Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 23-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4117-sonli Farmoniga muvofiq hamda zamonaviy xalqaro standartlar va talablarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi boʻlmagan shaxslarining biometrik harakatlanish hujjati toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevralda qabul qilingan PF-2240-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi pasporti va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma 2015-yil 31-dekabrgacha haqiqiyligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xoʻjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M. Hazratqulov) ommaviy axborot vositalarida (matbuot, televideniye, radioeshittirish) fuqarolar oʻrtasida mazkur Farmonning asosiy qoidalarini keng targʻib qilish boʻyicha chiqishlar va mavzuga oid koʻrsatuvlar tayyorlashni taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (E. Gʻaniyev) belgilangan tartibda xorijiy davlatlar hukumatlarini, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotini va Xalqaro standartlashtirish tashkilotini Oʻzbekistonda milliy pasport tizimini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrda qabul qilingan PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari roʻyxatining V boʻlimi quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov) Adliya vazirligi (R. Muhitdinov) va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-yanvar,
PF-4262-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish, almashtirish, undan foydalanish, roʻyxatga olish, roʻyxatdan chiqarish tartibini, shuningdek pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (keyingi oʻrinlarda — pasport) — Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaxsini tasdiqlovchi, pasport egasining shaxsiy biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega boʻlgan hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
personallashtirish — pasport egasining biografik maʼlumotlarini va biometrik parametrlarini pasport blankasiga kiritish;
verifikatsiya — pasportga kiritilgan biometrik parametrlarning pasport egasining biometrik parametrlari bilan mosligini mashina yordamida tekshirish;
fuqaroni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish — fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi muayyan joyda doimiy yoki vaqtincha yashash faktining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli xizmatlari tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda qayd qilinishi;
xorijda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqib, xorijga doimiy yashashga chiqish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
xorijda vaqtincha boʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, xorijga chiqib, vaqtincha u yerda boʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
konsullik muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining konsullik boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatda taʼsis etiladigan bosh konsulxonasi, konsulxonasi, vitse-konsulxonasi va konsullik agentligi;
konsullik roʻyxati — tegishli konsullik okrugi hududiga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari qoshida belgilangan tartibda qayddan oʻtkazish;
doimiy konsullik roʻyxati — doimiy yashash uchun xorijga chiqish ruxsatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasi konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qayddan oʻtkazish;
vaqtincha konsullik roʻyxati — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, xorijda vaqtincha boʻladigan, xorijga vaqtincha chiqish ruxsatnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan qayddan oʻtkazish;
konsullik okrugi — konsullik muassasasiga konsullik vazifalarini bajarish uchun biriktirilgan bir yoki bir necha davlat hududi;
maʼlumotlarni yigʻish punkti — pasport olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik maʼlumotlarini va biometrik parametrlarini jamlash, ushbu maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi oʻrinlarda — DPM) topshirish hamda fuqarolarga biometrik parametrlarga ega pasportlar berish boʻyicha vazifalarni bajaruvchi ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari;
Keyingi tahrirga qarang.
pasport olish uchun talabnoma — pasport oluvchi haqida maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan shakllantirilgan biografik maʼlumotlar va biometrik parametrlarni oʻz ichiga olgan elektron hujjat (keyingi oʻrinlarda — talabnoma).
3. Pasport Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Pasport Oʻzbekiston Respublikasi mulkidir va uning egasi Oʻzbekiston Respublikasi himoyasidadir.
5. 16 yoshga toʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (keyingi oʻrinlarda — fuqarolar) pasportga ega boʻlishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Pasport fuqarolarga 10 yil muddatga beriladi.
Hali 16 yoshga toʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan shaxslarga pasport 5 yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pasportning amal qilish muddati tugagach, 16 yoshga toʻlmagan shaxs uni maʼlumotlarni yigʻish punktiga topshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Fuqaro pasport olish uchun doimiy roʻyxatda turadigan yoki konsullik roʻyxatida turadigan joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga pasportining amal qilish muddati tugagach bir oydan kechikmasdan, birinchi marta pasport olayotgan shaxs esa 16 yoshga toʻlganidan keyin bir oydan kechikmasdan murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Pasport blanki qatʼiy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi.
Pasport blanklarini ishlab chiqarish “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasida, biometrik pasportlarni personallashtirish va yoʻq qilish — DPMda, pasportlarni egalariga topshirish — maʼlumotlarni yigʻish punktlarida amalga oshiriladi.
Pasportlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Davlat feldyegerlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — DFX) tomonidan amalga oshiriladi.
Pasportlarni xorijdagi maʼlumotlarni yigʻish punktlariga va konsullik muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish belgilangan tartibda diplomatik pochta vositasi orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga muddatli harbiy xizmatni oʻtashga chaqirilgan fuqarolarning pasportlari mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar tomonidan olib qoʻyiladi va xizmat tugagunicha saqlanadi. Muddatli harbiy xizmat tugagach mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar bir oy muddat ichida fuqarolarga olib qoʻyilgan pasportlarini qaytarishlari shart.
