Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.05.2003 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003 YIL BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIGʻIShTIRIB OLIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishni uyushqoqlik bilan, sifatli va qisqa muddatlarda oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 15-mayigacha don xirmonlari va maydonchalari, don tozalash qurilmalari va donni dastlabki qayta ishlash boʻyicha boshqa vositalar, shuningdek boshoqli don ekinlari hosilini qabul qilib olish uchun don qabul qilish punktlari va elevatorlar tayyorlab qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 25-mayigacha taʼmirlash ishlari, don oʻrish kombaynlari, don tashish uchun transport vositalari tayyorlab qoʻyilishi, hosilni yigʻishtirib olishga gʻalla oʻrish kombaynlari toʻliq jalb qilinishi, birinchi navbatda, hosil oʻrim-yigʻimida yuqori unumli “Keys”, “Klaas” va “Nyu-Xolland” kombaynlarining qatnashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
donning xoʻjaliklar tomonidan tayyorlov punktlariga albatta dastlab tozalangan, iflosligi va namligi standart normativlardan ortiq boʻlmagan holda yetkazib berilishi taʼminlanishi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2003-yil don hosilini oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olishni tashkil etish va amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, uning hududiy birlashmalari va mashina-traktor parklari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi donni kombaynlardan xirmonlargacha va don qabul qilish punktlarigacha tashish uchun yuk avtomobillari, tirkamali transport traktorlari ishga solinishini taʼminlasinlar, shuningdek umumiy foydalanishdagi avtokorxonalardan va boshqa tashkilotlardan transport vositalarini 1-ilovaga muvofiq shartnoma asosida jalb etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda don tashishga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar avtotransporti shartnoma asosida jalb etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, donni don qabul qilish punktlariga tashish boʻyicha transport xarajatlari “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzagromashservis” uyushmasi boshoqli don ekinlari yangi hosilini yigʻishtirib olish uchun qishloq xoʻjaligi texnikasining yuqori darajada tayyorlanishini taʼminlasin hamda zarurat boʻlganda tuzilgan shartnomalar asosida viloyatlar oʻrtasida gʻalla oʻrim-yigʻim texnikasini ekipajlari bilan birga qayta taqsimlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2003-yil boshoqli don ekinlari hosilini oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olishga koʻmaklashish uchun 2-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi komissiya tuzilsin, unga joylarga borib qishloq xoʻjaligi texnikasini oʻz vaqtida tayyorlash va resurslarni qayta taqsimlash masalalarini tezkorlik bilan hal etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2003-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olish davrida yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yongʻinlar kelib chiqishining oldini olish hamda donning talon-toroj qilinishi va nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi joriy yilning 1-iyunidan boshlab Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining tinglovchilari va kursantlarini 3-ilovaga muvofiq viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga yuborsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmanomalari boʻyicha tinglovchilar va kursantlarni vaqtincha boʻlish joyiga olib borish hamda hosil yigʻishtirib olingandan keyin ularni qaytarib olib kelish uchun zarur miqdordagi transport vositalari ajratilishini taʼminlasinlar. Tinglovchilar va kursantlarni tashish bilan bogʻliq transport xarajatlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari tinglovchilar va kursantlarni vaqtincha yashash joylari, oziq-ovqat, ularni tashish uchun transport va yonilgʻi-moylash materiallari bilan gʻallakor xoʻjaliklar mablagʻlari hisobidan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi hosilni yigʻishtirib olish davrida xoʻjaliklarga, mashina-traktor parklariga hamda hosilni yigʻishtirib olish va tashish bilan band boʻlgan boshqa tashkilotlarga yonilgʻi-moylash materiallari ular qiymatining 15 foizi oldindan toʻlangandan keyin belgilangan limitlar doirasida uzluksiz berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan kelishgan holda yangi hosilni yigʻishtirib olish davrida don tashishga imtiyozli tariflarni qoʻllashni nazarda tutsin, uning qiymati oshib ketishiga yoʻl qoʻymasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Statistika davlat qoʻmitasi xoʻjaliklar tomonidan don sotish toʻgʻrisidagi statistika hisobotlarining toʻgʻriligini don qabul qilib olish korxonalari boʻyicha muntazam ravishda tekshirib borsin, hisobotni buzib koʻrsatishning aniqlangan hollari toʻgʻrisida tezkorlik bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 13-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-maydagi 213-son qaroriga
1-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil hosili boshoqli don ekinlari donini tashish uchun jalb qilinadigan transport vositalari soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ta)‎
Hammasi

