ILOVA
1-ILOVA
|
Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilishning | |
|
__________ shahri |
20__ y. “___” __________ |
|
Keyingi oʻrinlarda “Sugʻurta qildiruvchi” deb ataladigan _________________ ___________________________________________________________ nomidan | |
|
(sugʻurta qildiruvchining nomi) |
|
| _________________________________________________ asosida ish koʻruvchi | |
|
(hujjatning nomi) |
|
| _____________________________________________________, bir tomondan, | |
|
(F.I.O., lavozimi) | |
| va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 20_ yil “__”____da berilgan ___________________________________________________________ | |
|
(hujjatning nomi) | |
| _____________-son litsenziya asosida, keyingi oʻrinlarda “Sugʻurtalovchi” deb ataladigan _________________________________________________________ | |
| ___________________________________________________________ nomidan | |
|
(sugʻurtalovchining nomi) | |
| ish koʻruvchi ________________________________________________________ | |
|
(F.I.O., lavozimi) | |
| ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdik: | |
|
1. Shartnomaning predmeti | |
|
1. Sugʻurtalovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda belgilangan toʻlov (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta qilingan shaxsga yoxud naf oluvchiga mehnatda olgan mayibligi, sugʻurta qilingan shaxsning ushbu shartnoma amal qiladigan davrda mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni sugʻurta summasi miqdorida toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. | |
|
2. Sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti | |
| 2. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta summasi ______________________________ _________________________________________________ soʻmni tashkil etadi. | |
|
(summa raqamlar va soʻz bilan yoziladi) | |
| 3. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofoti _____________________________ _________________________________________________ soʻmni tashkil etadi. | |
|
4. Sugʻurta mukofoti ushbu shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yoʻla toʻlanadi. | |
|
3. Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati | |
|
5. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi. | |
|
Sugʻurtalovchining majburiyatlari sugʻurta mukofoti sugʻurtalovchining hisob raqamiga tushgan kundan keyingi kundagi 00 soat 00 minutdan boshlab kuchga kiradi va majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan sugʻurta davrining oxirgi sanasidagi 24 soat 00 minutda tugaydi. | |
|
6. Sugʻurta mukofoti sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchining hisob raqamiga naqd pulni oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi. Pul mablagʻlari sugʻurtalovchining hisob raqamiga tushgan sana davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlangan sana hisoblanadi. | |
|
4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari | |
| 7. Sugʻurta qildiruvchi: | |
|
sugʻurtalovchidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish; | |
|
sugʻurtalovchining sugʻurta pulini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; | |
|
sugʻurta qilingan shaxslarning soni kamayganda sugʻurta mukofotining sugʻurta qilingan shaxslarning kamaygan soniga va davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish huquqiga ega. | |
|
Sugʻurta qildiruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | |
| 8. Sugʻurta qildiruvchi: | |
|
Nizomda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlashga; | |
|
sugʻurta qilingan shaxslarni davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishga, shu jumladan, ushbu shartnoma boʻyicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishga; | |
|
sugʻurta qilingan shaxs (naf oluvchi) yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etishiga; | |
|
sugʻurta qilingan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi borasida oʻziga maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran 20 ish kunidan kechikmay sugʻurtalovchiga yozma shaklda bildirishga majburdir. | |
|
Sugʻurta qildiruvchi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. | |
| 9. Sugʻurtalovchi: | |
|
sugʻurta qilingan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishi holatlarini tekshirishda ishtirok etish va zarur boʻlgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish; | |
|
sugʻurta qilingan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishi holatlariga doir axborotlarni tekshirish huquqiga ega. | |
|
Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | |
| 10. Sugʻurtalovchi: | |
|
davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan sugʻurta qildiruvchini tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; | |
|
oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan sugʻurta qildiruvchi va (yoki) sugʻurta qilingan shaxs (naf oluvchi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi; | |
|
sugʻurta pulini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, sugʻurta qildiruvchi sugʻurta tovonini toʻlash uchun murojaat etganidan keyin oʻn besh ish kunidan kechikmay bu haqda sugʻurta qildiruvchiga rad etish sabablari dalillar bilan asoslangan holda yozma shaklda xabar qilishi; | |
|
Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh ish kunidan kechikmay qaror qabul qilishi va sugʻurta pulini toʻlashi shart. | |
| Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. | |
|
5. Tomonlarning javobgarligi | |
|
11. Tomonlar davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | |
|
6. Nizolarni hal etish tartibi | |
|
12. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. | |
|
7. Yakunlovchi qoida | |
|
13. Ushbu shartnomani tuzish va oʻzgartirish tartibi, sugʻurta mukofotini toʻlash tartibi, ushbu shartnoma boʻyicha koʻrilgan zarar miqdorini aniqlash va sugʻurta tovonini toʻlash tartibi shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan Nizomga muvofiq belgilanadi. | |
|
8. Tomonlarning rekvizitlari: | |
| Sugʻurtalovchi _____________________ | Sugʻurta qildiruvchi:_______________ |
| Manzili: ________________________ | Manzili: ________________________ |
| tel: ____________ faks: ____________ | tel: ____________ faks: ____________ |
| h/r ______________________________ | h/r ______________________________ |
| MFO _________ STIR: ____________ | MFO _________ STIR: ____________ |
| _________________________________ | _________________________________ |
|
(F.I.O., lavozimi) |
(F.I.O., lavozimi) |
|
_______________ |
_______________ |
|
(imzo) |
(imzo) |
| M.Oʻ. | M.Oʻ. |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi nizomni oldim. | |
| _________________ | _________________________________ |
2-ILOVA
| Sugʻurtalovchi _________________________________________________________ ga | |
|
(sugʻurtalovchining nomi) | |
|
Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish toʻgʻrisida | |
| _______________________________________________________________ nomidan | |
|
(Sugʻurtalanuvchining nomi) | |
| ________________________________________________________________ asosida | |
|
(hujjatning nomi) | |
| ish koʻruvchi shaxs ________________________________________________________ | |
|
(vakolatli shaxsning F.I.O. va lavozimi) | |
|
Sizdan Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishni soʻraydi. | |
| 1. Sugʻurtalanuvchining rekvizitlari: | |
| pochta manzili: __________________________________________________________ | |
| telefoni: __________ faksi _________ e-mail: _______________________________ | |
| ariza beruvchi — jismoniy shaxsning pasporti: | |
|
seriyasi _____________ tartib raqami ___________________ | |
| 20___ yil “___” ____________da ______________ tomonidan berilgan. | |
| 2. Sugʻurtalanuvchining bank rekvizitlari: | |
| bankning nomi __________________________________________________________ | |
| hisob raqami № _________________________________________________________ | |
| xizmat koʻrsatuvchi bank MFO __________ STIR _____________________________ | |
| 3. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: | |
| a) mehnat shartnomasi (kontrakti) nusxasi; | |
| b) __________________________________. | |
|
4. Biz ushbu Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. | |
|
____________________ |
___________________________________ |
|
(imzo) |
(sugʻurtalanuvchi vakolatli shaxsining F.I.O) |
| 20___ yil “___” _________________ | |
| M.Oʻ. | |
| 5. Ariza ________________________________________________________________ | |
|
(sugʻurtalovchi xodimining lavozimi va F.I.O.) | |
| tomonidan qabul qilindi va daftarda 20___ yil “___” _____________________da _______-son tartib raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazildi. | |
ILOVA
|
T/r |
Sugʻurta qilinadigan shaxslarning F.I.O. |
Tugʻilgan yili |
Pasporti: seriyasi______, №________, kim tomonidan va qachon berilgan |
Naf oluvchining F.I.O. |
Pasporti: seriyasi_______, №________, kim tomonidan va qachon berilgan |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
|
1 |
|
|
|
|
|
| 2 | | | | | |
| 3 | | | | | |
| 4... | | | | | |
| Sugʻurtalanuvchi: | |||||
| Rahbar: | |||||
| ___________ | |||||
| (imzo) | |||||