Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-son Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmati (Sh.H. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-noyabr,
PQ-1430-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-son qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi, “b” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “baholovchi tomonidan tuzilgan” soʻzlari “baholovchi tashkilot tomonidan tayyorlangan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “2004-yil 25-martdagi 140-son” soʻzlari “2009-yil 15-iyuldagi 200-son” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning birinchi xatboshidagi “ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan shaxs tomonidan” soʻzlari “baholovchi tashkilot tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 11-bandning uchinchi xatboshidagi “baholovchidan” soʻzlari “baholovchi tashkilotdan” soʻzlari bilan, “xulosa” soʻzi “hisobot” soʻzi bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
g) 12-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “xulosa” soʻzi “hisobot” soʻzi bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
d) 22-band matni “mutaxassislarning” soʻzidan keyin “, baholash tashkilotlari xodimlarining” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
e) 23-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi “baholovchi” soʻzi “baholash tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandi ikkinchi xatboshidagi “mustaqil baholovchi” soʻzlari “baholovchi tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qarori bilan tasdiqlangan Ijro yigʻimini undirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “baholovchilar” soʻzi “baholovchi tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 378-modda; 2017-y., 5-son, 60-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son; 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)