Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.12.2010 yildagi 304-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOLALAR MAYDONChALARINI TIKLASh VA TAShKIL ETIShNING 2011 — 2015 YILLARGA MOʻLJALLANGAN ChORA-TADBIRLAR DASTURINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlash hamda aholi, ayniqsa bolalar va oʻsmirlarning koʻngilli dam olishi, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi, maʼnaviy-estetik qadriyatlar asosida sogʻlom va barkamol qilib tarbiyalash uchun har bir mahalla, daha va mikrotumanda zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar maydonchalariga qoʻyiladigan talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda bolalar maydonchalariga qoʻyiladigan talablar asosida hamda aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan holda, bolalar maydonchalarining 5 ta tipdagi namunaviy loyihalari ishlab chiqilishini taʼminlasin va ularda quyidagilarni nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning boʻsh vaqtini maroqli oʻtkazishi va jismoniy rivojlanishi uchun bolalar maydonchalarining qulay, koʻrkam va tekis joylarda tashkil etilishi, ularning atrofida sersoya daraxtlar va oʻtirib dam olinadigan hordiq oʻrindiqlar boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyin va sport qurilmalarining bolalarning yoshi va qiziqishlariga mos zamonaviy va sodda tuzilishga ega boʻlishi hamda ularning sanitariya va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beradigan turlarining oʻrnatilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari dasturni amalga oshirishda asosiy ijrochilar sifatida belgilansin hamda ular zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mavjud barcha bolalar maydonchalarini, sport va oʻyin qurilmalarini yalpi xatlovdan oʻtkazish va ularni tegishli ravishda uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tasarrufiga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda tumanlar va shaharlar boʻyicha namunaviy loyihalar asosida har bir mahalla, daha va mikrotumanlarda bolalar maydonchalari tashkil etishni (tiklashni) nazarda tutadigan, 2011 — 2015-yillarda amalga oshirilishi moʻljallangan hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlar, jamoat birlashmalari, jamgʻarmalar, fermer xoʻjaliklari, korxona va boshqa tashkilotlarni, mahalliy aholini joylardagi bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil qilish ishlariga keng jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari hamda Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar maydonchalarini tiklash, tashkil etish va ularni foydalanishga yaroqli holda saqlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar, birinchi navbatda, mahalliy aholi, jumladan, tegishli hududda istiqomat qiladigan tadbirkorlar, shuningdek, korxona va tashkilotlar hamda boshqa homiylar mablagʻlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjetdan tashqari moliyaviy manbalari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur holatlarda bolalar maydonchalarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish bilan bogʻliq ayrim xarajatlar mahalliy budjetlar parametrlarida obodonlashtirish xarajatlari uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida moliyalashtirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar maydonchalarining koʻrkam va obod holda saqlanishi, ulardagi oʻyin va sport qurilmalarining texnik jihatdan soz holatda boʻlishiga uy-joy mulkdorlari shirkatlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari doirasida namunaviy loyihalarni ishlab chiqish uchun mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va oʻyin qurilmalarini mamlakatimizdagi korxonalarda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda dasturning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tizimli ravishda monitoring ishlarini olib borish va uning natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga muntazam axborot berib borish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-dekabrdagi 304-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Tadbirlar nomi‎ Bajarish muddatlari‎ Masʼul bajaruvchilar‎ Moliyalashtirish manbalari‎ Tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi va ulardan kutilayotgan natija‎
I. Bolalar maydonchalari faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
1.‎ Bolalar maydonchalariga faoliyat koʻrsatishi uchun jismoniy sogʻlomlashtirish inshooti pasporti va sertifikatini berish.‎ 2011 — 2015-yillar‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎ Mahalliy hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylar mablagʻlari‎ Bolalar maydonchalarini pasportlashtirish joriy etiladi. Bolalar maydonchalarini sertifikatlash orqali ularga qoʻyilgan talabning bajarilishi taʼminlanadi. Belgilangan meʼyor va talablarga muvofiq maqsadli foydalanish taʼminlanadi. Yagona davlat xatlovidan oʻtkaziladi.
