Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.11.2010 yildagi 249-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 YIL UChUN SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA TUZATIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Canoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qaroriga muvofiq hamda eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada ragʻbatlantirish, tarmoqlar ichida va tarmoqlararo, shu jumladan kichik biznes subyektlari bilan respublikaning yirik korxonalari oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Maxsus idoralararo komissiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-martdagi PQ-1306-son qarori bilan maʼqullangan 2010-yil uchun sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga (keyingi oʻrinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb ataladi) tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish dasturining 4-ilovasiga mahsulotlarning tayyor turlarini, xomashyo va materiallar, butlovchi uzellar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning yangi loyihalarini 1-ilovaga* muvofiq kiritishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish dasturidan Mahalliylashtirish dasturining prognoz parametrlari bajarilmaganligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ehtiyojning yoʻqligi, shuningdek ularning narxi va sifati boʻyicha raqobatbardoshli emasligi munosabati bilan 2-ilovaga* muvofiq loyihalarni chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi qarori maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorga muvofiq Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yil uchun sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarorining 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar bojxona toʻlovlari boʻyicha — ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab, soliqlar boʻyicha esa — 2010-yil 1-noyabrdan boshlab qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi loyihalar tashabbuskorlari bilan birgalikda bir hafta muddatda 1-ilovaga muvofiq mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va ularning prognoz hajmlarini bajarish tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 10-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 386-modda)