1-ilova
| Toʻlaganov K.N. | — | Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi |
| Majidov Sh.X. | — | “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisi |
| Shoismatov E.R. | — | “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
| Xolmuhamedov Oʻ.O. | — | “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori |
| Saidova G.K. | — | Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Abdurahmonov M.S. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Akromov E.M. | — | “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasi raisi |
| Gʻulomov S.S. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| Joʻrayev R.H. | — | Xalq taʼlimi vaziri |
| Jalolov A.A. | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Nazirov F.Gʻ. | — | Sogʻliqni saqlash vaziri |
| Amanboyev O.E. | — | “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi boshligʻi |
| Ramatov A.J. | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
| Klimenko A.I. | — | “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi bosh direktori |
| Niyozmatov B.I. | — | Respublika bosh davlat sanitariya vrachi, Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari |
| Qoʻldoshev A.X. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi |
| Ramazonov N.S. | — | “Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi |
| Teshaboyev B.M. | — | “Oʻzdavenergonazorat” agentligining bosh direktori |
| Saidov R.T. | — | “Sanoatkontexnazorat” agentligi bosh direktori |
| Ahmedov O.Y. | — | Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi |
2-ilova
| T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Masʼul bajaruvchilar |
| 1. |
Shaharlar, tumanlar, aholi yashash punktlari, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlarini, ijtimoiy soha muassasalarini tayyorlab qoʻyish tadbirlarini, shuningdek qozonxonalarni va muhandislik inshootlarini 2002/2003-yil kuz-qish davrida uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun ularni taʼmirlash jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash |
2003-yil iyun |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar |
| 2. |
Kuz-qish davrida energiya tizimi eng zoʻriqqan soatlarda elektr energiyasini isteʼmol qilishni kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqish |
2003-yil 1-sentabrgacha |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar bilan birgalikda |
| 3. |
Uy-joylar, binolar va inshootlar ahvolini ularning yongʻin xavfsizligi texnik normalariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib chiqish |
2003-yil 1-sentabrgacha |
Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzkommunxizmat”, “Oʻzdavenergonazorat” agentliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar bilan birgalikda |
| 4. |
1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal taʼmirlash yuzasidan 2003-yilga tasdiqlangan jadval, suv va gazni hisobga olish priborlari majburiy tartibda oʻrnatilgan holda bajarilishini taʼminlash, shuningdek koʻp qavatli uylarning barcha yertoʻlalarini quritish, kanalizatsiya, kollektor va issiqlik tarmoqlarini tozalash ishlarini amalga oshirish |
2003-yil 15-oktabrgacha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi |
| 5. |
Qozonxonalarni mukammal tuzatish hamda ularning kuz-qish davrida ishlashga tayyorligi toʻgʻrisida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirish va dalolatnomalar nusxalarini hududiy komissiyalarga taqdim etish |
2003-yil 1-oktabrgacha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, “Sanoatkontexnazorat” agentligi |
| 6. |
Tabiiy gaz yoqilgʻisini aholi uchun boʻshatgan holda barcha korxonalar va tashkilotlarda ularning qozonxonalari kuz-qish davrida yoqilgʻining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun suyuq va qattiq yoqilgʻining zarur zaxiralarini yaratish |
2003-yil 1-oktabrgacha |
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar |
| 7. |
Kuz-qish davriga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ayrim tadbirlarni bajarishga mablagʻlarni 2003-yil IV choragi oʻrniga III choragida oldindan ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlash va kiritish |
2003-yil 15-iyungacha | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
| 8. |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan yetkazib berilgan yoqilgʻi-energetika resurslari uchun korxonalar va tashkilotlar�ing qarzini toʻlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish |
doimo |
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 9. |
