, dezaktivatsiya yoki dezinfeksiya qilishi hamda avtotransport vositasi (konteynerlar, konteyner-sisternalar, tank-konteynerlar)da oʻrnatilgan xavf belgilarini olib qoʻyishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Yukni tashuvchi xavfli yuklarni tashishda, zaruriyat boʻlganda, avtotransport vositalarini ushbu Qoidalar talablariga muvofiq asbob-uskunalar bilan toʻliq jihozlashi, shuningdek xavfli yuklar bilan ishlashda mashgʻul boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni maxsus tayyorlashni yoki ularga yoʻriqnoma berilishini tashkil etishi hamda ularni yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalari haydovchilari, bundan tashqari ushbu Qoidalarga muvofiq XTAT huquqiy axborot kartochkalari bilan ham taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Xavfli yuklarni tashiydigan haydovchi quyidagilarni oʻz ichiga oladigan maxsus tayyorgarlikdan oʻtishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) XTATni oʻrganish (avtotransport vositalari va upakovkaga belgi qoʻyish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashilayotgan xavfli yuklarning xossalarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) noxush hodisalarda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish usullariga oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) noxush hodisa yuz bergandagi xatti-harakatlarga oʻqitish (xatti-harakat tartibi, yongʻinni oʻchirish, birlamchi degazatsiya, dezaktivatsiya va dezinfeksiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yuz bergan noxush hodisa toʻgʻrisida bildirishnoma (axborot) tayyorlash va tegishli mansabdor shaxslarga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Xavfli yuklarni tashishga ushbu toifadagi avtotransport vositasi haydovchisi sifatida kamida uch yil uzluksiz ish stajiga va avtotransport haydovchisini xavfli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan xavfli yukni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan haydovchilar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Xavfli yukni tashishni amalga oshirayotgan haydovchining yonida xavfli yuklarni tashish Qoidalarida nazarda tutilgan transport hujjatlari, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtotransport vositasi xavfli yuklarni tashishga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtotransport vositasi haydovchisi xavfli yuklarni tashishga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi guvohnoma (ushbu Qoidalarga 10-ilova*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) XTATning avariya kartochkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yukni tashuvchi, yukni joʻnatuvchi, yukni oluvchining mansabdor shaxslari, hududiy ichki ishlar organlari, yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining harakatlanish yoʻnalishida joylashgan navbatchi qismlarining manzili va telefon raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining sigʻimning xavfli yuklarni tashish uchun yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan kelishilgan yoʻnalish sxemasi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Xavfli yuklarni tashishda haydovchiga belgilangan va hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan kelishilgan yoʻnalishdan va toʻxtab turish joylaridan chetga chiqish, shuningdek belgilangan harakat tezligini oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Avtotransport vositasi yoʻlda buzilib qolganda va texnik nosozlikni haydovchining kuchi bilan joyning oʻzida bartaraf etish imkoni boʻlmaganda haydovchi tashishlarga texnik xizmat koʻrsatish mashinasini chaqirishi va oʻzi majburiy toʻxtagan joy toʻgʻrisida eng yaqindagi hududiy ichki ishlar organlariga xabar qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Noxush hodisa yuz berganda haydovchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) begona shaxslarni noxush hodisa joyiga qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuz bergan noxush hodisa toʻgʻrisida eng yaqindagi hududiy ichki ishlar organlariga xabar qilishi kerak. Avariya vaziyati yuzaga kelganda, buning natijasida xavfli yuk shikastlanganda Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy organlariga xabar qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) avariya brigadasini chaqirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avariya kartochkasida koʻrsatilganiga muvofiq noxush hodisa oqibatlarini birlamchi tugatish choralarini koʻrishi va xavfli yuk tashilishi uchun masʼul boʻlgan shaxsning koʻrsatmalariga muvofiq ish koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) hududiy ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlarning vakillari yuz bergan noxush hodisa joyiga kelgach ularni xavf hamda koʻrilgan choralar toʻgʻrisida xabardor qilishi va tashilayotgan xavfli yukka transport hujjatlarini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Xavfli yuk ortilgan avtotransport vositasini boshqarishda haydovchiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtotransport vositasini joyidan keskin siljitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soatiga 30 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanayotgan transportni aylanib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) keskin tormoz berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishlab