10.09.2007 yildagi 190-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM TIZIMIDA MAGISTRATURA FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH, UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq respublikada oliy ta’lim tizimining ikkinchi bosqichi sifatida magistraturaning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqildi, o‘quv jarayonini tashkil etishning asoslari belgilandi va o‘quv-metodika kompleksi, axborot ta’minotining yangi avlodi joriy etildi, ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibi shakllantirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quv jarayonini, oliy ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlaydigan normativ-metodik hujjatlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish maqsadida malaka amaliyoti hamda Davlat attestatsiya komissiyalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining zamonaviy texnika va texnologiyalarga ega bo‘lgan ishlab chiqarish bazalarida, ilmiy laboratoriyalarida, tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistrlarning qiziqishlarini oshirish hamda ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun muntazam ravishda ilmiy konferensiyalar o‘tkazilmoqda, ularga chet tillar o‘rgatilmoqda, o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogika texnologiyalari jalb etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tgan ikki o‘quv yili mobaynida magistraturada o‘rganilayotgan predmetlarning o‘quv dasturlari qayta ishlab chiqildi va yangilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasalarida magistraturaning 20 tadan ortiq yangi mutaxassisliklari ochildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bugungi kunda magistratura faoliyatini tashkil etish, shuningdek kadrlar va axborot resurslari bazalari bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, kadrlardan foydalanuvchilar (ish beruvchilar)ning aksariyati magistraturani bitiruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risida to‘liq va to‘g‘ri tasavvurga ega emas. Magistraturani bitiruvchilardan belgilangan maqsadda foydalanmaslik hollari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qitishning zamonaviy texnik vositalari bugungi kun talablariga muvofiq emas, ilmiy va maxsus adabiyotlarning yetishmasligi sezilmoqda, fan va texnologiyalarning yangi yutuqlari o‘quv jarayoniga tezkorlik bilan joriy etilmayapti, ta’lim, fan va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash to‘liq darajada amalga oshirilmayapti, buyurtmachilarning magistrlar tayyorlash jarayonidagi amaliy ulushi mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura ta’limi sifatini oshirishga muayyan ulush qo‘shayotgan yuqori malakali professor-o‘qituvchi kadrlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashning samarali metodlaridan to‘liq foydalanilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq magistratura faoliyatini tashkil etishni tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning sifatini hamda raqobatbardoshliligini oshirishni kuchaytirish, yuqori malakani va ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, shuningdek magistraturada ta’lim-tarbiya jarayonini normativ-huquqiy va ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 30-maydagi PQ-645-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, magistrlar tayyorlash jarayoniga eng yuqori malakali o‘qituvchilar hamda fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalariga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan olimlar, shuningdek davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni axborotlashtirish sharoitlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, “Iste’dod” jamg‘armasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qituvchilar va yosh olimlarning mamlakatimiz va chet ellardagi yetakchi universitetlarda va ilmiy markazlarda tajriba orttirishlarini (ularning natijalaridan biri magistraturada o‘qitish sifatini oshirishdan iborat), xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda magistratura dasturlari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning oliy ta’lim muassasalariga pedagogik ishlarga yuborilgan magistratura bitiruvchilariga ularning universitetlarda va ilg‘or texnologiyali ilmiy markazlarda malaka oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni, shuningdek magistratura o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqilishini hamda o‘quv jarayoniga zamonaviy ilm-fan yutuqlari joriy etilishini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarning istiqbolli dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlar tayyorlash bilan band bo‘lgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifati monitoringini, shuningdek ularning malaka darajasini baholashni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlarni o‘qitish va tayyorlash sifati o‘rganilishini tashkil etsin va uning sifati nazorat qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassislari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqsin va har yili 1-martgacha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga magistraturaga qabul qilish parametrlari bo‘yicha asoslangan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 1-yanvardan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga ish haqi fondi va ma’muriy-boshqaruv xodimlari soni doirasida 2-ilovaga muvofiq magistratura bo‘limlari tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura bo‘limlariga kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlashga, ulardagi ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlarni o‘qitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish, magistrlar tayyorlash masalalarini muntazam ravishda tahlil qilish va ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar, idoralar va kadrlardan asosiy foydalanuvchilar bo‘lgan boshqa tashkilotlar magistrlar tayyorlash jarayonida faol qatnashsinlar hamda ularning mehnatidan samarali foydalanilishini ta’minlasinlar, magistrantlarning amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishlari, yetuk mutaxassislarning magistrlik tayyorgarligiga rahbarlik qilishlariga jalb etilishi, real topshiriqlar bo‘yicha dissertatsiyalar tayyorlashga, ularning ta’lim-kasbiy faoliyatini tashkil etish uchun ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda magistratura ta’lim jarayonini fundamental va amaliy fanlar bilan real integratsiyalash, Fanlar akademiyasining yetakchi olimlarini hamda uning moddiy-texnika bazasini magistrantlarni o‘qitish va ular tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ularning natijalarini amaliyotga jalb etish bo‘yicha Harakatlar dasturini ishlab chiqsin hamda uni 2008-yildan boshlab amalga oshirishga kirishsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Magistratura to‘g‘risidagi Nizomga ushbu qaror talablariga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasasi magistratura bo‘limining shtat birliklari ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Lavozimlar nomi* Shtat birliklari soni‎ Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryad‎ Tarif koeffitsiyenti‎ Lavozim maoshi (so‘mlarda)‎
1.‎ Bo‘lim boshlig‘i‎ 1‎ 9‎ 4,797‎ 74473‎
2.‎ Metodist‎ 1‎ 5‎ 3,467‎ 53825‎
Hammasi:‎ 2‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * — magistrlar soni 200 kishigacha bo‘lganda 0,5 stavka belgilanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 384-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)