Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida” 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarorini bajarish, tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan narx orqali tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, quyidagilar davlat tomonidan tartibga solinishi kerak:
tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga va Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) narxlar (tariflar);
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda belgilanadigan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar);
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar);
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan belgilanadigan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar);
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari qiymati.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-oktabr,
239-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlar (tariflar)ni belgilash, Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovarlariga narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish va ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan muayyan tovarlarga nisbatan narxlar (tariflar)ni shakllantirish va belgilashning alohida tartibi belgilanishi mumkin.
3. Ushbu Nizomni qoʻllash maqsadida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ustama — xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan joriy xarajatlarni qoplash va muayyan summada sof foyda olish uchun tovarni sotishda ularning xarid narxi (tarifi) ustiga qoʻyilgan qoʻshimcha (nisbiy yoki mutlaq miqdor);
narxlarni tartibga soluvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning topshirigʻi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari;
monopolist korxona — tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan va Tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
Keyingi tahrirga qarang.
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (sotish) bilan band boʻlgan, Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs);
Keyingi tahrirga qarang.
rentabellik — zaruriy foyda miqdorini (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar va sof foyda summasi) ishlab chiqariladigan tovarga toʻgʻri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari summasiga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqiladigan korxona faoliyatining foydalilik nisbiy koʻrsatkichi;
tartibga soluvchi koeffitsiyent (pasaytiruvchi yoki oshiruvchi) — narx (tarif) darajasini aniqlash uchun belgilanadigan nisbiy miqdor;
tarif smetasi — daromadlar va xarajatlar, ishlab chiqarilgan tovarlar hajmi koʻrsatkichi va xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini aks ettiradigan va tartibga soluvchi koeffitsiyentni aniqlashda asos qilib olinadigan boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlar;
narx (tarif) — tovar birligi qiymatining pul ifodasi.
4. Ushbu Nizom quyidagi tovarlar narxlari (tariflari)ni shakllantirish va deklaratsiya qilishda qoʻllaniladi:
monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar;
Keyingi tahrirga qarang.
narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida belgilanadigan ayrim tovarlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organda tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yoʻllar orqali amalga oshiriladi:
monopolist korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlar (tariflar)ni yoki ularning cheklangan darajalarini, tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustamalar yoki cheklangan rentabellikni deklaratsiya qilish (keyingi oʻrinlarda narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish deb ataladi);
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlar (tariflar)ni yoki ularning cheklangan darajalarini, tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustamalar yoki cheklangan rentabellikni tasdiqlash (keyingi oʻrinlarda narxlar (tariflar)ni tasdiqlash deb ataladi);
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda tovarlarning muayyan turlariga qatʼiy yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organda tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (kelishish);
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan ayrim tovarlarga qatʼiy yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash;
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi qiymatini shakllantirish tartibini belgilash. Koʻrsatib oʻtilgan tartib Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan tartibga solishning boshqa usullari ham qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan tartibga solish
Keyingi tahrirga qarang.
6. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlar (tariflar) yoki ularning cheklangan darajalari, tartibga soluvchi koeffitsiyent, ustama yoki cheklangan rentabellik (pochta aloqasining universal xizmatlariga tariflar bundan mustasno) narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan deklaratsiya qilinadi (tasdiqlanadi).
Pochta aloqasining universal xizmatlariga tariflar narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organda quyidagi hollarda narx (tarif)ni deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi) shart:
monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti sifatida tan olingan tovarga — tegishli Davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida;
narx (tarif), ustama, cheklangan rentabellik oshganda va tartibga soluvchi koeffitsiyent oʻzgarganda.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narxni (tarifni) mustaqil ravishda pasaytirish huquqiga ega. Bunda:
monopol arzon narxlar belgilash maqsadida narxni (tarifni) pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
narxlar (tariflar)ni pasaytirish keyinchalik narxlarni tartibga soluvchi organ xabardor qilingan holda barcha isteʼmolchilar uchun bir vaqtda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Respublika tashqarisiga tovarlar yetkazib beradigan monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tovarlar boʻyicha hisob-kitobni shartnomaviy (erkin) narxlar boʻyicha, biroq deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narxlar (tariflar)dan past boʻlmagan narxlar boʻyicha amalga oshiradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga narxlar (tariflar)ni shakllantirish tartibi
10. Narxlar (tariflar)ni asoslash uchun qabul qilinadigan tovarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashda monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Monopolist korxona yoxud tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarga narx (tarif) ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlardan, davr sarf-xarajatlaridan, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlardan, soliqlar va foydadan boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlardan, shuningdek sof foyda summasidan shakllanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar, monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tovariga deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narxni (tarifni) shakllantirishda xarajatlarda hisobga olinmaydi, yuqori organlar va xoʻjalik yurituvchi subyekt birlashmasi taʼminotiga ajratmalar boʻyicha xarajatlar bundan mustasno.
