Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShLAB ChIQARILMAYDIGAN, ChETDAN OLIB KELINADIGAN TEXNOLOGIYA ASBOB-USKUNALARI, EHTIYOT QISMLAR, MATERIALLAR VA KOMPONENTLARNI MAHALLIYLAShTIRILADIGAN MAHSULOTNI IShLAB ChIQARIShDA TEXNOLOGIYA JARAYoNIDA FOYDALANILADIGAN TOIFAGA KIRITISh TOʻGʻRISIDA XULOSALAR BERISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI QAROR, ShUNINGDEK UNGA OʻZGARTIRIShLARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 18-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1311-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-sonli “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 235-modda) 5-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 6-fevraldagi EG-01/12-368, 19, 29, 01-02/8-11, 2004-18-son “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1311, 2004-yil 16-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 7-son, 84-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2006-yil 25-iyuldagi EG-01/10-4090, 4, 68, 01-02/68-14, 2006-33 son “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1311-1, 2006-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 30-son, 307-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-oktabr,
EG-01/10-5900-son
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-oktabr,
97-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-oktabr,
80-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-oktabr,
01-02/8-16-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-oktabr,
2010-36-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 365-modda)