OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2009 YIL 18 AVGUSTDAGI 233-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN BUDJET MABLAGʻLARI HISOBIGA FUNDAMENTAL, AMALIY TADQIQOTLAR VA INNOVATSION IShLARNING ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI AMALGA OShIRIShDA QATNAShUVChI ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI ILMIY VA RAHBAR XODIMLARINING BAZAVIY LAVOZIM MAOShLARI MIQDORLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2171]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2011-yil 18-avgustdagi FTK-06-13/593, 53, 54-sonli “ Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2258, 25.08.2011-y) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-noyabrdagi PF-4253-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 413-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 370-modda) bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq oʻzgartirilsin.
2. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari 2010-yil 1-dekabrdan ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oʻzgarganligini hisobga olib, ish haqlarini qayta hisoblab toʻlanishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2010-yil 16-avgustdagi 1, 152/1-Q/Q, 66-son “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 2137, 2010-yil 27-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2009-y., 34-son, 298-modda) qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2010-yil 15-dekabr,
6-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 15-dekabr,
200-Q/Q-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 15-dekabr,
104-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 15-dekabrdagi 6, 200-Q/Q, 104-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
| T/r | Lavozimlarning nomi | Bazaviy lavozim maoshlarining miqdori, soʻm |
| 1. | Institut direktori | |
| professor | 768 825 | |
| fan doktori | 737 590 | |
| fan nomzodi | 706 526 | |
| 2. | Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori | |
| professor | 706 526 | |
| fan doktori | 681 424 | |
| fan nomzodi | 650 938 | |
| 3. | Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri | |
| fan doktori yoki professor | 681 424 | |
| katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi | 650 938 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi | 626 005 | |
| 4. | Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari | |
| fan doktori yoki professor | 650 938 | |
| katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi | 626 005 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi | 600 934 | |
| 5. | Bosh ilmiy xodim | |
| professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori | 650 938 | |
| katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori | 626 005 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori | 600 934 | |
| 6. | Etakchi ilmiy xodim | |
| ilmiy unvonga ega boʻlgan fan doktori | 626 005 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori | 600 934 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi | 571 276 | |
| 7. | Katta ilmiy xodim | |
| ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi | 571 276 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi | 541 957 | |
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan | 513 290 | |
| 8. | Kichik ilmiy xodim | |
| fan nomzodi | 541 957 | |
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) | 513 290 | |
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) | 484 862 | |
| 9. | Tajriba orttiruvchi tadqiqotchi | 427 798 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 504-modda)