Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “GEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA OLIB BORISH TIZIMI SAMARADORLIGINI YANADA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2010-YIL 27-AVGUSTDAGI PQ-1396-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Yer qaʼridan foydalanilishini va uning muhofaza qilinishini, yer qaʼri geologik oʻrganilishini hamda mineral resurslardan oqilona foydalanilishini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi yangi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-dekabr,
301-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-dekabrdagi 332-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori 13-bandining birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 13-yanvardagi 19-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 1-son, 1-modda) 1 va 2-ilovalar matnidagi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi — “Sanoatkontexnazorat”ga koʻrsatmalar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qaroriga 1—4-ilovalar matnidagi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi — “Sanoatkontexnazorat”ga koʻrsatmalar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Geologiya va marksheyderlik xizmatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 1-apreldagi 168-son qaroriga 1-ilova 8-bandining beshinchi xatboshidagi va 2-ilova 8-bandining beshinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisida Nizom matnidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi Konvensiyani roʻyobga chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 6-iyundagi 287-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi, shuningdek ushbu qarorga 2-ilova IV boʻlimining yettinchi xatboshidagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 350-modda)
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish komissiyasini tashkil etish haqida” 1998-yil 22-sentabrdagi 405-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi, shuningdek ushbu qarorga 2-ilova V boʻlimining yettinchi xatboshidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 6-bandining oʻninchi xatboshidagi “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-iyundagi 315-f-son farmoyishida:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 39-modda):
a) 2-banddagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
22-bandning oltinchi va toʻqqizinchi xatboshidagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va maxsus tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi va 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va maxsus tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 5 va 31-bandlaridagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-apreldagi 145-son qarorining 9-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 12-bandining uchinchi—oltinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son)
23. Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 6-maydagi 213-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 46-modda) 2-bandining yettinchi xatboshidagi, 3-bandining ikkinchi xatboshidagi va 4-bandidagi hamda ushbu qarorga 2-ilova 3-bandidagi, 11-bandining beshinchi va oltinchi xatboshidagi, 13-bandidagi va 19-bandining ikkinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
6 va 9-ilovalardagi “Lavozimiga koʻra — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshligʻi” soʻzlari “Gʻulomov B.V.— “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19 va 21-ilovalardagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “BMT Xavfsizlik Kengashi 1540-son (2004) rezolyutsiyasining bajarilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 10-sentabrdagi 424-son qarori 1-bandining birinchi xatboshidagi, 3-bandining birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-iyundagi 152-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 6-bandning uchinchi xatboshidagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 13 va 17-bandlardagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) Nizomga ilovadagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatining “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 10-fevraldagi 30-son qarorining 4-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-yanvardagi 24-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning “d” kichik bandidagi, 11-bandning “b” va “v” kichik bandlaridagi, 15-banddagi va Nizomga ilovadagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari maʼlum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻgʻrisidagi Nizomning 5-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Geologiya-qidiruv ishlari olib borishga va qattiq foydali qazilma konlarini ishlatishga investitsiyalarni yanada jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 25-iyundagi 142-son qarorida:
1-ilovaning 10-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-ilovadagi “Xolmatov I.M. — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari “Gʻulomov B.V.— “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qaroriga 3-ilovadagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 64-modda):
3-bandning birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin;
1—4-ilovalar matnidagi va ularga ilovalardagi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga koʻrsatmalar “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari 10-bandining ikkinchi xatboshidagi, 11-bandining birinchi xatboshidagi, 12-bandining beshinchi xatboshidagi, 13-bandining uchinchi xatboshidagi, 14-bandining beshinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshidagi, 18, 19, 20-bandlaridagi, 21-bandidagi, 23-bandining birinchi xatboshidagi va 24-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining “Atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 25-iyundagi 179-son qarorining 1, 2 va 3-bandlaridagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 60-modda) 1-ilova 5-bandining uchinchi xatboshidagi, 6-bandining birinchi xatboshidagi, 7-bandidagi, 8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshidagi, 10, 11, 13 va 14-bandlaridagi, 2-ilova 2-bandining ikkinchi xatboshidagi, 15, 21, 37, 47, 57, 62, 75, 77—80 va 85-bandlaridagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-oktabrdagi 284-son qarori bilan tasdiqlangan Gʻisht xom ashyosini geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va sanoat asosida kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 8-bandining ikkinchi xatboshidagi, 11-bandining ikkinchi xatboshidagi, 12-bandning birinchi xatboshidagi va 13-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning “Vazirliklar va idoralarning nomi” ustunidagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Shakllantirish manbai” ustunidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 10-maydagi 86-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 19-modda) 3-ilovaning 6-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 93-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari 23-bandining birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 20-iyuldagi 153-son qaroriga 1-ilovada:
a) 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4.38 va 4.39-kichik bandlarning “Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Sanoatkontexnazorat” soʻzi “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 486-modda; 2011-y., 34-35-son, 350-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son, 29.12.2018-y., 09/18/1050/2395-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)