11. Aniq bir tovarga narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarga muvofiq (DS, TS, TSh, TB va hokazolar) tovarning markasi, turi, navi boʻyicha amalga oshiriladi.
12. Tovarlarning turlari (markalari, tiplari, oʻlchamlari va hokazolar)ning ancha soni mavjud boʻlgan taqdirda tovar birligiga xarajatni belgilash murakkab boʻlganda narxlarni tartibga soluvchi organ tovar rentabelligining cheklangan darajasini yoki amaldagi narxlar (tariflar)ga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga soluvchi koeffitsiyentni deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi) mumkin.
Tartibga soluvchi koeffitsiyent loyihalashtirilayotgan tarif smetasini, ilgari narxni tartibga soluvchi organ tomonidan tasdiqlangan tarif smetasiga nisbati orqali, tovarlar ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishini hisobga olgan holda aniqlanadi.
13. Narx (tarif) hisob-kitobi tovarga toʻgʻri keladigan xarajatlar va sof foyda koʻrsatkichlari negizida amalga oshiriladi hamda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar (retseptura, xomashyo va materiallar, issiqlik va elektr energiyasi, mehnat sarfi normalari va hokazolarni) hamda standartlash boʻyicha normativ hujjatlarni (DS, TS, TSh, TB va hokazolar) hisobga olgan holda oldingi hisobot davrining hisobot koʻrsatkichlarini tahlil qilish asosida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Tovarga deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narxni (tarifni) shakllantirishda hisobga olinadigan sof foyda miqdori, quyidagilar uchun zarur boʻlgan mablagʻlar hajmidan kelib chiqib, aniqlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
boshqa manbalar mavjudligini hisobga olgan holda kreditlar, qarzlar va lizing boʻyicha asosiy qarzni qaytarish uchun. Bunda keyingi hisobot davrlarida muayyan kredit toʻliq qaytarilgandan keyin sof foyda miqdoriga tuzatish kiritilishi kerak;
tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga (loyiha-smeta hujjatlariga) muvofiq kapital qoʻyilmalarni, kreditlar, amortizatsiya ajratmalari va ushbu kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun boshqa manbalardan foydalanishni hisobga olgan holda moliyalashtirish uchun;
dividendlar toʻlovi uchun. Bunda monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyektining muassislari (qatnashchilari, aksiyadorlari, aʼzolari)ga toʻlanadigan va ushbu tovarga toʻgʻri keladigan dividendlarning yillik summasi korxona ustav fondi (kapitali) summasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga koʻpaytmasidan ortiq boʻlmagan miqdorda qabul qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan shartlarni bajarish uchun.
15. Tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan ulgurji va vositachi tashkilotlar tomonidan qoʻllaniladigan ustama miqdori tovarlarni yetkazib berish turlari boʻyicha deklaratsiya qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Tovarlariga narxlar (tarif) davlat tomonidan tartibga solinadigan xoʻjalik yurituvchi subyekt bunday har bir tovar boʻyicha daromadlar, xarajatlar va jalb etilgan aktivlarning alohida hisobini yuritishi shart.
Tovarga narx (tarif)ni shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlarni, mehnatga haq toʻlashga bilvosita xarajatlarni, ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlarni, davr xarajatlarini va moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni taqsimlash tovarning solishtirma mehnat sigʻimi boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda aniq bir tovarni ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, xarajatlarni taqsimlash uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt, narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda, buxgalteriya hisobiga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mezonlardan foydalanish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Agar oldingi hisobot davrida xoʻjalik yurituvchi subyekt tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi meʼyorlarining oʻzgarishi (koʻpayishi yoki kamayishi)ga olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini oqilona tashkil etish, quvvatlardan foydalanish darajasini koʻpaytirish va mehnat unumdorligini oʻstirish, foydalanish xarajatlarini va qoʻshimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar qiymatini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga mablagʻlarni tejashga erishgan boʻlsa, tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) navbatdagi qayta koʻrib chiqishda tejalgan mablagʻlarning 50 foizgacha boʻlgan summasi sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yuqorida koʻrsatilgan xarajatlar esa aniqlashtirilgan parametrlar hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-martdagi 64-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y.,10-son, 106-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) hisob-kitobida hisobga olinadigan monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari toʻgʻrisidagi qarorida nazarda tutilgan isteʼmol narxlari indeksi prognozi hisobga olingan holda xodimlarning amaldagi, biroq shtatdagi cheklangan xodimlar sonidan ortiq boʻlmagan sonidan va amaldagi narxda (tarifda) qabul qilingan oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tovariga narxlar (tariflar)ni shakllantirishda yuqori organlar va xoʻjalik yurituvchi subyekt birlashmalarini saqlash uchun ajratmalar boʻyicha xarajatlar yuqori organ yuqori boshqaruv organining yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt birlashmasining qarori bilan belgilangan miqdorda hisobga olinadi.
IV. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
20. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narx (tarif) loyihasini narxlarni tartibga soluvchi organga koʻrib chiqish uchun bevosita taqdim etadi.
Agar davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiga kirgan monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovardan ushbu davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiga kirgan boshqa monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan tovar ishlab chiqarish uchun foydalanilgan taqdirda, narx (tarif) loyihasini koʻrib chiqish uchun narxlarni tartibga soluvchi organga davlat yoki xoʻjalik boshqaruvining tegishli organi taqdim etadi.
21. Tovarga narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organga ariza bilan va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
a) mazkur Nizomga 1-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narx (tarif) hisob-kitobi;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
b) moliyaviy hisobot nusxasi;
v) mehnat boʻyicha statistika hisoboti nusxasi;
g) umuman xoʻjalik yurituvchi subyekt va har bir aniq tovar boʻyicha alohida xarajatlar moddalari mazmuni, quyidagilar ilova qilinadigan daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi yigʻma maʼlumotlar:
mazkur Nizomga 2-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish moddiy xarajatlarining mazmuni (xomashyo va materiallardan, yoqilgʻi, elektr energiyasidan foydalanishning tasdiqlangan normalari koʻrsatilgan holda);
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mazkur Nizomga 3 yoki 3a-ilovalarga* muvofiq shakl boʻyicha ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlashga toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar va ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar mazmuni (mehnatga xarajatlarning tasdiqlangan normalarini koʻrsatgan holda);
* 3 va 3a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari summasi hisob-kitobi (dastlabki va qoldiq qiymat, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlari, foydalanishga topshirish sanasi koʻrsatilgan holda);
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
ushbu Nizomga 5-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha ishlab chiqarish maqsadidagi ustama xarajatlar, materiallarga bilvosita xarajatlar va mehnatga bilvosita xarajatlar mazmuni;
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mukammal va joriy taʼmirlash xarajatlari mazmuni;
ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar va sof foyda mazmuni (shu jumladan asosiy qarz va foizni qaytarishning tasdiqlangan jadvallari taqdim etilgan holda jalb etilgan kreditlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar);
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha faoliyatning asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
d) ushbu Nizomga 8-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha natura ifodasida tovarlar ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ishlab chiqarish (yetkazib berish) hajmi pasaygan taqdirda pasayish sabablari yozma ravishda asoslanishi zarur);
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
e) investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitobi koʻrsatilgan holda (mavjud boʻlgan taqdirda) investitsiya dasturining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
j) oldingi hisobot davri uchun amalga oshirilgan (yoki amalga oshiriladigan) investitsiya dasturlari natijasida ishlab chiqariladigan tovarlarning material sigʻimi, energiya sigʻimi va mehnat sigʻimi darajasi oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
z) davlat dotatsiyalariga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralariga boʻlgan ehtiyoj (zaruriyat boʻlganda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Zaruriyat boʻlganda narxni tartibga soluvchi organ narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlarni soʻrashga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar bilan birgalikda barcha hisob-kitob materiallarining elektron variantlari ham taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan va narxlarni tartibga soluvchi organning soʻrovi boʻyicha qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlar quyidagi talablar hisobga olingan holda rasmiylashtiriladi:
a) taqdim etilgan materiallar tikilgan, tartib raqami qoʻyilgan, xoʻjalik yurituvchi subyektning muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak, moliyaviy hujjatlar esa xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan birgalikda imzolangan boʻlishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
b) hujjatlar oldingi toʻrt chorak va oldingi kalendar yil uchun taqdim etiladi (yangidan tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tashqari);
v) asoslashda maʼlumotlar bir yil hisobiga koʻrsatiladi.
23. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarning narxi (tarifi) darajasiga taʼsir koʻrsatadigan omillar keskin oʻzgargan taqdirda narxlarni tartibga soluvchi organ narxlar (tariflar)ni qayta koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqish huquqiga egadir. Bunda narxlarni tartibga soluvchi organ monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyektiga ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma yuboradi. Narxlarni tartibga soluvchi organning yozma koʻrsatmasida narxlar (tariflar)ni qayta koʻrib chiqish tashabbusining sabablari koʻrsatilishi kerak.
Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organning yozma koʻrsatmasi olingan kundan boshlab 15 kun mobaynida ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etishi shart.
24. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan narxlar (tariflar)ni asoslash boʻyicha hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda yoki iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda, narxlarni tartibga soluvchi organ hujjatlar olingan kundan boshlab besh kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni mavjud kamchiliklar yozma ravishda bayon qilingan (tushuntirilgan) holda qayta ishlash uchun qaytaradi.
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan yangi mulohazalar bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
25. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taqdim etilgan ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha barcha zarur hujjatlar toʻliq hajmda olingan kundan boshlab bir hafta muddatda narxlarni tartibga soluvchi organ quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
narx (tarif) oshirilishini rad etish toʻgʻrisida (narx yoki tarifni amaldagi darajada saqlash toʻgʻrisida);
narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) toʻgʻrisida.
Narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) yoxud amaldagi narx (tarif)ni yoki monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taklif etilayotgan narx (tarif)ni ushbu Nizom talablariga muvofiq asoslangan narx (tarif) darajasigacha oʻzgartirish yoʻli bilan, yoxud monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taqdim etilgan darajada qoldirilgan holda amalga oshiriladi.
Narxni tartibga soluvchi organ oʻz qarori toʻgʻrisida monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyektini yozma ravishda xabardor qiladi. Narx (tarif) oshirilishi rad etilgan taqdirda yozma bildirishnomada rad etishning asosi koʻrsatiladi.
26. Narxni tartibga soluvchi organ tomonidan narx (tarif)ning deklaratsiya qilinishi (tasdiqlanishi)da (mazkur Nizomga 9-ilova*) koʻrsatilgan sana monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tovariga deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx (tarif)ning amalga kiritish sanasi hisoblanadi.
* 9-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Narxlarni tartibga soluvchi organning narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) toʻgʻrisidagi qarori monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ular kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalarida majburiy tartibda eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash)ning bir asl nusxasi va deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narx (tarif) hisob-kitobi (ushbu Nizomga 1-ilova) yoki tarif smetasi (ushbu Nizomga 10-ilova*) monopolist korxonaga yoki tabiiy monopoliya subyektiga, ikkinchi asl nusxasi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga va uning hududiy organlariga yuboriladi (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi davlat organi deb ataladi) uchinchi asl nusxasi esa narxlarni tartibga soluvchi organda qoladi.
