Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 18.03.1997 yildagi PF-1737-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 18.03.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShAXSIY YORDAMChI VA DEHQON XOʻJALIKLARINI DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASh HAMDA MAMLAKATNI OZIQ-OVQAT BILAN TAʼMINLAShDA ULARNING ROLINI KUChAYTIRISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari uchun yer ajratib berilishi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ancha koʻpaytirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash hamda qishloq aholisining ish bilan bandligini oshirish imkonini berdi. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar maydoni sugʻoriladigan yerlarda 650 ming gektardan oshib ketdi. Ana shu maydonlarda umumrespublika miqyosidagi kartoshka va sabzavot hajmining 69 foizi, goʻshtning 80 foizdan koʻprogʻi, sutning salkam 90 foizi yetishtirilmoqda. Dehqon xoʻjaliklari soni qariyb 20 mingtaga yetdi, ularda l09 mingdan koʻproq xodim ish bilan band.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, joylardagi ishlarning ahvolini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari faoliyatiga aralashish faktlariga yoʻl qoʻyilmoqda. Yakka tartibda mahsulot yetishtiruvchilarga ajratib berilayotgan yerlarning sifati baʼzida past boʻlib, bunda ulardan samarasiz foydalanish hollari mavjuddir. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning egalari hamda dehqon xoʻjaliklariga urugʻlik va koʻchatlar, yem-xashak va veterinariya preparatlari, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va ixcham texnika sotish tizimi aniq-puxta yoʻlga qoʻyilgan emas, servis xizmati koʻrsatish past darajada tashkil qilingan. Ular tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotishda qiyinchiliklar mavjud.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini rivojlantirishda yakka tartibda mahsulot yetishtiruvchilarning rolini kuchaytirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarining samarali ishlashini tashkil qilishda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shu narsa qayd etilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat”, “Oʻzgoʻshtsutsanoat”, “Yogʻmoytamakisanoat”, “Oʻzpaxtasanoatsotish” uyushmalarining, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasining, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining rahbarlari respublikada shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik aktlari hamda boshqa normativ aktlarning bajarilishini toʻliq darajada taʼminlamayaptilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan rahbarlar zimmasiga “Yer toʻgʻrisida” va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining talablari, shuningdek qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchilarning mazkur toifasini shakllantirish va rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat qarorlari ogʻishmay bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin, amalda buyruqbozlik tugatilsin, ularning mahsulot ishlab chiqarish va sotishga boʻlgan mustaqil huquqi toʻla-toʻkis roʻyobga chiqarilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlarning hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarining maqomi toʻgʻrisida tegishli qonunchilik aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari uchun yer ajratib berish chogʻida tegishli tartib oʻrnatish, xoʻjasizlik faktlarining oldini olish, ajratib berilgan yer egalari ulardan oqilona va samarali foydalanishlarini taʼminlash maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ajratib berilgan yerlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda undan oqilona foydalanish holatini oʻrganishni tashkil etish uchun “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Prokuraturasining rahbarlari va mutaxassislaridan iborat respublika komissiyasi tuzilsin. Qoraqalpogʻiston Respublikasida va respublika viloyatlarida ham xuddi shunday komissiyalar tuzilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mazkur komissiyalarga 3 oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga ajratib berilgan yerlarni yalpi roʻyxatdan oʻtkazish topshirilsin. Ana shu yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanish faktlari aniqlangan taqdirda ular Oʻzbekiston Respublikasining “Yer toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda boshqa qonunchilik aktlariga muvofiq qaytarib olinsin. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Prokuraturasi mazkur topshiriqning ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ajratib berilgan yerlardan oqilona va samarali foydalanayotgan qishloq xoʻjaligidagi eng yaxshi tovar ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish tariqasida ularga beriladigan yer maydonlarini sugʻoriladigan yerlarda 0,25 ga. dan 0,35 ga. gacha va lalmi yerlarda 0,5 ga. dan 1 ga. gacha koʻpaytirish imkoniyati koʻzda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi respublika va hududiy komissiyalar bilan birgalikda yerlarni roʻyxatdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha qonunchilik aktlariga Farmonning ushbu bandidan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mayda va oʻrta qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilarning, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari uyushmasining mazkur uyushma negizida “Oʻzulgurjimevasabzavot” aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasini Qoraqalpogʻiston Respublikasida, respublika viloyatlari va tumanlarida tegishli boʻlinmalari bilan birga tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilab qoʻyilsinki, Uyushma raisi “Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish, respublika qonunchiligi tomonidan ularga berilgan huquq va manfaatlarni himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida yerlardan samarali foydalanilishini muntazam suratda oʻrganib borish, qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻshimcha yer maydonlarini ajratib berish yoki ularni qaytarib olish toʻgʻrisida tegishli hokimliklarga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni shartnoma asosida urugʻlik, oʻgʻitlar, koʻchatlar, nasldor chorva va boshqa resurslar bilan taʼminlash, ishlab chiqarish-texnologiya, transport, taʼminotchilik xizmati hamda boshqa xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” tizimidagi mashina-traktor parklari bilan birga dehqon va fermer xoʻjaliklariga texnik hamda servis xizmati koʻrsatishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— “Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasining boʻlinmalari bilan birga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini sotishda qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilariga yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga yuridik, axborot, marketing xizmatlari hamda boshqa xizmatlarni koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, Uyushma mablagʻlari dehqon va fermer xoʻjaliklarining ishlab chiqarish faoliyatidan ixtiyoriy ajratmalar hamda oʻz mablagʻlari hisobidan hosil boʻladi. Uyushma huzurida Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullansin. