Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2003 YILDA ShOLI YETIShTIRISh PROGNOZ HAJMLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish asosida barqaror sholi yetishtirishni taʼminlash, shuningdek respublika isteʼmolchilari va aholisining guruchga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻlaroq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasining sholi yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida tayyorlangan 2003-yil hosili uchun sholi ekiladigan maydonlar, tovar va urugʻlik sholi yetishtirish hamda ularni davlat resurslariga sotish prognoz hajmlari toʻgʻrisidagi takliflari 1 va 2-ilovalarga muvofiq qabul qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi sholi yetishtiruvchi xoʻjaliklarga sholining serhosil, tezpishar navlarini ekishni maqbul agrotexnika muddatlarida oʻz vaqtida oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.
3. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjaliklarini:
Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarining sholi yetishtiruvchi xoʻjaliklaridagi mavjud zaxiralar hisobiga 2,8 ming tonna hajmida;
tegishli ishlov berilgandan keyin urugʻlik maqsadida foydalanish uchun davlat resurslaridan 6,6 ming tonna tovar sholi berish hisobiga urugʻlik sholi bilan taʼminlasinlar
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi joriy yil hosilidan sholi xarid qilish hajmlarini hisobga olgan holda 2003-yilda davlat resurslari hisobiga sholi va guruch yetishtirish hamda ularni taqsimlashning tasdiqlangan balansiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi:
sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish, urugʻchilikni rivojlantirish va serhosil navlar yaratish maqsadida navlar mualliflari va originatorlarini ragʻbatlantirish mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
2003-yil 1-avgustgacha tovar va urugʻlik maqsadlari uchun sotib olinadigan sholining xarid (shartnomaviy) narxlari boʻyicha taklif kiritsinlar.
6. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi 2003-yil 1-avgustgacha sholichilik xoʻjaliklariga respublika don qabul qilish korxonalari tomonidan xarid qilinadigan tovar sholi qiymati umumiy summasining 50 foizgachasi miqdorida bosqichma-bosqich avans berib borishni amalga oshirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 2-may,
206-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-maydagi 206-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2003-yil hosili uchun sholi ekiladigan maydonlar, sholi yetishtirish va xarid qilish hajmining prognoz koʻrsatkichlari
|
Ekin maydoni, ming ga |
Yalpi hosil, ming t |
davlat resurslariga xarid qilish (ming t) | |||
|
hammasi |
shu jumladan: | ||||
|
tovar sholi |
urugʻlik sholi | ||||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 55,0 | 181,5 | 69,0 | 55,2 | 13,75 |
| Viloyatlar: | | | | | |
| Surxondaryo | 4,0 | 13,2 | — | — | — |
| Sirdaryo | 3,0 | 9,6 | — | — | — |
| Toshkent | 4,0 | 15,1 | — | — | — |
| Xorazm | 15,0 | 60,0 | 24,0 | 20,3 | 3,75 |
| Jami: | 81,0 | 279,4 | 93,0 | 75,5 | 17,5 |
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-maydagi 206-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
2003-yilda urugʻlik sholi yetishtirish va uni “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalariga yetkazib berish boʻyicha
TOPShIRIQ
| | | |
(tonna) |
|
Urugʻlik tayyorlash hajmi, hammasi |
shu jumladan: | ||
|
yuqori reproduksiyali (R-I) |
navli | ||
| Qoraqalpogʻiston | | | |
| Respublikasi | 13750 | 950 | 12800 |
| Xorazm viloyati | 3750 | 750 | 3000 |
| Jami: | 17500 | 1700 | 15800 |