turgan ulash (ssepleniye) va dvigatellar bilan harakatlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avtomobil yoʻllarining dovon uchastkalaridan oʻtish vaqtida tezlik richagini bir pozitsiyadan boshqa pozitsiyaga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) harakat vaqtida avtotransport vositasida chekish (avtotransport vositasi toʻxtab turgan joydan 50 m yaqin boʻlmagan joyda toʻxtash vaqtida chekishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ochiq olovdan foydalanish (istisno hollarda ovqat tayyorlash uchun avtotransport vositasi toʻxtash joyidan kamida 200 m masofada olov yoqish mumkin);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) avtotransport vositasini nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Xavfli yukni tashiyotgan avtotransport vositasida bir vaqtning oʻzida tovar-transport hujjatlarida koʻrsatilmagan boshqa yukni hamda begona shaxslarni tashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Xavfli yukni tashiyotgan avtotransport vositasini kuzatib borayotgan xodimlar (tashish uchun masʼul shaxs, soqchilar, dozemetrist va boshqalar) tashkilotning — yukni tashuvchining ushbu yoʻnalish boʻyicha ularning xavfli yuklarni kuzatib borish huquqini tasdiqlaydigan maxsus tayyorgarlikdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasiga ega boʻlishlari shart. Maʼlumotnoma kuzatib borayotganning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilganda haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Xavfli yuklar bilan ortish-tushirish ishlarini bajarishga qoʻllaniladigan koʻtarish-transport uskunasida kamida uch yillik stajga ega boʻlgan operatorlar qoʻyiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator ortish-tushirish ishlarini bajarishga texnika xavfsizligining umumiy qoidalariga rioya qilishi, bir yilda kamida bir marta maxsus tayyorgarlikdan oʻtishi, tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator ortish-tushirish mashinasining texnik holatini doimiy ravishda nazorat qilib borishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli yukni ortish yoki tushirishda noxush hodisa yuz bergan taqdirda operator:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) begona shaxslarni noxush hodisa joyiga qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avariya brigadasini chaqirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) avariya kartochkasida sanab oʻtilgan talablarga muvofiq noxush hodisa oqibatlarini bartaraf etish choralarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avariya brigadasi ishiga yordam berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli yuklar bilan ortish-tushirish ishlarini bajarishda operatorning chekishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Xavfli yuklarni qoʻlda ortish-tushirish bilan band boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga xavfli yuklarning ushbu turlari bilan munosabatda boʻlish qoidalari boʻyicha maxsus yoʻl-yoʻriq berilishi va ular ish davomida quyidagilarga amal qilishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tegishli xavfli yukka yozilgan ogohlantirish yozuvlarida koʻrsatilgan talablarni qatʼiy bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xavfli yuk yelkadan tushib ketishiga va sudralishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ortish-tushirish ishlari bajarilayotgan joylarda chekmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ortish-tushirish ishlari tamom boʻlgandan keyin belgilangan talablarga muvofiq ish kiyimini zararsizlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Avariya brigadasining xizmat koʻrsatuvchi xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maxsus dastur boʻyicha dastlabki tayyorgarlikdan oʻtishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) noxush hodisalar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlardan har birini bajarish tugatilgandan keyin rejali tibbiy koʻrikdan tashqari qoʻshimcha tibbiy koʻrikdan oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) noxush hodisalar oqibatlarini tugatishga moʻljallangan mavjud vositalarni toʻliq texnik sozlikda saqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tashishlarni texnik taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Xavfli yuklar toʻliq komplektli va maxsus avtotransport vositalari uchun amaldagi normativ hujjatlarga (texnik topshiriqlar, texnik reglamentlarga yoki standartlarga) hamda avtotransport vositalarini qayta jihozlash (toʻliq jihozlash)ga texnik hujjatlarga muvofiq tayyorlanishi kerak boʻlgan faqat maxsus yoki maxsus moslashtirilgan avtotransport vositalari bilan tashilishi kerak.