12.05.2004 yildagi 228-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
 LexUZ sharhi
1.

Shaharlar, tumanlar, aholi yashash punktlari, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini, ijtimoiy soha muassasalarini tayyorlab qo‘yish tadbirlarini, shuningdek qozonxonalarni va muhandislik inshootlarini 2004/2005-yil kuz-qish davrida uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ularni ta’mirlash jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2004-yil 1-iyungacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar.

2.

Uy-joylar, binolar va inshootlar holatini ularning yong‘in xavfsizligi texnik normalariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib chiqish.

2004-yil 1-sentabrgacha

Ichki ishlar vazirligining Yong‘indan saqlash bosh boshqarmasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda.

3.

2004/2005-yil isitish mavsumi boshlangungacha respublika korxonalari va tashkilotlarining mavjud qozonxona asbob-uskunalarining foydalanishga tayyorligi va tabiiy gazni qabul qilish bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligini tekshirishdan o‘tkazish. Texnik talablarga javob bermaydigan qozonxonalarni gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish.

2004-yil 1-sentabrgacha

“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

4.

Mavjud asbob-uskunalarning yuklama eng yuqori bo‘lgan davrda ishlashining, qish oylarida tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi iste’molini kamaytirishni nazarda tutuvchi jadvalini, shuningdek asosiy asbob-uskunalarni ta’mirlash (uni qish oylariga ko‘chirgan holda) jadvalini ishlab chiqish.

2004-yil 1-sentabrgacha

“O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi, kon-metallurgiya sanoati korxonalari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda.

5.

Uy-joylarni qish oylarida foydalanishga tayyorlab qo‘yishni tugallash, issiqlik tarmoqlarini izolatsiyalash bo‘yicha mo‘ljallangan ish hajmlarini bajarish, uy-joylarni issiqlik bilan ta’minlash sifatini oshirish tadbirlarini amalga oshirish, muhandislik kommunikatsiyalari, issiqlik punktlari joylashgan yerto‘lalar va tomlarni tekshirishni tashkil etish, tomlar, yerto‘lalar va uy yo‘laklariga kirish eshiklari zarur darajada yopilishini ta’minlash.

2004-yil 1-oktabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi.

6.

Maktabgacha bolalar muassasalarini, maktablar, o‘quv yurtlari, poliklinikalar va kasalxonalarni 2004/2005-yil kuz-qish davriga tayyorlab qo‘yish ishlarini tugallash.

2004-yil 1-sentabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

7.

Qozonxonalarni mukammal tuzatish hamda ularning kuz-qish davrida ishlashga tayyorligi to‘g‘risida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirish va dalolatnomalar nusxalarini hududiy komissiyalarga taqdim etish.

2004-yil 1-noyabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirl�r Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi.

8.

Tabiiy gaz yoqilg‘isini aholi uchun bo‘shatgan holda barcha korxonalar va tashkilotlar tomonidan ularning qozonxonalari kuz-qish davrida yoqilg‘ining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun suyuq va qattiq yoqilg‘ining zarur zaxiralarini yaratish.

2004-yil 1-noyabrgacha

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar.

9.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining kuz-qish davriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ayrim tadbirlarni bajarishga mablag‘larni oldindan ajratish va mablag‘ ajratishni 2004-yilning IV choragidan III choragiga ko‘chirish to‘g‘risidagi takliflarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.

2004-yil III chorak

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.

10.

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi va “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan yetkazib berilgan yoqilg‘i-energetika resurslari uchun korxonalar va tashkilotlarning qarzini to‘lash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

doimo

Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.

11.

Qozon-pech yoqilg‘isi ishlab chiqarilishini va iste’molchilarning barcha toifalariga (budjet sohasiga, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, birja savdolariga) uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash.

doimo

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi.

“Sho‘rtan”, “Yangi Qoratepa”, “Janubiy Tandircha” va “Uchsoy” konlarida 5 ta gaz qazib olish quduqlarini foydalanishga topshirish.

2004-yil oxirigacha

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi.

Gazli-Sarimoy uchastkasida diametri 1220 mm, uzunligi 66 km bo‘lgan Gazli-Nukus gaz quvurini uzaytirish.

2004-yil avgust

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi.

“Qodirobod” (Namangan viloyati), “Qoratov” va “Qizil Qa’la” (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) gaz ajratish quvurlari qurilishini tugallash.

2004-yil oktyabr

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi.

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining ishga tushirish va tozalash qurilmalariga ega bo‘lgan 1600 km magistral gaz quvurlarini tozalash ishlarini bajarish.

2004-yil 1-noyabrgacha

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi.

Muborak gazni qayta ishlash zavodida oltingugurtdan tozalash 3 ta blokini mukammal ta’mirlash, 1 va 2-qozonxonalarda 1 ta mukammal va 3 ta joriy ta’mirlashni amalga oshirish.

2004-yil 1-oktabrgacha

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi.

“Shimoliy So‘x” yer osti gaz omborini 1150 mln kub metr, “Xo‘jaobod” yer osti gaz omborini 900 mln kub metr hajmida gaz bilan to‘ldirish.

2004-yil 1-oktabrgacha

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi.

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi korxonalarini, ularni 2004/2005-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash uchun 4,8 mln AQSh dollari hajmida (tabiiy gazni eksport qilish va uning tranzitidan tushadigan, kompaniya ixtiyor�da qoladigan mablag‘lar hisobiga) hamda 4,7 mlrd so‘mga teng bo‘lgan hajmda (valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan tushadigan mablag‘lardan) mablag‘lar bilan ta’minlash.

2004-yil

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi.
12.

Elektr stansiyalarni va boshqa sanoat korxonalarini yoqilg‘ining zaxira turlariga o‘tkazish jadvalini hamda 2004/2005-yil kuz-qish davrida uzib qo‘yilmaydigan korxonalar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2004-yil 20-sentabrgacha

“O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda.
13.

“O‘zkommunxizmat” agentligi va Toshkent viloyati hokimligi mablag‘lari hisobiga Angren shahrigacha 15 kilometrlik D-219 mm gaz quvuri qurilishini amalga oshirish.

2004-yil 1-oktabrgacha

“O‘zkommunxizmat” agentligi. Toshkent viloyati hokimligi.
14.Quyidagilarni tugallash:

yuklama eng yuqori bo‘lgan davrda ishga tushirilgan elektr stansiyalari va elektr tarmoqlarining asosiy texnologik asbob-uskunalarini mukammal ta’mirlash, elektr stansiyalarida suyuq va qattiq yoqilg‘i to‘plash;

2004-yil 1-noyabrgacha

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi.

Talimarjon GRESini qurish va foydalanishga topshirish;

2004-yil 1-oktabrgacha

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi.

“So‘g‘diyona” PS-500 kV kichik stansiyani qurish �a foydalanishga topshirish;

2004-yil 1-iyulgacha

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi.

issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr tsentaleylarning 19 energoblokini, 7 turboagregatini, 20 qozonxona agregatini, respublika gidroelektr stansiyalarining 26 gidroagregatini mukammal va o‘rtacha ta’mirlash;

2004-yil 1-oktabrgacha

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi.

Angren shahridagi “Issiqlik manbai” balansidagi 18,8 km magistral issiqlik tarmoqlari tizimini o‘z kuchi va mablag‘lari hisobiga yotqizish.

2004-yil 1-oktabrgacha

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi.
15.

“Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasiga qarashli korxonalar va tashkilotlarni 2004/2005-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash tadbirlarini tugallash.

2004-yil 1-oktabrgacha

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi.

“Angren” konida o‘sish sur’ati 2003-yilga nisbatan 1,8 baravar bo‘lgan 17830 ming kub.m hajmda kon yuzasini ochish ishlarini bajarish.

2004-yil

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi.

Respublika iste’molchilariga 2569 ming tonna, shu jumladan:

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga 2185 ming tonna;

2004-yil 31-dekabrgacha

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi.

budjet sohasiga 204 ming tonna;

2004-yil 15-oktabrgacha

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi.

birja savdolari va kimoshdi savdosi orqali yoqilg‘i iste’molchilariga, shu jumladan aholiga 77 ming tonna;

2004-yil

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi.

boshqa iste’molchilarga — 103 ming tonna ko‘mir yetkazib berilishini ta’minlash.

2004-yil

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi.

Ko‘mir tarmog‘i asbob-uskunalarini yangilash va texnika bilan qayta jihozlash uchun maqsadli fondga 18,4 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ tushishini ta’minlash.

2004-yil

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi.

Umumta’lim, davolash-profilaktika muassasalarining buyurtmanomalariga to‘liq muvofiq holda ularni sifatli ko‘mir bilan ta’minlash.

2004-yil 15-oktabrgacha

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi.

Ko‘mirni tushirish joyidan iste’molchilargacha transportda tashish uchun joylarda mablag‘larni nazarda tutish.

doimo

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi.

16.

Neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, ko‘mir, tuz hamda xo‘jaliklarni 2004/2005-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qo‘yish bilan bog‘liq boshqa yuklarning uzluksiz tashilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2004-yil 1-iyulgacha

“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi.

17.

Vagonlarning, ayniqsa sisternalarning normativdan ortiqcha turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, yuklash-tushirish ishlarining, ayniqsa tungi paytlarda, bayram va dam olish kunlarida, uzluksizligini ta’minlash, kirib kelish yo‘llarini ta’mirlash-profilaktika ishlarini, sovuq davrda yuklar muzlab qolishining oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

doimo

“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda.

18.

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini texnik tuz bilan ta’minlash.

doimo

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar.

19.

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2004/2005-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bilan bog‘liq masalalarni keng yoritish.

doimo

“O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

20.

2004/2005-yil kuz-qish davrida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlash.

doimo

“O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi.

21.

Obyektlarni 2004/2005-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishini hududiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqish va axborot taqdim etish.

har o‘n kunda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

22.

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2004/2005-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishini Respublika komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish.

har oyda

Qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal xo‘jaligi va transport kompleksi kotibiyati Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan birgalikda.