Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
Qarori
NOTARIAL IDORALAR VA ADVOKATLIK TUZILMALARIDA JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BOʻYIChA IChKI NAZORAT QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 4-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2020-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 18-19-son, 137-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 175-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10 va 39-son qarori (roʻyxat raqami 2020, 2009-yil 19-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 461-modda) bilan tasdiqlangan Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-sentabr,
15-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-sentabr,
19-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddimadagi “va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar (bundan keyingi oʻrinlarda notarial idoralar deb yuritiladi), shuningdek” degan soʻzlar “(bundan keyingi oʻrinlarda notarial idoralar deb yuritiladi) va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
3. 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “ichki hujjatlarga” degan soʻzlar “mazkur Qoidalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga” degan soʻzlar “va mazkur Qoidalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 7-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
6. 9-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “ichki nazorat qoidalari va dasturlarini” degan soʻzlar “mazkur Qoidalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 11-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻgʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish”;
yettinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
8. Quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim”.
9. Rus tilidagi matnning 23-bandidagi “vprave” degan soʻz “doljni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. 24-band quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi”.
11. 32-band “mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalangan materiallar va maʼlumotlarni” degan soʻzlardan keyin “shu jumladan ish yozishmalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
12. Quyidagi mazmundagi 341-band bilan toʻldirilsin:
“341. Mazkur Qoidalar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarining barcha xodimlariga yetkazilishi lozim”.
13. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Advokatlar palatasi raisi oʻrinbosari v.b. R. AXMEDOV
2010-yil 24-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)