Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
UMUMIY YuRISDIKSIYA SUDLARINING AYRIMLARINI TUGATISh VA QAYTA TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA*
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 12-dekabrdagi 569-II-sonli “Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Fargʻona shaharlarining tuman maʼmuriy-hududiy tuzilmalarini tugatish hamda Navoiy viloyatining Navoiy tumani chegaralarini kengaytirish va nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan, umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida:
1. Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyatining Toʻqimachi va Fayzulla Xoʻjayev tuman sudlari, Samarqand viloyatining Bogʻishamol, Siyob va Temir yoʻl tuman sudlari tugatilib, ularning negizida jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro va Samarqand shahar sudlari tashkil qilinsin.
2. Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati Navoiy tuman sudi, Namangan viloyati Davlatobod tuman sudi, Fargʻona viloyati Qirguli tuman sudi tugatilsin.
3. Fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro viloyatining Fayzulla Xoʻjayev tumanlararo sudi, Navoiy viloyatining Navoiy tumanlararo sudi, Samarqand viloyatining Temir yoʻl tumanlararo sudi tugatilib, ularning negizida fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro, Samarqand shahar sudlari va Romitan, Karmana tumanlararo sudlari tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasi bir oy muddat ichida qayta tashkil etilgan sudlarni sudya kadrlar bilan toʻldirish masalasi boʻyicha tegishli takliflar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Fargʻona viloyat sudlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF–2682-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga 1, 4, 6 — 8-ilovalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF–3023-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-fevral,
PF-3400-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 556-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400 sonli Farmoniga
7-ILOVA
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
|
Tuman (shahar) sudi nomi |
Tuman, shaharlar nomi |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | |
| Nukus shahar | Nukus shahar |
| | |
| Amudaryo tumani | Amudaryo tumani |
| Beruniy | Beruniy |
| Kegeyli | Kegeyli |
| Moʻynoq | Moʻynoq |
| Nukus | Nukus |
| Taxtakoʻpir | Taxtakoʻpir |
| Toʻrtkoʻl | Toʻrtkoʻl |
| Xoʻjayli | Xoʻjayli |
| Chimboy | Chimboy |
| Shumanay | Shumanay |
| Ellikqalʼa | Ellikqalʼa |
| Qonlikoʻl | Qonlikoʻl |
| Qoraoʻzak | Qoraoʻzak |
| Qoʻngʻirot | Qoʻngʻirot |
|
Andijon viloyati | |
| Andijon shahar | Andijon shahar |
| Xonobod shahar | Xonobod shahar |
| | |
| Andijon tumani | Andijon tumani |
| Asaka | Asaka |
| Baliqchi | Baliqchi |
| Buloqboshi | Buloqboshi |
| Boʻz | Boʻz |
| Jalolquduq | Jalolquduq |
| Izboskan | Izboskan |
| Qoʻrgʻontepa | Qoʻrgʻontepa |
| Marhamat | Marhamat |
| Oltinkoʻl | Oltinkoʻl |
| Paxtaobod | Paxtaobod |
| Ulugʻnor | Ulugʻnor |
| Xoʻjaobod | Xoʻjaobod |
| Shahrixon | Shahrixon |
|
Buxoro viloyati | |
| Buxoro shahar | Buxoro shahar |
| Kogon shahar | Kogon shahar |
| | |
| Buxoro tumani | Buxoro tumani |
| Vobkent | Vobkent |
| Gʻijduvon | Gʻijduvon |
| Jondor | Jondor |
| Kogon | Kogon |
| Olot | Olot |
| Peshku | Pe��ku |
| Romiton | Romiton |
| Shofirkon | Shofirkon |
| Qorakoʻl | Qorakoʻl |
| Qorovulbozor | Qorovulbozor |
|
Jizzax viloyati | |
| Jizzax shahar | Jizzax shahar |
| | |
| Arnasoy tumani | Arnasoy tumani |
| Baxmal | Baxmal |
| Doʻstlik | Doʻstlik |
| Jizzax | Jizzax |
| Zarbdor | Zarbdor |
| Zafarobod | Zafarobod |
| Zomin | Zomin |
| Mirzachoʻl | Mirzachoʻl |
| Paxtakor | Paxtakor |
| Forish | Forish |
| Yangiobod | Yangiobod |
| Gʻallaoral | Gʻallaoral |
|
Qashqadaryo viloyati | |
| Qarshi shahar | Qarshi shahar |
| | |
| Dehqonobod tumani | Dehqonobod tumani |
| Kasbi | Kasbi |
| Kitob | Kitob |
| Koson | Koson |
| Mirishkor | Mirishkor |
| Muborak | Muborak |
| Nishon | Nishon |