2.‎ Respublikaning har bir tumanida (shahrida) 5 ta ragʻbatlantiruvchi mukofot taʼsis etuvchi “Eng yaxshi bolalar maydonchasi” tanlovining Nizomini ishlab chiqish, uni belgilangan tartibda tasdiqlash va 2011-yildan boshlab joriy etish.‎ 2011-yil fevral‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YIH, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ Homiylar mablagʻlari‎ Nizom loyihasi ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Eng yaxshi namunaviy maydoncha aniqlanadi. Raqobatchilik asosida bolalar maydonchalarining holati yaxshilanadi.
3.‎ Eng namunali bolalar maydonchalarida ishlarni tashkil etish boʻyicha tushuntirishlar olib borish hamda koʻrgazmali treninglar oʻtkazish orqali ilgʻor tajribalarni ommalashtirish.‎ 2011-yildan boshlab har yili‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YIH‎ —‎ Eng namunali zamonaviy bolalar maydonchasi tanlab olinib tajriba almashinadi. Barcha bolalar maydonchalarining yaxshilanishiga eʼtibor beriladi.‎
4.‎ Bolalar maydonchalarida texnika xavfsizligiga rioya etish qoidalarini ishlab chiqish.‎ 2011-yil I chorak‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎ —‎ Texnika xavfsizligiga rioya qilish qoidalari ishlab chiqiladi. Bolalar xavfsizligini taʼminlashga erishiladi.‎
5.‎ Bolalar uchun moʻljallangan gazeta va jurnallarda “Bolalar maydonchalarida” turkumida maqolalar chop etib borish.‎ Doimiy‎ Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari —‎‎ Bolalar maydonchalari ahamiyati aholi oʻrtasida ommalashadi. Ularni saqlash va rivojlantirishga eʼtibor kuchaytiriladi.‎
6.‎ Ota-onalar oʻrtasida:
‎— bolala� maydonchalaridan toʻgʻri foydalanish va ularni saqlash;
‎— bolalarning jismoniy va maʼnaviy rivojlanishida maydonchalarning ahamiyati xususida davra suhbatlari oʻtkazish va targʻibot-tashviqot ishlari olib borish;
‎— maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarida “Bolalar maydonchalari”ni ommalashtirish boʻyicha bukletlar chiqarish.‎
2011-yildan boshlab doimiy‎ Xalq taʼlimi vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YIH‎ —‎ Ota-onalar oʻrtasida ishlab chiqilgan xavfsizlik qoidalarini targʻib qilishda va bolalarning sogʻligʻi uchun jismoniy mashqlar foydasi taraflari tushuntiriladi.
II. Bolalar maydonchalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, rivojlantirish hamda ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish
7.‎ Bolalar maydonchalariga qoʻyiladigan talablar asosida hamda aholi sonini, uy-joylarning turi va joylashishini inobatga olgan holda bolalar maydonchalarining 5 ta tipdagi namunaviy loyihalarini ishlab chiqish.‎ 2011 I chorak Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligiga koʻzda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida‎ Hududlarda tashkil qilinadigan va tiklanadigan bolalar maydonchalarining namunaviy loyihalar asosida amalga oshirilishiga erishiladi.
8.‎ Bolalar maydonchalarini va ulardagi mavjud sport va oʻyin qurilmalarini yalpi xatlovdan oʻtkazish, ularni tegishli uy-joy mulkdorlari shirkatlari tasarrufiga berish yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga biriktirish.‎ Bir oy muddatda‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ —‎‎ Bolalar maydonchalarini va ulardagi mavjud sport va oʻyin qurilmalari ahvoli yalpi xatlovdan oʻtkaziladi.
‎Oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra tuman (shahar) hokimliklari tomonidan barcha bolalar maydonchalarini uy-joy mulkdorlari shirkatlari balansiga oʻtkazish yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga biriktirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
‎Bolalar maydonchalarini va ulardagi sport va oʻyin qurilmalarini soz holatida saqlashga erishiladi.
9.‎ Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
‎har bir mahalla, daha va mikrotumanlarda ilgari tashkil etilgan bolalar maydonchalarini tiklash va bolalar maydonchalari boʻlmagan mahalla, daha va mikrotumanlarda yangilarini qurish;
‎turar joy dahalari va mahallalarda rekreatsiya zonalari tashkil etish;
‎bolalar maydonchalarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;
‎bolalar maydonchalarini sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlash.
2011-yil fevral Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari ATD, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD‎ —‎‎‎ Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlari ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritiladi.
‎Bolalar maydonchalari tashkil qilish boʻyicha ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida bolalar maydonchalarini tashkil etish parametrlari shakllantiriladi.
‎Aholining (bolalarning) dam olishi, jismoniy tiklanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
10.‎ Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil qilish Dasturini amalga oshirish boʻyicha mutasad�i idora va tashkilot vakillaridan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida hududiy komissiyalar tashkil etish.‎ 2011-yil fevral‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari‎ —‎‎‎‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlari bilan .hududiy komissiyalar tarkibini va ularning vazifalarini tasdiqlash.
‎Dasturni amalga oshirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish va uning bajarilishini taʼminlash.
11.‎ Tasdiqlangan hududiy manzilli dasturlarga asosan bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etish ishlarini amalga oshirish, shu jumladan yangidan tashkil etish, taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish hamda ularni sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlash.‎ 2011 — 2015-yillar‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ mahalliy davlat organlarining budjetdan tashqari moliyaviy manbalari va homiylar mablagʻlari‎ 2011 — 2015-yillarda barcha bolalar maydonchalari zamonaviy qiyofaga keltiriladi, ular sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlanadi. Respublikaning har bir mahallasida kamida bitta, koʻp kvartirali uyli aholi massivlarida esa — har toʻrtta uy uchun kamida bittadan zamonaviy bolalar maydonchalari boʻlishiga erishiladi.‎
12.‎ Qayta tiklangan va yangidan barpo etilgan bolalar maydonchalarini foydalanishga tantanali vaziyatda topshirish marosimlarini oʻtkazish.‎ Bayramlar arafasida‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎ —‎‎‎‎‎ Bolalar maydonchalarini tantanali topshirish, aholi oʻrtasida ushbu ishlarni ommalashtirish, gazeta, jurnal va televideniye orqali keng yoritib borish.‎
13.‎ Bolalar maydonchalarini zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari bilan taʼminlash maqsadida ularni respublika korxonalarida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.‎ 2011-yildan boshlab Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi‎ Tadbirkorlar, korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari Bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari ishlab chiqish loyihalarini Mahalliylashtirish dasturiga kiritish.‎
14.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar mahsulotlari koʻrgazmalarini oʻtkazish.‎ 2011-yildan boshlab har yili mart oyida‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi‎ —‎‎‎‎‎‎ Bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari koʻrgazmalarini oʻtkazish rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
‎Bolalar maydonchalarini zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlashga keng imkoniyat yaratiladi.
15.‎ Dasturning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish.‎ 2011 — 2015-yillar‎ Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari —‎‎‎‎‎‎‎ Dasturning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boriladi va uning natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda axborot berib boriladi.‎
III. Bolalar maydonchalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish sarf-xarajatlarini moliyalashtirish
16.‎ Bolalar maydonchalarini tiklash, tashkil etish va ularni foydalanishga yaroqli holda saqlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni qoplash uchun ishtirokchilar mablagʻlarini jalb etish va sarflash tartibini belgilash. 2011 — 2015-yillar‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi —‎‎‎‎‎‎‎‎ Mahalliy aholi, jumladan, tegishli hududda istiqomat qiladigan tadbirkorlar, shuningdek, korxona va tashkilotlar hamda boshqa homiylar mablagʻlari, mahalliy davlat organlarining budjetdan tashqari moliyaviy mablagʻlarini jalb etish va sarflash tartibi belgilanadi.‎
17.‎ Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy manbalari va miqdorini aniqlash.‎ 2011-yil fevral Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari‎ —‎‎‎‎‎‎‎‎‎ Bolalar maydonchalarini tiklash, tashkil etish va ularni foydalanishga yaroqli holda saqlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarning miqdori va manbai aniqlanadi.
18.‎ Mahalliy aholi, jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalar, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlar va fermyerlarni:
‎bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etish hamda ularni qayta jihozlash ishlariga;
‎hududiy komissiya ishchi guruhiga keng jalb qilish.
2011-yildan boshlab‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, mahalliy aholi, jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalar, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlar, fermyerlar‎ —‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ Mahalliy aholi, jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalar, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlar, fermyerlar bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etish hamda ularni qayta jihozlash ishlariga keng jalb qilinadi.
