Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.12.2010 yildagi 322-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2015 YILLARDA MADANIYAT VA ISTIROHAT BOG‘LARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh VA ULARNING FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, 2011 — 2015-yillarda madaniyat va istirohat bog‘larini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish va zamonaviy attraksionlar bilan jihozlash, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish asosida aholi, ayniqsa bolalar va o‘smirlar, barcha yoshlarning madaniy dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2011 — 2015-yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va istirohat bog‘larini yangidan tashkil etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishgan holda, ikki oy muddatda yangi tashkil etiladigan madaniyat va istirohat bog‘larining 3 tipdagi namunaviy loyihalarini tayyorlasin. Bu namunaviy loyihalarda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va istirohat bog‘larini aholining madaniy dam olishi uchun qulay va ko‘rkam joylarda joylashtirish, manzarali daraxtlar va har xil gullar ekish orqali bog‘ning kamida 50 foiz umumiy maydoni sathida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attraksionlar va ko‘ngilochar o‘yinlar qurilmalarining ixcham, qulay va zamonaviy turlarini sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga hamda jamoat tartibi talablariga rioya qilgan holda o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, ayniqsa bolalar hamda o‘smir yoshlarning madaniy dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bolalarning mo‘jaz sport maydonchalari, attraksionlar, suv havzalari, shuningdek, raqs va ko‘chma sirk uchun mo‘ljallangan maydonchalar, amfiteatr, shinam o‘rindiqlar hamda savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari barpo etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va istirohat bog‘lari hududida namunaviy loyihalar talablariga rioya etilgan holda, madaniy va hordiq chiqarish obyektlarini joylashtirish yuzasidan tuman (shahar) hokimlarining shaxsan javobgarligi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dasturni amalga oshirish bo‘yicha asosiy ijrochilar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilansin hamda ularning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va istirohat bog‘lari mol-mulkini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, mavjud bino va inshootlar, attraksionlar va boshqa turdagi vositalardan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish hamda ularning asossiz hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi madaniyat va istirohat bog‘larini tashkil etish, mavjudlarini kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda zamonaviy attraksionlar bilan jihozlash bo‘yicha manzilli hududiy dasturlarni uch oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash hamda har bir madaniyat va istirohat bog‘i bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosnomani tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq amaliy ishlarni moliyaviy ta’minlashda tadbirkorlik imkoniyatlaridan keng foydalanish, bunda bog‘ hududidagi yerlarni (namunaviy loyihada ko‘zda tutilgan taqsimotga rioya etgan holda) attraksionlar, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari qurish uchun tanlov savdosi asosida tadbirkorlarga ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish uchun mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismini hamda hokimliklarning budjetdan tashqari va homiylar, investorlar mablag‘larini jalb qilish va maqsadli yo‘naltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Madaniyat va istirohat bog‘larining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi buyurtmachi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi namunaviy loyihalarni ishlab chiqish uchun Madaniyat va sport ishlari vazirligiga nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida mablag‘ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va istirohat bog‘lari tuman (shahar) hokimliklari muassisligida davlat korxonasi shaklida tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va istirohat bog‘larining faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar ularning o‘z daromadlari, korxona va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan daromadlar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, madaniyat va istirohat bog‘larining ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish hamda bog‘bonlarga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlari mahalliy budjetlar parametrlarida obodonlashtirish xarajatlari uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) hokimliklari madaniyat va istirohat bog‘larida elektr energiyasi va boshqa resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, har bir attraksionda elektr hisoblagichlar o‘rnatilishini ta’minlash va barcha tushumlarning qonuniy aylanishi yuzasidan qat’iy va doimiy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Madaniyat va istirohat bog‘lari ma’muriyatining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda Moliya vazirliklari bilan kelishgan holda, 10 kun muddatda madaniyat va istirohat bog‘lari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banklariga madaniyat va istirohat bog‘lari uchun hamda mazkur dasturni amalga oshirishda ishtirok etayotgan korxona va tashkilotlarga belgilangan tartibda imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda madaniyat va istirohat bog‘lari uchun attraksionlarni mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar, idoralar mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2011 — 2015-yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatsin hamda har chorak yakunida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-dekabrdagi 322-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2015-yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddatlari‎