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Yengil alangalanadigan moddalarni tashish uchun muntazam foydalaniladigan avtotransport vositalari radiatorning oldida oʻng tomonda qiya holda qoʻyilgan holda glushitel (shovqinni pasaytiradigan moslama)ning chiqarish quvuri bilan jihozlanishi kerak. Agar dvigatelning joylanishi bunday qayta jihozlash imkonini bermasa, u holda tutun chiqaradigan quvurni oʻng tomonga kuzov yoki sisterna va yonilgʻi kommunikatsiyasi zonasidan tashqariga chiqarishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tutun chiqarish quvuri isteʼmolchi tomonidan olib qoʻyiladigan alangani oʻchiruvchi qurilmasi oʻrnatish imkonini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Yonilgʻi baki akkumulyator batareyasidan uzoqlikda yoki undan oʻtib boʻlmaydigan toʻsiq bilan ajratilgan boʻlishi, shuningdek dvigatel, elektr simlari va tutun chiqaradigan quvurdan uzoqda boʻlishi hamda bakdan yoqilgʻi oqqanda tashilayotgan xavfli yukka tushmasdan bevosita yerga quyiladigan tarzda joylashgan boʻlishi kerak. Bak, bundan tashqari tubi va yonlaridan himoyaga (gʻilof)ga ega boʻlishi kerak. Yonilgʻi dvigatelga oʻz-oʻzidan berilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Avtotransport vositasidan 2, 3, 4 va 5-darajali xavfli yuklarni tashish uchun bir marta foydalanilgan taqdirda glushitelning chiqarish trubasi chiqish oʻyigʻiga alangani oʻchiruvchi toʻr oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. 2, 3, 4 va 5-darajali xavfli yuklarni tashiydigan vositalarning elektr uskunalari quyidagi talablarni qondirishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) elektr uskunasining nominal kuchlanishi 24 voltdan ortiq boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektr simi korroziyaga uchramaydigan choksiz qobiq bilan himoyalangan simlardan iborat boʻlishi hamda uning qizib ketishini toʻliq oldini oladigan tarzda hisoblab chiqilgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektr tarmogʻi yumshoq predoxranitellar (zavodda tayyorlangan) yoki avtomatik viklyuchatellar yordamida oshirilgan yuklamadan saqlangan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) elektr oʻtkazma ishonchli izolyatsiyaga ega boʻlishi, mustahkam mahkamlanishi va avtotransport vositasining konstruktiv qismlariga urilish va yorilishlaridan zarar koʻrmaydigan tarzda joylashtirilishi hamda sovutish tizimidan ajralib chiqqan issiqlikdan va ishlatilgan gazlardan himoyalangan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar akkumulyatorlar dvigatel kapoti ostiga joylashtirilmagan boʻlsa, u holda ular izolyatsiyalovchi ichki devorlar bilan ekvivalent musʼhakamlikda metalldan yoki boshqa materialdan ventilyatsiya qilinadigan boʻlmada boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) avtotransport vositasi akkumulyatorni elektr zanjiridan ikki polosali viklyuchatel (yoki boshqa vosita) yordamida ajratish uchun moslangan boʻlishi kerak, u imkoni boricha akkumulyatorga yaqin joyda boʻlishi kerak. Viklyuchatelni boshqarish — toʻgʻridan-toʻgʻri yoki masofadan turib boshqarish privodi ham haydovchining kabinasidan, ham avtotransport vositasining tashqarisida boʻlishi kerak. U oson topilishi va farq qiladigan belgi bilan belgilanishi kerak. Viklyuchatel ishlab turgan dvigatelda elektr zanjirining xavfli ortiqcha yuklamasini keltirib chiqarmasdan uning kontakti ishlayotgan dvigatelda ulanadigan tarzda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) rezbali sokolga ega boʻlgan lampalardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport kuzovlarining ichida tashqi elektr simlar tarmogʻi boʻlmasligi kerak, kuzov ichidagi yoritish elektr lampalari mustahkam toʻsuvchi toʻr yoki panjaraga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Avtotransport vositalari uchqunga xavfsiz boʻlgan materialdan 200 mm uzunlikdagi yerga tegib turadigan metall zanjir va toʻxtash joyida statistik va atmosfera elektr zaryadlaridan himoya qilish uchun metall shtir bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft mahsulotlari tashiydigan avtotsisternalar kamida 2,5 mm kesimli va neft mahsulotlarini oqizish va quyishda yerga ulanish uchun kamida 20 mm uzunlikdagi egiluvchan koʻp tomirli sim bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. “Furgon” tipidagi kuzovli avtotransport vositasida kuzov toʻliq yopiq boʻlishi, mustahkam boʻlishi, tirqishlari boʻlmasligi hamda tashilayotgan xavfli yukning xossasiga qarab tegishli ventilyatsiya tizimi bilan jihozlanishi kerak. Ichki qoplash uchun uchqun chiqarmaydigan materiallardan foydalaniladi, yogʻoch materiallar oʻtga chidamli modda bilan qoplanishi kerak. Eshiklar yoki eshikka qulf solingan boʻlishi kerak. Eshik yoki eshiklar konstruksiyasi kuzovning qattiqligini pasaytirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq kuzovlarni qoplash uchun brezentdan foydalanilgan hollarda, u oʻt olishi qiyin boʻlgan va suv oʻtkazmaydigan matodan tayyorlanishi va bortni ular darajasidan 200 mm yopishi hamda zapor moslamali metall reykalar yoki zanjirlar bilan mahkamlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Avtotransport vositasida orqa tomonda butun sisternada kenglikda zarbalardan yetarli darajada saqlaydigan bamper boʻlishi kerak. Sisternaning orqa devori bilan bamperning orqa qismi oʻrtasidagi masofa kamida 100 mm ni tashkil etishi kerak (ushbu masofa sisterna devorining chet orqa nuqtasidan boshlab yoki tashilayotgan moddaga tegib turgan chiqib turuvchi armaturadan boshlab oʻlchanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Quvurlar va rezervuarning yuqori qismiga oʻrnatilgan sisternalarning yordamchi uskunalari silkitilgan holda shikastlanishlardan himoyalangan boʻlishi kerak. Bunday himoya konstruksiyasi shakli samarali himoyani taʼminlashi kerak boʻlgan kuchayadigan halqalar, himoya qopqoqlari, uzuna yoki boʻylama elementlar shaklida tayyorlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Avtotransport