‎Belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda homiylik mablagʻlari koʻlami ortadi.‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-dekabrdagi 304-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar maydonchalariga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar maydonchalari bolalarning oʻz vaqtini mazmunli oʻtkazishi, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladi. U yerda joylashtiriladigan barcha jihozlarning bolalar uchun qiziqarli boʻlishiga erishish zarur. Chunki maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning kundalik hayotida oʻyin eng qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi va oʻyin vositasida bolalarning jismoniy va intellektual rivojlanishiga samarali taʼsir etish imkoniyati bor. Oʻyin orqali bolalar atrof muhit bilan yaqindan tanishadi, oʻzaro muloqot qilishni oʻrganadi va mustaqil harakatlanish, oʻz kuchini sinab koʻrish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar oʻzlari uchun instinktiv ravishda oʻyin jihozlari, oʻyin maydoni va oʻyin turini tanlaydi. Bolalar maydonchasida oʻtkaziladigan harakatli oʻyinlar orqali bolalar tabiat bilan uygʻunlashadi va oxir-oqibatda ularga tabiatga mehr uygʻonadi. Maydonchalarda tashkil etiladigan oʻyinlar faqat u yerdagi sport jihozlari bilan bogʻliq boʻlibgina qolmasdan, sodda milliy oʻyinlarni ham qamrab olishi maqsadga muvofiqdir. Bu esa bolalarni oʻyin vositasida milliy anʼanalarimizga muhabbat ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladi. Ushbu oʻyinlar orqali bolalarning harakatlarida mustaqillik, dadillik paydo boʻladi. Ular bu maydonchalarda erkin harakat qilish, boshqa bolalarning harakatlaridan oʻrnak olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Joy tanlash. Bolalar maydonchasi aholi yashash punktlarining markaziy qismlarida, uylardan uzoq boʻlmagan masofada, iloji boricha kengroq, ochiqroq joyda tashkil etilishi kerak. Ular uchun tanlanadigan joy avtomobillar qatnaydigan yoʻldan va avtomobillar toʻxtash joyidan uzoqda boʻlishi shart, tanlangan joyda kanalizatsiya lyuklari boʻlmasligiga eʼtibor qaratish lozim. Agar tanlangan joyda daraxtlar boʻlsa, ularning soyasidan unumli foydalanish kerak. Tanlangan joyning yuza qismi iloji boricha tekis boʻlishiga erishish zarur. Maydonchaning muayyan qismi yoki toʻliq ravishda maxsus qoplama bilan qoplanishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoritish masalalari. Tanlangan joy kunduzi yetarli darajada quyosh tushib turadigan, kechasi ham yoritish imkoniyati mavjud boʻlishi lozim. Elektr yoritish tizimidan foydalanishda maydonchaning barcha qismlari tekis yoritilishiga erishish zarur. Bu bolalarning kechki paytda ham bexavotir harakatlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻyin jihozlari. Bolalar maydonchasiga joylashtiriladigan oʻyin jihozlari bir-biridan xavfsiz masofada, boshqasiga xalaqit bermaydigan darajada joylashtirilishiga erishish kerak. Oʻyin jihozlari ularda oʻynaydigan bolalarning yoshi va talablariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu ularning yayrab oʻynashi, oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishi va jismoniy rivojlanishi uchun xizmat qilishi zarur. Bolalar maydonchasida yaratilgan muhit bolalarning ijtimoiy moslashishiga xizmat qiladi, oʻzlarini dadil tutishiga, harakatlarni choʻchimasdan, dadil bajarishiga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hudud atrofini oʻrash. Bolalar maydonchalari alohida toʻsiq yoki panjara bilan oʻralishi lozim. Bu toʻsiqlar yogʻoch yoki metalldan tayyorlanishi, ularning boʻyi 70 santimetr boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Toʻsiqlar bolalar maydonchasida yer transportlarining harakatlanishi, uy hayvonlarini sayr qildirishning oldini olish hamda ular xavfidan saqlash