shu jumladan‎‎

ulardan:

avtomobillar

tirkamali traktorlar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi xoʻjaliklari va korxonalari

umumiy foydalanishdagi avtokorxonalar (avtomobillar) “Oʻzagromashservis” uyushmasi (avtomobillar) boshqa tashkilotlar (avtomobillar)

avtomobillar

tirkamali traktorlar
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi 462‎ 162‎ 300‎ 132‎ 300‎ —‎ 30‎ —‎
viloyatlar:‎
Andijon 2510‎ 1310‎ 1200‎ 650‎ 1200‎ 220‎ 190‎ 250‎
Buxoro‎ 1419‎ 709‎ 710‎ 310‎ 710‎ 275‎ 57‎ 67‎
Jizzax‎ 1628‎ 1128‎ 500‎ 250‎ 500‎ 500‎ 56‎ 322‎
Qashqadaryo‎ 3930‎ 1446‎ 2484‎ 715‎ 2484‎ 550‎ 81‎ 150‎
Navoiy‎ 780‎ 460‎ 320‎ 178‎ 320‎ 155‎ 62‎ 65‎
Namangan‎ 2910‎ 1340‎ 1570‎ 657‎ 1570‎ 100‎ 143‎ 440‎
Samarqand‎ 3055‎ 1455‎ 1600‎ 490‎ 1600‎ 680‎ 70‎ 215‎
Surxondaryo‎ 3823‎ 2423‎ 1400‎ 1992‎ 1400‎ 150‎ 106‎ 175‎
Sirdaryo‎ 1503‎ 873‎ 630‎ 300‎ 630‎ 300‎ 43‎ 230‎
Toshkent‎ 1943‎ 888‎ 1055‎ 613‎ 1055‎ 150‎ 110‎ 15‎
Fargʻona‎ 2490‎ 1590‎ 900‎ 1108‎ 900‎ 250‎ 132‎ 100‎
Xorazm‎ 2140‎ 440‎ 1700‎ 414‎ 1700‎ —‎ 26‎ —‎
Jami‎ 28593‎ 142224‎ 14369‎ 7809‎ 14369‎ 3280‎ 1106‎‎ 2029‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-maydagi 213-son qaroriga
2-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil boshoqli don ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olishni uyushqoqlik bilan oʻtkazish boʻyicha Ishchi komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Joʻrabekov I.H.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, komissiya rahbari‎
2.‎ Yusupov N.S.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya rahbarining oʻrinbosari
3.‎ Nurmurodov M.B.‎ —‎‎ Moliya vaziri‎
4.‎ Mullajonov F.M.‎ —‎‎ Markaziy bank raisi‎
5.‎ Qudratov Gʻ.S.‎ —‎‎ Davlat statistika qoʻmitasi raisi‎
6.‎ Usmonov A.T.‎ —‎‎ Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari‎
7.‎ Salimov A.H.‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
8.‎ Najmiddinov I.H.‎ —‎‎ “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi raisi‎
9.‎ Nishonov Sh.N.‎ —‎‎ “Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi‎
10.‎ Matchonov R.D.‎ —‎‎ “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
11.‎ Ahmedov A.A.‎ —‎‎ “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi bosh direktori‎
12.‎ Ramatov A.J.‎ —‎‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisi‎
13.‎ Zuparov R.E.‎ —‎‎ “Oʻzdoninspeksiya” boshligʻi‎
14.‎ Toshmatov Q.F.‎ —‎‎ “Paxta-bank” boshqaruvi raisi‎
15.‎ Oʻrinboyev I.I.‎ —‎‎ “Gʻalla-bank” boshqaruvi raisi‎
16.‎ Abdullayev S.S.‎ —‎‎ Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi direktori‎
17.‎ Qalibekov I.J.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-maydagi 213-son qaroriga
3-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil boshoqli don ekinlari hosili oʻrim-yigʻimiga jalb etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMOTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎

Ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga‎

Taʼlim muassasasining nomi‎

Soni‎

1.‎ Qashqadaryo viloyati‎ IIV Akademiyasi‎ 200‎
2.‎ Samarqand viloyati‎ IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti‎ 100‎
3.‎ Sirdaryo viloyati‎ IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti‎ 150‎
4.‎ Toshkent viloyati‎ IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti‎ 100‎
5.‎ Jizzax viloyati‎ IIV Yongʻinga qarshi xavfsizlik oliy maktabi‎ 150‎
Hammasi‎ 700‎