Kontrakt asosida harbiy xizmatga kirgan, oliy harbiy-taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolarning pasportlari harbiy qismlarning va oliy harbiy-taʼlim muassasalarining kadrlar boʻlimlari tomonidan olib qoʻyilib, shtablarda saqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan harbiy xizmatchilarning pasporti boʻlmasa, shuningdek ularga pasport berish zarurati bilan bogʻliq boshqa hollarda, pasportlar Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — vazirliklar va idoralar)ning yozma iltimosnomalari asosida ushbu Nizomda belgilangan tartibda maʼlumotlarni yigʻish punktlari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchi xizmat tugaganidan keyin bir oy muddatdan kechikmay doimiy roʻyxatda turadigan joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga pasportni rasmiylashtirish uchun murojaat etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchilarning vazirliklar va idoralarning tegishli boʻlinmalarida saqlanayotgan pasportlari amal qilish muddati tugagandan keyin belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga joʻnatiladi.
10. Talabnoma DPMga yuborilganidan keyin pasport Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻn ish kuni mobaynida, xorijda — oʻn besh ish kuni mobaynida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqaro pasportini yoʻqotib qoʻygan taqdirda, yoʻqolgani haqida ariza berilgan kundan soʻng bir oy mobaynida belgilangan tartibda yangi pasport beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Pasport belgilangan namuna boʻyicha tayyorlanadi va oʻzbek hamda ingliz tillarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun esa — qoraqalpoq, oʻzbek va ingliz tillarida personallashtiriladi.
12. Pasport blankasiga quyidagi asosiy maʼlumotlar kiritiladi:
pasportni bergan davlatning nomi;
hujjatning nomi;
hujjatning turi;
pasportni bergan davlatning kodi;
pasportning raqami;
familiyasi, ismi, otasining ismi;
millati;
fuqaroligi;
tugʻilgan sanasi;
tugʻilgan joyi;
jinsi;
berilgan vaqti;
kim tomonidan berilgani;
personallashtiruvchi idora;
amal qilish muddati tugaydigan sana;
egasining raqamli surati;
egasi haqidagi mashina oʻqiydigan maʼlumotlar.
13. Chipga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
pasport egasi toʻgʻrisidagi biografik maʼlumotlar;
egasining raqamli surati;
qoʻl barmoq izlari.
14. Pasportdagi millati haqidagi yozuv ota-onaning millatiga muvofiq yoziladi. Agar ota-onalar turli millatga mansub boʻlishsa, birinchi marta pasport berilayotganda pasport egasining xohishiga qarab otasining yoki onasining millati yoziladi. Keyinchalik, fuqaroning yozma arizasiga koʻra millati haqidagi yozuv faqat bir marta otasi yoki onasining millatiga oʻzgartirilishi mumkin.
15. Pasportga:
harbiy majburiyat toʻgʻrisidagi;
nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi;
pasport egasining roʻyxatdan oʻtganligi va roʻyxatdan chiqqanligi toʻgʻrisidagi;
xorijga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi toʻgʻrisidagi (stiker);
Keyingi tahrirga qarang.
hamrohlik qilayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi (16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun);
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish toʻgʻrisidagi;
konsullik roʻyxatiga olingani yoki konsullik roʻyxatidan chiqarilgani toʻgʻrisidagi;
xorijiy davlatlarga kirish uchun ruxsatnoma (viza) toʻgʻrisidagi;
ilgari qoʻyilgan qaydlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Pasportda egasining imzosi boʻlishi lozim.
Fuqarolarning roziligiga koʻra ularning pasportlariga pasport egasining qon guruhi va qaysi rezusga mansubligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
16. Pasportga:
ichki ishlar idoralari boʻlinmalari tomonidan — pasport egasining roʻyxatdan oʻtganligi va roʻyxatdan chiqqanligi, xorijga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvlari, hamrohlik qiluvchi shaxslar (16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun) haqidagi, ilgari qoʻyilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi, shuningdek harbiy majburiyat va pasport almashtirilgan hollarda nikoh qayd qilinganligi haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar tomonidan — harbiy majburiyat toʻgʻrisidagi;
chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtganlik holati haqidagi va ilgari qoʻyilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi;
fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish idoralari tomonidan — nikohni qayd etish va bekor qilish haqidagi;
sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan — qon guruhi va qaysi rezusga mansubligi haqidagi;
Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan — konsullik roʻyxatiga olish yoki konsullik roʻyxatidan chiqarish haqidagi, xorijga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi haqidagi, hamrohlik qiluvchi shaxslar haqidagi (16 yoshga toʻlmagan bolalar uchun), nikohni qayd etish va bekor qilish haqidagi, ilgari qoʻyilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan — xorijiy davlatlarga kirish ruxsatnomalari (vizalar) haqidagi qaydlar kiritiladi.
Pasportga ushbu Nizomda koʻzda tutilmagan yozuvlar va qaydlarni kiritish taqiqlanadi.
II. Pasportni rasmiylashtirish, berish va undan foydalanish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
17. Quyidagi hollarda pasport rasmiylashtiriladi va beriladi:
shaxs 16 yoshga toʻlganda;
16 yoshga toʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotganida;
farzand xorijda tugʻilganida;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi olinganida;
pasportning amal qilish muddati tugaganida;
familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tugʻilgan sanasi oʻzgarganida;
yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida;
roʻyxatga olish (roʻyxatdan chiqarish), alohida maʼlumotlar yoki vizalar uchun moʻljallangan betlar ishlatilib boʻlinganida;
pasport blankasi yaroqsiz holga kelganida;
pasport yoʻqotib qoʻyilganida.