maqsadida, shuningdek, bolalarning harakatli oʻyinlari davomida maydoncha chegarasidan chiqib boshqalarga xalaqit bermasligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dizayn. Bolalar maydonchalarini loyihalashtirishda dizayn masalalariga alohida eʼtibor qaratilishi kerak. Bunda, birinchi navbatda, bolalarni jalb etadigan darajada qiziqarli va yorqin ranglardan foydalanish, u yerdagi sport jihozlarini tartibli, biri ikkinchisiga xalaqit bermaydigan, agar zarur boʻlsa, bir jihozdan keyin ikkinchisiga oʻtib oʻynash qiziqarli boʻlishini taʼminlaydigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻyin jihozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bolalar maydonchalariga joylashtiriladigan oʻyin jihozlari, birinchi navbatda, xavfsiz, bolalarga jarohat yetkazmaydigan, oʻtkir qirralarsiz boʻlishi lozim. Ularning asosiy turlari quyidagilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻziqorin. Bolalar maydonchalari mavjudligini yaqqol bildiruvchi bu jihoz alohida holda ham, qum toʻkilgan joy tepasida yoki dam olib oʻtiriladigan aylana skameyka tepasida ham oʻrnatilishi mumkin. Bu qoʻziqorin qalpoqsimon koʻrinishdagi metall yoki taxta qoplamaning yogʻoch ustunga oʻrnatilganidir. Qoʻziqorinning tepasi odatda bir xil rangdagi boʻyoq ustiga qoʻziqorin dogʻlari singari dumaloq shakldagi boshqa rangi bilan ajralib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayvoncha. 4-5 nafar bola aylana shaklida yoki bir-biriga qarama-qarshi tomonda oʻtiradigan skameykalar bilan jihozlangan, usti metall yoki taxta bilan toʻrtburchak shaklida qoplangan dam olish joyi. Bu joy bolalarning harakatli oʻyinlardan charchagan davrida muloqot qilishlari va passiv hordiq chiqarish uchun xizmat qiladi. Yomgʻirli kunlarda esa u yerda oʻtirib, suhbatlashish imkoniyati boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchoqlar. Uchoqlarga ikki kishilik va toʻrt kishilik gorizontal uchoqlar hamda bir kishilik va ikki kishilik vertikal uchoqlar va boshqa turli uchoqlar kiradi. Ular oʻrindiqlarda oʻtirgan holda ikki tomonga tebranish qoidalariga asoslanadi. Oʻrindiqlar bolalar uchun qulay boʻlishi va ular oldida ushlagichlari boʻlishi lozim. Uchoqlar podshipnik orqali asosga birlashtirilishi shart. Chunki harakatlarning silliq va ravon boʻlishiga podshipniklar vositasidagina erishilishi mumkin. Vertikal uchoq atrofida maʼlum masofagacha xavfsizlik zonasi tashkil etilishi va boshqa jihozlar joylashtirilmasligi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrgimchak toʻri. Bu jihoz yarim aylana shaklida kesilgan ikki juft quvurning bir-biriga yopishtirilgan va har ikkala juft quvurlarning oʻrtasida ularni bogʻlab turuvchi quvurlar payvandlangan boʻladi. Jihozning umumiy koʻrinishi agʻdarilgan piyolani eslatadi. Turniksimon koʻrinishda qator payvandlangan quvurlarga bolalar osilib oʻynashi natijasida ularning bilak quvvati ortadi, tepalikka koʻtarilib borgan sari ular oʻz kuchlarini hisoblashga va qanchalik darajada balandlikka yetib bora olishlarini sinab koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qumxona. Taxminan 1,5 x 1,5 metr yoki 2,0 x 2,0 metr kenglikdagi maydon yogʻoch toʻsiq bilan oʻralib, uning oʻrtasiga qum toʻkiladi. Yogʻoch toʻsiq oʻtkir qirrali boʻlmasligi kerak. Qumxonada oʻtkaziladigan oʻyinlar bolalarning mushohada qobiliyatini rivojlantiradi. U yerda qumdan yasaladigan imoratlar, inshootlar va turli koʻrinishdagi minoralar ulardagi ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin. Qumxonada foydalaniladigan chelakcha, xokandozcha, avtomashina va boshqa oʻyinchoqlar bolalarning oʻzlarida boʻladi va ularning fantaziyasidan kelib chiqib turli oʻyinlar oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirpanchiq. Odatda metall yoki plastmassadan tayyorlanadigan sirpanchiq bolalarning eng sevimli snaryadi hisoblanadi. Sirpanchiqning tepasiga chiqib olish uchun esa narvon va undan yiqilib ketmaslik uchun qoʻl bilan ushlab chiqiladigan toʻsiq ham boʻlishi kerak. Sirpanchiqning pastki qismiga, odatda, bir oz qum toʻkib qoʻyiladi va bu bolalarning yerga qattiq urilmasligini, agar yiqilib tushsa ham jarohat olmasliklarini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turnik. Bolalarning qoʻl muskullarini rivojlantirish, ularda muallaq turish koʻnikmalarini hosil qilish uchun xizmat qiladigan turniklar bolalar maydonchalarida turli shakllarda va turlicha balandliklarda boʻlishi zarur. Eng sodda hisoblangan bu snaryad, odatda, boshqa jihozlarga xalaqit bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narvon. Bolalar maydonchalaridagi narvonlar oddiy narvonlardan yerga mahkamlanganligi, koʻchmasligi va bir necha qatorligi bilan farqlanadi. Uch-toʻrt qatorli narvonlar bir tarafdan bir necha bolaning bir paytda shugʻullanishi uchun sharoit yaratishidan tashqari, bolalar oʻrtasida kim birinchi boʻlib narvonning tepasiga yetib borishi boʻyicha musobaqalarni ham tashkil etish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrindiqlar. Bolalar maydonchasida bolalar bilan bir qatorda kattalar uchun ham xizmat qiladigan jihozlardan biri oʻrindiqdir. Bolalar maydonchalaridagi oʻrindiqlarning balandligi boshqa joylarda kattalar uchun moʻljallangan oʻrindiqlardan pastroq boʻladi. Odatda bolalar maydonchalari oʻrindiqlari juda sodda, toʻrtta yogʻoch yoki metall oyoq ustiga joylashtirilgan bir nechta taxtadan iborat boʻladi. Oʻtirgich sifatida ishlatiladigan taxtalar silliqlangan, oʻtkir qirralari yoʻnilgan va albatta boʻyalgan yoki laklangan boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karusel. Bolalar maydonchalariga oʻrnatiladigan karusellar oʻzining sodda konstruksiyasi va hajmining kichikligi bilan bogʻlarda oʻrnatiladigan karusellardan farqlanadi. Bu karusellarda oʻtirgichlar boʻlmaydi va bolalar unda tik turgan holda aylanadilar. Shu bilan birga, karusellar elektr quvvati bilan emas, kattalarning yoki bolalarning jismoniy harakatlari evaziga harakatlanadi. Bolalar maydonchalari karusellari bitta podshipnikka oʻrnatilgan oʻq (aksariyat hollarda yoʻgʻonroq temir quvur) va unga payvandlangan yuza qismdan iborat boʻladi. Aylana shaklidagi yuza qismning ustki tomonida bolalarning tushib ketmasligi uchun toʻsiq va karuselni aylantirish uchun tirgaklar boʻladi. Bu jihoz bolalarning muvozanatlashtirish malakalarini rivojlantirishga, boshi tez aylanadigan bolalarning jismoniy quvvatini oshirishga, bolalarning balandlikka koʻnikishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basketbol shiti. Bolalar maydonchalarida bitta basketbol shiti yoki maydon kengroq boʻlsa — ikkita oʻrnatilishi mumkin. Basketbol toʻpi tushadigan toʻr bolalarning boʻylariga mos ravishda yer-sathidan 1,5 metrdan 2,0 metrgacha balandlikda oʻrnatilishi mumkin. Bu jihoz bolalarning toʻp bilan harakatlanishi va toʻrga tushirishga intilishi orqali deyarli barcha aʼzolarining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axlat qutisi. Bolalar maydonchalarining bolalar tomonidan iflos qilib yuborilmasligi uchun uning chekka qismlariga axlat qutilari qoʻyilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalar maydonchalariga kirish va chiqishni hech kim nazorat qilmasligi bois u yerga bolalar turli xil yeguliklarni olib kelishi va ularning qoldiqlarini har joyga sochib yuborishining oldini olish maqsadida ushbu qutilardan foydalaniladi. Axlat qutilari bitta joyga muqim (qoʻzgʻalmas qilib) oʻrnatiladigan yoki joyi oʻzgartiriladigan boʻlishi mumkin. Har ikki holatda ham axlat qutilaridagi axlatlarni har kuni yoʻqotish ishlari amalga oshirilishi zarur.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 488-modda)