Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 17.10.2006 yildagi PQ-493-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-YIL HOSILI UChUN ShUDGORLASh IShLARINI O‘TKAZIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil hosili uchun shudgorlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, qulay agrotexnik shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasining 2007-yil hosili uchun shudgorlash hajmi va muddatlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan takliflari ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagromashservis” uyushmasining rahbarlari zimmasiga quyidagilar shaxsiy javobgarlik sifatida yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikani ta’mirlashni nihoyasiga yetkazish, mashina-traktor parklari, shirkat va fermer xo‘jaliklarining buyurtmanomalari bo‘yicha haydov agregatlariga ehtiyot qismlar tayyorlash va yetkazib berish hamda belgilangan muddatlarda shudgorlashni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan agrotexnologiya normalaridan kelib chiqqan holda shudgorlash sifati, shudgorlashning zarur chuqurligi va bir tekisligi, mineral va organik o‘g‘itlar solinishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi shudgorlash ishlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan hajm va muddatlarga muvofiq o‘tkazilishi ustidan nazorat o‘rnatsin, hisobotni buzib ko‘rsatish va boshqa qoidabuzarlik faktlari aniqlangan hollarda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qat’iy javobgarlik choralari ko‘rilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda shudgorlashning borishi va sifatini nazorat qiluvchi hududiy komissiyalar tuzsin va ularga shudgorlash ishlarining hajmlari, muddatlari va sifatini baholash natijalariga ko‘ra tanlov asosida keng muhokama va oshkoralikni ta’minlagan holda har bir tuman bo‘yicha xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga rag‘batlantiruvchi mukofotlar joriy etish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda, yer resurslaridan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda, tumanlar va xo‘jaliklar doirasida shudgorlashni o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika va ustaxonalar ikki smenada to‘laqonli ishlashini tashkil qilish hamda shudgorlash ishlarida qatnashayotgan mexanizatorlar va operatorlar uchun maishiy va boshqa barcha zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarda joylashgan sanoat, qurilish korxonalari hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan shudgorlashni o‘tkazish va ko‘chma ta’mirlash ustaxonalari uchun haydov traktorlarini jalb etish bo‘yicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklar va mashina-traktor parklari buyurtmalariga asoslanib ehtiyot qismlarni yetkazib berish, shuningdek ko‘chma ta’mirlash ustaxonalarining uzluksiz ishlashini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar va to‘lovlarga muvofiq shudgorlash davrida mineral o‘g‘itlar solinishini ta’minlaydigan muddatlarda respublikaning barcha mintaqalariga o‘g‘itlar bir maromda yetkazib berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zneftmahsulot” kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda shudgorlashda ishtirok etuvchi qishloq xo‘jalik korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga tasdiqlangan texnologik normalar doirasida yetkazib beriladigan dizel yonilg‘isini belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-493-son