23.06.2005 yildagi PQ-107-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan ochiq fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi eng muhim vazifa mustaqil, barqaror, aholining keng qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan va xalq orasida chuqur ildizlari bo‘lgan fuqarolik jamiyatining turli xil institutlarini yaratish va rivojlantirishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlari — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla), partiyalar, harakatlar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari va fondlari, nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) — fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi, uning mohiyatini belgilaydi. Ular jamiyat a’zolarining fuqarolik faolligi, milliy o‘zligini anglashi, siyosiy madaniyati va yuksak ma’naviyatining o‘sishiga, ularda qadr-qimmat tuyg‘usini, mustaqil fikrlash, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, o‘z kelajagini o‘z qo‘llari bilan qurish istagini tarbiyalashga ko‘maklashishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Demokratik qadriyatlarni, insonlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishiga aylanishi kerak. Nodavlat va jamoat tashkilotlarining rivojlangan tuzilmasi jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashga, siyosiy va ijtimoiy sohada davlat tuzilmalariga qarama-qarshi turishga qaratilgan. Fuqarolik institutlari jamiyatda qaror topib va obro‘-e’tibori mustahkamlanib borgani sayin davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning muhim vositasiga aylanib borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlari mustaqil, erkin ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ijtimoiy fikr va ijtimoiy ongni nafaqat ifoda etishi, balki shakllantirishi lozim. Odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlamasdan turib, demokratiya o‘z-o‘zidan yoki chetdan qilingan harakatlar bilan rivojlana olmaydi. Bu ayniqsa, xalq deputatlari tuman Kengashlaridan tortib, qonun chiqaruvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lgan davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish nuqtai nazaridan muhimdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolik jamiyati institutlarining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Har xil nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil etish birdan bir maqsad emas. Ular fuqarolik jamiyati institutlarini, shu jumladan ko‘p asrlar davomida shakllangan institutlarni rivojlantirishga, ularning aholiga ta’sirini kuchaytirish va kengaytirishga, ko‘p asrlik ma’naviy-axloqiy negizlarni, bag‘rikenglik va dinlararo totuvlik g‘oyalarini mustahkamlashga ko‘maklashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishning tashkiliy-huquqiy, moddiy shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari va fondlari, kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Ommaviy axborot vositalari, jurnalistning kasbiy faoliyatini himoya qilish, axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risidagi va boshqa ko‘plab qonunlarning qabul qilinishi katta ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekistonda Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan, xususan, kuchli fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi dastur amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jamiyat hayoti, mamlakat davlat qurilishini demokratlashtirish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish ularning faoliyatini moddiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga, haqiqiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar va mexanizmlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda. Faqatgina erkin, mustaqil, yetarli moliyaviy resurslarga va mustaqil moliyalashtirish manbalariga ega bo‘lgan fuqarolik institutlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil, barqaror, aholining turli qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan fuqarolik institutlarini shakllantirishga ko‘maklashish, ularning ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni hal etishdagi rolini kuchaytirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial va ishchanlik faolligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolik jamiyati institutlarini, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va ularning faoliyati ko‘lamini kengaytirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish ishidagi eng muhim vazifa deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga fuqarolik jamiyati institutlarining fuqarolar huquqlari, manfaatlarini himoya qilish va farovonligini oshirishga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga qaratilgan faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash majburiyati yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining (O‘zNNTMA) assotsiatsiya tarkibida uning dasturiy maqsadlar va ustav vazifalari doirasida amalga oshiriladigan faoliyatini moliyalashtirish uchun tashkil etiladigan Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash fondini (keyingi o‘rinlarda — Fond) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Fondning asosiy vazifalari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur moddiy resurslar va moliyaviy mablag‘larni to‘plash, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlarini va, eng avvalo, aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, respublika fuqarolarining u yoki bu manfaatlarini qondirish va himoya qilish bo‘yicha o‘z oldida turgan vazifalarni mustaqil hal etadigan mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan mahalliy, xorijiy, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng muhim gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik muammolar va vazifalarni hal etishda fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan NNTlarining loyihalari va dasturlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat, tashkiliy, texnik va boshqa yordam ko‘rsatish, NNT, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar va boshqalar) o‘tkazish bilan bog‘liq loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda moliyaviy ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Fond mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis — O‘zNNTMAning pul badallari, Fond, shuningdek uning oldida turgan vazifalarni hal etish maqsadida u ta’sis etgan korxonalar va tashkilotlar faoliyatidan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va beg‘araz yordami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining ham, norezidentlarining ham ixtiyoriy homiylik badallari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga Fondga, shuningdek, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasiga ularning ustavdagi vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan har tomonlama moliyaviy, moddiy-texnik va boshqa yordam ko‘rsatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan Fondni moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi tashabbus ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligi bir hafta muddatda O‘zNNTMA va Fondni bepul asosda Movarounnahr ko‘chasi, 14-uy manzili bo‘yicha joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasiga, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga, boshqa ommaviy axborot vositalariga O‘zNNTMA va Fond faoliyatini keng yoritish, NNT faoliyatini rivojlantirishdagi ijobiy ish tajribasini targ‘ib qilish, shuningdek O‘zNNTMA va Fondning faol homiylarini axborot bilan, shu jumladan reklama bilan ta’minlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va Bosh vazir o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-107-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 23-iyundagi PQ-107-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondni moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi davlat va jamoat tashkilotlari ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati

2.

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

3.

“Mahalla” jamoat fondi

4.

Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi

5.

“Sog‘lom avlod uchun” fondi

6.

Xalqaro “Ekosan” fondi

7.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

8.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

9.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati

10.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati

11.

“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi

12.

O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki

13.

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi

14.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi

15.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi

16.

“O‘zavtosanoat” uyushmasi

17.

“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi