26.11.2010 yildagi 210-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi davlat budjeti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan taqdim etilib, muhokama qilish mobaynida qonunchilik palatasi deputatlarining fikr-mulohazalari va takliflari hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti loyihasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qaror qiladi :
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni va makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiy oʻsishning barqaror yuqori surʼatlariga, iqtisodiyotning va jamiyat ijtimoiy hayotining muvozanatli rivojlanishiga, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirishga erishish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samarali investitsiya siyosatini olib borish hamda strategik jihatdan ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash orqali iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlarni va uning diversifikatsiya qilinishini davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi va uning samaradorligi oshirilishini taʼminlasin, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va ularning asossiz sarflanishiga barham berish ustidan qatʼiy nazorat qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi, stipendiyalar, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar miqdorlarini inflatsiya surʼatlariga nisbatan ildam oshirib borish orqali aholi farovonligini izchil yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini bundan buyon ham davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash hamda Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturini amalga oshirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yilda Ish oʻrinlari yaratish va aholining bandligini taʼminlash dasturini bajarish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti taqchilligini respublika budjetining zaruriy aylanma kassa mablagʻlari hajmidan ortiq boʻlgan boʻsh qoldiqlari hamda boshqa noinflatsiyaviy manbalar hisobiga moliyalashtirilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlasin, mintaqalarning soliq solinadigan bazasini kengaytirish va moliyaviy salohiyatini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 11-son, 440-modda)