Mas’ul bajaruvchilar‎

Moliyalashtirish manbalari‎

Taqdim etiladigan hujjatning shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija‎

‎‎I. Madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani hamda ma’muriy boshqaruv tizimini takomillashtirish.

1.‎ Madaniyat va istirohat bog‘lari to‘g‘risida namunaviy nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.‎ 2011-yil II chorak ‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi ‎ Mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi, hokimliklarning budjetdan tashqari va homiylar mablag‘lari‎ Namunaviy nizom loyihasi.
‎Xorijiy tajribalardan unumli foydalanish asosida namunaviy nizom loyihasi ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjat yaratiladi. ‎
2.‎ Respublika madaniyat va istirohat bog‘lari direktorlari jamoatchilik Kengashining faoliyatini tashkil etish.‎ 2011-yildan boshlab‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ —‎ Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, Respublikadagi barcha madaniyat va istirohat bog‘laridagi iqtisodiy, ijtim�iy muammolar, ularning vazifalarini birgalikda hal etish imkoniyati yaratiladi. Bog‘larning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularda ommaviy-madaniy tadbirlar va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, eng ilg‘or tajribalarni ommalashtirish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi. ‎
3.‎ Madaniyat va istirohat bog‘larini pasportlashtirish. ‎ 2011-yil II chorak ‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi ‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ Yagona andozadagi pasportlar.
‎Hozirgi kunda madaniyat va istirohat bog‘laridagi mavjud turli shakldagi pasportlar o‘rniga yangi andozadagi pasportlar joriy etiladi. Madaniyat va istirohat bog‘larining faoliyati tartibga solinadi. ‎
4.‎ Madaniyat va istirohat bog‘lari xodimlari mehnatini muhofaza qilish qoidalarini va har bir kasb bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda amalga kiritish.‎ 2011-yil II chorak ‎ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ishchi guruh ‎ —‎ Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, kasb yo‘riqnomalari.
‎Madaniyat va istirohat bog‘lari xodimlari o‘rtasida vazifalarning aniq taqsimoti yo‘lga qo‘yiladi, ularning huquq va majburiyatlari belgilanadi. Bog‘dagi attraksion va o‘yin qurilmalari, anjomlari va jihozlar bilan ishlovchi xodimlarning mehnat muhofazasi qoidalari yaratiladi. (Ilgari ushbu qoidalarning yagona shakli yaratilmagan, har bir bog‘ o‘zi ishlab chiqqan qoidalarga amal qilib kelgan). ‎

II. Madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish.‎‎

5.‎ Madaniyat va istirohat bog‘larini to‘liq rekonstruksiya qilishning hududiy manzilli dasturlarini ishlab chiqish.‎ 2011-yil I chorak ‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ —‎ Hududiy manzilli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari.
‎Respublikaning har bir shahar va tumanida kamida bittadan zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘lari bo‘lishiga erishiladi. ‎
6.‎ Madaniyat va istirohat bog‘larini zamonaviy o‘yin qurilmalari bilan jihozlash bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish.‎ 2011-yil I chorak ‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investorlar va homiylar‎ Investorlar, hokimliklar va homiylar mablag‘lari‎ Madaniyat va istirohat bog‘larini o‘yin qurilmalari bilan jihozlash hududiy dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari.
‎Ushbu dasturlar amalga oshirilishi natijasida madaniyat va istirohat bog‘lari zamonaviy attraksion va o‘yin qurilmalari bilan bosqichma-bosqich jihozlanishiga erishiladi, qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratiladi va ularning jozibadorligi va xizmat ko‘rsatish hajmi oshadi. ‎
7.‎ Xorijda ishlab chiqariladigan o‘yin qurilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini tashkil etish.‎ 2011-yil I chorak ‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ‎ —‎ Ma’lumotlar banki.
‎Madaniyat va istirohat bog‘larini jihozlashda ma’lumotlar bazasidan foydalanish asosida mamlakatimiz iqlimi va boshqa talablariga mos zamonaviy, attraksion va o‘yin qurilmalarini erkin tanlash imkoni yaratiladi. ‎
8.‎ Madaniyat va istirohat bog‘lari uchun o‘yin qurilmalarini respublika korxonalarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.‎ 2011-yil I chorak ‎ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ —‎ Madaniyat va istirohat bog‘lari uchun o‘yin qurilmalarini respublika korxonalarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi.
‎ Import o‘rnini bosuvchi yangi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi va respublikada yangi ish o‘rinlari yaratiladi. ‎
9.‎ Madaniyat va istirohat bog‘larini tashkil etish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.‎ 2011 — 2015-yillar‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ Mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi, hokimliklarning budjetdan tashqari va homiylar, investorlar mablag‘lari‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturlar.
‎2015-yilgacha muddatda barcha madaniyat va istirohat bog‘lari zamonaviy qiyofaga keltirilib, attraksionlar va kichik o‘yin qurilmalari bilan jihozlanadi. Madaniyat va istirohat bog‘larining hududiga qo‘yiladigan talablar va bog‘larda zarur bo‘lgan obyektlarning tarkibiga qo‘yiladigan talablar asosida barcha bog‘lar tartibga keltiriladi. ‎
10.‎ Madaniyat va istirohat bog‘larida har xil turdagi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotish uchun zamonaviy savdo do‘konlari va rastalari qurishni tashkil etish.‎ 2011 — 2015-yillar‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasining hududiy bo‘limlari‎ Mahalliy hokimliklar va homiylar mablag‘lari‎ Namunaviy loyihalar.
‎Har bitta bog‘dagi rekonstruksiya ishlarini loyihalashtirishda savdo do‘koni yoki rastalarini qurish nazarda tutiladi. Madaniyat va istirohat bog‘larining jozibadorligi oshadi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish, qo‘shimcha mablag‘ ishlab topish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoni yaratiladi. ‎
11.‎ Belgilangan tartibda, tegishli loyiha tash��ilotlari tomonidan tasdiqlangan namunaviy loyihani har bir madaniyat va istirohat bog‘iga moslashtirish. ‎ 2011 — 2014-yillar‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ Mahalliy hokimliklar va homiylar mablag‘lari‎ Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida joylardagi har bir madaniyat va istirohat bog‘ining loyihasi ishlab chiqiladi. Bunda, mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib, namunaviy loyiha har bir bog‘ uchun moslashtirilishiga erishiladi.‎
12.‎ Madaniyat va istirohat bog‘lari rahbar va ijodiy xodimlarini qayta tayyorlash va muntazam ravishda ularning malakasi oshirilishini ta’minlash.‎ 2011-yildan boshlab maxsus reja asosida‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎ Mahalliy hokimliklar va homiylar mablag‘lari‎ Malaka oshirish rejasi.
‎Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan bog‘ xodimlari malakasini oshirish kurslari tashkil etilib, ularning muntazam ravishda o‘z malakalarini oshirishlari uchun sharoit yaratiladi. Rahbar va ijodiy xodimlar so‘nggi yangiliklar bilan tanishtiriladi, ilg‘or tajribalar ommalashtiriladi. ‎
13.‎ Ilg‘or madaniyat va istirohat bog‘lari negizida tajriba almashuv amaliyotini joriy etish.‎ 2011-yil yozgi mavsumdan boshlab‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ —‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligining yillik ish rejasi.
‎Yangi tashkil etilgan va chekka hududlarda joylashgan madaniyat va istirohat bog‘lari xodimlarining namunali bog‘lar faoliyati bi�an tanishuvi uchun imkoniyat yaratilib, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish mumkin bo‘ladi. ‎

‎‎IV. Madaniy-ma’rifiy faoliyatni faollashtirish tadbirlari.

