Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.03.2004 yildagi 123-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON XALQ ShOIRI MUHAMMAD YuSUF TAVALLUDINING 50 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Betakror ijodi va ijtimoiy faoliyati bilan yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtdoshlarimiz qalbida ona Oʻzbekiston bilan faxrlanish va fidoyilik tuygʻularini uygʻotish, milliy istiqlol gʻoyasini xalqimiz ongi va tafakkuriga singdirish borasidagi katta xizmatlarini, adabiyotimiz va sanʼatimiz rivojiga qoʻshgan munosib hissasini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston xalq shoiri, marhum Muhammad Yusuf tavalludining 50 yilligini nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat ishlari vazirligi, “Kamolot” ijtimoiy harakati, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi va keng jamoatchilik vakillarining taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muhammad Yusuf tavalludining 50 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qoʻmitaga bir oy muddatda mazkur sana munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi topshirilsin. Tadbirlar rejasida quyidagilar koʻzda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yil may oyida Toshkent shahrida Muhammad Yusuf tavalludining 50 yilligiga bagʻishlangan xotira kechasini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoirning bir jildlik asarlari saylanmasini nashr etish;;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda yozuvchilar, sanʼatkorlar va olimlar ishtirokida Muhammad Yusuf ijodiga bagʻishlangan uchrashuv va adabiy kechalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoir hayoti va ijodiga bagʻishlangan hujjatli videofilm yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar va boshqa toponimik obyektlarning nomlarini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyaning shoir xotirasini abadiylashtirish haqidagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Andijon viloyati hokimligiga shoir qabrini obodonlashtirish va yodgorlik lavhasi oʻrnatish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi Oliy adabiyot kursining eng isteʼdodli tinglovchilari uchun Muhammad Yusuf nomidagi stipendiyani taʼsis etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga shoir ijodiy merosining ahamiyatini targʻib etish, shuningdek, tavalludining 50 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 123-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 50 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.Azizxoʻjayev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi‎
A.Meliboyev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)‎
A.Oripov‎ —‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎
R.Qoʻchqorov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksining yetakchi mutaxassisi, tashkiliy qoʻmita kotibi‎
B.Qurbonov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri ‎
B.Ubaydullayev‎ —‎ Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi‎
N.Mahmudov‎ —‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Sh.Ayupov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari‎
R.Ahliddinov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari‎
M.Ahmedov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari‎
X.Zokirov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari‎
R.Shogʻulomov‎ —‎ Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori‎
A.Gadoyboyev‎ —‎ Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi raisi‎
B.Abdurahimov‎ —‎ “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining Bosh direktori‎
A.Ahmedov‎ —‎ Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari‎
Sh.Ibragimov‎ —‎ Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari‎