Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-dekabr,
PF-4256-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni ilovasi VI boʻlimining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 2004-yil 9-iyuldagi PF-3454-son Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qaroridagi:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari korxonalar va tashkilotlar tomonidan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni olmasdan turib foydali qazilmalarni qazib olishga yoʻl qoʻymaslik ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin”;
b) Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomda:
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur Nizom noruda foydali qazilmalarga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanish huquqini beradigan tartib va shartlarga tatbiq etilmaydi”;
9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qattiq foydali qazilmalarni tajriba-sanoat usulida qazib olishga tajriba-sanoat usulida qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq berilgan maydonda (uchastkada) chamalab baholangan tasdiqlangan (hisobga olingan) zaxiralarning toʻrt foizigacha boʻlgan hajmlarda yoʻl qoʻyiladi”;
12-bandda “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasiga” va “Sanoatkontexnazorat” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” va “Sanoatgeokontexnazorat”soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandda va 32-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oshkora savdolarning boshlangʻich shartlari oʻttiz kun mobaynida bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan (uglevodorodlar boʻyicha) kelishib olinadi”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
81-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“81. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihasi oʻttiz kun mobaynida, yirik va eng murakkab obyektlar boʻyicha esa materiallar kelib tushgan paytdan boshlab oltmish kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan (uglevodorodlar boʻyicha) bir vaqtning oʻzida kelishib olinadi”;
84-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida, 106-bandning ikkinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “(keng tarqalgan foydali qazilmalar boʻyicha materiallar bundan mustasno)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “(keng tarqalgan foydali qazilmalar boʻyicha materiallar bundan mustasno)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Nizomning 2-ilovasida:
“Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin;
3-blokdagi “Subyektlar” va “Tadbirlar” ustunidan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Nizomning 3-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “DAEWOO INTERNATIONAL” (Koreya Respublikasi) korporatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Qosquduq va Ashibuloq investitsiya bloklarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish boʻyicha Bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 28-apreldagi PQ-846-son qarorining 6-bandida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “PETRONAS” (Malayziya) korporatsiyasi bilan geologiya-qidiruv ishlari, konlarni qazish va obod qilish hamda neftgazkimyoni rivojlantirish sohasida hamkorlikni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 2-maydagi PQ-854-son qarorining 7-bandida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koreya milliy neft korporatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona mintaqasidagi Namangan-Tergachi va Chust-Pop investitsiya bloklarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish haqidagi Bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 31-martdagi PQ-1085-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari “ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mingbuloq konini razvedka qilishni davom ettirish va ishlab chiqish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 15-apreldagi PQ-1323-son qarorining 11-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 510-modda; 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)