OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISh, SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
SANOAT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI EKSPERT TAShKILOTLARINI AKKREDITATSIYA QILISh VA ULAR FAOLIYATI USTIDAN INSPEKSIYA NAZORATI OʻTKAZISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 19-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2022-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2010-y., 35-36-son, 301-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 24-avgustdagi 167-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2022, 2009-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 463-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazorati oʻtkazish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-yanvar,
10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 14-yanvardagi 10-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazorati oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” degan soʻz “Sanoatgeokontexnazorat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 5-bandda:
“b” kichik banddagi “vakolatli organ” degan soʻzlar “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“z” kichik banddagi “hujjatlarning nusxalari” degan soʻzlar “hujjatlar yoki ularning buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan nusxalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“i” kichik banddagi “va faoliyati boʻyicha” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 14, 18, 23, 33 va 82-bandlaridagi “Sanoatkontexnazorat” degan soʻz “Sanoatgeokontexnazorat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 41-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
5. 2-ilovada:
29-banddagi “Sanoatkontexnazorat” degan soʻz “Sanoatgeokontexnazorat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Ekspert tashkiloti akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini tavsiflovchi deklaratsiyaga ega boʻlishi hamda akkreditatsiya mezonlariga doimiy muvofiqligini taʼminlash maqsadida oʻzining ish faoliyati jarayonida yuzaga keladigan oʻzgarishlarni oʻz vaqtida mazkur deklaratsiyaga kiritishi lozim”;
32-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
36-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bu roʻyxat “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan shakllarda har oyda bir marotaba (keyingi oyning 5-sanasiga qadar) hisob yuritish uchun “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga taqdim etilishi zarur”.
6. 5-ilovadagi “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI “SANOATKONTEXNAZORAT” va “Sanoatkontexnazorat” degan soʻzlar tegishlicha “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISh, SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI “SANOATGEOKONTEXNAZORAT” va “Sanoatgeokontexnazorat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2010-yil 20-dekabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2010-yil 20-dekabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 20-dekabr
Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi raisi v.b. I. TURAMURATOV
2010-yil 20-dekabr
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
2010-yil 20-dekabr
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2010-yil 20-dekabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 20-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2010-yil 20-dekabr
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazorati oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalariga
6-ILOVA
6-ILOVA
| |
|
|
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISh, SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI “SANOATGEOKONTEXNAZORAT” | ||
|
| ||
|
|
| 20__ yil “__” ________da akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestrida ET - _____-son bilan roʻyxatga olingan. Amal qilish muddati 20 __ yil “___” _______ gacha |
|
AKKREDITATSIYA ATTESTATI | ||
| Ushbu akkreditatsiya attestati ______________________________________________ _______________________________________________________________________ | ||
|
(ekspert tashkiloti nomi va yuridik manzili) | ||
| _______________________________________________________________________ | ||
| sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini tasdiqlay�i. | ||
| Akkreditatsiya sohasi ushbu akkreditatsiya attestatining ajralmas qismi boʻlgan ilovada koʻrsatilgan. | ||
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi__________________________ |
_______________________ | |
|
M.Oʻ. |
(imzo) |
(F.I.O.) |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 3-son, 30-modda)