Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2018 05.03.2004 yildagi 109-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PORTLOVChI VA ZAHARLI MODDALARNI YaRATISh, IShLAB ChIQARISh, TAShISh, SAQLASh, REALIZATSIYA QILISh SOHASIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli “Sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashni va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda komissiya deb yuritiladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat litsenziyalanishi kerak bo‘lgan portlovchi va zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek portlatish vositalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish hamda sarflashda nazorat qilish, hisobga olish va xavfsizlikni ta’minlashning ulardan ruxsatsiz va belgilangan maqsaddan boshqa maqsadda foydalanishni istisno qiluvchi ishonchli, samarali tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatini litsenziyalash va keyinchalik uning monitoringini olib borish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiyaning ishchi organi funksiyasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga (keyingi o‘rinlarda matnda ishchi organ deb yuritiladi) yuklansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, ishchi organ o‘z vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalar berish yoki litsenziyalar berishni rad etish, litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish yoxud litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun komissiyaga kiritadi; tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasida berilgan litsenziyalarning alohida reyestrlarini yuritadi; litsenziyalanayotgan faoliyatning ayrim turlari bo‘yicha ishlayotgan yuridik shaxslar bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratadi va saqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini (ularning buzilishidan dalolat beruvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda) belgilangan tartibda rejali va rejadan tashqari tekshiradi, tekshirish davomida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha zarur axborotlarni litsenziatdan so‘rab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlarining mavjud buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha litsenziatga yozma ko‘rsatmalar jo‘natadi, ular bajarilmagan taqdirda esa komissiyaga ko‘rib chiqish uchun litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning samarali faoliyatini tashkil etish, portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B.J. Subanov), Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi (B.B. Alixonov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (A.J. Ramatov), “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (V.N. Tyan), “O‘zavtoyo‘l” davlat kompaniyasi (R.R. Yunusov) bilan birgalikda zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda Portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani, Portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini tashish qoidalarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-martdagi 109-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi qurol-yarog‘lar va o‘q-dorilarni yaratish, ishlab chiqarish, shuningdek zaharli moddalardan tibbiyot maqsadlarida foydalanish bo‘yicha faoliyatga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar tarkibi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash Komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda ishchi organ deb yuritiladi) komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishchi organ litsenziyalar berish yoki litsenziyalar berishni rad etish, litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish yoxud litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun komissiyaga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish huquqiga litsenziyalar berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish uchun ishchi organ tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni jalb qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga va faqat yuridik shaxslarga beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Litsenziya talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga majburiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi va zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek portlatish vositalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qo‘riqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini ta’minlash hamda portlovchi va zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejim va boshqa chora-tadbirlarni ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi va zaharli moddalarning, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarning, shuningdek portlatish vositalarining faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi miqdori va sarflanishini hisobga olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgori tomonidan portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorida unga mulk huquqi bilan yoki boshqacha qonuniy asosda tegishli bo‘lgan, faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun zarur moddiy-texnik bazaning (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat va o‘lchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatda tegishli malakaga ega bo‘lgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi va zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm yuzasidan hisobda turuvchi, shuningdek portlovchi va zaharli moddalarni qo‘llanish bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning yo‘qligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaharli moddalarning yonishini va oqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 7-bandida sanab o‘tilganlardan kelib chiquvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi ;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning litsenziyalanayotgan turlariga ruxsat etilgan tegishli malakali texnik xodimlarning ichki ishlar hududiy organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm yuzasidan hisobda turuvchi, shuningdek portlovchi va zaharli moddalarni qo‘llanish bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi, tegishli tibbiyot muassasalarining ma’lumotnomalari ilova qilingan ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorida portlovchi va zaharli moddalarni amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq saqlash uchun joylarning (portlovchi materiallar omborining tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnoma, omborning ijaraga olinganlik shartnomasi va boshqalar), ularni tashish uchun texnik vositalarning, portlovchi moddalarni tayyorlash uchun asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi texnik hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning litsenziyalanayotgan faoliyat bilan bog‘liq halokatli vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgori tomonidan uning arizasi ishchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hujjatlar ishchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar ishchi organ mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi ishchi organ tomonidan olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ ariza olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun komissiyaga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddat doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorida litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun mavjud shart-sharoitlarni joyiga borib baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishchi organning taklifi olingandan keyin o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Litsenziya bitimi ishchi organ va litsenziat o‘rtasida tuziladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va ishchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari namunalari ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, komissiya tomonidan tasdiqlanadi va ishchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Ishchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida ishchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, komissiya litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi organning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni vaqtda ishchi organ hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun komissiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin besh kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgorlarining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda ishchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat ishchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi organ o‘z vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan litsenziatga taklif yuborish, bunday buzilishlarni bartaraf etishning taklif etiladigan muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida ishchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi ishchi organda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, ishchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Litsenziyalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ishchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dublikat berish asoslari va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Davlat bojini to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Litsenziya berganlik uchun davlat boji respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-martdagi 109-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

Sultonov O‘.T. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Komissiya raisi ‎
—‎ “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Komissiya raisining o‘rinbosari‎
Yunusov A.N. ‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining yetakchi mutaxassisi, mas’ul kotib ‎

‎‎Komissiya a’zolari:

Alixonov B.B. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi‎
Ahmedov N.A. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi raisi ‎
Saidov A.M.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari‎
Samatov P.A. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari‎
Niyozmatov B.I.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari‎
Usmonov A.T. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari ‎
Ibrohimov G‘.I.‎ —‎ “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda Komissiya tarkibiga ularning o‘rniga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-martdagi 109-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat litsenziyalanishi kerak bo‘lgan portlovchi va zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek portlatish vositalari ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Portlovchi moddalar va portlatish vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlovchi moddalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ammiakli selitralar asosida (ammonitlar, ammonallar, akvatollar, grammonitlar, granulitlar, detonitlar, dinamonlar, karbatollar, poremitlar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nitrobirikmalar va ularning aralashmalari (trotil, dinitronaftalin, nitroglitserin, nitroglekol, TEN — pentaeritittetranitrat, geksogen, oktogen, tetril va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutunli va tutunsiz poroxlar, zaryadlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqqa chidamli portlovchi moddalar, zaryadlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlatish vositalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘t o‘tkazuvchi pilta, poroxlarni yoqishning maxsus vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
piston — portlatgichlar, pistonsiz portlatishda tezlashtiradigan vositalar, elektrportlatgichlar, shuningdek elektralangalatuvchilar va quduqlarda o‘q otib portlatish ishlari uchun issiqqa chidamli portlovchi patronlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez portlovchi piltalar, tez portlovchi tasmalar, pirotexnik rele;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq portlatgichlar va shashka — portlatgichlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Zaharli moddalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akrilonitril (ventoks);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metil spirti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mishyakli angidrid;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mishyaksimon angidrid;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dixlorid simoblar (sulema) va boshqa simob tuzlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikel tetrakarbonili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sariq fosfor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tsianidli vodorod va uning tuzlari (natriy tsianid, kaliy tsianid, kadmiy tsianid, kumush tsianid, simob tsianid va oksitsianid, qo‘rg‘oshin tsianid, mis tsianid, rux tsianid, kalsiy tsianid);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tsianqotishma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“siklon”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etilmerkurxlorid.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 114-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda)