30.11.2010 yildagi 220-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI I. KARIMOVNING 2010-YIL 12-NOYABRDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI VA SENATINING QOʻSHMA MAJLISIDAGI “MAMLAKATIMIZDA DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI” MAVZUYIDAGI MAʼRUZASIDA QOʻYILGAN VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisidagi maʼruzasini muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qaror qiladi :
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 12-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzasida bayon etilgan qoidalar va xulosalar toʻliq qoʻllab-quvvatlansin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining 2011 – 2014-yillardagi faoliyati uchun asos qilib olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maʼruzasida belgilab berilgan Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha uzoq muddatga moʻljallangan harakat dasturini ishlab chiqish zarur deb hisoblansin. Dastur loyihasini ishlab chiqish maqsadida ilovaga muvofiq ishchi guruhi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini izchil roʻyobga chiqarish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qonun loyihalarini chuqur va har tomonlama puxta ishlab chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament nazorati shakllaridan, shu jumladan parlament soʻrovidan, parlament eshituvlaridan va parlament faoliyatining qonunda nazarda tutilgan boshqa shakllaridan foydalanishni kuchaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq tizimini isloh qilishning demokratik chora-tadbirlarini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada chuqurlashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini rivojlantirish, jamiyat va davlat qurilishi tizimida ularning huquq va vakolatlarini kengaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot sohasini isloh qilish hamda soʻz va axborot erkinligini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda saylov erkinligini taʼminlash va saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining 2011 – 2014-yillarga moʻljallangan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatini yanada takomillashtirish hamda rivojlantirishga doir takliflarni ishchi guruhiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Siyosiy partiyalar fraksiyalariga, Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi faoliyatining 2011 – 2014-yillarga moʻljallangan dasturi loyihasida jamiyatimizning oʻzlari ifodalaydigan qatlamlari va tuzilmalarining manfaatlarini aks ettirishga, shuningdek qabul qilingan qonunlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi ustidan parlament va deputatlar nazoratini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining deputatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzasidan kelib chiqadigan qoidalar va vazifalarni soʻzsiz hayotga tatbiq etish, qabul qilinayotgan qonunlarning mohiyatini tushuntirish boʻyicha saylovchilar bilan faol ish olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining Spikeri D.TOSHMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining 2010-yil 30-noyabrdagi 220–II-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 12-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzasida qoʻyilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan harakat dasturi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Yoqubov Baxtiyor Sultonnazirovich‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari (OʻzLiDeP)

Ishchi guruhi aʼzolari:‎‎

2.‎ Abdullayev Ilhom Zoyirovich‎ —‎ Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (Oʻzbekiston MTDP)
3.‎ Azizov Iskandar ‎ —‎ Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzosi (OʻzXDP)
4.‎ Botirova Zuhra Baratovna ‎ —‎ Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (Oʻzbekiston “Adolat” SDP)‎
5.‎ Jabborov Sobir Vahobovich‎ —‎ Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi (OʻzLiDeP)‎
6.‎ Joʻrayev Qodir Asadovich‎ —‎ Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi (Oʻzbekiston “Adolat” SDP) ‎
7.‎ Odilxoʻjayeva Surayyo Mahkamovna‎ —‎ Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (OʻzLiDeP)‎
8.‎ Otaqulov Oʻktam Xatamovich‎ —‎ Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi )‎
9.‎ Rajabov Faxritdin Zayniyevich‎ —‎ Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (OʻzXDP)‎
10.‎ Rahmonov Abdukamol Shodiyevich ‎ —‎ Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi (Oʻzbekiston “Adolat” SDP)‎
11.‎ Roʻzmetov Xayrullo Ibodullayevich‎ —‎ Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi (OʻzXDP)‎
12.‎ Saidov Akmal Xolmatovich‎ —‎ Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi (Oʻzbekiston MTDP)‎
13.‎ Toʻxtabayev Abdurashid Tursunovich ‎ —‎ Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi (Oʻzbekiston MTDP)‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 11-son, 450-modda)