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organlarda tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (kelishish) tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
28. Tovarlarning ayrim turlariga davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻz vakolatlari doirasida, narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar)ni va ustamalarni shakllantirish ushbu Nizomning III boʻlimida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
30. Ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar davlat boshqaruvi tegishli organiga yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga ushbu Nizomning 21-bandiga muvofiq roʻyxat boʻyicha hujjatlarni taqdim etadi. Davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar toʻliq hajmda olingandan keyin bir hafta muddatda quyidagi xatti-harakatlardan birini amalga oshirishi shart:
hujjatlar iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlarni mavjud kamchiliklar yozma bayon qilingan (tushuntirilgan) holda qaytaradi;
taqdim etilgan hujjatlarni narxlarni tartibga soluvchi organga kelishish uchun yuboradi.
31. Taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomga 11-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) yoki ustamalar loyihasi bilan birgalikda quyidagi tartibda narxlarni tartibga soluvchi organga yuboriladi:
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
davlat boshqaruvi organi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, hududiy joylashishi boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalariga.
Davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan alohida tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) yoki ustamalar loyihasini narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan koʻrib chiqish va kelishish ushbu Nizomning IV boʻlimida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organda tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar)ni shakllantirish va deklaratsiya qilish (kelishish) tartibi ushbu Nizomning III va IV boʻlimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Tovarlarga narxlar (tariflar) shakllantirilishi va qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish
33. Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) toʻgʻri shakllantirilishi va qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Monopoliyaga qarshi davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu Nizom talablariga rioya qilish boʻyicha tekshirishlar oʻtkazadi va oʻrganadi (tahlil qiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
34. Nazoratni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi davlat organi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organidan, monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyektidan narxlarni tartibga soluvchi organga taqdim etilgan, tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ning hisob-kitobini asoslaydigan materiallarni soʻrashga haqlidir.
Birja (auksion) savdolarida shakllanayotgan narxlarni nazorat qilish uchun monopoliyaga qarshi davlat organi har kuni birja (auksion) savdolar tashkilotchilari tomonidan birja (auksion) savdolariga qoʻyilishi kerak boʻlgan tovarning tegishli nomenklaturasi boʻyicha taqdim etiladigan maʼlumotlardan, shuningdek sotilgan tovar narxlarining oʻrtacha birja narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan va birja (auksion) savdolarida shakllangan narxlardan foydalanadi.
35. Monopoliyaga qarshi davlat organi belgilangan tartibda nazorat funksiyalarini bajarish, shuningdek tahlil qilish davomida mazkur Nizom talablari buzilishi holatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq ish qoʻzgʻaydi va tegishli qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Ushbu Nizom talablari buzilishiga quyidagilar kiradi:
deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan), kelishilgan va belgilangan tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni oshirish, birja (auksion) savdolari natijasida shakllangan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovarlariga narxlar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash), kelishish va belgilash uchun narxlarni tartibga soluvchi organlarga, davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilishi natijasida narx (tarif)ning oshirilishi;
tovarning narxiga (tarifga) xomashyo va materiallarga, yoqilgʻi-energetika resurslariga va haqiqatda amalga oshirilmagan xarajatlarni, amalda yuz bermagan mehnat xarajatlarini va boshqa xarajatlar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish;
vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar boʻyicha tovarlarni ishlab chiqarish uchun bevosita haqiqatda foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya sarfining texnik va texnologik normalarini oshirish, bundan texnologik buzilishlarning oldini olishga yoki davlat organlarining koʻrsatmalarini bajarishga yoʻnaltirilgan yengib boʻlmaydigan kuch, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlar oqibatida xomashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya sarfining texnik va texnologik normalari oshirilishi hollari mustasno;
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi qiymati shakllantirilishi tartibi buzilgan holda obyektlarning kapital qurilishi smeta qiymatini aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarda bajarilgan ishlar hajmini sunʼiy ravishda oshirish (qoʻshib yozish);
Keyingi tahrirga qarang.
tovarlarning qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda qoʻymaslik — bu birja narxlarining oʻsishiga olib kelishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tovarni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan tovarlarning yuqori likvidli va monopol turlari hajmini birja savdolariga qoʻyish uchun jadvallarda nazarda tutilgan hajmdan chetlatish yoʻli bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi meʼyorlarining oʻzgarishi (koʻpayishi yoki kamayishi)ga olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini oqilona tashkil etish, quvvatlardan foydalanish darajasini koʻpaytirish va mehnat unumdorligini oʻstirish, foydalanish xarajatlarini va qoʻshimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar qiymatini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qoʻshimcha foyda olinishi ushbu Nizomning buzilishi hisoblanmaydi va koʻrsatib oʻtilgan foyda olib qoʻyilmaydi.
