18.02.1997 yildagi PF-1710-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ZBEKINVEST” EKSPORT-IMPORT MILLIY SUG‘URTA KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport o‘sishini yanada rag‘batlantirish, o‘zbekistonlik eksport qiluvchilarni sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlash, Vatanimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning texnologiya, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlariga kompleks marketing orqali kirib borishini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasini “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi barcha mulkiy va nomulkiy huquq va majburiyatlar bo‘yicha “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sarmoya, texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni milliy eksport qiluvchilarni xalqaro bozorlarda siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan tijorat banklari tomonidan texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini mablag‘ bilan ta’minlash uchun ajratiladigan eksport kreditlarini qoplashga sug‘urta kafolatlari berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks marketing tahlilini va Vatanimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlariga samarali kirib borishi strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga jalb qilinayotgan chet el investitsiyalarini kompleks sug‘urtaviy himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining ustav sarmoyasi muassislar tomonidan 60 mln. AQSh dollariga teng miqdorda e’lon qilinganligi va ustav sarmoyasi quyidagilar hisobiga shakllanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Moliya vazirligining 50 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi ta’sis badali, bu badal:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etilayotgan “O‘zbekinvest” kompaniyasining 30 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi o‘z mablag‘laridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekinvest Interneshnl” (London shahri) qo‘shma kompaniyasining 1996-1997-yillardagi faoliyatidan olingan dividendlardan va “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyatidan olingan 10 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi o‘z foydasini sarmoyaga aylantirishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniyaning o‘z foydasini va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 10 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi 1998-yilda qo‘shiladigan mablag‘larini sarmoyaga aylantirishdan hosil bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 10 mln. AQSh dollari miqdoridagi 1997-yilda qo‘shiladigan ta’sis badali.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, davlat eksport sug‘urtasi xalqaro normalariga muvofiq “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan kelishilgan sug‘urta majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kafil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi va uning hududiy shu’ba korxonalari daromaddan olinadigan soliqdan va mulk solig‘idan besh yil muddatga ozod qilinsin, soliq solishdan ozod qilingan barcha mablag‘lar kompaniyaning ustav sarmoyasini hamda uning sug‘urta (zaxira) jamg‘armasini ko‘paytirishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1710-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 3-son, 80-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)