Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2021 06.05.2003 yildagi PF-3240-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2021
Hujjat 31.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KAPITAL QURILIShDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI YaNADA ChUQURLAShTIRIShNING ASOSIY YOʻNALIShLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-45-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoqda bozor iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga mos keladigan xoʻjalik munosabatlarini keng joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallarining rivojlangan bozorlarini shakllantirish, qurilishda narx belgilash mexanizmini takomillashtirish, loyihalarni amalga oshirishning pirovard natijalari va samaradorligi uchun investitsiya jarayoni barcha qatnashchilarining masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-2004-yillarda loyiha va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonlarini toʻliq tugallash, ularning negizida asosan xususiy va qoʻshma korxonalar tashkil etish, loyiha va qurilish ishlari bozorida raqobat muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishda boshqaruv va xoʻjalik munosabatlari tizimiga bozor tamoyillari hamda mexanizmlarini keng joriy etish, loyiha va qurilish ishlarini bajarishga buyurtmalar joylashtirishda tanlov savdolari (tenderlar)ni tashkil etish darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni tashkil qilishning asosiy shakli sifatida inshootlarni toʻliq qurib bitkazishga oʻtish, ishlarni yuqori sifatli bajarish hamda inshootlarning toʻliq qurib bitkazilib topshirilishini taʼminlaydigan injiniring kompaniyalari va loyiha-qurilish tashkilotlarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari bozorini kengaytirish, ularning ilgʻor turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, markazlashtirilgan manbalar hisobidan, shuningdek Hukumat kafolati bilan jalb etiladigan investitsiyalar hisobidan yangi korxonalar qurish, ularni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta qurollantirish faqat tanlov (tender) savdolari asosida kontrakt tuzgan holda ishlarni toʻliq bajarish sharti bilan amalga oshiriladi. Bunda tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish majburiyati bitta kontrakt boʻyicha qiymati 100 ming AQSh dollaridan ortiq ekvivalentda amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga tatbiq etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda inshootlarni toʻliq qurib bitkazishni tashkil etish toʻgʻrisidagi yangi Nizomni va Inshootlarni toʻliq qurib bitkazishning namunaviy pudrat shartnomasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjatlarda quyidagilar aniq belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi ishlar (xizmatlar) bajarilishini loyiha qiymatining 30 foiziga qadar miqdorda avans bilan taʼminlashi, kelishilgan jadval boʻyicha avansni hisobga olgan holda 50 foizga qadar miqdorda joriy moliyalashni amalga oshirishi hamda inshoot qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgandan keyin uzil-kesil hisob-kitob qilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi inshootning buyurtmachiga tasdiqlangan loyiha va kontraktda shart qilib qoʻyilgan talablarga muvofiq topshirilishini taʼminlaydi hamda investitsiya jarayonining barcha bosqichlarida jami ishlarni amalga oshirish boʻyicha kontraktning bajarilishi uchun, qurilish sifati va inshootning oʻz vaqtida topshirilishi uchun buyurtmachi oldida iqtisodiy jihatdan javobgar boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi inshootni toʻliq qurib bitkazish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun tijorat banklarining kreditlarini jalb etishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning pirovard moliyaviy natijalari va kontraktda belgilangan shartnomaviy narxga rioya etilishi uchun masʼuliyat pudratchi zimmasiga yuklanadi, uning amaliy qiymatini pasaytirish natijasida tejab qolingan mablagʻ esa uning ixtiyorida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, tijorat banklari bilan birga bir oy muddatda pudrat tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi takliflarni oʻrganib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda qurilishni boshqarish tizimidagi boʻgʻinlarni qisqartirish koʻzda tutsin va undan boʻshaydigan aktivlar pudrat tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat ishlariga bitta kontrakt boʻyicha qiymati 100 ming AQSh dollaridan ortiq ekvivalentda buyurtmalarni joylashtirish faqat tanlov savdolarini oʻtkazish shartlari asosida amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari (tenderlar)da ishtirok etishga faqat ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 20 foizi miqdorida aylanma mablagʻlariga yoki mazkur mablagʻlarni berish uchun bank kafilligiga ega boʻlgan pudrat tashkilotlarigina qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishdagi tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar va bunda tanlov savdolari (tenderlar) oʻtkazish borasida belgilangan tartibni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish choralarini koʻzda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, buyurtmachi bilan bosh pudratchi oʻrtasidagi, bosh pudratchi, subpudratchi, loyiha tashkilotlari hamda qurilish materiallari va konstruksiyalari yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi barcha munosabatlar oraliq boʻgʻinlarining ishtirokisiz faqat shartnoma munosabatlari asosida kontrakt tuzgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birga bir oy muddatda qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tubdan qayta ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar. Bunda buyurtmachi va pudratchining javobgarlik choralari aniq belgilanib, quyidagilar koʻzda tutilsin:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi yerlarning oʻz vaqtida ajratilishi, buyurtmachining formati berilishi, tender hujjatlari tayyorlanishi, pudrat ishlariga tanlov savdosi (tender) ni tashkil etish va oʻtkazish, tuzilgan kontrakt (shartnoma)ga muvofiq kelishilgan grafik boʻyicha oʻz vaqtida moliyalash uchun javobgar boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi loyihaning ish hujjatlari tayyorlanishi va ekspertizadan oʻtkazilishi, ishlarning kontraktda kelishib olingan grafikka qatʼiy muvofiq ravishda bajarilishi va inshootning oʻz vaqtida foydalanishga topshirishi uchun, belgilangan qurilish meʼyorlari va qoidalariga qatiy rioya etilishi uchun javobgar boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshootni foydalanishga qabul qilib olish buyurtmachi tomonidan qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha hududiy Inspeksiyalar ishtirokida belgilangan sifat standartlarini hisobga olgan holda taʼminlanadi, nuqsonlar mavjud boʻlgan taqdirda esa nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan organlarning xulosasi boʻyicha sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymati miqdoridagi ishlarning hajmi chiqarib tashlanadi yoki nuqsonlar aybdor tomonning mablagʻlari hisobidan bartaraf etiladi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt shartlarini buzish bilan bogʻliq barcha sarf-xarajatlar va koʻrilgan zararlar aybdor tomon — buyurtmachi yoki pudratchi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bosh pudratchilar va subpudratchilar, pudrat tashkilotlari hamda qurilish materiallari va konstruksiyalari yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning yagona namunaviy tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar. Bunda qurilish materiallari va ishlarning qiymati sunʼiy ravishda qimmatlashuvini bartaraf etish maqsadida munosabatlar tizimidagi oraliq boʻgʻinlari hamda vositachi tashkilotlar tugatilishi koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birga ikki oy muddatda davlat mablagʻlari hisobidan qurilish ishlarini amalga oshiruvchi buyurtmachilarning faoliyatini tubdan takomillashtirish, shu jumladan inshootlar qurilishining borishi ustidan texnik nazoratni kuchaytirish, ularning taʼminot, savdo-vositachi tashkilotlarini hamda buyurtmachi nomidan ish koʻruvchi oraliq tuzilmalarini tugatish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish chogʻida kapital qurilishda joriy shartnomaviy narxlarga oʻtish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari (tenderlar) natijalariga koʻra yangi quriladigan inshootlarga doir tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) boʻyicha joriy narxlarga oʻtish shartnoma (kontrakt) tuzilgan paytdan boshlab, oʻtuvchi inshootlar boʻyicha esa — 2004-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish inshootlari boʻyicha tanlov savdosi (tender) gʻoliblari bilan qurilishning birinchi yilida oʻzgartirilmaydigan va keyingi yillarda moddiy-texnika hamda boshqa resurslarga narxlar darajasi hisobga olingan holda aniqlashtiriladigan shartnomaviy narx boʻyicha tegishli kontraktlar (pudrat shartnomalari) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda joriy narxlarga oʻtish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar 2008-yilning 1-yanvariga qadar ularni ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar va ularning butlovchi buyumlarini olib kelish chogʻida bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilinsinlar (bojxona rasmiylashtirishi uchun yigʻimlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing shartlari asosida foydalaniladigan yangi yuqori unumli qurilish mashinalari, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalari sotib olishni moliyalash manbalari toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarning qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalarini ularning budjet oldidagi qarzlarini qoplash hisobiga lizing kompaniyalarining ustav sarmoyasiga oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K. N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3240-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 68-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)