Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2019 19.11.2010 yildagi 253-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

BOJ OLINMAYDIGAN SAVDO DOʻKONI FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1028-sonli “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2019-yil 20-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo doʻkonlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 19-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253-son

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-noyabrdagi 253-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni ikki turga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirib kelayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi doirasidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan xorijiy tovarlarni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqadigan tovarlarni erkin almashtiriladigan valyutada sotish, shu jumladan joyning oʻzida isteʼmol qilish uchun chakana sotish uchun moʻljallangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni — xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlar va ularga tenglashtirilgan ushbu tashkilotlarning vakolatxonalariga, xorijiy xodimlariga, shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan ularning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan xorijiy tovarlarni erkin almashtiriladigan valyutaga sotishga (shaxsiy foydalanishga) moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi solinmaydigan tovarlarni bojsiz olib kirish normasi va olib kirish normasi jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidan olib kiriladigan va uning tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirishda boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan sotib olingan tovarlarning jamiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida aksiz ostidagi tovarlarni xarid qilishning cheklangan normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” soʻzlaridan oldin “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlari Toshkent shahrida va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan belgilanadigan joylarda ochilishi va faoliyat koʻrsatishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilishi cheklangan tovarlar boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni sotish faqat xaridorning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda Nazorat-kassa mashinalari davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa cheki raqami;

reysning raqami va xaridorning samolyotdagi joyi raqami (havoda tashishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilingan vaqt va sana;

sotiladigan tovarning nomi, narxi va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi tomonidan olingan xorijiy valyuta summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa apparati raqami;

boj olinmaydigan savdo doʻkonining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining — boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasining soliq toʻlovchining individual raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarni sotish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya kartochkasi taqdim etilganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda Nazorat-kassa mashinalari davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa cheki raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasi — yuridik shaxsning nomi, uning yuridik manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida berilgan akkreditatsiya kartochkasining toifasi, raqami, xodimning yoki uning oila aʼzosining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, kartochka kim tomonidan berilganligi va uning amal qilish muddati koʻrsatilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilingan vaqt va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning nomi, miqdori, bittasining qiymati, umumiy qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa apparati raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining — boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasining soliq toʻlovchining individual raqami”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi mazmundagi 51-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ikki nusxada tuziladigan buyurtmanomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun tovarlarni sotib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomaning bir nusxasi boj olinmaydigan savdo doʻkonida saqlanadi, ikkinchi nusxasi xaridorga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining, xalqaro tashkilot vakolatxonasining va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning xaridni amalga oshirish vakolati berilgan shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi, toifasi, shuningdek akkreditatsiya kartochkasi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning nomi, miqdori, bittasining qiymati, umumiy qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanoma tuzilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxona boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni sotib olish maqsadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — sakkizinchi xatboshilar hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat asillik tamgʻasiga ega boʻlmagan qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtmaydigan jismoniy shaxslarga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan xorijiy shaxslarga boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlar sotishga (sotib olishga) ruxsat berilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 11-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “aeroport, port hududi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali oʻtkazish manzili doirasida” soʻzlari “bojxona nazorati zonasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 12-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tovarlarning bir boj olinmaydigan savdo doʻkonidan boshqa boj olinmaydigan savdo doʻkoniga koʻchirilishi faqat tovarlarning bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga koʻchirilishi uchun nazarda tutilgan tartibda davlat bojxona xizmati organining ruxsati bilan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 14-bandning ikkinchi xatboshiga “boj olinmaydigan savdo doʻkonining” soʻzlaridan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari bojxona nazorati zonasida joylashtirilishi kerak (pasport nazorati liniyasi tashqarisida bojxona nazorati liniyasigacha alohida — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib keladigan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek pasport nazorati liniyasi tashqarisida — Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtmaydigan jismoniy shaxslarning ushbu zallarga kirishini istisno etadigan tarzda joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari boj olinmaydigan savdo doʻkoni joylashgan bojxona organi faoliyati zonasida boʻlishi kerak”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 17-bandning oʻninchi xatboshidagi “xorijiy valyutadagi” soʻzlaridan keyin “bank plastik va kredit kartochkalari yoki xorijiy valyutadagi bank oʻtkazmalari” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 19-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“boj olinmaydigan savdo doʻkonining bojxona rejimi ostida joylashtirilgan tovarlar yoʻqotilgan taqdirda yoxud ulardan boj olinmaydigan savdo doʻkonida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan xorijiy shaxslarga chakanalab sotilgandan boshqa maqsadlarda foydalanilganda bunday tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan talablar va shakllarga muvofiq bojxona bojlari toʻlanishi uchun”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. Litsenziya berish mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga binoan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagi mazmundagi 1-ilova qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni sotib olishga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYuRTMANOMA

________________________________________________________________‎

(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot‎

________________________________________________________________‎

vakolatxonasining va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi)‎

________________________________________________________________‎
______________________________________________vakolatini beraman‎

(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning xaridni amalga oshirish vakolati berilgan shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi, toifasi, shuningdek akkreditatsiya kartochkasi raqami) ‎

Quyidagi tovarlarni ______________________________ sotib olish uchun‎

(tovarlarni sotib olishning maqsadi)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tovarning nomi

Miqdori

Bittasining qiymati

Umumiy qiymati

1.‎
2.‎
3.‎
4.‎

‎__________________‎‎

‎____________________________________________‎‎
(buyurtmanoma tuzilgan sana)

xorijiy davlatning diplomatik yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxona boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nizomga ilovadagi grif quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilova”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 425-modda)