14.‎ Madaniyat va istirohat bog‘larida ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, ssenariylar ishlab chiqish.‎ 2011-yildan boshlab‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi mablag‘lari‎ Uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, ssenariylar to‘plamlari.
‎Ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish masalalarida bog‘larga uslubiy yordam tashkil etiladi. Bog‘larda o‘tkaziladigan madaniy-ommaviy, sport tadbirlarining ko‘lami va sifat darajasi ortadi. ‎
15.‎ Madaniyat va istirohat bog‘larida voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyanomalar tayyorlash va nashr etish.‎ 2011-yil I chorak ‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi mablag‘lari‎ Tavsiyanomalar.
‎Voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni tarbiyalashda bog‘larning imkoniyatidan samarali foydalanishga erishiladi. Voyaga yetmaganlar uchun tashkil etiladigan tadbirlarning turli shakllari va uslublaridan foydalanish imkoniyati yanada kengayadi. ‎
16.‎ Madaniyat va istirohat bog‘larida “Navro‘z”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, “Giyohvandlikka qarshi kurash kuni”, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”, shuningdek boshqa kasb bayramlariga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish.‎ Har yili mart — oktyabr oylarida‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oltin meros” xalqaro jamg‘armasi, Respubli�a “Mahalla” jamg‘armasi, “Hunarmand” uyushmasi ‎ Jamg‘armalar va homiylar mablag‘lari‎ Yillik rejalar.
‎Umumxalq bayramlari va kasb bayramlarining aholi keng qatlamlarini jalb etgan holda nishonlanishiga erishiladi. Madaniyat va istirohat bog‘larida o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar ko‘lami kengayadi. Turli vazirlik, idora va tashkilotlarning ijodiy kuchlari birlashgan holda umumiy tadbir o‘tkazilishiga erishiladi. Aholi keng qatlamlariga mo‘ljallangan ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. ‎
17.‎ O‘quvchi va talabalarning yozgi ta’tili davrida bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan madaniy-ommaviy hamda sport tadbirlari o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish.‎ Har yili iyun — avgust oylarida‎ “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Markaziy Kengashi‎ “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va homiylar mablag‘lari‎ Yillik rejalar.
‎Madaniy-ommaviy hamda sport tadbirlarini tashkil etish orqali bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga erishiladi. Yosh avlodning ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan barkamol avlod bo‘lib tarbiyalanishiga zamin yaratiladi. ‎
18.‎ Toshkent, Nukus shaharlari, viloyat markazlaridagi madaniyat va istirohat bog‘larida an’anaviy ravishda milliy qo‘g‘irchoqlar ko‘rgazmasi, qo‘g‘irchoqbozlik bayramlari o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish.‎ Har yili aprel-may oylarida‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oltin meros” xalqaro jamg‘armasi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi, “Hunarmand” uyushmasi ‎ Homiylar mablag‘lari‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, uning hududiy boshqarmalarining yillik rejalari.
‎Milliy qo‘g‘irchoqlarning bolalar ma’naviyatiga ta’siridan samarali foydalanish mumkin bo‘ladi. Aholining keng qatlami qo‘g‘irchoqsozlik va qo‘g‘irchoqbozlik san’ati bilan yaqindan tanishtirib boriladi. Qiziquvchilar uchun qo‘g‘irchoq yasash bo‘yicha “master klass”lar tashkil etiladi. ‎
19.‎ Yozgi mavsum davomida aholining turli qatlamlarini jalb etgan holda ko‘rik, festival, tanlov va ko‘rgazmalar, turli sport musobaqalari tashkil etish.‎ Muntazam ravishda‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oltin meros” xalqaro jamg‘armasi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi, “Hunarmand” uyushmasi ‎ Ishtirokchilar va homiylar mablag‘lari‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, uning hududiy boshqarmalarining yillik rejalari.
‎San’at va sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rik, festival, tanlov, ko‘rgazma va musobaqalar aholining ijodiy va jismoniy imkoniyatlarini namoyish etishi uchun imkoniyat yaratadi. Shu orqali aholining faolligi ortadi. Bog‘larga keluvchilarning soni ortadi. Aholiga xizmat ko‘rsatishda madaniyat va istirohat bog‘larning roli oshadi. ‎
20.‎ Umumxalq bayramlari doirasida xalq sayillarini tashkil etish, teatrlashtirilgan tomoshalar, konsert dasturlari namoyishini yo‘lga qo‘yish.‎ Muntazam ravishda‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ Homiylar mablag‘lari‎ Yillik rejalar.
‎Umumxalq bayramlari davomida aholining madaniy dam olishi, konsert dasturlaridan bahramand bo‘lishi, oila a’zolari bilan birgalikda hordiq chiqarishi uchun imkoniyat yaratiladi. Odamlarning kayfiyati ko‘tariladi, madaniy-ma’rifiy tadbirlarga aholini ko‘proq jalb etish imkoniyati yaratiladi. ‎
21.‎ Madaniyat va is�irohat bog‘larida “Gul sayli”, “Qovun sayli”, “Uzum sayli”, “Non sayli”, “Qovoq sayli”, “Palov sayli”, “Asal sayli” singari sayillarni o‘tkazish.‎ Mavsum davomida‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Oltin meros” xalqaro jamg‘armasi, Respublika “Mahal��a” jamg‘armasi, “Hunarmand” uyushmasi‎ Homiylar mablag‘lari‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, uning hududiy boshqarmalarining yillik rejalari.
‎Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni targ‘ib etish, aholining qiziqishlariga mos tadbirlar tashkil etishga erishiladi. Barcha sohalarda erishilgan ilg‘or natijalar namoyish etiladi. Aholi tabiat ne’matlari va pazandachilik mahsulotlaridan bahramand bo‘lish bilan birga mahsulotlarni taqqoslash va tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, bayram kayfiyati hosil qilinadi. ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-dekabrdagi 322-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va istirohat bog‘larini yangidan tashkil etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KO‘RSATKIChLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‏Hududlar

Jami‎‎‏

Shu jumladan yillar bo‘yicha‎‎

2011-yil‎‎

Soni

Yangi tashkil etiladigan‎

Kapital rekonstruksiya qilinadigan‎

Kapital ta’mirlanadigan‎

Joriy ta’mirlanadigan‎

Jami‎

Yangi tashkil etiladigan‎

Kapital rekonstruksiya qilinadigan‎

Kapital ta’mirlanadigan‎

Joriy ta’mirlanadigan‎

Jami‎

225‎

77‎

105‎

29‎

14‎

40‎

6‎

22‎

7‎

5‎

‎Qoraqalpog‘iston Respublikasi

19‎

10‎

‎3

5‎

‎1

5‎

‎1

2‎

1‎

1‎

Andijon ‎ 26‎ 3‎ 14‎ 9‎ —‎ 4‎ 1‎ 3‎ —‎ —‎
Buxoro ‎ 14‎ 8‎ 4‎ 1‎ 1‎ 1‎ —‎ —‎ 1‎ —‎
Jizzax ‎ 16‎ 12‎ 3‎ 1‎ —‎ 2‎ 1‎ 1‎ —‎ —‎
Navoiy ‎ 10‎ 2‎ 8‎ —‎ —‎ 2‎ —‎ 2‎ —‎ —‎
Namangan ‎ 13‎ —‎ 12‎ 1‎ —‎ 3‎ 1‎ 2‎ —‎ —‎
Samarqand ‎ 17‎ 7‎ 8‎ 1‎ 1‎ 4‎ —‎ 2‎ 1‎ 1‎
Sirdaryo ‎ 11‎ 9‎ 2‎ —‎ —‎ 2‎ —‎ 2‎ —‎ —‎
Surxondaryo‎ 17‎ 4‎ 12‎ 1‎ —‎ 3‎ —‎ 2‎ 1‎ —‎
Toshkent ‎ 21‎ 5‎ 16‎ —‎ —‎ 2‎ —‎ 2‎ —‎ —‎
Farg‘ona ‎ 21‎ 10‎ 8‎ 2‎ 1‎ 4‎ 1‎ 2‎ 1‎ —‎
Xorazm ‎ 11‎ 2‎ 1‎ 2‎ 6‎ 2‎ —‎ —‎ 1‎ 1‎
Qashqadaryo ‎ 15‎ 2‎ 10‎ 1‎ 2‎ 3‎ 1‎ 1‎ —‎ 1‎
Toshkent shahri ‎ 14‎ 3‎ 4‎ 5‎ 2‎ 3‎ —‎ 1‎ 1‎ 1‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hududlar‎‏

Shu jumladan yillar bo‘yicha‎‎

2012-yil‎‎

2013-yil‎‎

Jami‎

Yangi tashkil etiladigan‎

Kapital rekonstruksiya qilinadigan‎

Kapital ta’mirlanadigan‎

Joriy ta’mirlanadigan‎

Jami‎

Yangi tashkil etiladigan‎

Kapital rekonstruksiya qilinadigan‎

Kapital ta’mirlanadigan‎

Joriy ta’mirlanadigan‎

Jami‎ 40‎ 11‎ 21‎ 7‎ 1‎ 45‎ 18‎ 21‎ 4‎ 2‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ‎ 2‎ 1‎ —‎‎ 1‎ —‎‎ 4‎ 3‎ —‎‎ 1‎ —‎‎
Andijon ‎ 6‎ —‎ 3‎ 3‎ —‎‎ 6‎ 2‎ 2‎ 2‎ —‎‎
Buxoro ‎ 2‎ 1‎ 1‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ 2‎ 1‎ —‎‎ —‎‎
Jizzax ‎ 3‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ 4‎ 3‎ 1‎ —‎‎ —‎‎
Navoiy ‎ 2‎ 1‎ 1‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ —‎‎ 3‎ —‎‎ —‎‎
Namangan ‎ 3‎ 1‎ 2‎ —‎� —‎‎ 2‎ —‎‎ 2‎ —‎‎ —‎‎
Samarqand ‎ 3‎ 1‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ 1‎ 2‎ —‎‎ —‎‎
Sirdaryo ‎ 2‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ 1‎ 1‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Surxondaryo‎ 3‎ 1‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 4‎ —‎‎ 4‎ —‎‎ —‎‎
Toshkent ‎ 3‎ —‎‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 4‎ 1‎ 3‎ —‎‎ —‎‎
Farg‘ona ‎ 3‎ —‎‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 4‎ 3‎ 1‎ —‎‎ —‎‎
Xorazm ‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 1‎ 1‎ 3‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 1‎
Qashqadaryo ‎ 3‎ —‎‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ —‎‎ 1‎ 1‎ 1‎
Toshkent shahri ‎ 3‎ —‎‎ 1‎ 2‎ —‎‎ 1‎ —‎‎ 1‎ —‎‎ —‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hududlar‎‏

