Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
TAYYORLASh - QOLIPLASh IShLARIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 18-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2010-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 27-avgustdagi 54-B-son (roʻyxat raqami 2010, 2009-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 40-son, 437-modda) buyrugʻi bilan tasdiqlangan Tayyorlash - qoliplash ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 127-bandi ikkinchi xatboshisidagi va 401-banddagi “Sanoatkontexnazorat” degan soʻzlar “Sanoatgeokontexnazorat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-dekabr,
196-B-son
Kelishildi:
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi U. ROZUQULOV
2010-yil 25-noyabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 25-noyabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 25-noyabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 25-noyabr
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2010-yil 25-noyabr
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2010-yil 25-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 493-modda)