vositasi quyidagi soz instrumentlar va asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtotransport vositasini avariya yuz berganda taʼmirlash uchun qoʻlda ishlatiladigan asboblar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yongʻinni oʻchirish uchun belkurak va qumning zarur zaxirasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har bir avtotransport vositasi uchun kamida bitta yurib ketishdan saqlaydigan tirgak, tirgakning oʻlchami avtotransport vositasi tipiga va uning gʻildiragi diametriga muvofiq boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) toʻq sariq rangli oʻchib yonadigan (yoki doimiy) avtonom taʼminlanadigan ikkita fonar. Ular ulardan foydalanish xavfli yuklarning yonishini yuzaga keltirmaydigan tarzda konstruksiyalangan boʻlishi kerak. Tunda toʻxtaganda yoki koʻrish yaxshi boʻlmaganda, agar avtotransport vositasining chiroqlari nosoz boʻlsa, bitta fonar taxminan 10 m masofada avtotransport vositasi oldiga va boshqasi taxminan 10 m masofada avtotransport vositasining orqasida oʻrnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) dori qutisi va tashiladigan xavfli moddalarni neytrallashtirish vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni xavfsiz tashish shartlarida va avariya kartochkasida nazarda tutilgan hollarda avtotransport vositasi tashilayotgan xavfli moddani neytrallashtirish hamda haydovchi va kuzatuvchi xodimning yakka tartibdagi himoya vositalari bilan butlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. XTAT jadvallarini avtotransport vositalariga mahkamlash ularning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlaydigan maxsus qurilmalar yordamida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTAT jadvallari avtotransport vositasining oldida (bamperda) va orqada, transport vositasining raqami belgilarini va tashqi chiroqlari priborlarini toʻsmagan, shuningdek avtotransport vositasining gabaritlaridan turtib chiqmagan holda uning boʻylama oʻqiga perpendikulyar joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Xavfli yuklarni tashish uchun gaz generatorli avtotransport vositalarini qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalariga bittadan ortiq tirkama yoki yarim tirkama tirkalmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Har bir oʻrinning brutto massasi va birinchi oʻram sigʻimi xavfli yuklarga normativ hujjatlarga belgilangan cheklangan massa va sigʻimdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Xavfli yuklarni oʻrab joylashtirish mahsulotga normativ hujjatlarga idish va oʻramning aniq turlariga (tiplariga) muvofiq boʻlishi hamda xavfli yuklarni ortishda, tushirishda, ularni transportda tashishda va saqlashda ularning saqlanishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Qistirma idish tayyorlangan material va qistirma materiallar tashilayotgan xavfli yukning spetsifik xossalari hisobga olingan holda tanlanadi hamda ushbu xavfli yukka nisbatan inert boʻlishi yoxud inert qoplamaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Plastmassa idishning materiali ichidagi suyuqlikni oʻtkazmaydigan boʻlishi, yumshamasligi va harorat yoki eskirishning taʼsiri ostida moʻrt boʻlib qolmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Gofrirlangan va boshqa karton yashiklar yetarlicha mustahkam va suvga chidamli boʻlishi kerak (namlanganda mexanik mustahkamlashni saqlashi kerak). Xavfli yuklarni foydalanilgan karton yashiklarda tashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Shisha butilkalar (idishlar) ogʻzi mustahkam bekitilgan va mustahkam yashiklar, barabanlar, toʻrlarga joylashtirilishi yoki oʻralishi, savatga joylashtirilishi kerak. Oraliq joylar inert qistirma singib oluvchi materiallar bilan toʻldirilishi kerak. Butilkaning ogʻzi toʻr yoki korzinaning chetidan chiqib turmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Germetik yopilishi talab qilinadigan kavsharlanishi yoki metall idish prokladkali va stoporli buraladigan tiqin bilan jihozlanishi, namunaga olingan bosimning miqdorini va oxirgi sinov (sinab koʻrish) sanasini koʻrsatadigan yozuvlarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Suyuqliklar va bugʻ bosimi katta boʻlgan gazlarni tashishga moʻljallangan ballonlar bosim ostida ishlaydigan idishlarni oʻrnatish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Suyuqliklar tashishga moʻljallangan idishlar toʻliq toʻldirilmasligi kerak, idishlarni tashiladigan suyuqliklar bilan toʻldirish ularning toʻliq sigʻimining 90 foizini tashkil etishi kerak (suvli ammiak va suyultirilgan uglevodorod gazlar uchun — 85%).