Respublika korxonalari va tashkilotlarining mavjud qozonxona asbob-uskunalarining foydalanish tabiiy gazni qabul qilish boʻyicha texnik talablariga muvofiqligini va ularning 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorligini tekshirish ishlarini amalga oshirish |
2003-yil 15-oktabrgacha |
“Oʻzdavneftgazinspeksiya”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Sanoatkontexnazorat” va “Oʻzkommunxizmat” agentliklari bilan birgalikda |
| 10. |
Kuz-qish davrida limit doirasida uzib qoʻyilmaydigan korxonalar roʻyxatini, shuningdek 2003/2004-yil kuz-qish davrida elektr stansiyalarini va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa sanoat korxonalarini yoqilgʻining zaxira turlariga oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish |
2003-yil 1-sentabrgacha |
“Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda |
| 11. |
Isteʼmolchilarga belgilangan limitlar doirasida hamda 2003/2004-yil kuz-qish davrida elektr stansiyalarini va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa sanoat korxonalarini yoqilgʻining zaxira turlariga oʻtkazish jadvaliga muvofiq tabiiy gaz yetkazib berilishini taʼminlash. Gaz bilan taʼminlashni rivojlantirish mintaqaviy sxemalarini rivojlantirish yuzasidan tasdiqlangan tadbirlarni bajarish hamda isitish mavsumi boshlangunga qadar gaz quvurlari va tarmoqlarini bir-biriga xalqa sifatida ulash tizimini yakunlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish |
doimo |
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 12. |
Tabiiy gaz gaz taqsimlash stansiyalari tomonidan belgilangan limitlar doirasida yetkazib berilishi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, 2003-yil iyun oyi — 2004-yil mart oyi davrida yonilgʻi mazuti yetkazib berilishini taqsimlashning tasdiqlangan jadvalini qatʼiy bajarish |
doimo | “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi |
| 13. |
Umumtaʼlim, davolash-profilaktika muassasalarini ularning buyurtmanomalariga toʻliq muvofiq holda sifatli koʻmir bilan taʼminlash |
2003-yil 15-oktabrgacha | “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi |
| 14. |
Elektr stansiyalari va elektr-tarmoq obyektlarining eng koʻp zoʻriqish davrida ishlaydigan asosiy texnologik asbob-uskunalarini mukammal taʼmirlashni hamda elektr stansiyalarida suyuq va qattiq yoqilgʻi jamgʻarishni tugallash |
2003-yil 1-noyabrgacha | “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi |
| 15. |
Neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, koʻmir, tuz hamda xoʻjaliklarni 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyish bilan bogʻliq boshqa yuklar uzluksiz tashilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish |
2003-yil 1-iyulgacha | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi: |
| 16. |
Mavjud asbob-uskunalarning qish oylarida tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolini kamaytirishni nazarda tutuvchi yuqori zoʻriqish va kechki maksimum davrida ishlash jadvalini, shuningdek asosiy asbob-uskunalarni taʼmirlash (ularni qish oylariga koʻchirgan holda) jadvalini ishlab chiqish |
2003-yil 1-sentabrgacha |
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasi, kon-metallurgiya sanoati korxonalari “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda |
| 17. |
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishi ustidan belgilangan tartibda texnik va sanitariya nazoratini amalga oshirish |
doimo |
“Sanoatkontexnazorat” agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 18. |
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini tuzilgan shartnomalarga muvofiq Xoʻjaikon tuz konidan texnik tuz bilan taʼminlash |
doimo | Surxondaryo viloyati hokimligi |
| 19. |
2003/2004-yil kuz-qish davrida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni hamda isteʼmolchilar tomonidan limit intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash |
doimo |
“Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzdavenergonazorat” agentligi |
| 20. |
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini oldindagi 2003/2004-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bilan bogʻliq masalalarni keng yoritish |
doimo |
“Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
| 21. |
Obyektlarni 2003/2004-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishini hududiy komissiyalarning koʻrib chiqishi va axborot taqdim etishi |
har oyning 15-kuni |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 22. |
Respublika komissiyasi tomonidan respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishi koʻrib chiqilishi |
har oyda |
Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamen�i Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan birgalikda |