Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “ARXIV IShI TOʻGʻRISIDA” 2010 YIL 15 IYuNDAGI OʻRQ-252-SONLI QONUNI)
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida” 2010-yil 15-iyundagi OʻRQ-252-sonli Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-oktabr,
233-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
I. Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda):
1) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi nizomning:
a) 1-bandi:
birinchi xatboshidagi “Arxivlar toʻgʻrisida” va “butlash, hisobga olish, ekspertiza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari tegishli ravishda “Arxiv ishi toʻgʻrisida” va “roʻyxatdan oʻtkazish, jamlash, ekspertizadan oʻtkazish, hisobga olish, saqlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi — Oʻzbekiston xalqining moddiy va maʼnaviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan arxiv hujjatlarining tarixan tarkib topgan va doimo boyitib boriladigan majmui.
Milliy arxiv fondi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi va davlatga tegishli boʻlmagan qismidan iborat”;
b) “Davlat arxiv fondi” boʻlimining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi”;
v) 2-bandning:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini quyidagilar tashkil etadi”;
2.4-kichik banddagi “tushgan” soʻzidan keyin “yoki ularga berilgan” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga qonun hujjatlari, boshqaruv, loyiha, konstruktorlik, maxsus hujjatlar, shuningdek ularning boshqa moddiy jismlardagi yozuvlari, dasturlar, algoritmlar va mashina yoʻnaltirilgan (mexanografik) hujjatlar, kinofotofono hujjatlar, videofonogrammalar, ilmiy, adabiy, badiiy, musiqiy qoʻlyozmalar va boshqa qoʻlyozmalar, rasmlar, kundaliklar, xotiranomalar, yozishmalar hamda fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatli boʻlganligi uchun saqlanishi kerak boʻlgan, kimning tasarrufida ekanligidan qatʼi nazar, davlat mulki boʻlgan hujjatlarning boshqa toifalari kiradi”;
d) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining hujjatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi arxiv ishi boʻyicha hududiy boshqarmalari, shuningdek ularga idoraviy mansub davlat arxivlari tomonidan Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi davlat tomonidan saqlanishi kerak boʻlgan hujjatlarning namunaviy roʻyxatlarini, shu jumladan saqlash muddatlarini koʻrsatgan holda tasdiqlaydi”;
e) 5-bandning:
birinchi xatboshidagi “Davlat arxiv fondi” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 7-bandning uchinchi xatboshidagi “Namunaviy nizomga” soʻzlari “Idoraviy arxiv toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 8-bandning:
birinchi xatboshidagi “Davlat arxiv fondi” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“— davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xoʻjalik boshqaruvi organlari, Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi, sudlari, banklari, respublikaga boʻysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining arxiv hujjatlari — 15 yil mobaynida;
— mahalliy davlat hokimiyati organlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat boshqaruvi organlari, prokuraturasi, sudlari, banklarining tegishli hududiy boʻlinmalari va viloyatga boʻysunuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning arxiv hujjatlari — 10 yil mobaynida;
— tuman va shaharga boʻysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari — 5 yil mobaynida”;
beshinchi xatboshiga “agar qonun hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa” soʻzlari qoʻshilsin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshi bir xatboshi etib birlashtirilsin va quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ilmiy, texnologik, konstruktorlik va patent hujjatlari — 20 yil mobaynida”;
toʻqqizinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻninchi xatboshidagi “kinosuratovozli hujjatlar va videofonogrammalar” soʻzlari “ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “mashina omili asosidagi hujjatlar” soʻzlari “mashinada oʻqiladigan hujjatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
i) 9-banddagi “Davlat arxiv fondini”, “Agentlikka” va “shakllantirish, saqlash, hisobga olish” soʻzlari tegishli ravishda “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini”, “Agentlikda” va “jamlash, hisobga olish, saqlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 10-banddagi “davlat arxiv fondi hujjatlari shakllanishini, saqlanishini, hisobini, tanlashni va tayyorlashni” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlari jamlanishini, hisobga olinishini, saqlanishini, tanlanishini va tayyorlanishini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 11-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat arxiv fondi” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) 12-bandning:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, prokuraturalar, sudlar, banklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat, qoʻshma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilganda, shuningdek ularning mulkchilik shakllari oʻzgargan hollarda ular oʻz faoliyatlarini amalga oshirishda paydo boʻlgan arxiv hujjatlari tartibga keltirilgan holatda tegishli davlat arxivlari bilan kelishgan holda koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarga davlat mulk egaligi saqlangan holda huquqiy vorislarga beriladi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilgan taqdirda ularning arxiv hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat arxivlariga beriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
n) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlari davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, oldi-sotdi yoki boshqa xil bitishuvlar obyekti boʻlolmaydi.
Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan taqdirda ularning arxiv hujjatlari, shu jumladan shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar davlat mulk egaligida qoladi va belgilangan tartibda davlat arxivlariga beriladi”;
o) 14-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat arxiv fondi” va “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi” soʻzlari tegishli ravishda “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” va “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
p) 15-banddagi ““Davlat arxiv fondi” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
r) 16-bandning:
birinchi xatboshidagi “Davlat arxiv fondi” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Arxivlar tomonidan pulli xizmatlar ham koʻrsatiladi. Pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
s) 17-bandning birinchi xatboshidagi va 18-banddagi “davlat arxiv fondi” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
t) “Nodavlat arxiv fondi” boʻlimining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi”;
u) 19-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismini nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyati natijasida tashkil etilgan arxiv hujjatlari, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari tashkil etadi”;
f) 20-bandning:
birinchi xatboshidagi “Milliy arxiv fondi” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Milliy arxiv fondiga” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
x) 21-bandning:
birinchi xatboshidagi “Milliy arxiv fondi” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “nodavlat arxiv fondi” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ts) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismiga tegishli deb topilgan hujjatlarning egalari boʻlgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar ushbu hujjatlar shu maqsadlarda tashkil etiladigan arxivlar yoki idoraviy arxivlarda, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari tarkibida doimiy saqlanishini taʼminlaydilar.
Doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlar yoʻq qilinmaydi. Shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar (ish staji, ish haqi, oʻqish, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjatlar va boshqa hujjatlar) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishilmasdan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yoʻq qilinishi mumkin emas”;
ch) 23-bandning ikkinchi xatboshidagi “shaxsiy arxiv” soʻzlari “shaxsiy arxiv hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sh) 24-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “nodavlat arxiv fondi” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 25-banddagi “Nodavlat arxiv fondi hujjatlari sotiladigan hollarda davlat” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi sotiladigan hollarda davlat arxivlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yu) 26-banddagi “ularning arxivlarini butlashda, saqlashda va ulardan foydalanishda” soʻzlari “ularning arxiv hujjatlarini jamlashda, hisobga olishda, saqlashda va ulardan foydalanishda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibida:
a) 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar toʻgʻrisida”gi 768-I-sonli Qonuni amalga kiritilishi vaqtida hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining Milliy arxiv fondi Davlat katalogida davlat hisobida turishi;
— qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan ekspert-tekshirish komissiyasi qarori”;
b) 7-banddagi “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni”, “Respublika fond katalogi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar toʻgʻrisida”gi 768-I-sonli Qonuni”, “Milliy arxiv fondining Davlat katalogi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8 va 9-bandlardagi “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar toʻgʻrisida”gi 768-I-sonli Qonuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 11-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzarxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlaydigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar roʻyxatiga kiritilgan davlat boshqaruv organlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini bir vaqtning oʻzida fond kartochkalarini “Oʻzarxiv” agentligining Milliy arxiv fondi Davlat katalogi va hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazish yilining 1-yanvariga idoraviy saqlanishini tashkil etish toʻgʻrisidagi statistika hisoboti uchun taqdim etgan holda roʻyxatdan oʻtkazadilar”;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda:
a) 1-banddagi “Arxivlar toʻgʻrisida” soʻzlari “Arxiv ishi toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddan “mustaqil muassasa yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 8.2-kichik band chiqarib tashlansin;
g) 8.3 — 8.5-kichik bandlar tegishli ravishda 8.2 — 8.4-kichik bandlar deb hisoblansin;
d) 9-band chiqarib tashlansin;
e) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Idoraviy arxivning asosiy vazifalari: tashkilot hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tegishli arxivlarga topshirishdan iborat boʻladi”;
j) 11.1-kichik banddagi “qabul qiladi” soʻzlari “jamlaydi” soʻzi bilan almashtirilsin;
z) 11.5-kichik band matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“hujjatlarni davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlaydi va “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda topshiradi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlash huquqi berilgan idoraviy arxivlar bundan mustasno)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(II-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 362-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)