Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.12.2006 yildagi 266-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITALIYA RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Italiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar davomida kelishilgan ahdlashuvlar toʻliq koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda matnda “Tadbirlar rejasi” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar, ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi apparatiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-dekabrdagi 266-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Maqsadi‎

Tadbirlar‎

Muddatlari‎

Bajaruvchilar‎

‎‎I. Siyosiy soha

‎‏1.1
‎‏

‎‏‏Siyosiy-diplomatik munosabatlarni faollashtirish

1.1.1. Elchining boʻsh lavozimini toʻldirish va qoʻshimcha ikkinchi kotib shtat birligini joriy etish hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasini (Rim shahri) kuchaytirish ‎

2007-yil I yarim yilligi ‎

Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati‎

1.1.2. Italiya tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari J.Vernyettining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish, Oʻzbekiston va Italiya tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish ‎

2007-yil I yarim yilligi ‎

Tashqi ishlar vazirligi‎

1.1.3. Oʻzbekiston va Italiya tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bayonnomani tayyorlash va imzolash ‎

2007-yil‎

Tashqi ishlar vazirligi‎

‎‏1.2

‎‏Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish

1.2.1. Italiya tomoni bilan kelishgan holda “Oʻzbekiston-Italiya” parlamentlararo hamkorlik guruhini tuzish va delegatsiyalar ayirboshlanishini tashkil etish ‎

2007-yil‎

Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv boʻyicha)‎

1.2.2. “Italiya-Oʻzbekiston” doʻstlik va hamkorlik uyushmasi delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasiga, “Oʻzbekiston-Italiya” doʻstlik jamiyati delegatsiyasining Italiyaga tashrifini tashkil etish ‎

2007-yil‎

Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari kengashi ‎

‎‎II. Xavfsizlik sohasi

2.1‎‏

Xalqaro terrorizmga, diniy ekstremizmga, giyohvand moddalar aylanishiga va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish‎‏

2.2.1. Italiya Ichki ishlar vazirligining Giyohvand moddalarga qarshi kurashish markaziy boshqarmasi boshligʻi K.Gualdining Oʻzbekistonga amaliy tashrifini tashkil etish‎

2007-yil I yarim yilligi ‎

Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi ‎

2.1.2. Italiyaning mafiyaga qarshi kurash olib borish Milliy prokuraturasining taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi delegatsiyasining javob tashrifini amalga oshirish ‎

2007-yil II yarim yilligi ‎

Bosh prokuratura, Tashqi ishlar vazirligi‎

‎‎III. Iqtisodiy hamkorlik sohasi

3.1‎‏

Institutsional hamkorlikni rivojlantirish

3.1.1. Toshkentda savdo, iqtisodiy va sanoat hamkorligi va eksport kreditlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Italiya hukumatlararo ishchi guruhning 3-majlisini oʻtkazish

2007-yil aprel-may

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda

3.1.2. Oʻzbekistonning umumtaʼlim maktablari, akademik litseylari va kasb-hunar kollejlarini qurish va ularni jihozlash uchun Italiya hukumatining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish masalasini ishlab chiqish

2007-yil

Tashqi ishlar vazirligi, Xalq taʼlim� vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

3.2‎‏

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini mustahkamlash‎‏

3.2.1. “Oʻzstandart” agentligi bilan Italiyaning tegishli milliy organi oʻrtasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash va akkreditatsiya sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni imzolashga tayyorlash ‎

2007-2008-yillar‎

Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi‎

3.2.2. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Italiyaning “Yunionkamera” Savdo-sanoat palatasi uyushmasi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga tayyorlash ‎

2007-yil‎

Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi‎

3.3‎‏
‎‏

‎‏‎‏Savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini kengaytirish

3.3.1. Italiyaning “Konfindustriya” sanoatchilar va ishlab chiqaruvchilar konfederatsiyasi shafeligi ostida Oʻzbekiston va Italiyaning ishbilarmon doiralari ishtirokida iqtisodiy forum va kooperatsiya birjasi oʻtkazish ‎

2007-yil II yarim yilligi ‎

Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi‎

3.3.2. Italiyaning toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarini Oʻzbekiston iqtisodiyotiga, eng avvalo qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik, tikuv, charm-moʻyna va poyabzal sanoati, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari va xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish singari tarmoqlarga jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Oʻzbekistonga mashina va asbob-uskunalar yetkazib berish uchun Italiya banklarining kredit liniyalari SAChE tomonidan sugʻurta qoplamasi ostiga olinishini taʼminlash ‎

2007-2008-yillar‎

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda‎

3.3.3. Italiyaning koʻp shoxobchali distribyuterlik tarmogʻiga ega boʻlgan yirik eksport-import kompaniyalari va savdo uylari bilan aloqalar oʻrnatish ‎

2006 — 2008-yillar‎

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi‎

3.4‎

Kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish‎

3.4.1. Eksport mahsulotni standartlashtirish va sertifikatsiyalash va boshqalar sohasida menejyerlar, mutaxassislarning malakasini oshirish sohasida Italiya bilan texnik hamkorlikni rivojlantirish‎

2007-2008-yillar‎

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ‎

‎‎IV. Madaniy-gumanitar hamkorlik

‎‏‎‏4.1‎

Madaniy-gumanitar sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish‎‏

4.1.1. 2006 — 2010-yillarda Oʻzbekiston bilan Italiya oʻrtasida madaniy va ilmiy hamkorlik hukumatlararo dasturini amalga oshirish‎

2006 — 2010-yillar‎

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi ‎

4.1.2. Orol dengizi muammosi boʻyicha Italiyaning Vazirliklararo komissiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish‎

2007-yil I yarim yilligi ‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi ‎

4.1.3. Italiyada Oʻzbekistonning tarixi va zamonaviy hayoti toʻgʻrisida foto-koʻrgazma oʻtkazish‎

2007-yil‎

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent rasmlar uyi ‎

4.2‎‏

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash sohas�da dasturlarni amalga oshirishga Italiyaning tegishli tashkilotlari va muassasalarini jalb etish‎‏

4.2.1. Italiyaning jarrohlik, onkologiya, onalik va bolalikni muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish, sanitariya-epidemiologiya nazorati sohasida ixtisoslashgan muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish ‎

2007-2008-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎

4.2.2. “Sogʻlom avlod uchun”, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan Italiyaning tegishli tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish ‎

2006 — 2008-yillar‎

“Sogʻlom avlod uchun”, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi ‎

4.3‎

Turizm sohasidagi hamkorlikni faollashtirish‎

4.3.1. Mehmonxonalar qurish va ulardan foydalanish hamda ularning menejmenti sohasida ixtisoslashayotgan Italiya investorlarini jalb etish ‎

2007-2008-yillar‎

“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi‎

4.4‎

Oʻzbekiston va Italiya mintaqalari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish‎

4.4.1. Samarqand viloyati bilan Umbriya mintaqasi, shuningdek Buxoro viloyati bilan Toskana mintaqasi oʻrtasida sheriklik aloqalari oʻrnatish ‎

2007-yil‎

Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari, Tashqi ishlar vazirligi‎