(36-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-martdagi 64-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y.,10-son, 106-modda)
37. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan narxni (tarifni) qoʻllash tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar tovarlarni asossiz oshirilgan narx (tarif) boʻyicha sotishdan olingan haqiqatdagi tushum bilan (unga qoʻshimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) ushbu tovarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (tasdiqlangan, kelishilgan) narxi (tarifi) qiymati (unga qoʻshimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan narx (tarif) shakllanishi tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar tovarlarni oshirilgan narx (tarif) boʻyicha sotishdan olingan amaldagi tushum bilan (ularga qoʻshimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) ushbu Nizomga muvofiq shakllantirilgan narx (tarif) boʻyicha ushbu tovarning qiymati (unga qoʻshimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) oʻrtasidagi tafovut sifatida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sotish narxlariga ustamalar qoʻshilgan holda tovarlarga sotish narxlarini shakllantiradigan va qoʻllaydigan savdo, umumiy ovqatlanish, taʼminot-sotish, vositachilik korxonalari va boshqa tashkilotlar uchun olib qoʻyilishi lozim boʻlgan mablagʻlar quyidagicha aniqlanadi:
asossiz oshirilgan ustamalar qoʻllanilgan hollarda — tovarlarni sotishdan olingan haqiqatdagi ustama summasi bilan deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) yoki belgilangan ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida;
narx belgilashning amaldagi tartibi buzilgan holda aniqlangan belgilangan ustamalar qoʻllanilgan hollarda — asossiz oshirilgan narxlar boʻyicha sotilgan tovarning butun hajmiga hisoblab chiqilgan ustama summasi bilan qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqilgan sotilgan tovarning ayni oʻsha hajmiga ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlariga nisbatan cheklangan rentabellik belgilangan korxonalar uchun umuman tovarlar guruhlari (turlari) boʻyicha cheklangan rentabellik oshirilishi hisobiga olingan mablagʻlar yil choragi hisob-kitoblari asosida, ishlar mavsumiy xususiyatga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun esa — yillik hisob-kitoblar asosida olib qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Quyidagilar:
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi qiymatini shakllantirish tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar uni shakllantirishning toʻgʻriligini tekshirish davomida buyurtmachi tomonidan belgilangan qurilish obyekti qiymati bilan amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq shakllantirilgan obyekt qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
bajarilgan ishlar hajmini sunʼiy ravishda oshirish (qoʻshib yozish) natijasida olingan mablagʻlar buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan hajmlar bilan pudratchi tomonidan haq toʻlash uchun taqdim etilgan amaldagi hajmlar oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Tovarlarning yuqori likvidli va monopol turlari birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qoʻyilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektdan tovarni birja savdosiga qoʻyishning oxirgi sanasida shakllangan birja narxi bilan uning ishtirokidagi oldingi savdolar birja narxi oʻrtasidagi tafovut, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oxirgi savdolarga qoʻyilgan tovarning hajmiga koʻpaytirilgan mablagʻlar olib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda tovarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shu jumladan eksportga sotish faktlari aniqlanganda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilgan hajmni sotish narxi bilan birja savdolarining boshlangʻich narxi oʻrtasidagi tafovutga koʻpaytirish orqali hisoblangan mablagʻlar olib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan yangi narxlar (tariflar)ni yoki ularning cheklangan darajalarini amalga kiritish muddatlariga rioya qilinmaganligi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) yangi joriy etilgan narxlar (tariflar) bilan avval amal qilgan narxlar (tariflar) oʻrtasidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganiga zid ravishda yangi narxlar (tariflar) muddatidan oldin amalga kiritilgan davr uchun tovarni sotish hajmiga koʻpaytirilgan tafovut sifatida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan narxlar (tariflar) deklaratsiya qilinmasdan (tasdiqlanmasdan) qoʻllanilishi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan sanada amal qilgan narx (tarif) bilan uning navbatdagi oshirilishi natijasida