Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING “NIHOL” BOLALAR BOGʻCHASINI TOSHKENT VILOYATI QIBRAY TUMANI HOKIMLIGINING BALANSIGA OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Toshkent viloyati hokimligining Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti balansidagi “Nihol” bolalar bogʻchasini Toshkent viloyati Qibray tumani hokimligi balansiga oʻtkazish haqidagi taklifi maʼqullansin.
2. Fanlar akademiyasining Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti “Nihol” bolalar bogʻchasini bir oy muddatda belgilangan tartibda Toshkent viloyati Qibray tumani hokimiyatining balansiga bepul bersin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi balansdan balansga oʻtkazilayotgan maktabgacha taʼlim muassasasining xarajatlarini qoplash uchun respublika va Toshkent viloyati mahalliy budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorining 2-ilovasidan “211” pozitsiya (Toshkent viloyati Qibray tumani “Nihol” bolalar bogʻchasi) chiqarib tashlansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 5-mart,
108-son