OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI PROFESSIONAL IShTIROKChISINING IChKI NAZORATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1899-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 29-noyabrdagi 2008-41-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1899, 2009-yil 6-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 66-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2010-yil 10-noyabr,
2010-21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 10-noyabrdagi 2010-21-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 2-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya maslahatchisi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotda ichki nazoratni amalga oshirish tashkilot rahbariga yuklatiladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Professional ishtirokchining nazoratchisi:
mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlardan;
qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlardan;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirishga doir majburiyatlardan tashqari ichki nazorat vazifalarining bajarilishi bilan bogʻliq boʻlmagan lavozim majburiyatlarini bajarishga haqli emas”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 464-modda)