Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016 21.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1317-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

“BOJ OLINMAYDIGAN SAVDO DOʻKONI” BOJXONA REJIMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1317-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan “Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1317, 2004-yil 27-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 102-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais S. NOSIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-30-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni ikki turga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirib kelayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi doirasidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan xorijiy tovarlarni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqadigan tovarlarni erkin almashtiriladigan valyutada sotish, shu jumladan joyning oʻzida isteʼmol qilish uchun chakana sotish uchun moʻljallangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni — xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlar va ularga tenglashtirilgan ushbu tashkilotlarning vakolatxonalariga, xorijiy xodimlariga, shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan ularning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan xorijiy tovarlarni shaxsiy foydalanish uchun erkin almashtiriladigan valyutaga sotishga moʻljallangan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlari yoʻlovchilarning xalqaro yoʻnalishlari uchun ochilgan aeroportlarda, portlarda, jismoniy shaxslar chegarani kesib oʻtishlari uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegaralari orqali oʻtkazish punktlarida taʼsis etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlari Toshkent shahrida va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan belgilanadigan joylarda ochilishi va faoliyat koʻrsatishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni sotish faqat xaridorning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda Nazorat-kassa mashinalari davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa cheki raqami;

reysning raqami va xaridorning samolyotdagi joyi raqami (havoda tashishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilingan vaqt va sana;

sotiladigan tovarning nomi, narxi va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi tomonidan olingan xorijiy valyuta summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa apparati raqami;

boj olinmaydigan savdo doʻkonining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining — boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasining soliq toʻlovchining individual raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarni sotish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya kartochkasi taqdim etilganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda Nazorat-kassa mashinalari davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa cheki raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasi — yuridik shaxsning nomi, uning yuridik manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida berilgan akkreditatsiya kartochkasining toifasi, raqami, xodimning yoki uning oila aʼzosining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, kartochka kim tomonidan berilganligi va uning amal qilish muddati koʻrsatilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilingan vaqt va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning nomi, miqdori, bittasining qiymati, umumiy qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa apparati raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining — boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasining soliq toʻlovchining individual raqami”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“151. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ikki nusxada tuziladigan buyurtmanomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun tovarlarni sotib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomaning bir nusxasi boj olinmaydigan savdo doʻkonida saqlanadi, ikkinchi nusxasi xaridorga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining, xalqaro tashkilot vakolatxonasining va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning xaridni amalga oshirish vakolati berilgan shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi, toifasi, shuningdek akkreditatsiya kartochkasi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning nomi, miqdori, bittasining qiymati, umumiy qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanoma tuzilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxona boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni sotib olish maqsadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlar erkin muomaladagi valyutada naqd pulga yoki bank plastik va kredit kartochkalari yoki xorijiy valyutadagi bank oʻtkazmalari boʻyicha sotiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) davlat asillik tamgʻasiga ega boʻlmagan qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtmaydigan jismoniy shaxslarga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan xorijiy shaxslarga boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlar sotishga (sotib olishga) ruxsat berilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 18-band “orqali” degan soʻzdan keyin “(Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan tashqari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“23. Bojxona organi boj olinmaydigan savdo doʻkonidan sotib olingan tovarlarning haqiqatda olib oʻtilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“24. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslarning boj olinmaydigan savdo doʻkonidan sotib olgan tovarlarni almashtirish va ayirboshlash Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar yangi tovar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilmayotgan boʻlsa, bunday tovar import boji va soliqlarga tortiladi, ularni undirish esa bojxona organlari zimmasiga yuklatiladi, Oʻzbekiston tovarlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojsiz olib kirishning normasi hamda aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi solinmaydigan tovarlarni olib kirish normasi jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidan olib kiriladigan va uning tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirishda boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan sotib olingan tovarlarning jamiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy jismoniy shaxslarga, shuningdek xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan aksiz toʻlanadigan tovarlarni mazkur Nizomning 3 va 4-ilovalarida koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda xarid qilishga ruxsat beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 27-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “2” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilari deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2-ilovaning grifidagi “2-ilova” degan soʻzlar “5-ilova” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq 2, 3 va 4-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni sotib olishga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYuRTMANOMA

‎___________________________________________________________________

(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasining va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi)

‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
_____________________________________ vakolatini beraman

‎(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning xaridni amalga oshirish vakolati berilgan shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi, toifasi, shuningdek akkreditatsiya kartochkasi raqami)

Quyidagi tovarlarni ‎‎________________________________________
‎‎‎

‎‎(tovarlarni sotib olishning maqsadi)

‎‎sotib olish uchun:
T/r‎ Tovarning nomi‎ Miqdori‎ Bittasining qiymati‎ Umumiy qiymati‎
1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

‎‎‎______________________

‎________________________________________‎‎

(buyurtmanoma tuzilgan sana)

(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolat- xonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxona boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)”.‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Xorijiy jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilishning cheklangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMALARI*

Tovar guruhining raqami‎ Tovarning nomi ‎ TIF TN boʻyicha tovar kodi‎ Aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilish normasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎
18‎ tarkibida kakao boʻlgan shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari‎ 1806 20,
‎1806 90 ‎
5 kg‎
22 solod (shirinmiya) pivosi‎ 2203 00‎ 3 l‎
vino‎ 2204 10,
‎2204 21,
‎2204 29,
‎2205 ‎
3 l‎
spirt konsentratsiyasi 80% hajmdan kam boʻlgan denaturlanmagan etil spirti; spirtli damlamalar, likyorlar va boshqa spirtli ichimliklar‎ 2208‎ 3 l‎
24 sigaralar, sigarillalar‎ 2402 10 000 0‎ 10 pachka‎
tamaki yoki uning oʻrnini bosuvchilardan tayyorlangan sigaretalar‎ 2402 20,
‎2402 90 000 0 ‎
50 pachka‎
33‎ parfyumeriya, kosmetika yoki pardoz vositalari‎ 3303 00,
‎3304,
‎3307 20 ‎
har bir nomdagi tovardan 1 dona, lekin 3 donadan koʻp boʻlmagan miqdorda‎
71 qimmatbaho metallardan yoki qimmatbaho metallar qoplangan metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va ularning qismlari‎ 7113‎ umumiy vazni 20 grammdan ortiq boʻlmagan 2 dona buyum ‎
zargarlar yasagan tilla yoki kumush buyumlar va ularning qismlari‎ 7114‎ umumiy vazni 20 grammdan ortiq boʻlmagan 2 dona buyum ‎
tabiiy yoki etishtirilgan marvariddan yasalgan buyumlar‎ 7116‎ umumiy vazni 20 grammdan ortiq boʻlmagan 2 dona buyum‎
joʻn taqinchoqlar‎ 7117‎ 0,5 kg dan ortiq boʻlmagan miqdorda‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilishning cheklangan normalari xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot va unga tenglashtirilgan tashkilot vakolatxonasining bir xodimiga va u bilan birga yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmaydigan, uning oilasining voyaga etgan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan har bir aʼzosiga 1 (bir) oylik muddatga belgilanadi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilishning cheklangan normalaridan foydalanilmaganda yoki toʻliq foydalanilmaganda uning qoldigʻi qoʻshilmaydi va keyingi davrlarga koʻchirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilishning cheklangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMALARI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar guruhining raqami‎ Tovarning nomi ‎ TIF TN boʻyicha tovar kodi‎ Aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilish normasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎
18‎ tarkibida kakao boʻlgan shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari‎ 1806 20,
‎1806 90 ‎
5 kg‎
22 solod (shirinmiya) pivosi‎ 2203 00‎ 3 l‎
vino‎ 2204 10,
‎2204 21,
‎2204 29,
‎2205 ‎
3 l‎
spirt konsentratsiyasi 80% hajmdan kam boʻlgan denaturlanmagan etil spirti; spirtli damlamalar, likyorlar va boshqa spirtli ichimliklar‎ 2208‎ 3 l‎
24 sigaralar, sigarillalar‎ 2402 10 000 0‎ 10 pachka‎
tamaki yoki uning oʻrnini bosuvchilardan tayyorlangan sigaretalar‎ 2402 20,
‎2402 90 000 0 ‎
50 pachka‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilishning cheklangan normalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan bir xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot va unga tenglashtirilgan tashkilot vakolatxonasiga 1 (bir) oylik muddatga belgilanadi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilishning cheklangan normalaridan foydalanilmaganda yoki toʻliq foydalanilmaganda uning qoldigʻi qoʻshilmaydi va keyingi davrlarga koʻchirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, tadbirlar oʻtkazish davrida xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot va unga tenglashtirilgan tashkilot vakolatxonasining yozma murojaatiga muvofiq Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni joylashgan zonada faoliyat koʻrsatayotgan bojxona organi tovarlarni xarid qilish miqdorini murojaatnomada koʻrsatilgan miqdorgacha koʻpaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 27-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 3-son, 31-modda)