Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.08.2000 yildagi 331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-YIL PAXTA HOSILINI YIGʻIShTIRIB OLIShNI UYuShQOQLIK BILAN OʻTKAZISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil paxta hosilini yigʻishtirib olishni uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Xoltoyev), “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi (Zikriyoyev), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Yusupov), boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari paxta terish mashinalari, transport traktorlari, paxta tashish uchun maxsus jihozlangan yuk avtomobillari, paxta tozalash zavodlari, paxta tayyorlash punktlari hamda quritish-tozalash sexlari shu yil 1-sentabrgacha hozirlab qoʻyilishini, shuningdek, xoʻjaliklarga talab qilingan miqdorda fartuklar, brezentlar va yigʻim-terimni qisqa muddatlarda hamda nobudgarchiliksiz oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika resurslari yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Xoltoyev), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Yusupov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻoʻza bargini toʻkish 2000-yil 20-sentabrdan kechiktirmasdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa shu yil 25-sentabrdan kechiktirmay tugallangan holda eng qulay muddatlarda sifatli oʻtkazilishini taʼminlasinlar. Gʻoʻza bargini toʻkishni yerda olib borish usuli bilan oʻtkazish uchun texnika vositalari va apparatlar tayyorlab qoʻyilishiga birinchi darajali ahamiyat bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosil paxta terish mashinalari bilan 1-ilovada nazarda tutilgandan kam boʻlmagan hajmda yigʻishtirib olinishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalalarni “Keys” gorizontal shpindelli mashinalarning ishlashi uchun tayyorlashga alohida eʼtibor bersinlar, har bir ana shunday mashina uchun kamida 140 gektar paxta maydoni ajratilishini taʼminlasinlar. Gorizontal shpindelli mashinalardan unumli foydalanilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Yusupov), “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi (Matchonov) paxta terish mashinalari, shuningdek, paxta yigʻim-terimi va tayyorlashda band boʻlgan boshqa texnika uchun dvigatellar, uzellar, agregatlar va boshqa materiallarning almashtirish fondlarini tashkil etsinlar, ularning belgilangan joylarga zudlik bilan yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Roʻzmetov), Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy-tadqiqotlar respublika markazi (Muhamadaliyev) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasining buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza bargini toʻkish uchun zarur boʻlgan miqdorda samolyotlar va maxsus motodeltoplanlar ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Paxta yigʻim-terimi qatnashchilarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida xoʻjaliklarga paxta terimi uchun dalalardagi mavjud hosilga qarab tabaqalashtirilgan haq toʻlash tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻl terimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terilgan 1 kilogramm oʻrta tolali nav paxta uchun kamida 14 soʻm, ingichka tolali paxta uchun 16 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terilgan 1 kilogramm oʻrta tolali urugʻlik paxta uchun kamida 16 soʻm, ingichka tolali paxta uchun 18 soʻm haq toʻlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina-traktor parklari va xoʻjaliklar mexanik-haydovchilarga ikki qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashinasida terilgan bir tonna paxta uchun kamida 300 soʻm, toʻrt qatorli mashinada terilgan paxta uchun kamida 200 soʻm, ikki qatorli gorizontal shpindelli mashinada terilgan paxta uchun kamida 150 soʻm miqdorida haq toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan har besh kunda hisob-kitob qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi, Markaziy bank va boshqa tijorat banklari terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan, shuningdek, paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish, joylashtirish hamda ishlov berish, paxta terish texnikasiga texnika xizmati koʻrsatish va tuzatishda band boʻlgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish uchun xoʻjaliklarni, mashina-traktor parklarini, tayyorlov punktlarini, paxta tashuvchilarni, paxta tozalash zavodlarini mehnatga haq toʻlashning idoraviy ichki normativlari boʻyicha oʻz vaqtida mablagʻ va yetarli miqdorda naqd pul bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari shirkat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari har bir oila, ijara pudrati va boshqa ichki xoʻjalik boʻlinmalari bilan topshirilgan paxta xomashyosining amaldagi hajmi va sifati asosida hisob-kitob qilinishini taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik ichki pudrati ayrim boʻlinmalari zararlari boshqa boʻlinmalar daromadlari hisobiga qoplanishi qatʼiy taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari Jizzax va Sirdaryo viloyatlari xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga koʻra 2-ilovaga muvofiq ortiqcha mehnat resurslari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan viloyatlarga paxta terimiga safarbar qilinishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi paxta terimiga jalb qilingan odamlarning tayinlangan joylarga olib borilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi buyurtmanomalariga koʻra tuzilgan shartnomalar asosida respublika mintaqalari boʻyicha paxta tashish uchun zarur miqdorda yuk mashinalari ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi paxta yigʻim-terimi mavsumida qatnashuvchi paxta terish mashinalari va boshqa texnikaning uzluksiz ishlashini tashkil etishda paxta ekuvchi xoʻjaliklarga va mashina-traktor parklariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida viloyatlarga 3-ilovaga muvofiq sanoat korxonalarini biriktirib qoʻysinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi (Ahmedov) yonilgʻi-moylash materiallari xoʻjaliklarga, fermyerlarga, mashina-traktor parklariga va paxta tozalash sanoati korxonalariga yigʻim-terim ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan miqdorda uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzbekbirlashuv” (Bekchonov), “Oʻzbeksavdo” (Fayziyev) kompaniyalari, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi (Najmiddinov) paxta yigʻim-terimi qatnashchilarini oziq-ovqat va boshqa xalq isteʼmol tovarlari bilan uzluksiz taʼminlash masalalarini oʻz vaqtida hal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (Nazirov) paxta yigʻim-terimida band boʻlgan xodimlarga zarur tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi (Joʻrayev), Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi (Abdullayev) hosil yigʻim-terimi davrida terimchilarga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etsinlar, sanʼat ustalari va adabiyot namoyandalarining xoʻjaliklarga borishlarini, gazeta va jurnallar oʻz vaqtida yetkazib berilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (Koʻchimov) zamonaviy usullarni amaliyotda qoʻllagan holda paxta yetishtirish va uni terib olishda yuqori natijalarga erishgan ishlab chiqarish ilgʻorlari terimchilar, mexanik haydovchilar, ijarachilar, fermyerlar, xoʻjaliklar rahbarlariga alohida eʼtibor qaratgan holda 2000-yilgi paxta yigʻim-terimining borishini radio va televideniyeda muntazam ravishda yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari T. Xoltoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-avgustdagi 331-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil hosilidan paxtani mashinalarda terishning eng kam miqdorlari yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekin maydoni, ming ga Mashinada terish maydoni, ming ga

Paxta terish mashinalari qatnashishi‎

Mashinada paxta terish hajmi, ming tonna‎
hammasi‎ shu jumladan, gorizontal shpindelli mashinalar‎ ulardan 2000-yilda keladiganlari‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎

125‎ 9,4‎ 203‎ 3‎ 17,6‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 106‎ 1,4‎ 10‎ 10‎ 3,6‎
Buxoro‎ 129‎ 5,8‎ 86‎ 19‎ 15‎
Jizzax‎ 104,5‎ 36‎ 468‎ 157‎ 50‎ 73,3‎
Qashqadaryo‎ 164‎ 27,2‎ 374‎ 109‎ 35‎ 60,2‎
Navoiy‎ 41‎ 1,5‎ 11‎ 11‎ 4‎
Namangan‎ 90‎ 4,4‎ 60‎ 18‎ 10‎ 10,8‎
Samarqand‎ 94‎ 2,8‎ 37‎ 12‎ 6,5‎
Surxondaryo‎ 120‎ 1,5‎ 11‎ 11‎ 4,4‎
Sirdaryo‎ 135‎ 32,4‎ 401‎ 151‎ 45‎ 64,2‎
Toshkent‎ 100,5‎ 29,4‎ 281‎ 176‎ 60‎ 71‎
Fargʻona‎ 121‎ 1,2‎ 16‎ 5‎ 3‎
Xorazm‎ 95‎ 3‎ 45‎ 10‎ 7,4‎
Jami‎ 1425‎ 156‎ 2003‎ 692‎ 200‎ 341‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-avgustdagi 331-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga paxta yigʻim-terimi uchun Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridan mehnat resurslarini safarbar etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha mehnat resurslariga muhtoj boʻlgan viloyatlar Mehnat resurslarini safarbar etish boʻyicha topshiriq, kishilar soni, hammasi Shu jumladan, viloyatlardan
nomi‎ soni‎
Jizzax‎‏ 15000‎‏ Andijon‎ 10000‎
Namangan‎ 5000‎
Sirdaryo 15000‎‏ Fargʻona‎ 10000‎
Namangan‎ 5000‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-avgustdagi 331-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi zavodlarining paxta terish texnikasini tayyorlashni tugallash va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashda yordam koʻrsatish uchun viloyatlarga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIRIKTIRILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati‎ “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik jamiyati‎
“Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati‎
“Asaka taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati‎
“Toshkent agregat zavodi” aksiyadorlik jamiyati‎
“Oʻzgidravlika” aksiyadorlik jamiyati‎
Qashqadaryo viloyati‎ “Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati‎
“Kimyoqishloqmash” aksiyadorlik jamiyati‎
“Qarshitaʼmir” aksiyadorlik jamiyati‎
“Toshkent tajriba-tuzatish mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati‎
Sirdaryo viloyati‎ “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati‎
“Dalvarzin taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati‎
“Qoʻqon taʼmirlash” aksiyadorlik jamiyati‎
“Uskunaquruvchi” aksiyadorlik jamiyati‎
“Kugaytaʼmirlash” aksiyadorlik jamiyati‎