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Xavfli yukli idish (oʻram) avtotransport vositasi kuzoviga ishonchli mahkamlanishi kerak. Xavfli yukni konteynerlarda tashishda ayrim yuk oʻrinlari oʻlchami, konteyner ichida xavfli yuklarni joylashtirish va mahkamlash tartibi, shuningdek konteynerlarga yuk ortish va tushirish bilan bogʻliq boshqa masalalar ushbu Qoidalarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan idishdan tashqari, ushbu Qoidalarda idishga qoʻyiladigan talablarga zid boʻlmasligi sharti bilan qoʻshimcha tashqi idishdan foydalanish mumkin. Bunday qoʻshimcha idishdan foydalanilganda unga koʻrsatilgan ogohlantirish yozuvlari va manipulyatsiya belgilari yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Bir nechta xavfli moddalar birgalikda oʻralishiga yoki ularni turli xavfli moddalar mavjud boʻlgan turli darajalarga tegishli boshqa yuklar bilan birga oʻrashga imkoni boricha yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya yuz bergan yoki idish singan taqdirda xavfli reaksiyalar oqibatlaridan (xavfli issiqlik ajralib chiqishi, yonish, ishqalanish yoki zarbaga sezuvchan boʻlgan aralashmalar hosil boʻlishi, alangalanuvchi yoki zaharli gazlar ajralib chiqishi) qochish maqsadlarida birgalikda oʻrash zarur boʻlgan taqdirda ichki idish yigʻma idishda bir-biridan puxta va samarali tarzda ajratilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nozik idishni qoʻllashda va, ayniqsa, ushbu idishlarning ichida suyuqliklar bor boʻlganda tegishli qistirma materialning yetarlicha soni qoʻllanilgan holda xavfli aralashmalar hosil boʻlishidan, idishlarni ikkinchi mustahkam idishga joylashtirishdan, yigʻma idishni bir nechta seksiyalarga boʻlishdan qochish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Xavfli yuklarni tayyorlovchi tomonidan xavfli yukning har bir oʻramiga ogohlantiruvchi yozuvlar va manipulyatsiya belgilari bosilishi kerak (ushbu Qoidalarga 11-ilova*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Xavf belgilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) parallelepiped shakliga ega boʻlgan oʻramlarga (shu jumladan konteynerlar, konteyner-sisternalar va paketlarga) — yon, chet va yuqori yuzalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bochkalarga — tubidan biriga va ikki qarama-qarshi tomonga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qoplarga — ikki tomondan chokning yuqori qismiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bogʻlam va tugunlarga — chekka va yon yuzalarga bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idishlarning boshqa turlariga xavf belgilari eng qulay va koʻrinarli joylarga bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Manipulyatsiya belgilari xavf belgilaridan keyin bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Agar xavfli yuk bittadan ortiq xavf turiga ega boʻlsa, u holda oʻramga ushbu xavflar turlarini koʻrsatuvchi xavflilikning barcha belgilari bosiladi. Daraja raqami xavfning asosiy turi belgisiga bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Koʻtarish-avtotransport uskunasi toʻliq texnik soz holatda boʻlishi va yongʻin xavfsizligi talablariga hamda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi qoidalariga javob berishi, kranlar, chigʻir va boshqa yuk koʻtarish mexanizmlarining yuk koʻtarishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi, shuningdek xavfli yuklar qulashdan ishonchli toʻsilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Xavfli yukni koʻtaradigan chigʻir va yuk koʻtarish mashinalari strelasi qulochini oʻzgartirish qurilmasi, qoidaga koʻra, ikkita forma bilan jihozlanishi kerak. Bitta tormoz mavjud boʻlgan taqdirda yuklama uning nominal yuk koʻtarishining 75 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Xavfli yuklar bilan ishlashda band boʻlgan yuk koʻtarish mashinalarida qoʻllaniladigan elektr dvigatellari portlash xavfisiz tayyorlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Dalolatnomalar tuzish, eʼtiroz va daʼvolar qoʻzgʻash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Xavfli yuklarning ayrim klasslarini tashishni tashkil etish va texnik taʼminlash xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Siqilgan va suyultirilgan gaz solingan ballonlarni tashishga ballonlar va ularning armaturalari, zaglushkalari toʻliq soz boʻlganda hamda ballonlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) siqilgan va suyultirilgan gaz solingan ballonlar boʻyalgan va ularga yozuvlar yozilganda (ushbu Qoidalarga 12-ilova*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 12-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) predoxranitel qopqogʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xavf belgilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ballonning raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boʻsh ballon massasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) texnik koʻrikdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi belgi (tamgʻa) va uning keyingi muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ishchi va namuna olinadigan bosim mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Ballonlarni gaz bilan toʻldirish belgilangan normalar boʻyicha amalga oshiriladi. Bu haqda tovar-transport yuk xatiga quyidagi belgi qoʻyiladi: “Ballonlar belgilangan normadan ortiqcha toʻldirilmagan”, shuningdek “Ballonlar germetiklikka, gaz chiqmayotganligiga tekshirilgan” degan yozuv qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tayinlangan koʻrikdan oʻtkazish muddati tamom boʻlgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) armatura va nazorat-oʻlchash asboblari yoʻq boʻlsa yoki nosoz boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) zarur tarzdagi boʻyoq yoki yozuvlar boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) gʻovak massani tekshirish muddati tamom boʻlgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ballon korpusi shikastlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ventil nosoz boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) zarur tarzdagi boʻyoq yoki yozuvlar boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ortiqcha gaz bosimi boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) belgilangan tamgʻa mavjud boʻlmasa sisterna va bochkalarni gaz bilan toʻldirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Bortli avtomobillarda siqilgan va suyultirilgan gaz solingan ballonlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ballonlar diametri oʻlchami boʻyicha qirqilgan uyali, kuzov ichidagi ventillar bilan maxsus yogʻoch tagliklarda gorizontal holatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) zarbalardan himoya qilish uchun kamida 55 mm diametrli rezina yoki arqondan tayyorlangan ballonlarga oʻrnatilgan halqalar bilan vertikal holatda tashiladi. Avtomobillarga yuk ortish chegarasi yoʻllarning qoidasiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Yoz vaqtida gaz toʻldirilgan ballonlarni tashishda ballonlar quyosh nurlaridan isishdan himoya qilish maqsadida brezent bilan toʻsilishi, bundan tashqari bortli avtomobillarda ikkita karbonat kislotali yoki kukunli oʻt oʻchirgich oʻrnatilgan boʻlishi kerak, soʻl bortning old burchagiga qizil bayroqcha oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Bosim ostidagi siqilgan va suyultirilgan gazlarni tashish uchun qoʻllaniladigan avtotransport vositalari (sisternalar va bochkalar) qoʻshimcha ravishda quyidagi yozuvlarga ega boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tayyorlovchi zavodning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sisternaning zavod raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tayyorlangan yili va koʻrikdan oʻtkazilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boʻsh holatda yuriladigan qism bilan birga sisterna massasi (umumiy ogʻirlik tonnalarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) m3da sigʻim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ishchi va namunaviy bosim miqdori kg/sm2da, tayyorlovchi zavod TNB tamgʻasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) sisternaning roʻyxatdan oʻtkazish raqami (sisterna yoki bochka “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin ularning egasi tomonidan boʻyoqda yoziladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Avtotransport vositalarida — sisternalar, bochkalarda quyidagi asbob-uskunalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashiladigan gazlarni toʻldirish va chiqarish (quyish) uchun ventil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashiladigan gazlarning bugʻini tanlash uchun ventil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ikkita predoxranitel klapani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) monometr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) suyuqlik darajasini nazorat qilish qurilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) avtotsisternani gazning avariyali sarflaridan oʻz-oʻzidan himoya qiluvchi qurilma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyultirilgan gaz uchun sisterna va bochkaning har bir toʻldirish va quyish ventili mahkam buraladigan zaglushka bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Gazni avariyali chiqarib yuborishda (zaruriyat boʻlgan taqdirda) quyidagi talablarga amal qilish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) gazni chiqarib yuborish rayonida begona shaxslarning 100 metrdan yaqin masofada turishi taqiqlanadi. Eng yaqin imoratgacha yoki aholi punktlarigacha boʻlgan masofa kamida 1000 metr boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) gaz chiqarib yuborilayotganda avtotransport vositasining dvigateli oʻchirib qoʻyilgan boʻlishi, avtotransport vositasi va gazni chiqarib yuborish kommunikatsiyalari ishonchli yerga ulangan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sisternadagi bosim minutiga 0,1 kg/sm2dan ortiq boʻlmagan tezlikda pasayishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) gazni chiqarib yuborish shamolning esishi boʻyicha avtotransport vositasi, aholi punktlari va imoratlardan boshqa tomonga qarab amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Bugʻ bosimi +50 0S haroratda 300 KPa (3 bara)dan ortiqni, alanga olish harorati 100 0Sdan ortiq boʻlmagan suyuqliklar yengil alangalanadigan suyuqliklar deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Oksidlanadigan suyuqliklardan (efirlar va baʼzi geterotsiklik kislorod moddalari) boʻlgan yengil alangalanadigan suyuqliklar, agar ularning tarkibidagi pereksid miqdori 0,3 foizdan oshmagan taqdirda tashishga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Tarkibida yonuvchi moddalar boʻlgan dorixona, moskal, attorlik tovarlari va boshqa aralashmalar, agar ushbu aralashmalarning alangalanish harorati 1000Sdan past boʻlsa xavfli yuklarga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Gazning suvi bilan toʻqnashganda ajralib chiqadigan yengil alangalanadigan moddalar yopiq kuzovli avtotransport vositasida germetik idishda tashilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengil alangalanadigan moddalarni tashish uchun tovar-transport yuk xatiga “Suvdan alangalanadi” degan belgi qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Yengil alangalanadigan modda turiga