OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
TEMIR YOʻL TRANSPORTI TAʼMIRLASh TAShKILOTLARI XODIMLARI UChUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 18-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2068-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-dekabrdagi 82-B-son (roʻyxat raqami 2068, 2010-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 18-modda) buyrugʻi bilan tasdiqlangan Temir yoʻl transporti taʼmirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 140-bandi, 141-bandi birinchi xatboshisidagi va 142-banddagi “Sanoatkontexnazorat” degan soʻzlar “Sanoatgeokontexnazorat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksionerlik temir yoʻl kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-dekabr,
195-B-son
Kelishildi:
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 25-noyabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksionerlik temir yoʻl kompaniyasi boshqaruvi raisi O. RAMATOV
2010-yil 25-noyabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 25-noyabr
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2010-yil 25-noyabr
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2010-yil 25-noyabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 25-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 494-modda)