Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.01.2003 yildagi 44-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003 YILDA GʻOʻZANI PLYoNKA OSTIDA OʻSTIRISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chigitni plyonka ostiga ekkan holda Andijon texnologiyasi boʻyicha hosil yetishtirish asosida paxtachilik samaradorligini oshirish, shuningdek 2003-yil hosili uchun xoʻjaliklarni polietilen plyonka bilan oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining chigitni plyonka ostiga ekish va 2003-yil hosili uchun xoʻjaliklarni polietilen plyonka bilan taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan taklifi 1-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi 2003-yilda chigit ekish uchun polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarni xomashyo (granulalar) bilan 2-ilovaga muvofiq taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi, Andijon va Fargʻona viloyatlari hokimliklari tayyor polietilen plyonkaning belgilangan sifat standartlariga muvofiq ravishda ishlab chiqarilishini tashkil etsinlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Anduslubpaxta” ilmiy-ishlab chiqarish tijorat markazi bilan birgalikda ularning ishlab chiqarilishiga qarab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga, keyinchalik respublika paxtachilik xoʻjaliklariga yetkazib berish uchun, 1-ilovaga muvofiq hajmlarda oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi granulalar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarga, polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarga xomashyo (granulalar)ni tashish, shuningdek tayyor mahsulotni paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga yetkazib berish uchun belgilangan tartibda temir yoʻl vagonlari uzluksiz berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi 2003-yilda chigit ekish uchun polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarga xomashyo (granulalar) sotishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jizzaxplastmassa” aksiyadorlik jamiyati, “Andijonpolietileni” qoʻshma korxonasi va “Beshariq” korxonasi paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga 1-ilovaga muvofiq tayyor polietilen plyonkasi sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan istisno tariqasida ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzagromashservis” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi mashina-traktor parklari va xoʻjaliklardagi plyonka ostida chigit ekish uchun mavjud maxsus chigit ekish seyalkalari va moslamalarini va ularning texnik holatini oʻn kun muddatda xatlovdan oʻtkazsinlar va 2003-yil 20-fevralgacha ularni ishga toʻliq tayyorlab qoʻysinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomasiga binoan yetishmayotgan seyalkalarning 2003-yil 15-fevralgacha ishlab chiqarilishini va ularning xoʻjaliklarga yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 24-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-yanvardagi 44-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil hosili uchun chigitni plyonka ostiga ekish va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni polietilen plyonka bilan taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎tonn‎

Ekin maydoni, ming ga Polietilen plyonkaga ehtiyoj, 1 gektarga 57 kg hisobidan “Andijon-polietileni” QKda‎ “Jizzax-plastmassa” AJda‎ “Beshariq” korxonasida ‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 5‎ 285‎ —‎ 285‎
viloyatlar:
Andijon 104,2‎ 5939‎ 5939‎ —‎‎
Buxoro 15‎ 855‎ —‎‎ 855‎
Jizzax 11‎ 627‎ —‎‎ 627‎
Qashqadaryo 20‎ 1140‎ —‎‎ 1140‎
Navoiy 2‎ 114‎ —‎‎ 114‎
Namangan 37,8‎ 2155‎ 1856‎ 299‎
Samarqand 20‎ 1140‎ —‎‎ 1140‎
Surxondaryo 10‎ 570‎ —‎‎ 570‎
Sirdaryo 6‎ 342‎ —‎‎ 342‎
Toshkent 24‎ 1368‎ —‎‎ 1368‎
Fargʻona 45‎ 2565‎ 1891‎ 674‎
Xorazm 20‎ 1140‎ —‎ 1140‎
JAMI: 320‎ 18240‎ 7795‎ 9771‎ 674‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-yanvardagi 44-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Polietilen plyonka ishlab chiqarish uchun xomashyo (granulalar) bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tonna‎‎

Oylar‎‏
Jami‎‏
shu jumladan zavodlar boʻyicha:
“Andijon-polietileni” QK‎ “Jizzaxplastmassa” AJ‎ “Beshariq” korxonasi‎
yanvar‎ 3962,8‎ 1895,9‎ 1886,5‎ 180,4‎
fevral‎ 3962,8‎ 1895,9‎ 1886,5‎ 180,4‎
hammasi‎ 7925,6‎ 3791,8‎ 3773,0‎ 360,8‎