Pasport egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tugʻilgan sanasi oʻzgarganligi yoki yozuvlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganida, fuqaro maʼlumotlarni yigʻish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Agar fuqaro Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotganida pasportning amal qilish muddati bir yildan kamroq vaqtni tashkil etsa, ushbu hujjat almashtirilishi mumkin.
Alohida holatlarda — agar shaxs respublika hududidan tashqariga chiqayotgan vaqtda uning yoshi 15 dan oshgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti 16 yoshga toʻlmagan shaxsga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaro pasport olishi uchun doimiy roʻyxatda turadigan joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan shakldagi ariza;
ilgari berilgan pasport;
tugʻilganlik haqida guvohnoma (birinchi marta rasmiylashtirilayotganda);
35 x 45 mm oʻlchamdagi fotosurat;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya.
19. Haqiqiy harbiy xizmatni oʻtab, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan va pasporti boʻlmagan harbiy xizmatchilarga pasport kontrakt asosida xizmat qilgan harbiy xizmatchining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma asosida ular doimiy roʻyxatda turadigan maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilariga pasportlar harbiy qism joylashgan joydagi maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining iltimosnomalari asosida beriladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy va vaqtincha konsullik roʻyxatiga olingan fuqarolar ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan hollarda pasportni rasmiylashtirish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan shakldagi ariza;
ilgari berilgan pasport;
tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (birinchi marta pasport rasmiylashtirilayotganda);
35 x 45 mm oʻlchamdagi fotosurat:
Keyingi tahrirga qarang.
pasportni yoʻqotib qoʻyganligi haqidagi maʼlumotnoma (pasportni yoʻqotib qoʻyganda);
Keyingi tahrirga qarang.
konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar toʻlanganligi haqida kvitansiya.
21. Maʼlumotlarni yigʻish punkti taqdim etilgan hujjatlar asosida arizachining biografik maʼlumotlarini, elektron koʻrinishdagi qoʻl barmoq izlarini yigʻadi, shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi va pasportni rasmiylashtirish uchun talabnoma tuzib, soʻng DPM ga joʻnatadi.
22. Agar fuqaro qoʻl barmoq izlari olinishidan bosh tortsa va koʻzoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, maʼlumotlarni yigʻish punkti unga pasport rasmiylashtirishni rad etish huquqiga ega.
23. Maʼlumotlarni yigʻish punkti fuqaroga yangi pasport berish chogʻida ilgari berilgan pasportni olib qoʻyadi va uni yoʻq qilish uchun DPMga joʻnatadi.
24. DPM Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining tayyor boʻlgan pasportini DFX orqali pasport rasmiylashtirish uchun talabnoma joʻnatgan maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoki diplomatik kanallar orqali maʼlumotlarni yigʻish punktlariga yetkazib berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga topshiradi. Maʼlumotlarni yigʻish punktlari esa pasportlarni egalariga berishni taʼminlashlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy konsullik roʻyxatiga olingan va vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasida boʻladigan fuqarolar ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan hollarda pasport olish va almashtirish uchun ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Xorijga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda chiqqan, ammo Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasida konsullik roʻyxatida turmagan va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan paytida pasportini yoʻqotib qoʻygan fuqarolar soʻnggi doimiy roʻyxatda turgan joylaridagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat etadilar.
Agar arizachining turar joyi boʻlsa, ichki ishlar idoralari uni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazadi va manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birga unga pasport rasmiylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar arizachini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uchun uning turar joyi boʻlmasa, ichki ishlar idoralari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda unga istisno tariqasida pasport rasmiylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Agar fuqaro kelgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi boʻlmasa, u Oʻzbekiston Respublikasining mazkur mamlakat konsullik okrugiga kiradigan xorijdagi konsullik muassasasiga murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Fuqaro pasportini ehtiyot qilib saqlashi shart.
Pasportini yoʻqotib qoʻygan fuqaro zudlik bilan doimiy roʻyxatda turadigan joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga xabar berishi lozim. Mazkur maʼlumotlarni yigʻish punkti qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan amallarni bajarganidan keyin unga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda yangi pasport beradi.
Vaqtincha xorijda boʻlgan fuqarolar pasportlarini yoʻqotib qoʻysalar, pasport yaroqsiz holga kelsa yoki uning amal qilish muddati tugasa, Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsullik vakolatxonasiga murojaat etadilar, ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan shaxslar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Topib olingan pasport ichki ishlar idorasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasiga topshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Vafot etgan shaxsning pasporti fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish idorasiga topshiriladi. Ushbu idora hujjatni yoʻq qilish maqsadida DPMga topshirish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga joʻnatadi.
Xorijda vafot etgan fuqaroning pasporti Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga joʻnatiladi. Ushbu vazirlik esa hujjatni yoʻq qilish uchun DPMga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning pasporti surishtiruv, tergov idoralari yoki sud tomonidan olib qoʻyiladi. Agar shaxs sudning hukmi bilan qamoqda qoldirilsa, uning pasporti Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga joʻnatiladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-maydagi PF-5040-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 334-modda)
Shaxs qamoqdan ozod etilganida yoki jazo muddatini oʻtab boʻlgach, unga pasporti tergov, sud idoralari yoki jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati tomonidan qaytariladi.
Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning tergov, sud idoralarida yoki jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatida saqlanayotgan muddati oʻtgan pasportlari ushbu Nizomda belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga joʻnatiladi.
32. Tekshirish, verifikatsiya (solishtirib oʻqish) jarayonida noaniqliklar yoki chegara (migratsiya) belgilari, xorijiy vizalar, ruxsatnoma yozuvlari qalbakilashtirilgani alomatlari aniqlangan, shuningdek belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan pasportlar tegishli vazirliklar va idoralarga joʻnatish uchun chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan olib qoʻyilishi mumkin.
Majburiyatni bajarish maqsadida pasportni garov sifatida qabul qilish va topshirish taqiqlanadi.
34. Ushbu Nizom talablarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan shtamplar va blankalar namunalari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sogʻliqni saqlash, Adliya, Mudofaa vazirliklari va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Pasport berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan shaxslar davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Fuqaroni roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish
36. Fuqarolar doimiy yoki vaqtincha yashash joyida roʻyxatdan oʻtishlari shart.
37. Vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish shaxsning muayyan yashash joyida boʻlish muddatida amalga oshiriladi.
38. Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida boshqa joyga olti oydan ortiq muddatga boradigan fuqarolar avvalgi yashash joyidan roʻyxatdan chiqishlari shart, xizmat safariga, taʼtilga, oʻqishga va davolanishga boradigan fuqarolar bundan mustasno.
39. Fuqaroni roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish ichki ishlar idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu ichki ishlar idorasi ketish va kelish varaqalarini oʻz vaqtida hududiy manzil-maʼlumotnoma byurosiga yuborishi shart. Mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar va dam olish uylarining masʼul xodimlari bu yerlarga joylashgan, roʻyxatdan oʻtishi lozim boʻlgan shaxslar boʻyicha anketa-arizalarni hisobga olish uchun bir sutka ichida ushbu muassasalar joylashgan hududdagi manzil-maʼlumotnoma byurosiga joʻnatishlari shart.
Ichki ishlar idoralari har oyda kamida bir marta hududiy statistika idoralariga fuqarolarning roʻyxatdan oʻtishi — roʻyxatdan chiqishi haqida maʼlumotnoma joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Fuqaro yashashi moʻljallanayotgan joyga doimiy roʻyxatdan oʻtishi uchun quyidagilarni taqdim etadi:
belgilangan shakldagi ariza;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
tugʻilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan, ota-onasidan, vasiylaridan yoki homiylaridan alohida yashaydigan shaxslar uchun);
kontrakt asosidagi harbiy xizmatchining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (kazarmadan, kemadan tashqarida yashovchi harbiy xizmatchilar uchun);
turar joy hujjatlari;
davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya.
Hali 16 yoshga toʻlmagan va ota-onalari (vasiylari, homiylari) bilan birga yashaydigan bolalarni roʻyxatdan oʻtkazish tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma boʻyicha ular haqidagi maʼlumotlarni uy daftarlariga (roʻyxatdan oʻtkazish kartochkalariga) kiritish orqali amalga oshiriladi.
Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida roʻyxatdan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
41. Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgandan soʻng uch ish kuni mobaynida hujjatlarini roʻyxatdan oʻtish uchun kelgan joylaridagi ichki ishlar idoralarining boʻlinmalariga topshirishlari shart.
Roʻyxatdan chiqish hujjatlari doimiy yashash joylaridagi ichki ishlar idoralarining boʻlinmalari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Quyidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat uchun berilgan guvohnomaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, yashash joyi maydoni qanchaligidan qatʼi nazar, doimiy roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega:
turar joy mulkdori;
ota-onalar — farzandlarining yashash joyiga;
xotin (er) — eri (xotini)ning yashash joyiga;
voyaga yetmagan farzandlar va vasiylikka olinganlar — ota-onalarining va vasiylarining yashash joylariga;
oʻz oilalariga ega boʻlmagan yoki voyaga yetmagan farzandlari boʻlgan, ammo nikohdan oʻtmagan voyaga yetgan farzandlar — ota-onalarining yashash joylariga;
voyaga yetmagan va ota-onasi boʻlmagan tugʻishgan aka-ukalar va opa-singillar, shuningdek yoshidan qatʼi nazar, mehnatga layoqatsiz tugʻishgan aka-ukalar va opa-singillar, agar ular oʻz oilalariga ega boʻlmasalar — akasi va opasining (ukasi va singlisining) yashash joyiga;
ilgari mazkur aholi punktida yashagan, mehnat shartnomasi boʻyicha ishlash uchun vaqtincha boshqa joyga ketgan shaxslar, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga koʻra vaqtincha boshqa joyga ketganda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar — ilgarigi turar joylariga yoki qarindoshlarinikiga;
jazoni ijro etish joylaridan ozodlikka chiqqan shaxslar — ilgarigi turar joylariga, oila aʼzolarinikiga, qarindoshlarinikiga yoki hukm etilgunlarigacha yashagan shaxslarnikiga;
Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilari (va ularning oila aʼzolari), shu jumladan rezervga yoki isteʼfoga boʻshatilganlar — qarindoshlarinikiga yoki boshqa shaxslarnikiga, yashash joyi olgunicha (sotib olgunicha) boʻlgan davrga.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
44. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga koʻra ayrim mintaqalarda roʻyxatdan oʻtkazishning boshqacha tartibi joriy etilishi, shuningdek baʼzi joylarda aholining sogʻligʻini va xavfsizligini muhofaza qilish maqsadida fuqarolarning kelishiga cheklovlar oʻrnatilishi mumkin.
Cheklovlar amalda boʻlgan joylarda roʻyxatdan oʻtishlariga ruxsat etilmagan shaxslar shu joylarda joylashgan tashkilotlarga ishga qabul qilinishlari mumkin emas va yetti kun ichida ushbu joyni tark etishlari lozim. Ular chiqib ketishdan boʻyin tovlasalar, ichki ishlar idoralari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarib yuboriladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Turar joy mulkdori yashash joyi maydonidan qatʼi nazar, oʻz oila aʼzolarini va boshqa yaqin qarindoshlarini roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga ega.
Turar joy mulkdori qonun talablariga rioya etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolarini, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat uchun berilgan guvohnomaga ega boʻlgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga ega.
46. Bir nechta uyga yoki xonadonga ega boʻlgan mulkdor ulardan faqat bittasigagina doimiy roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
47. Sudning egallab turgan turar joyidan koʻchirib yuborish yoki ushbu turar joydan foydalanish huquqi bekor boʻlgan deb topish toʻgʻrisidagi kuchga kirgan qaroriga binoan roʻyxatdan oʻtish bekor qilinishi lozim.
Roʻyxatdan oʻtish qonunda koʻzda tutilgan boshqa hollarda ham sud qaroriga koʻra bekor qilinishi mumkin.
48. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni roʻyxatdan chiqarish ushbu shaxslarga nisbatan hukmlar qonuniy kuchga kirganidan soʻng amalga oshiriladi.
49. Vafot etganlar oʻlim qayd etilganidan keyin roʻyxatdan chiqarilishi lozim.
Oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
50. Fuqarolarni roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarishga taalluqli roʻyxatdan oʻtkazish (roʻyxatdan chiqarish) haqidagi arizalar, uy daftarlari (roʻyxatdan oʻtkazish kartochkalari), manzil varaqalari va boshqa hujjatlarning shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Konsullik roʻyxati
51. Belgilangan tartibda xorijga doimiy yashash uchun chiqib ketgan, shuningdek vaqtincha xorijda boʻladigan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinadilar.
52. Xorijga doimiy yashash uchun chiqqan va xorijga doimiy yashash uchun chiqishlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan fuqarolar doimiy konsullik roʻyxatiga olinadilar.
53. Xorijga xizmat safariga, oʻqish, davolanish va shartnoma boʻyicha ishlashga chiqqan va xorijga vaqtincha chiqishlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan fuqarolar vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqaro oʻzi borayotgan mamlakatga qonuniy tarzda va olti oydan ortiq muddatga kelgan taqdirda, u vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinadi.
54. Agar fuqarolar doimiy yashash, ish, oʻqish yoki xizmat safari joyi oʻzgarishi munosabati bilan olti oydan ortiq muddatga Oʻzbekiston Respublikasining boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga koʻchib oʻtishsa, ilgari turgan joylaridagi konsullik roʻyxatidan (doimiy, vaqtincha) chiqishlari va yangi kelgan joylarida konsullik roʻyxatiga olinishlari lozim.
55. Konsullik roʻyxatiga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi.
56. Fuqarolarning konsullik roʻyxatiga olish va konsullik roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi arizalarining, ularni konsullik roʻyxatiga olish va konsullik roʻyxatidan chiqarishga taalluqli qayd qilish kitoblari va boshqa hujjatlarning shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
57. Qonun hujjatlarida quyidagilar uchun javobgarlik belgilanadi:
pasportga ega boʻlishi shart boʻlgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan, vaqtincha yoki doimiy roʻyxatdan oʻtmay yashashi, pasportni ataylab yaroqsiz holga keltirganligi, shuningdek pasportni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolar oʻz pasportlaridan gʻarazli maqsadlari yoʻlida foydalanganligi, soʻng ularni yoʻqotib qoʻyganligi toʻgʻrisida ariza berganligi, shuningdek boshqa fuqarolarga tegishli pasportlardan foydalanganligi;
pasport tizimi qoidalariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan yoxud vaqtincha yoki doimiy roʻyxatdan oʻtmay yashashiga yoʻl qoʻyganligi, shuning barobarida fuqarolarning oʻzlari egallab turgan turar joylarda pasportsiz, vaqtincha yoki doimiy roʻyxatdan oʻtmagan shaxslarning yashashiga yoʻl qoʻyganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
pasportsiz yoki pasporti haqiqiy boʻlmagan fuqarolarni, shuning barobarida vaqtincha yoki doimiy roʻyxatdan oʻtmagan fuqarolarni ishga qabul qilish, shuningdek fuqarolarning pasportlarini noqonuniy olib qoʻyish yoki pasportlarni garov sifatida qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
chegara zonasiga kirish yoki bu zonada yashash, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishi vaqtincha cheklangan joylarga kirish va bu joylarda boʻlish qoidalarini buzish;
gʻarazli yoki boshqa tuban maqsadlarda pasportni egallab olish, xuddi shuningdek uni yoʻq qilish, yaroqsiz holga keltirish, yashirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi boʻlmagan shaxslarining biometrik harakatlanish hujjati toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjati toʻgʻrisidagi Nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning xorijga chiqishi uchun biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish, almashtirish tartibini belgilab beradi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjati (keyingi oʻrinlarda — harakatlanish hujjati) — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijda shaxsini tasdiqlovchi, harakatlanish hujjati egasining shaxsiy biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega boʻlgan hujjat;
personallashtirish — harakatlanish hujjati blankasiga uning egasi toʻgʻrisidagi biografik maʼlumotlar va biometrik parametrlarni kiritish;
verifikatsiya — harakatlanish hujjatiga kiritilgan biometrik parametrlarning harakatlanish hujjati egasining biometrik parametrlari bilan mosligini mashina yordamida tekshirish;
konsullik muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining konsullik boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatda taʼsis etiladigan bosh konsulxonasi, konsulxonasi, vitse-konsulxonasi va konsullik agentligi;
konsullik roʻyxati — tegishli konsullik okrugi hududiga kelgan fuqaroligi boʻlmagan shaxsni xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari qoshida belgilangan tartibda qayddan oʻtkazish;
doimiy konsullik roʻyxati — doimiy yashash uchun xorijga chiqish ruxsatnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasi konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxsni qayddan oʻtkazish;
vaqtincha konsullik roʻyxati — xorijga vaqtincha chiqish ruxsatnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan qayddan oʻtkazish;
konsullik okrugi — konsullik muassasasiga konsullik vazifalarini bajarish uchun biriktirilgan bir yoki bir necha davlat hududi;
maʼlumotlarni yigʻish punkti — pasport olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik maʼlumotlarini va biometrik parametrlarini jamlash, ushbu maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi oʻrinlarda — DPM) topshirish hamda fuqarolarga biometrik parametrlarga ega pasportlar berish boʻyicha vazifalarni bajaruvchi ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari;
Keyingi tahrirga qarang.
harakatlanish hujjati olish uchun talabnoma — harakatlanish hujjati oluvchi haqida maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan shakllantirilgan biografik maʼlumotlar va biometrik parametrlarni oʻz ichiga olgan elektron hujjat (keyingi oʻrinlarda — talabnoma).
3. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga harakatlanish hujjati besh yil muddatga beriladi.
16 yoshga toʻlmagan shaxslarga harakatlanish hujjati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tugagach, shaxs uni maʼlumotlarni yigʻish punktiga topshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Harakatlanish hujjati blanki qatʼiy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi.
Harakatlanish hujjati blanklarini ishlab chiqarish “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasida, harakatlanish hujjatini personallashtirish va yoʻq qilish — DPMda, harakatlanish hujjatini egalariga berish — maʼlumotlarni yigʻish punktlarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Harakatlanish hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi maʼlumotlarni yigʻish punktlariga yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Davlat feldyegerlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — DFX) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Harakatlanish hujjatlarini xorijdagi maʼlumotlarni yigʻish punktlariga va konsullik muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish belgilangan tartibda diplomatik pochta vositasi orqali amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish hujjati talabnoma DPMga joʻnatilganidan keyin maʼlumotlarni yigʻish punktida oʻn ish kuni mobaynida, xorijda — oʻn besh ish kuni mobaynida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Harakatlanish hujjati belgilangan namuna boʻyicha tayyorlanadi va oʻzbek hamda ingliz tillarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun esa qoraqalpoq, oʻzbek va ingliz tillarida personallashtiriladi.
7. Harakatlanish hujjati blankasiga quyidagi asosiy maʼlumotlar kiritiladi:
harakatlanish hujjatini bergan davlatning nomi;
hujjatning nomi;
hujjatning turi;
harakatlanish hujjatini bergan davlatning kodi;
harakatlanish hujjatining raqami;
familiyasi, ismi, otasining ismi;
millati;
fuqaroligi;
tugʻilgan sanasi;
tugʻilgan joyi;
jinsi;
berilgan sanasi;
kim tomonidan berilgani;
personallashtiruvchi idora;
amal qilish muddati tugaydigan sana;
egasining raqamli surati;
egasi haqidagi mashina oʻqiydigan maʼlumotlar.
8. Chipga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
harakatlanish hujjatining egasi toʻgʻrisidagi biografik maʼlumotlar;
egasining raqamli surati;
qoʻl barmoq izlari.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Harakatlanish hujjatiga:
xorijga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi toʻgʻrisidagi (stiker);
Keyingi tahrirga qarang.
hamrohlik qilayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi (16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun);
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish toʻgʻrisidagi;
konsullik roʻyxatiga olingani yoki konsullik roʻyxatidan chiqarilgani toʻgʻrisidagi;
xorijiy davlatlarga kirish uchun ruxsatnoma (viza) toʻgʻrisidagi;
vaqtincha qayd toʻgʻrisidagi;
ilgari qoʻyilgan qaydlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning roziligiga koʻra ularning harakatlanish hujjatlariga hujjat egasining qon guruhi va qaysi rezusga mansubligi toʻgʻrisidagi qaydlar kiritiladi.
10. Harakatlanish hujjatiga:
ichki ishlar idoralari boʻlinmalari tomonidan — xorijga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvlari, hamrohlik qiluvchi shaxslar (16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun) haqidagi, vaqtincha roʻyxatdan oʻtganlik haqidagi, ilgari qoʻyilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtganlik holati haqidagi va ilgari qoʻyilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi;
sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan — qon guruhi va qaysi rezusga mansubligi haqidagi;
Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan — konsullik roʻyxatiga olish yoki konsullik roʻyxatidan chiqarish haqidagi, xorijga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvchi haqidagi, hamrohlik qiluvchi shaxslar haqidagi (16 yoshga toʻlmagan bolalar uchun), ilgari qoʻyilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan — xorijiy davlatlarga kirish ruxsatnomalari (vizalar) haqidagi qaydlar kiritiladi.
Harakatlanish hujjatiga ushbu Nizomda nazarda tutilmagan yozuv va qaydlarni kiritish taqiqlanadi.
II. Harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish va undan foydalanish tartibi
11. Harakatlanish hujjati quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi va beriladi:
fuqaroligi boʻlmagan shaxs xorijga chiqayotganda;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasi harakatlanish hujjatlari bilan hujjatlashtirilgan shaxslarning farzandi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tugʻilganida;
amal qilish muddati tugaganida;
shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tugʻilgan sanasi oʻzgarganida;
yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganda;
alohida maʼlumotlar yoki vizalar uchun moʻljallangan betlari ishlatilib boʻlinganida;
Keyingi tahrirga qarang.
harakatlanish hujjati blankasi yaroqsiz holga kelganida;
harakatlanish hujjati yoʻqotib qoʻyilganida.
Harakatlanish hujjati egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tugʻilgan sanasi oʻzgarganligi yoki yozuvlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganda, fuqaroligi boʻlmagan shaxs maʼlumotlarni yigʻish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Agar fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotganida harakatlanish hujjatining amal qilish muddati bir yildan kamroq vaqtni tashkil etsa, ushbu hujjat almashtirilishi mumkin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxs harakatlanish hujjatini olish va almashtirish uchun oʻzi doimiy roʻyxatda turadigan joydagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:
belgilangan shakldagi ariza;
ilgari berilgan harakatlanish hujjati;
fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat uchun berilgan guvohnomasi;
tugʻilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun);
35 x 45 mm oʻlchamdagi 3 ta fotosurat;
davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy va vaqtincha konsullik roʻyxatiga olingan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hollarda harakatlanish hujjatini olish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
belgilangan shakldagi ariza;
ilgari berilgan harakatlanish hujjati;
tugʻilganlik haqida guvohnoma (birinchi marta harakatlanish hujjatini olish paytida);
35 x 45 mm oʻlchamdagi 3 ta fotosurat;
harakatlanish hujjati yoʻqotib qoʻyilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (u yoʻqotib qoʻyilgan holda);
konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar toʻlanganligi toʻgʻrisida kvitansiya.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Maʼlumotlarni yigʻish punkti taqdim etilgan hujjatlar asosida arizachining biografik maʼlumotlarini, elektron koʻrinishdagi qoʻl barmoq izlarini yigʻadi, shaxsni old tomonidan raqamli formatda suratga oladi va harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun talabnoma tuzib, soʻng DPMga joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Agar fuqaroligi boʻlmagan shaxs qoʻl barmoq izlari olinishidan bosh tortsa va koʻzoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, maʼlumotlarni yigʻish punkti unga harakatlanish hujjati rasmiylashtirishni rad etish huquqiga ega.
16. Maʼlumotlarni yigʻish punkti fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yangi harakatlanish hujjati berish chogʻida ilgari berilgan hujjatni olib qoʻyadi va uni yoʻq qilish uchun DPMga joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. DPM fuqaroligi boʻlmagan shaxsning tayyor harakatlanish hujjatini DFX orqali hujjat rasmiylashtirish uchun talabnoma joʻnatgan maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoki diplomatik kanallar orqali maʼlumotlarni yigʻish punktlariga yetkazib berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga topshiradi. Maʼlumotlarni yigʻish punktlari esa harakatlanish hujjatlarini egalariga berishni taʼminlashlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy konsullik roʻyxatiga olingan va vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasida boʻladigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hollarda harakatlanish hujjatini olish va almashtirish uchun ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etadilar.
19. Xorijga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda chiqqan, ammo Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasida konsullik roʻyxatiga olinmagan va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan paytlarida harakatlanish hujjatlarini yoʻqotib qoʻygan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soʻnggi doimiy roʻyxatda turgan joylaridagi maʼlumotlarni yigʻish punktlariga murojaat etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Agar fuqaroligi boʻlmagan shaxs kelgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi boʻlmasa, u Oʻzbekiston Respublikasining mazkur mamlakat konsullik okrugiga kiradigan xorijdagi konsullik muassasasiga murojaat etadi.
21. Fuqaroligi boʻlmagan shaxs harakatlanish hujjatini ehtiyot qilib saqlashi shart.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxs harakatlanish hujjatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻqotib qoʻygan taqdirda bu haqda oʻz vaqtida uni bergan maʼlumotlarni yigʻish punktiga xabar berishi lozim. Mazkur maʼlumotlarni yigʻish punkti qonunda nazarda tutilgan choralarni koʻrganidan keyin unga ushbu Nizomda koʻzda tutilgan tartibda yangi harakatlanish hujjatini beradi.
22. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boshqa davlat fuqaroligini olgan taqdirda harakatlanish hujjatini keyin DPMga yoʻq qilish maqsadida topshirish uchun oʻzlari kelgan joydagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga topshirishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Topib olingan harakatlanish hujjati ichki ishlar idorasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasiga topshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Vafot etgan shaxsning harakatlanish hujjati fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish idorasiga topshiriladi. Ushbu idora esa hujjatni yoʻq qilish maqsadida DPMga topshirish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga joʻnatadi.
Xorijda vafot etgan fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga joʻnatiladi. Ushbu vazirlik esa hujjatni yoʻq qilish uchun DPMga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati surishtiruv, tergov idoralari yoki sud tomonidan olib qoʻyiladi. Agar shaxs sudning hukmi bilan qamoqda qoldirilsa, uning harakatlanish hujjati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga joʻnatiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-maydagi PF-5040-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 334-modda)
Shaxs qamoqdan ozod etilganida yoki jazo muddatini oʻtab boʻlgach, unga harakatlanish hujjati tergov, sud idoralari yoki jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati tomonidan qaytariladi.
Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning tergov, sud idoralarida yoki jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatida saqlanayotgan muddati oʻtgan harakatlanish hujjatlari ushbu Nizomda belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga joʻnatiladi.
26. Tekshirish, verifikatsiya (solishtirib oʻqish) jarayonida noaniqliklar yoki chegara (migratsiya) belgilari, xorijiy vizalar, ruxsatnoma yozuvlari qalbakilashtirilgani alomatlari aniqlangan, belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan harakatlanish hujjatlari tegishli vazirliklar va idoralarga joʻnatish uchun chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan olib qoʻyilishi mumkin.
27. Ushbu Nizomning 16, 25 va 26-bandlarida koʻzda tutilgan xollardan tashqari fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan harakatlanish hujjatlarini olib qoʻyish taqiqlanadi.
Majburiyatni bajarish maqsadida harakatlanish hujjatini garov sifatida qabul qilish va topshirish taqiqlanadi.
28. Harakatlanish hujjati:
amal qilish muddati tugaganida;
harakatlanish hujjati blankasi yaroqsiz holga kelganida;
Keyingi tahrirga qarang.
egasi biror-bir davlat fuqaroligini qabul qilganida;
uni rasmiylashtirish chogʻida ataylab yolgʻon maʼlumotlar taqdim qilinganida oʻz kuchini yoʻqotadi.
29. Ushbu Nizom talablarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan shtamplar va blankalar namunalari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sogʻliqni saqlash vazirliklari va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Harakatlanish hujjatini berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Konsullik roʻyxati
31. Belgilangan tartibda xorijga doimiy yashash uchun chiqqan, shuningdek vaqtincha xorijda boʻladigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatida turishlari shart.
32. Xorijga doimiy yashash uchun chiqqan va xorijga doimiy yashash uchun chiqishlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy konsullik roʻyxatiga olinadilar.
33. Xorijga xizmat safariga, oʻqish, davolanish va shartnoma boʻyicha ishlash uchun chiqqan va xorijga vaqtincha chiqishlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxs oʻzi borayotgan mamlakatga qonuniy tarzda va olti oydan ortiq vaqtga kelgan taqdirda, u vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinadi.
34. Agar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy yashash, shuningdek ish, oʻqish yoki xizmat safari joyi oʻzgarishi munosabati bilan olti oydan ortiq muddatga Oʻzbekiston Respublikasining boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga koʻchib oʻtishsa, ilgari turgan joylaridagi konsullik roʻyxatidan (doimiy, vaqtincha) chiqishlari va yangi kelgan joylarida konsullik roʻyxatiga turishlari lozim.
35. Konsullik roʻyxatiga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatiga olish va konsullik roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi arizalarining, ularni konsullik roʻyxatiga olish va konsullik roʻyxatidan chiqarishga taalluqli qayd qilish kitoblari va boshqa hujjatlarning shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
IV. Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjatidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
37. Qonun hujjatlarida quyidagilar uchun javobgarlik belgilanadi:
fuqaroligi boʻlmagan shaxsning haqiqiy boʻlmagan harakatlanish hujjatidan foydalanganligi, harakatlanish hujjatini ataylab yaroqsiz holga keltirganligi, shuningdek uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyganligi;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻzlarining harakatlanish hujjatlaridan gʻarazli maqsadlari yoʻlida foydalanganligi, soʻng ularni yoʻqotib qoʻyganligi toʻgʻrisida ariza berganligi, shuningdek boshqa shaxslarga tegishli harakatlanish hujjatlaridan foydalanganligi;
gʻarazli yoki boshqa maqsadlarda harakatlanish hujjatiga egalik qilganligi, uni yoʻq qilganligi, yaroqsiz holga keltirganligi, yashirganligi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 2-modda; 2017-y., 19-son, 334-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 31.10.2018-y., 06/20/5567/0802-son; 30.08.2018-y., 06/18/5528/1812-son; 19.11.2018-y., 06/20/5578/0984-son; 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)