| Chiroqchi | Chiroqchi |
| Shahrisabz | Shahrisabz |
| Yakkabogʻ | Yakkabogʻ |
| Qamashi | Qamashi |
| Qarshi | Qarshi |
| Gʻuzor | Gʻuzor |
|
Navoiy viloyati | |
| Navoiy shahar | Navoiy shahar |
| Zarafshon shahar | Zarafshon shahar |
| | |
| Karmana tumani | Karmana tumani |
| Konimex | Konimex |
| Navbahor | Navbahor |
| Nurota | Nurota |
| Tomdi | Tomdi |
| Uchquduq | Uchquduq |
| Xatirchi | Xatirchi |
| Qi�iltepa | Qiziltepa |
|
Namangan viloyati | |
| Namangan shahar | Namangan shahar |
| | |
| Kosonsoy tumani | Kosonsoy tumani |
| Mingbuloq | Mingbuloq |
| Namangan | Namangan |
| Norin | Norin |
| Pop | Pop |
| Toʻraqoʻrgʻon | Toʻraqoʻrgʻon |
| Uychi | Uychi |
| Uchqoʻrgʻon | Uchqoʻrgʻon |
| Chortoq | Chortoq |
| Chust | Chust |
| Yangiqoʻrgʻon | Yangiqoʻrgʻon |
|
Samarqand viloyati | |
| Samarqand shahar | Samarqand shahar |
| Kattaqoʻrgʻon shahar | Kattaqoʻrgʻon shahar |
| | |
| Bulungʻur tumani | Bulungʻur tumani |
| Jomboy | Jomboy |
| Ishtixon | Ishtixon |
| Kattaqoʻrgʻon | Kattaqoʻrgʻon |
| Narpay | Narpay |
| Nurobod | Nurobod |
| Oqdaryo | Oqdaryo |
| Payariq | Payariq |
| Pastdargʻom | Pastdargʻom |
| Paxtachi | Paxtachi |
| Samarqand | Samarqand |
| Tayloq | Tayloq |
| Urgut | Urgut |
| Qoʻshrabot | Qoʻshrabot |
|
Sirdaryo viloyati | |
| Guliston shahar | Guliston shahar |
| Shirin shahar | Shirin shahar |
| Yangiyer shahar | Yangiyer shahar |
| | |
| Boyovut tuman� | Boyovut tumani |
| Guliston | Guliston |
| Mirzaobod | Mirzaobod |
| Oqoltin | Oqoltin |
| Sayxunobod | Sayxunobod |
| Sirdaryo | Sirdaryo |
| Xovos | Xovos |
| Sardoba | Sardoba |
|
Surxondaryo viloyati | |
| Termiz shahar | Termiz shahar |
| | |
| Angor tumani | Angor tumani |
| Boysun | Boysun |
| Denov | Denov |
| Jarqoʻrgʻon | Jarqoʻrgʻon |
| Muzrabot | Muzrabot |
| Oltinsoy | Oltinsoy |
| Sariosiyo | Sariosiyo |
| Termiz | Termiz |
| Uzun | Uzun |
| Sherobod | Sherobod |
| Shoʻrchi | Shoʻrchi |
| Qiziriq | Qiziriq |
| Qumqoʻrgʻon | Qumqoʻrgʻon |
|
Toshkent viloyati | |
| Angren shahar | Angren shahar |
| Bekobod shahar | Bekobod shahar |
| Olmaliq shahar | Olmaliq shahar |
| Chirchiq shahar | Chirchiq shahar |
| Bekobod tumani | Bekobod tumani |
| Boʻka | Boʻka |
| Boʻstonliq | Boʻstonliq |
| Zangiota | Zangiota |
| Oqqoʻrgʻon | Oqqoʻrgʻon |
| Parkent | Parkent |
| Pskent | Pskent |
| Chinoz | Chinoz |
| Yuqorichirchiq | Yuqorichirchiq |
| Yangiyoʻl | Yangiyoʻl |
| Oʻrtachirchiq | Oʻrtachirchiq |
| Qibray | Qibray |
| Quyichirchiq | Quyichirchiq |
|
Toshkent shahri | |
| Uchtepa tumani | Uchtepa |
| Bektemir | Bektemir |
| Mirzo Ulugʻbek | Mirzo Ulugʻbek |
| Mirobod | Mirobod |
| Sirgʻali | Sirgʻali |
| Olmazor | Olmazor |
| Yashnobod | Yashnobod |
| Chilonzor | Chilonzor |
| Shayxontohur | Shayxontohur |
| Yunusobod | Yunusobod |
| Yakkasaroy | Yakkasaroy |
|
Fargʻona viloyati | |
| Fargʻona shahar | Fargʻona shahar |
| Margʻilon shahar | Margʻilon shahar |
| Quvasoy shahar | Quvasoy shahar |
| Qoʻqon shahar | Qoʻqon shahar |
| Beshariq tumani | Beshariq tumani |
| Bogʻdod | Bogʻdod |
| Buvayda | Buvayda |
| Dangʻara | Dangʻara |
| Yozyovon | Yozyovon |
| Oltiariq | Oltiariq |
| Qoʻshtepa | Qoʻshtepa |
| Rishton | Rishton |
| Soʻx | Soʻx |
| Toshloq | Toshloq |
| Uchkoʻprik | Uchkoʻprik |
| Fargʻona | Fargʻona |
| Furqat | Furqat |
| Oʻzbekiston | Oʻzbekiston |
| Quva | Quva |
|
Xorazm viloyati | |
| Urganch shahar | Urganch shahar |
| Bogʻot tumani | Bogʻot tumani |
| Gurlan | Gurlan |
| Urganch | Urganch |
| Xazorasp | Xazorasp |
| Xiva | Xiva |
| Xonqa | Xonqa |
| Shovot | Shovot |
| Yangiariq | Yangiariq |
| Yangibozor | Yangibozor |
| Qoʻshkoʻpir | Qoʻshkoʻpir |
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-sentabrdagi PF-4651-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 37-son, 464-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 319-modda; 2013-y., 26-son, 333-modda, 42-son, 556-modda; 2014-y., 37-son, 464-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son; 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2022-y., 06/22/142/0453-son)