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarining manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— kimoshdi savdosida yer maydonlarini fuqarolarning merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan tushadigan daromadning 5,5 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklaridan undirib olinadigan yer soligʻi summasi mablagʻlarining 5 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek xorijiy yuridik shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoʻla moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadida Jamgʻarmaga 500 mln. soʻm, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi mablagʻlari hisobidan — 200 mln. soʻm, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi mablagʻlari hisobidan — 50 mln. soʻm, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan — 250 mln. soʻm ajratib berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi, Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini, mablagʻ jamgʻarish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasining tasdiqlashi uchun kiritsin va bunda mablagʻlar eng avvalo quyidagilarga yoʻnaltirilishini nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— kreditni qoplashning zarur garov, sugʻurta va boshqa kafolatlarini taʼminlagan holda dehqon va fermer xoʻjaliklarining egalariga imtiyozli kreditlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mazkur xoʻjaliklarga agrotexnik, transport va zooveterinariya xizmati koʻrsatish boʻyicha Uyushma barpo etadigan infrastruktura inshootlarini, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish boʻyicha kichik korxonalarni loyihalash hamda qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tashkil qilinadigan kichik korxonalarga aylanma mablagʻlar ajratib berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirishga davlat yoʻli bilan madad berish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari uyushmasiga aylanma mablagʻlar ajratib bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtabank”, “Mevasabzavotbank”, “Fallabank”, “Tadbirkorbank” qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchilarni urugʻlik, oʻgʻitlar, koʻchatlar, nasldor chorva va boshqa resurslar bilan markazlashtirilgan tartibda taʼminlash uchun Uyushmaga kredit mablagʻlari ajratib bersin. Markaziy bank 10 kun muddat ichida: “Qishloq xoʻjaligida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirishga oid tub chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon talablariga muvofiq garov asosida kreditlar berish mexanizmini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding” kompaniyasi tajriba tariqasida 1997-yilda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarning ehtiyojlari uchun tortish kuchi 0,4 va 0,6 tonna boʻlgan rusumdagi 150 ta traktorni ularning toʻliq turkumdagi qurollari bilan birga ishlab chiqarsin. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birga 1997-yilning 1-noyabriga qadar ixcham qishloq xoʻjalik texnikasi boʻyicha marketing tadqiqotlarini oʻtkazsin va zaruratga qarab uni koʻplab tayyorlab berish dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi zimmasiga shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga texnik hamda servis xizmati koʻrsatish masalalari yuklansin. Mashina-traktor parklari tarkibida shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga mexanizmlar bilan yordam koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar tuzilsin, ularga ixcham texnika, shunday texnikaning ehtiyot qismlari va taʼmirlash buyumlari yetkazib berish hamda sotish tashkil qilinsin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga shu maqsadlarda uning hisob-kitoblari boʻyicha mashina-traktor parklari uchun aylanma mablagʻlar ajratib bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi, Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari 2 oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— shaharlarda, tuman markazlarida, shaharchalar va yirik qishloqlarda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarining egalaridan meva-sabzavot, goʻsht-sut hamda boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlarini shartnoma asosida qabul qilib oluvchi punktlarni tashkil qilsinlar. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini doimiy ravishda topshirib turuvchi Uyushma aʼzolariga urugʻlik, mineral oʻgʻitlar, oʻrash materiallari va uskunalarni muqobil tartibda yetkazib berish amalga oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq toʻlagan holda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarining egalari bilan fʼyucher kontraktlari tuzishni amalda keng joriy etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mahsulotni, ayniqsa meva, rezavor va sabzavot mahsulotlari yalpi pishib yetiladigan davrda ularni qabul qilib olish va sotishni jadallashtirish maqsadida “Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi bilan Oʻzbekbirlashuvning mavjud muzxonalari, bazalari hamda boshqa ishlab chiqarish quvvatlaridan mumkin qadar koʻproq foydalansinlar. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 98-son qarorida koʻzda tutilganidek, meva-sabzavot mahsulotlarining ulgurji bozorlari tarmogʻini bunyod etish jadallashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uyushma hamda Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, shuningdek ular taʼsis etadigan va qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchilarga xizmat koʻrsatadigan shoʻba korxonalar davlat tomonidan roʻyxatga olingan paytdan boshlab besh yil muddatga daromad soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonning bajarilishini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Q. F. Obidov, Bosh vazir oʻrinbosari M. 3. Usmonov va Davlat maslahatchisi T. A. Alimov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1737-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 3-son, 85-modda; 2001-y., 9-10-son, 197-modda)