qarab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) natriy metall va boshqa ishqorlanadigan metallar — kam yopishqoq mineral moy yoki kerosin bilan toʻldirilgan 10 kilogrammgacha ogʻirlikdagi bankalarga va 100 kilogrammgacha ogʻirlikdagi temir bochkalarga germetik joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oq va sariq fosfor suvda metall bilan kavsharlangan bankalarda tashiladi, bankalar yogʻoch yashiklarga joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qizil fosfor germetik holda metall bankalarga joylashtiriladi. Bankalarning ogʻirligi 16 kilogrammdan ortiq emas. Bankalarning germetikligiga taglik materiallarni qoʻllash orqali erishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bankalar tashish uchun yogʻoch yashiklarga yoki faner barabanlarga joylashtiriladi. Bir yuk joyining umumiy ogʻirligi 95 kilogrammdan ortiq boʻlmasligiga yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kinolentalar, rentgen plyonkalari va boshqa shunga oʻxshash xavfli yuklar metall yashiklarga joylashtirilgan metall qutilarda tashiladi, oʻramning umumiy ogʻirligi 50 kilogrammgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kalsiy karbid va boshqa shunga oʻxshash xavfli yuklar temir barabanlarga joylashtiriladi. Oʻramning ogʻirligi 100 kilogrammdan ortiq boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tarkibidagi suv bilan kamida 10 foiz namlikdagi nitrat ammoniy, nikrin kislota, azot oksidli karbamid, trinitrobenzol, trinitrobenzoy kislota yoki trinitrotoluol yoki tarkibida kamida 20 foiz suv boʻlgan namlikdagi sikoriy pikromat shisha idishda tashiladi. Bir upakovkadagi xavfli yuk ogʻirligi 1 kilogrammdan ortiq boʻlmasligi kerak. Shisha idishlar tashish uchun yogʻoch yashiklarga joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) oltingugurt va naftalin eritilgan holatda avtomobil-sisternalarda tashilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Eritilgan oltingugurt yoki naftalinni tashish uchun qoʻllaniladigan sisternalar kamida 6 mm qalinlikdagi listlangan poʻlatdan tayyorlangan yoki xuddi shunday mexanik mustahkamlikka ega boʻlgan aluminiy qotishmasidan tayyorlanishi kerak va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sisterna ichida devorlarda kamida 700S haroratni qoʻllab-quvvatlash uchun termoizolyatsiyaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 0,2 dan 0,3 kg/sm2gacha bosim ostida ichkariga yoki tashqariga ochiladigan klapanga ega boʻlishi kerak. Eritilgan oltingugurt yoki naftalinni tashish uchun foydalaniladigan sisternadagi klapanlar, agar sisterna 2 kg/sm ishchi bosimga moʻljallangan boʻlsa, boʻlmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Oksidlanadigan moddalar va organik peroksidlar standart zavod oʻramida tashilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Oksidlanadigan moddalar va organik peroksidlarni ortish-tushirish va tashishda oʻz-oʻzidan alangalanishdan, yongʻin yoki portlashdan saqlanish uchun yogʻoch qipiqlar, poxol, koʻmir, torf, mayda zarrali chang va boshqa organik moddalar bilan ifloslanishi yoki aralashishidan qochish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Yengil eriydigan peroksidlarni ortish, tushirish va tashishda quyidagi harorat rejimi saqlanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dioktanoil va dikaprililning texnik toza peroksidlari +10 0Sdan yuqori emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atsetil-siklogeksansulfonil peroksidi —10 0S;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diizopropil korbont peroksidlari+20 0S;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tretbutil perpivalti —10 0S;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
flegmatizator bilan +2 0S;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erituvchi bilan —5 0S;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3,5; 5 peroksidi — sekinlashtiruvchi bilan eritmadagi trimetilgensanoil (20%) — 0 0S;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bis-dekanoynning texnik toza peroksidi +20 0S;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diperlargonilning texnik toza peroksidi — 0 0S;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etilgensanoat butilning texnik toza 2-peroksidi +20 0S;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sekinlashtiruvchi yoki erituvchi bilan gensilning karbonat bis-etil 2 peroksidi (55%) —10 0S;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eritma bilan uchlamchi butil perizonitrati (25%) — +10 0S.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Organik peroksidlarni tashish uchun foydalaniladigan izometrik kuzovli avtomobillar-furgonlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) atrof muhit haroratidan qatʼi nazar, harorat rejimini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) haydovchining kabinasiga tashilayotgan peroksidlarning bugʻlari kirishidan saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tashilayotgan xavfli yuklarning harorati holati ustidan haydovchining kabinasidan turib nazorat qilishni taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) orqa harorat rejimini buzmaydigan tegishli ventilyatsiyaga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qoʻllaniladigan sovutuvchi moddalar alangalanmaydigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovutish uchun suyuq kislorod yoki havodan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Organik peroksidlarni tashish uchun avtotransport vositalaridan tirkamalar-refrijeratorlardan foydalanishda ularning sovutish qurilmasi avtotransport vositasi dvigateli ishlashidan qatʼi nazar, ishlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Yengil parchalanadigan peroksidlarni qisqa masofaga tashishda tashishga va ortish-tushirish operatsiyalarini bajarishga sarflanadigan butun vaqt mobaynida zarur harorat rejimini taʼminlaydigan sovutish reagentlari bilan maxsus saqlovchi oʻramlar qoʻllanilishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Oksidlanadigan moddalar va organik peroksidlarni yuklashdan oldin avtotransport vositalarining kuzovi changdan va ularda oldin tashilgan yuklarning qoldiqlaridan puxta tozalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Zaharli moddalarni tashishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 5-martdagi 109-son qarori talablariga muvofiq litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaharli moddalar avtotransport vositalarida tashishga zavod oʻramida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Alohida xavfli zaharli va infitsirlangan moddalarni tashish oʻq otar qurol bilan qurollangan soqchilar hamrohligida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Yoz vaqtida (aprel—oktabr) sianid kislotani tashish yuk oʻrinlarini quyosh nurlari taʼsiridan himoya qilish choralariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Yuk oʻrinlari brezent bilan yopilganda u tashilayotgan yukning ustida kamida 20 sm balandlikda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Infitsirlangan moddalar tashqi muhitdan ajratilishini taʼminlaydigan maxsus jihozlangan avtotransport vositasida tashiladi. Tashishdan keyin avtotransport vositalari dezinfeksiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Zaharli moddalar bilan ortish-tushirish ishlari ortish (tushirish) punktiga begona shaxslarning kirishini istisno qiladigan ishonchli qoʻriqlash bilan taʼminlangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Radioaktiv moddalarni tashish ushbu Qoidalar, 0193-06-son SanQ vaN hamda MAGATE-ST-1 qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Radioaktiv moddalar turlari MAGATE-ST-1 qoidalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Tarkibida sulfat kislota mavjud boʻlgan qoʻrgʻoshin toshqalini tashishda avtotransport vositasining kuzovi ichkaridan parafin va qatron surilgan karton qoplanishi kerak, koʻrsatib oʻtilgan xavfli yukni brezent ostida tashishda brezentning yuk bilan bevosita tutashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Oʻyuvchi va korroziyali moddalarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi yonuvchi qoldiqlardan (poxol, pichan, qogʻoz va hokazolardan) tozalanishi kerak. Korroziyani keltirib chiqaradigan siqilgan gazlarni tashish uchun moʻljallangan sisternalar va bochkalarda tamgʻalash joyi pasport maʼlumotlari tushirilgandan keyin korroziyaga qarshi rangsiz lok bilan qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Kislotalar bilan ortish-tushirish ishlarini amalga oshirishda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni himoya qilishning quyidagi vositalari qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kislotaga qarshi fartuk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) movut kostum;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rezina qoʻlqoplar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) koʻzoynaklar yoki niqoblar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ip gazlamadan tikilgan kiyimga kislotaga chidamli modda shimdirilmasdan kislotalar bilan ishlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Ishqorlar bilan ortish va tushirish ishlarini bajarishda kislota bilan ishlashdagi kabi himoya vositalaridan va kislotaga chidamli modda shimdirilgan kostumdan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Transportda tashishda nisbatan past xavfli moddalarga quyidagilar tegishlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yonuvchi moddalar va materiallar (efirlar, neft mahsulotlari, kolloid oltingugurt, ammoniy dinitroortokrezolat, kunjara, baliq uni, qatron, yogʻoch qirindisi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muayyan sharoitlarda oʻyuvchi va korroziyalovchi moddalar (oksidlovchilar, soʻndirilmagan ohak, natriy sulfitlar va kaliy, ammoniy tuzi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kuchsiz zaharli moddalar (pestitsidlar, shotsiantlar, boʻyoqlar, texnik moylar, mis birikmasi, ammoniy karbomid, zaharli urugʻlar va mevalar, anod massa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) aerozollar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Ushbu Qoidalarning 184-bandida sanab oʻtilgan moddalar ushbu Qoidalarning umumiy talablariga muvofiq tashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3-son, 23-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 59-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; 2016-y., 3-son, 23-modda, 9-son, 90-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son; 08.07.2024-y., 09/24/378/0480-son; 05.07.2024-y., 09/24/385/0479-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)