shakllantirilgan narx oʻrtasidagi tafovutni korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan davrdan boshlab sotilgan tovarning hajmiga koʻpaytirish orqali hisoblangan summa sifatida aniqlanadi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan narxlar (tariflar) deklaratsiya qilinmasdan (kelishilmasdan) qoʻllanishi hollari aniqlanganda, ularni tartibga solish Hukumat qarorlari bilan nazarda tutilgan taqdirda, asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan nazarda tutilgan narxlarni tartibga soluvchi organda deklaratsiya qilish (kelishish) sanasida amal qilgan narx (tarif) bilan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx (tarif) oʻrtasidagi tafovutni koʻrsatib oʻtilgan sana davridan boshlab tovarni sotish hajmiga koʻpaytirish orqali hisoblangan summa sifatida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Jarima solish sud tartibida, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan huquq buzilishi sodir etilishi aybi tan olingan va jarima ixtiyoriy toʻlangan hollarda esa — monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom buzilishi natijasida olingan mablagʻlar bir oy muddatda ixtiyoriy tartibda toʻlanmaganda, monopoliyaga qarshi davlat organi isteʼmolchilarga qaytarish va/yoki olib qoʻyilishi kerak boʻlgan mablagʻlar undirilishi toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi.
43. Ushbu Nizomning 37 — 41-bandlarida koʻrsatilgan mablagʻlar isteʼmolchilarga qaytariladi yoxud isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan holatda monopoliyaga qarshi davlat organiga ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga olib qoʻyiladi (keyingi oʻrinlarda maxsus tranzit hisob raqami deb ataladi), ushbu Nizomning 48-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu Nizomning 36-bandi beshinchi xatboshida koʻrsatilgan xomashyo, materiallar, yoqilgʻi va energiya sarfining texnik va texnologik normalari oshirilishi hisobiga aniqlangan summa maxsus tranzit hisob raqamiga olib qoʻyiladi.
Ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun ushbu Nizomning 49-bandida koʻrsatilgan hollarda va miqdorlarda jarima undiriladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan monopol mahsulotlarning ayrim turlari birja (auksion) savdolari orqali, shuningdek birja (auksion) narxlarining oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilganda, ularga nisbatan deklaratsiya qilinadigan cheklangan narx oshirilganligi uchun jarima jazosi qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Jarima qoida buzilishining butun davri uchun qoʻllaniladi va undirish, xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati va budjet bilan oʻzaro munosabatlaridan qatʼi nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin uning tasarrufida qoladigan foyda hisobidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 48-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
45. Noqonuniy olingan mablagʻlar olib qoʻyilishi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarima solinishi ularning ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Maxsus tranzit hisob raqamiga olib qoʻyilishi kerak boʻlgan mablagʻlarni hisoblab chiqishda ushbu Nizom talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan xoʻjalik yurituvchi subyektda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oshirilishiga olib kelgan ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasi xoʻjalik yurituvchi subyektdan olib qoʻyiladigan mablagʻ kamaytirilishiga hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Monopoliyaga qarshi davlat organi noqonuniy olingan mablagʻlarni olib qoʻyish va ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun jarima solish toʻgʻrisida sud qarorini olib, sudning mazkur qarori kuchga kirgandan keyin ushbu mablagʻlarni maxsus tranzit hisob raqamiga undirish choralarini koʻradi.
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushadigan mablagʻlar va jarimalar bir oyda ikki marta (oyning 15-kunigacha va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mablagʻlarning 80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga;
mablagʻlarning 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari fondiga.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Nazorat qiluvchi organlar ushbu Nizom talablari buzilishi aniqlanganda tekshirish va oʻrganish materiallarini tegishli choralar koʻrish uchun monopoliyaga qarshi davlat organiga yuboradilar.
Ushbu Nizom talablari buzilishini mustaqil aniqlagan va buning natijasida ortiqcha mablagʻlar olgan xoʻjalik yurituvchi subyekt ularni isteʼmolchilarga qaytaradi yoxud, isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga kiritadi. Ushbu holda jarima qoʻllanilmaydi.
49. Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan, shuningdek nazorat organlari tomonidan taqdim etilgan tekshirish va oʻrganish materiallari asosida ushbu Nizom talablari buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu Nizomning 37 — 41-bandlariga muvofiq qaytarilishi, olib qoʻyilishi kerak boʻlgan mablagʻlarning 10 foizidan 20 foizigacha miqdorda jarima qoʻllaniladi, aynan oʻsha qoida buzish jarima qoʻllanilgandan keyin ikki yil mobaynida takroran aniqlanganda esa — 20 foizidan 50 foizigacha miqdorida jarima qoʻllaniladi, alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-belgilangan narxlardan past narxlarda sotish hollari bundan mustasno.
Alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilishi holatlari aniqlangan taqdirda, alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) tayyorlovchi korxonaga nisbatan quyidagicha jarima qoʻllaniladi:
alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 20 foizi miqdorida, biroq belgilangan eng kam oylik ish haqining kamida 200 baravar miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
jarima qoʻllanilgandan keyin bir yil mobaynida aynan oʻsha qoida buzish takroran aniqlanganda — alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) ishlab chiqargan korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 50 foizi miqdorida, biroq belgilangan eng kam oylik ish haqining kamida 300 baravari miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan jarima summasini aniqlashda sotilgan alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) qiymati qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxi boʻyicha hisoblab chiqiladi.
Oxirgi hisobot sanasiga xoʻjalik yurituvchi subyekt joriy aktivlari summasining 20 foizidan oshadigan jarimani undirish unga undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida undiriladigan summani har oylik toʻlovlar bilan boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Ushbu Nizom talablari davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining yozma topshirigʻi boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan buzilgan taqdirda mablagʻlar ushbu qarorni qabul qilgan organning hisob-kitob raqamidan olib qoʻyiladi.
51. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Maxsus tranzit hisob raqamiga notoʻgʻri undirilgan mablagʻlar va jarimalarni qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha foizlar hisoblangan holda monopoliyaga qarshi davlat organi yoxud sud qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 2-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi — oʻninchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish muddatlari va hajmlari boʻyicha jadvallar buzilgan taqdirda quyidagilar olib qoʻyiladi:
toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shu jumladan eksportga moʻljallangan mahsulotlarning birja savdolariga qoʻyilmagan hajmini sotishda boshlangʻich narxdan ortiqcha olingan mablagʻlar;
mahsulotlarni birja savdolariga qoʻymaslik sababli birja narxlarining oshishi hisobiga olingan mablagʻlar.
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni olib qoʻyish narxlar (tariflar)ni shakllantirish va qoʻllashning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda monopolist korxonalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.
yettinchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (3-ilova) 7-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish muddatlari va hajmlari boʻyicha jadvallar buzilgan taqdirda quyidagilar olib qoʻyiladi:
toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shu jumladan eksportga moʻljallangan mahsulotlarning birja savdolariga qoʻyilmagan hajmini sotishda boshlangʻich narxdan ortiqcha olingan mablagʻlar;
mahsulotlarni birja savdolariga qoʻymaslik sababli birja narxlarining oshishi hisobiga olingan mablagʻlar.
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni olib qoʻyish narxlar (tariflar)ni shakllantirish va qoʻllashning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda monopolist korxonalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 61-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 69-modda) ilovaning 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-avgustdagi 384-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 79-modda) ilovaning 1-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 92-modda) 2-ilovaning 3 va 8-bandlari.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 29-iyuldagi 179-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 38-modda) 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 2 va 14-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi 165-son va “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 12-apreldagi 63-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 25-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ–59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 14 va 28-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ–594-son qarori)” 2007-yil 26-iyundagi 129-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 35-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2007-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida” 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida” 2010-yil 2-iyundagi 105-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori)” 2010-yil 2-avgustdagi 165-son qaroriga 1-ilovaning 2 va 4-bandlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 364-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda, 10-son, 106-modda, 21-son, 232-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda, 43-son, 573-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda, 38-son, 1049-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)