Shu jumladan yillar bo‘yicha‎‎

2014-yil‎‎

2015-yil‎‎

Jami‎

Yangi tashkil etiladigan‎

Kapital rekonstruksiya qilinadigan‎

Kapital ta’mirlanadigan‎

Joriy ta’mirlanadigan‎

Jami‎

Yangi tashkil etiladigan‎

Kapital rekonstruksiya qilinadigan‎

Kapital ta’mirlanadigan‎

Joriy ta’mirlanadigan‎

Jami‎

44‎

15‎

21‎

5‎

3‎

56‎

29‎

18‎

6‎

3‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ‎ 4‎ 2‎ 1‎ 1‎ —‎‎ 4‎ 3‎ —‎‎ 1‎ —‎‎
Andijon ‎ 4‎ —‎ 3‎ 1‎ —‎‎ 6‎ —‎‎ 3‎ 3‎ —‎‎
Buxoro ‎ 4‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 1‎ 4‎ 2‎ 2‎ —‎‎ —‎‎
Jizzax ‎ 3‎ 1‎ 1‎ 1‎ —‎‎ 4‎ 4‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Navoiy ‎ 2‎ —‎‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 1‎ 1‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Namangan ‎ 2‎ —‎‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ —‎‎ 2‎ 1‎ —‎‎
Samarqand ‎ 3‎ 2‎ 1‎ —‎‎ —‎‎ 4‎ 3‎ 1‎ —‎‎ —‎‎
Sirdaryo ‎ 2‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ 4‎ 4‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Surxondaryo‎ 3‎ 1‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 4‎ 2‎ 2‎ —‎‎ —‎‎
Toshkent ‎ 5‎ 2‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 7‎ 2‎ 5‎ —‎‎ —‎‎
Farg‘ona ‎ 4‎ 1‎ 2‎ 1‎ —‎‎ 6‎ 5‎ —‎‎ —‎‎ 1‎
Xorazm ‎ 2‎ —‎‎ 1‎ —‎‎ 1‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ 2‎
Qashqadaryo ‎ 3‎ 1‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ —‎‎ 3‎ —‎‎ —‎‎
Toshkent shahri ‎ 3‎ —‎‎ 1‎ 1‎ 1‎ 4‎ 3‎ —‎‎ 1‎ —‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-dekabrdagi 322-son qaroriga
2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va istirohat bog‘larining tiplari bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KO‘RSATKIChLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‏
Hududlar‎‏‏

Jami‎‎

Shu jumladan yillar bo‘yicha‎‎‎‎‎

2011-yil‎

2012-yil‎‎

Soni‎‏

Tiplar bo‘yicha‎‎

Jami ‎‏

Tiplar bo‘yicha

Jami ‎‏

Tiplar bo‘yicha‎‎

I‎

II‎

III‎

I‎

II‎

III‎

I‎

II‎

III‎

Jami‎

225‎

37‎

38‎

150‎

40‎

15‎

10‎

15‎

40‎

7‎

12‎

21‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ‎ 19‎ 2‎ 5‎ 12‎ 5‎ 1‎ 2‎ 2‎ 2‎ —‎‎ 1‎ 1‎
Andijon‎ 26‎ 4‎ 9‎ 13‎ 4‎ 1‎ 1‎ 2‎ 6‎ 1‎ 3‎ 2‎
Buxoro‎ 14‎ 2‎ 3‎ 9‎ 1‎ 1‎ —‎‎ —‎‎ 2‎ —‎‎ 2‎ —‎‎
Jizzax‎ 16‎ 1‎ 2‎ 13‎ 2‎ 1‎ —‎‎ 1‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎
Navoiy ‎ 10‎ 1‎ 1‎ 8‎ 2‎ 1‎ —‎‎ 1‎ 2‎ —‎‎ 1‎ 1‎
Namangan‎ 13‎ 2‎ 3‎ 8‎ 3‎ 1‎ —‎‎ 2‎ 3‎ 1‎ 1‎ 1‎
Samarqand‎ 17‎ 2‎ 1‎ 14‎ 4‎ 2‎ 1‎ 1‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎
Sirdaryo‎ 11‎ 1‎ 2‎ 8‎ 2‎ 1‎ 1‎ —‎‎ 2‎ —‎‎ 1‎ 1‎
Surxondaryo ‎ 17‎ 3‎ —‎‎ 14‎ 3‎ 1‎ —‎‎ 2‎ 3‎ 1‎ —‎‎ 2‎
Toshkent ‎ 21‎ —‎‎ 6‎ 15‎ 2‎ —‎‎ 2‎ —‎‎ 3‎ —‎‎ 2‎ 1‎
Farg‘ona ‎ 21‎ 2‎ 4‎ 15‎ 4‎ 1‎ 2‎ 1‎ 3‎ —‎‎ 1‎ 2‎
Xorazm ‎ 11‎ 1‎ 1‎ 9‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 2‎ 2‎ 1‎ —‎‎ 1‎
Qashqadaryo ‎ 15‎ 2‎ 1‎ 12‎ 3‎ 1‎ 1‎ 1‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎
Toshkent shahri ‎ 14‎ 14‎ —‎ —‎‎ 3‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ 3‎ —‎‎ —‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hududlar‎‏‎‏
‎‏

Shu jumladan yillar bo‘yicha‎‎‎

2013-yil‎‎

2014-yil‎‎

2015-yil‎‎

Jami ‎‏

Tiplar bo‘yicha‎‎

Jami ‎‏

Tiplar bo‘yicha‎‎

Jami ‎‏

Tiplar bo‘yicha‎‎

I‎

II‎

III‎

I‎

II‎

III‎

I‎

II‎

III‎

Jami ‎

45‎

4‎

5‎

36‎

44‎

6‎

6‎

32‎

56‎

5‎

5‎

46‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ‎ 4‎ 1‎ 1‎ 2‎ 4‎ —‎‎ 1‎ 3‎ 4‎ —‎‎ —‎‎ 4‎
Andijon‎ 6‎ —‎‎ 2‎ 4‎ 4‎ 1‎ 2‎ 1‎ 6‎ 1‎ 1‎ 4‎
Buxoro ‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ 4‎ 1‎ 1‎ 2‎ 4‎ —‎‎ —‎‎ 4‎
Jizzax ‎ 4‎ —‎‎ 1‎ 3‎ 3‎ —‎‎ 1‎ 2‎ 4‎ —‎‎ —‎‎ 4‎
Navoiy ‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 2‎ 1‎ —‎‎ —‎‎ 1‎
Namangan‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 2‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 2‎ 3‎ —‎‎ 2‎ 1‎
Samarqand ‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ 4‎ —‎‎ —‎‎ 4‎
Sirdaryo ‎ 1‎ —‎‎ —‎‎ 1‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 2‎ 4‎ —‎‎ —‎‎ 4‎
Surxondaryo ‎ 4‎ 1‎ —‎‎ 3‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ 4‎ —‎‎ —‎‎ 4‎
Toshkent ‎ 4‎ —‎‎ 1‎ 3‎ 5‎ —‎‎ 1‎ 4‎ 7‎ —‎‎ —‎‎ 7‎
Farg‘ona ‎ 4‎ —‎‎ —‎‎ 4‎ 4‎ 1‎ —‎‎ 3‎ 6‎ —‎‎ 1‎ 5‎
Xorazm ‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ 2‎ —‎‎ —‎‎ 2‎ 2‎ —‎‎ 1‎ 1‎
Qashqadaryo ‎ 3‎ 1‎ —‎‎ 2‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 3‎
Toshkent shahri ‎ 1‎ 1‎ —‎ —‎‎ 3‎ 3‎ —‎‎ —‎‎ 4‎ 4‎ —‎‎ —‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-dekabrdagi
322-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va istirohat bog‘lari ma’muriyatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Texnik xodimlar soni madaniyat va istirohat obyektlarining turi va sonidan kelib chiqib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlardan kelib chiqib belgilanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 523-modda)