Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2012 19.03.1997 yildagi PF-1738-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2012
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKADA VEKSEL MUOMALASINI TARTIBGA SOLISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veksellarni chiqarish va ularning muomalasi mexanizmini takomillashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning shartnoma majburiyatlarini bajarishlari uchun moliyaviy javobgarligini oshirish, ular chiqargan veksellarning puli oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, moliyaviy barqaror korxonalar va tashkilotlar, shuningdek tijorat banklari uzogʻi bilan uch oy muddatga, alohida hollarda esa olti oy muddatgacha veksellar chiqarish huquqiga egadirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarga aniq yetkazib berilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisob-kitob qilishga ularda vaqtincha yetishmayotgan pul mablagʻlarini qoplash uchungina veksellar chiqarishga yoʻl qoʻyiladi, bunda xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan veksel kafolati (aval) rasmiylashtirilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan veksel chiqarish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veksellarni trast boshqaruviga topshirish, shuningdek kreditlarni veksellar bilan berish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bir hafta muddatda quyidagilarni ishlab chiqib, tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, tashkilotlar va tijorat banklari tomonidan veksellar chiqarish huquqini olishga boʻlgan talablar roʻyxati va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan veksel kafolati (aval) ni rasmiylashtirish tartibi, bunda aval mabodo veksel beruvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda veksel saqlovchiga veksel pulini oʻz vaqtida qaytarish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bankning kafolati hisoblanadi. Shu narsa koʻzda tutilsinki, tijorat banki veksel beruvchi korxonaning moliyaviy ahvolini tekshirib koʻrgandan keyingina uning likvid aktivlari garovi evaziga avalni rasmiylashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklari ushbu Farmonning 2-bandida koʻrsatilgan veksel chiqarish huquqini olishga nisbatan talablar roʻyxatiga muvofiq, aval olish uchun bankka murojaat qilgan korxonaning moliyaviy barqarorligini sinchiklab tahlil etsinlar hamda korxona yetarli darajada toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan taqdirda likvid aktivlar garovi shartnomasini va veksel kafolati (aval) toʻgʻrisidagi shartnomani rasmiylashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Veksellarning puli oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash maqsadida shu narsa belgilansinki, veksel beruvchi korxonaning hisobvaragʻiga kelib tushadigan mablagʻlar ish haqi va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangunga qadar birinchi navbatda muomala muddati tugab borayotgan veksellarning pulini qaytarishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda korxonalarning budjet bilan hisob-kitoblari oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash uchun belgilab qoʻyilsinki, budjet oldida boqimandasi boʻlgan veksel saqlovchi — xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini toʻlash uchun pulini qaytarish muddati mazkur oyda boshlanadigan veksellardan foydalanish huquqiga ega emasdirlar. Ana shu veksellarning pulini qaytarishdan veksel saqlovchilarga tushadigan pul mablagʻlari budjetga mavjud boqimanda hisobiga oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veksel beruvchi korxonalar uchun maxsus hisobvaraqlar ochib, ularda veksellarning pulini qaytarish payti kelgungacha veksel beruvchilarning zarur miqdordagi pul mablagʻlarini zaxirada saqlab tursinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veksel pulini qaytarish paytida veksel beruvchining boʻsh pul mablagʻlari boʻlmagan taqdirda, veksel kafolati (aval)ga asosan veksel saqlovchiga tegishli mablagʻlarni oʻz vaqtida toʻlab, keyinchalik vekselga eʼtiroz bildirish va qarzdor korxonaga nisbatan choralar koʻrish tartib-qoidasini qoʻllasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda notarial idoralar tomonidan veksellarga eʼtiroz bildirish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin va bunda shuni nazarda tutsinki, toʻlovchi veksel pulini toʻlashdan bosh tortgan yoki u notarial idoraga kelmagan taqdirda davlat notariusi vekselga eʼtiroz toʻgʻrisidagi belgini qoʻyadi va bu belgi aval bergan bankning xoʻjalik sudiga murojaat qilishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aval bergan tijorat banklariga toʻlovni veksel bergan korxona mulki hisobidan undirib olish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi veksellar pulini qaytarish, shu jumladan toʻlovni veksel beruvchining mulki hisobidan undirib olish bilan bogʻliq ishlar jadal koʻrib chiqilishini taʼminlasin, huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda materiallar tezkorlik bilan huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, Prokuratura organlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan veksel muomalasi toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, respublika miqyosida veksellar puli oʻz vaqtida va bir tekis qaytarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar. Muayyan aybdor shaxslarga nisbatan javobgarlik, shu jumladan amaldagi qonunlarda koʻzda tutilgan jinoiy javobgarlik choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birga ikki hafta muddat ichida qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1738-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 3-son, 86-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda)