Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
MAGISTRATURA TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1765-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 418-sonli “Magistratura toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2405, 18.12.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 384-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2007-yil 29-dekabrdagi 269-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1765, 2008-yil 4-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 6-7-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Magistratura toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-sentabr,
363-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2010-yil 22-sentabrdagi 363-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Magistratura toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 3-band “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” degan soʻzlardan keyin “hamda Davlat test markazi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 6-banddagi “Oliy attestatsiya komissiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi”.
4. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 304-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi”.
5. 32-banddagi “kamida ikkita davlat imtihoni (ijtimoiy-iqtisodiy va mutaxassislik fanlari boʻyicha)” degan soʻzlar “magistratura mutaxassisliklarining oʻquv rejalarida belgilangan yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan.
Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
2010-yil 16-sentabr
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAXIMOV
2010-yil 16-sentabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKROMOV
2010-yil 16-sentabr
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. RUZIYEV
2010-yil 16-sentabr
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV
2010-yil 16-sentabr
Tashqi ishlar vaziri V. NOROV
2010-yil 16-sentabr
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori X. MUHITDINOV
2010-yil 16-sentabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi raisi O. RAMATOV
2010-yil 20-sentabr
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2010-yil 20-sentabr
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi T. QOʻZIYEV
2010-yil 20-sentabr
Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q. SANAQULOV
2010-yil 21-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 347-modda)