Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 2-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-modda. Tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Tabiatni muhofaza qilish obyektlari (yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron boʻlishdan, yoʻq boʻlib ketishdan, nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi lozim.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi”;
2) 45-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga koʻmib tashlash taqiqlanadi”;
3) 47-moddaning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy rejimini buzganlikda”;
4) 48-moddaning birinchi qismidagi “alohida muhofaza qilinadigan hududlarga” degan soʻzlar “muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi 837-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 64-modda birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv obyektlarida sport va havaskorlik yoʻli bilan baliq ovlashga ruxsat beriladi, davlat qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlarining va davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalari hududidagi suv obyektlari bundan mustasno”;
“67-modda. Muhofaza etiladigan suv obyektlari
Ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik suv obyektlari yoki ularning ayrim uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar deb eʼlon qilinadi va xoʻjalik maqsadida foydalanishdan chiqariladi.
68-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlaridan foydalanish tartibi va ularni muhofaza qilish choralari
Davlat qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlarining va davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalari suvlaridan baliq ovlash, ov qilish, suv oʻsimliklari va organizmlarini yigʻish uchun foydalanish, shuningdek bunday suvlarning tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlariga oqindi suvlarni oqizishga, shuningdek ularda gidromelioratsiya ishlarini oʻtkazishga ushbu Qonunda belgilangan talablarga rioya qilingan holda yoʻl qoʻyiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlaridan foydalanish tartibi va ularni muhofaza qilish rejimi qonun hujjatlarida belgilanadi.
69-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning suv obyektlarini olib qoʻyish
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning suv obyektlarini olib qoʻyishga zarur boʻlgan alohida hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va vakolatli organlar tomonidan yoʻl qoʻyiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 202-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “maxsus qoʻriqlanadigan tabiiy hududlardagi” degan soʻzlar “muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 204-moddaning:
nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“204-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa”;
ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi “Alohida” degan soʻz chiqarib tashlansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 82-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“82-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish”;
birinchi qismi dispozitsiyasining oʻzbekcha matnidagi “tartibini” degan soʻz “rejimini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzish”;
2) 261-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat qoʻriqxonalari va davlat milliy tabiat bogʻlarining muhofaza qilish xodimlari” degan soʻzlar “davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqlash xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 284-moddaning uchinchi qismidagi “alohida qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarning” degan soʻzlar “muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi 2018-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan 444-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda) 10-moddasining ikkinchi qismidagi “Alohida” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 12-modda; 2000-yil, № 5-6,153-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 11-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat qoʻriqxonalarida, davlat tabiat yodgorliklarida, tabiat bogʻlarining va davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalarida oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilmiy maqsadlarda foydalanish bundan mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik turlarini tayyorlash (yigʻish) man etiladi”;
2) 23-moddaning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 14-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda) 30-moddasining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning oltinchi xatboshisidagi “alohida muhofaza etiladigan hududlar egallagan yerlar” degan soʻzlar “tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning 4 va 5-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar”;
3) 12-modda toʻrtinchi qismining 4-bandidagi “alohida” degan soʻz chiqarib tashlansin;
4) 25-modda:
ikkinchi qismidagi “shuningdek alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va vakolatli organlar tomonidan beriladi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
5) 29-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisidagi “tabiat, tarix va madaniyatga taalluqli davlat yodgorliklarini” degan soʻzlar “davlat tabiat yodgorliklarini, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 59-moddaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari”;
7) 9-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9-bob. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar
71-modda. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibi
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlardan iborat boʻladi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlardan iborat boʻladi.
Yerlarni tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
72-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy taʼsirning oldini olish maqsadida davlat qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari atrofida ularning rejimiga rioya etilishini taʼminlashga zararli taʼsir etadigan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklangan yoki taqiqlangan holda muhofaza zonalari tashkil etiladi.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
73-modda. Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga, shifobaxsh hamda sogʻlomlashtirish xossalariga ega boʻlgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yuridik shaxslarga foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Aholining davolanishi va dam olishi uchun zarur sharoitlarni, shuningdek tabiiy shifobaxsh hamda sogʻlomlashtirish xossalari muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlarda kurort tabiiy hududlarning rejimi belgilanadi.
Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
74-modda. Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun yaroqli geografik va iqlim sharoitlariga ega boʻlgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
75-modda. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga tegishli yuridik shaxslarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Moddiy madaniy meros obyektining oʻzgartirilishi mumkin boʻlmagan oʻziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza zonalari, imoratlar qurishni va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalari, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalar belgilanadi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”;
8) 79-moddaning birinchi qismidagi “alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlari” degan soʻzlar “tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 86-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suvni muhofaza qilish zonalari, qirgʻoqboʻyi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros obyektlari, suv tashlamalari, yoʻllar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda”;
10) 87-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun yer uchastkalari berilganda”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi 770-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 11-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga davlat oʻrmon fondi uchastkalarini berish, bundan oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari, oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari, suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar, davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qoʻriqxonalarning, umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning oʻrmonlari mustasno”;
2) 15-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq oʻrmonlar quyidagi qoʻriqlanish toifalariga kiritiladi:
oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari;
oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar;
oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari;
choʻl va chala choʻl zonalarining oʻrmonlari;
shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlari;
shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi oʻrmonlar;
suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar;
alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlar;
yongʻoqchilik zonalaridagi oʻrmonlar;
oʻrmonlarning mevali daraxtzorlari;
davlat qoʻriqxonalarining oʻrmonlari;
majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining oʻrmonlari;
tabiat bogʻlarining oʻrmonlari;
buyurtma qoʻriqxonalarning oʻrmonlari;
kurort tabiiy hududlarning oʻrmonlari;
davlat biosfera rezervatlarining oʻrmonlari;
davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning oʻrmonlari;
ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar”;
3) 21-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “alohida” degan soʻz chiqarib tashlansin;
4) 26-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalarida, choʻl va chala choʻl zonalarining oʻrmonlarida asosiy foydalanishdagi daraxtlarni oʻrmon holatini yaxshilash maqsadida kesishga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalarida, oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlarda, shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlarida, shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi oʻrmonlarda, suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlarda, alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlarda, yongʻoqchilik zonalaridagi oʻrmonlarda, oʻrmonlarning mevali daraxtzorlarida, tabiat bogʻlarining oʻrmonlarida (ularning qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), kurort tabiiy hududlarning oʻrmonlarida, davlat biosfera rezervatlarining oʻrmonlarida (ularning qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlarda faqat oraliq foydalanishdagi kesishga (oʻrmon parvarishi va sanitariya maqsadida kesishga) yoʻl qoʻyiladi”;
5) 27-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlarda, suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlarda, alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlarda, yongʻoqchilik zonalaridagi oʻrmonlarda, davlat qoʻriqxonalarining oʻrmonlarida, shuningdek belgilangan rejimga muvofiq tabiat bogʻlarining, buyurtma qoʻriqxonalarning, kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining oʻrmonlarida mol boqishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi 73-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 144-modda) 11-moddasining sakkizinchi xatboshisidagi “alohida” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi 171-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 19-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 5-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi va 6-moddasining birinchi qismidagi “alohida” degan soʻz chiqarib tashlansin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan 353-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 63-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 369-modda, № 10, 536-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning beshinchi xatboshisidagi “alohida” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2) 7-moddaning:
uchinchi qismi toʻrtinchi xatboshisidagi “alohida” degan soʻz chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi sakkizinchi xatboshisidagi “milliy bogʻlar va boshqa alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi” degan soʻzlar “tabiat bogʻlari va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi va oʻninchi qismlaridagi “alohida” degan soʻz chiqarib tashlansin;
3) 29-modda birinchi qismining:
beshinchi xatboshisidagi “alohida” degan soʻz chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi—oʻn uchinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 41-moddaning:
birinchi qismidagi “alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, shu jumladan tabiiy landshaftlarni” degan soʻzlar “muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “alohida” degan soʻz chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi—oʻn ikkinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
5) 47-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Rekreatsion zonalar turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun moʻljallangan boʻlib, shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlarini, plyajlarni, sohilboʻyi obyektlarini hamda boshqa obyektlarni oʻz ichiga oladi”;
6) 53-modda oltinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning muhofaza zonalari, suvni muhofaza qilish zonalari” degan soʻzlar “muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning muhofaza zonalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda) 22-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga koʻmib tashlash taqiqlanadi”.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 333, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda) 282-moddasi ikkinchi qismining 22-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22) ihota oʻrmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota oʻrmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari; oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar; oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari; choʻl va chala choʻl zonalaridagi oʻrmonlar; shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi oʻrmonlar; suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi oʻrmonlar; alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar”.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 4-yanvar,
OʻRQ-278-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son; 24.02.2025-y., 03/25/1036/0173-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)